• Nazorat savollari
  • Boshqarish, signalizatsiya va nazorat




    Download 0,6 Mb.
    bet3/3
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,6 Mb.
    #123740
    1   2   3
    Bog'liq
    Maruza 8

    3.Boshqarish, signalizatsiya va nazorat.

    1. Avtomatizatsiya vositalari va ularga talablar.


    2. Zaxirani avtomatik ulash.
    3. Avtomatik qayta ulash
    4. CHastota bo‘yicha yuksizlantirish.
    5. Kompensatsiya qiluvchi qurilmaarni ishlarini avtomatizatsiyasi .
    6. Telemexanizatsiya va dispetcherlash.
    1. Elektr ta’minotida avtomatlashtirishning asosiy masalasi sanoat korxonalarining uzluksiz ishini ta’minlash bo‘lib, korxona uchun muhim bo‘lgan ishlab chikarish mexanizimlarining to‘xtab kolishidan elektr jixozlarini buzilishi, ko‘p mikdorda mahsulotlarni yaroksiz bo‘lib kolishi, ishlab chikariladigan kamayib ketishini oldini olishdan iborat.
    Hozirgi zamon sanoat korxonalari o‘nlab va yuz minglab kilovatt quvvat iste’mol qiladi. SHuning uchun ularni o‘chirish energetika tizimida avariya rejimlarini hosil kilishgacha olib boradi. Avtomatlashtirish ko‘pgina podstansiyalarda ishni navbatchi personalsiz olib borishga ekspluatatsiya xarajatlarni kamaytirishga va personal aybi bilan buladigan avariyani kamayishiga olib keladi.
    Elektr ta’minoti tizimida avtomatlashtirish, tarmoq avtomatikasi qurilmaari, elktrodvigatellarni o‘z – o‘zini ishga tushirishi va dispetcherlik boshqarish bilan amalga oshiriladi.
    Tarmoq avtomatikasiga: avtomatik qayta ulash (AKU) zahirani avtomatik ulash (ZAU); CHastota va tok bo‘yicha avtomatik yuksizlantirish qurilmaari (ACHYU va ATYU). Avtomatlashtirishga asosiy talablar soddaligi va ishonchliligidir.
    2.Elektr ta’minoti uzluksiz bo‘lishi uchun iste’molchi manbaga ikki liniya yoki ikki transformator orkali ulangan bo‘lishi kerak. Bunda ikki holat : 1)har bir manba bulak–bulak ishlaydi. 2)iste’molchi ishchi manbadan normal ta’minlangan ikkinchisi zaxirada turadi. Birinchi holatda AKU yordamida elektr ta’minoti tiklanadi. Ikkinchi xolatda zahiradagi manba ishchi manba uchgandan so‘ng ulanadi. Hamma muxim iste’molchilarda podstansiyalarda, birinchi toifa iste’molchilarni ta’minlashda ZAU bo‘lishi shart. Uning vaqti elektr ta’minoti uzulgandan so‘ng 0,2  1 S bo‘lishi shart.
    Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan tarmoqka ZAU ni ko‘rib chikamiz.


    8.3-Rasm Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan tarmoqda prujina yuritmali seksiya o‘chirgichining ZAU sxemasi.
    3. Hamma Qisqa tutashishlar tarmoqda mos keladigan himoyadan ishga tushib elektr energiyani uzilib kolishiga to‘g‘ri keladi. Lekin ba’zi hollarda hosil bo‘lgan Qisqa tutashish Qisqa davom etadi. SHuning uchun elektr ta’minotini tez tiklash uchun AKU qo‘llaniladi. AKU bir martali uch fazali bo‘ladi. AKU ikki xil–mexaniq va elektrik turga bo‘linadi. AKU xam ZAU singari o‘zgarmas va o‘zgaruvchan operativ tokda bajariladi. O‘zgarmas operativ tokda bajarilganlari elektr magnitli va pnevmatik yuritmalarda , o‘zgaruvchan operativ tokda yuklamali va prujinali o‘chirgichlarda qo‘llaniladi. Avtomatik qayta ulashga quyidagi talablar ko‘yiladi.
    AKU personal o‘chirgichni uchirganda ishlamasligi kerak.
    Qisqa tutashishda o‘chirgich ko‘p ulanishdan blokirovka kilinishi kerak.
    Himoya ishlaganda AKU ishga tushmasligi kerak.
    AKU ishlab bo‘lgandan so‘ng hamma elementlari boshlang‘ich holatiga kaytishi kerak.
    Maxsus qurilma yordamida personalga AKU ni o‘chirish imkoni bo‘lishi kerak.
    Avtomatik qayta ulashni ishlash sxemasini ko‘yida ko‘rib chikamiz.
    4. Elektr stansiya yoki energotizim generatorlari ishlab chikaradigan quvvat bilan sanoat korxonalari talab qiladigan quvvat orasidagi balansni buzilishi elektr tarmoqda tok chastotasini o‘zgarishiga olib keladi. CHastotadan avtomatik yuksizlantirish tarmoqda chastotani ruxsat etiladigan ko‘yi qismatidan pasayishida iste’molchilarni bir qismini o‘chirishga ta’sir etadi. CHAYU ikki metodi bo‘lib:

    • chastotani absolyut qiymati;

    • chastotani o‘zgarish tezligi bo‘yicha ;

    Birinchi metod sanoat korxonalarining elektr ta’minotida qo‘llaniladi. U chastota relesini ma’lum qiymatida ishlashidan iborat bo‘lib energotizim tomonidan berilgan bo‘ladi va oralik rele yordamida iste’molchilarni bir qismini o‘chiradi. CHastotadan avtomatik yuksizlantirish sxemasini qo‘yida ko‘rib chikamiz.

    8.4-Rasm.CHastotaning absalyut qiymati bo‘yicha avtomatik yuksizlantirish.


    Ikkinchi metod iste’molchilarni navbatma–navbat energotizimda chastotani pasayishi bo‘yicha o‘chiradi. Bu metodni ishlashini quyidagi sxemada ko‘rib chikamiz. CHastotani pasayishida 1CH ishlaydi va oralik rele 1 P ga impuls beradi va birinchi navbat iste’molchilarni o‘chiradi. (vaktsiz). SHu bilan birga oralik rele 2 P orkali maxsus dvigateli vakt relesi 2 V ishga tushadi. Agar birinchi navbat iste’molchilari uchirilgandan keyin tarmoqda chastota tiklanmasa rele 2CH ishga tushadi va oralik rele 3 P orkali ikkinchi navbat iste’molchilarni o‘chiradi


    Agar ko‘rsatilgan navbatlar o‘chirilgandan so‘ng chastota 49-50 Gs ga ko‘tarilmasa maxsus navbat iste’molchilar (SO) o‘chiriladi. Elektr ta’minotini tiklash uchun xatolik bilan CHAYU qurilmaaridan o‘chirilgan iste’molchilar chastotadan qayta avtomatik ulash (CHAKU) ishga tushib iste’molchilarni ishga tushiradi.
    Tok bo‘yicha avtomatik yuksizlantirish liniya yoki transformator ta’minotini buzilishida ularni yuklamasi boshqa liniya yoki transformatorga ulanadi.

    5. Kompensatsiya qiluvchi qurilmaarni tejamli ishini ta’minlash uchun kondensator batareyalarni quvvatini kuchlanish yuklama toki, kunni vaqti bo‘yicha avtomatik rostlanadi.


    Quyidagi rasmda kondensator batareyalarni kuchlanish bo‘yicha bir pog‘onali boshqarish sxemasini ko‘rib chikamiz.

    8.6-Rasm. 1000V dan yuqori kuchlanishli KB shinaga ulash va boshqarish sxemalasi.


    6. Avtomatlashtirish masofadan boshqarish va nazorat qiluvchi despetcherlik va telemexanizatsiya bilan uzviy bog‘langandir.
    Avtomatika va telemexaniqani sanoat korxonalarining elektr ta’minotiga kiritilishi elektr ta’minoti ob’ektlarining boshqarish samaradorligini oshiradi, stansiya va podstansiyada xizmat kursatuvchilarni kamaytiradi, personalni xatosini kamaytiradi. Elektr qurilmaarini ishonchliligini oshiradi va xizmat ko‘rsatishni xavfsizligini oshiradi.
    Sanoat korxonalarining elektr ta’minotini markazlashtirilgan boshqarish tizimini dispetcherlash deb ataladi. Telemexanizatsiya vositalariga teleboshqarish, telesignalizatsiya, teleulchash, shuningdek ta’minlash manbasi, dispetcherlik punktlari va pultlar kiradi.
    Nazorat savollari



    1. Kuchlanishi 1kVgacha bulgan tarmoqlarning vazifasi nimadan iborat?

    2. Elektr tarmoqlarning konstruktiv alomatlari buyicha qanday tasniflanadi?

    3. Elektr tarmoqlarning sxemalarini qanday turlari bo‘ladi?

    4. Kuchli va yoritish yuklamalarning birgalikdagi sxemalarining variantlari qanday bajariladi?

    Download 0,6 Mb.
    1   2   3




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarish, signalizatsiya va nazorat

    Download 0,6 Mb.