• Kazusga javob
  • 2. Huquqiy munosabatlar ishtirokchilari irodasi bilan bog’liqlik bo’yicha yuridik faktlar harakatlar va hodisalarga bo’linadi.
  • 4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting.
  • 4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting




    Download 25.17 Kb.
    bet1/2
    Sana17.06.2023
    Hajmi25.17 Kb.
    #73940
      1   2
    Bog'liq
    M.Doʻlobov
    1-top DT -qurilmasi va evolyutsiyasi

    4-kazus
    Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 aprelgacha davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, shuningdek, shahar va viloyatlar hokimliklarini barcha xodimlarni chaqirdi. 10-may, har juma kuni “Avtomobilsiz kun” oʻtkazilishi e’lon qilindi.
    “Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi uchun velosipeddan foydalanishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi 28 aprel kuni “Avtomobilsiz kun” o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi. Shaxsiy avtomobillarda sayohat qilishni qisqartirish, jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan “ko‘p tadbirlar” e’lon qilindi.
    Savollar:
    1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga harakat qiling.
    2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo'lsa, unda bu faktni nazariy jihatlarga ko'ra tasniflashga harakat qiling.
    3. Buni huquqning tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkinmi? Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr yuriting.
    4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting.


    Kazusga javob
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022 yildagi PF-269-sonli “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni 10-bandiga ko’ra, vazirlik — tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, muayyan yo’nalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. Ushbu farmonning 12-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tizimida O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi negizida O’zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi tashkil etildi.
    Ushbu huquqiy masalaga fikr bildirar ekanmiz, birinchi navbatda davlat va huquq nazariyasi fani predmetidan chiqmagan holda tahlil qilishga harakat qilamiz. Shundan kelib chiqqan holatda xar bitta savolga alohida-alohida to’htalib yechim berishga harakat qilamiz.
    1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga harakat qiling.
    Ushbu savolga javob berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 29-son qaroriga 1-ILOVA O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi to’g’risida nizom asosida javob qidirib ko’ramiz. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi (keyingi o’rinlarda Davlat ekologiya qo’mitasi deb ataladi), uning tarkibiy bo’linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funktsional vazifalari, huquq va javobgarliklarini belgilaydi.
    Ushbu nizomning 10-bandiga ko’ra, Davlat ekologiya qo’mitasining asosiy vazifasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish keltirilgan bo’lib, ushbu vakolat doirasida qaror qabul qilgan deyishimiz mumkin.
    20-bandi 1-qism 4-bandiga ko’ra esa, Davlat ekologiya qo’mitasining markaziy apparati o’ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun Davlat ekologiya qo’mitasining hududiy bo’linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig’ilishlar o’tkazishi belgilangan.
    5-bandida esa, Davlat ekologiya qo’mitasining o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi deb ko’rsatilgan.
    2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo'lsa, unda bu faktni nazariy jihatlarga ko'ra tasniflashga harakat qiling.
    Ushbu o’rinda davlat va huquq nazariyasi faniga murojaat qilamiz. «Yuridik faktlar – muayyan hayotiy shart-sharoitlar bo’lib, huquq normalari ularni huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishi, o’zgarib turishi va barham topishi bilan bog’laydi»1.
    Huquqiy munosabatlar muayyan hayotiy shart-sharoitlar paydo bo’lishi oqibatida vujudga keladi, o’zgaradi yoki barham topadi. Masalan, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganlik fakti chaqiriluvchining harbiy xizmat huquqiy munosabatlariga kirishishiga asos bo’ladi; zaxiraga bo’shatilish esa, aksincha, bu huquqiy munosabatlarning tugashiga olib keladi; balog’at yoshiga etish bilan fuqa­roning davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlarda qatnashishiga yo’l qo’yuvchi huquqiy munosabatlar vujudga keladi; farzand tug’ilishi bilan er-xotinlarda uni tarbiyalash majburiyati paydo bo’ladi2.
    Kelib chiqadigan oqibatlar mohiyati bo’yicha: huquqni hosil qiluvchi, huquqni o’zgartiruvchi va huquqni barham toptiruvchi yuridik faktlar.
    Huquqni hosil qiluvchi dalillar huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishiga olib keladi; huquqni o’zgartiruvchi faktlar huquqiy munosabatlar mazmuni yoki sub’ektining o’zgarishiga sabab bo’ladi (masalan, tsessiya – majburiyatda shaxslarni o’zgartirish); huquqni barham toptiruvchi faktlar sub’ektiv huquqlar va yuridik majburiyatlarga so’nggi nuqtani qo’yadi.
    2. Huquqiy munosabatlar ishtirokchilari irodasi bilan bog’liqlik bo’yicha yuridik faktlar harakatlar va hodisalarga bo’linadi.
    Harakatlar – huquqiy munosabatlar ishtirokchilari irodasi bilan bog’liq dalillardir. Ular qonuniy (huquqqa to’g’ri keladigan) va noqonuniy (huquqqa zid), ya’ni huquqbuzarlikdan iborat bo’ladi.
    Qonuniy yuridik faktlar o’z navbatida yuridik hodisa va yuridik harakatga bo’linadi.
    Yuridik hodisa – yuridik oqibatlarni yuzaga keltirish maqsadida sodir etiladigan qonuniy faoliyatdir. Yuridik faktlarning mutlaq ko’pchiligi yuridik hodisalar hisoblanadi, ya’ni ular oldindan ataylab huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirish, o’zgartirish yoki tugatishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bular – davlat bitimlari (hadya qilish, oldi-sotdi va boshqalar) hamda davlat organ larining, mansabdor shaxslarning va shu kabilarning buyrug’i bo’lishi mumkin.
    Yuridik harakat – yuridik oqibatlarni vujudga keltirishni ko’zlamagan holda sodir etilgan qonuniy harakat, biroq bunday oqibatlar qonun ko’rsatmalari kuchi bilan ham sodir bo’ladi. Yuridik oqibatlar qonun tomonidan ahamiyatli deb topilgan harakat natijasida ham yuzaga keladi. Noshirni qiziqtirib qo’ygan va e’lon qilingan yuksak badiiy qimmatga ega bo’lgan asarni yaratish yuridik harakatga misol bo’la oladi. Muallif o’z asarini yaratarkan, uning e’lon qilinishini, bunda paydo bo’ladigan huquqiy munosabat va qalam haqi to’lanishini ko’zda tutmagan bo’lishi mumkin. Biroq bu baribir qonun ko’rsatmasi kuchi bilan yuz bergan bo’ladi.
    Bundan kelib chiqqan holatda biz vazirlik xabarini yuridik xarakat deb topishimiz mumkin ekan.
    3. Buni huquqning tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkinmi? Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr yuriting.
    Huquqning funksiyalari – eng avvalo, uning o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lishi ekanligini ta’kidlash joiz. Funksiyalarda huquqning mustaqilligidan kelib chiquvchi belgilari mujassamdir. Faqat huquqning o’zigagina emas, balki ijtimoiy hayotning normativ xususiyatga ega boshqa hodisalariga ham xos bo’lgan umuman har qanday belgilari huquqning funksiyasi bo’lavermaydi. Shuning uchun bu o’rinda huquq funksiyalarini ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o’tkazish yo’nalishi sifatida tavsiflovchi belgilarni ajratib olish maqsadga muvofiqdir.
    Huquq funksiyalari tizimi – murakkab, ko’ptarmoqli, ko’pbosqichli, quyidan yuqoriga va ma’lum darajada jo’shqin rivojlanuvchi tuzilmadir. Uni tuzishda huquqning umumijtimoiy funksiyasini asos qilib olish maqsadga muvofiq. U bir huquq tizimini jamiyatning yanada kengroq boshqa tizimiga qo’yish tartibini belgilaydi, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
    Huquqiy tizim tarkib topgan qismlarga muvofiq ravishda huquq funksiyalari tizimini besh guruhga, ya’ni kichik tizimlarga bo’lish mumkin. Ular – huquqning barcha sohalariga xos bo’lgan umumhuquqiy funksiyalar kichik tizimi, huquqning barcha sohalariga emas, balki uning ikki yoki undan ortiq sohalariga xos tarmoqlararo, huquqning faqat bir aniq sohasiga xos tarmoq, huquqning aniq bir tuzilmasiga xos huquqiy institutlar funksiyalari, normalarning aniq bir turiga xos huquq normalari funksiyalaridan iborat bo’ladi.
    Huquqning haqiqiy yuridik funksiyalari tavsifi. Huquq funksiyalari tizimida tartibga soluvchi funksiya etakchi, belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bu tabiiy holdir. Zero, huquqning asosiy ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
    Tartibga solish funksiyasi haqida gap ketganda, huquqning sub’ektlar xatti-harakatlari ko’rinishlari bo’yicha ko’rsatmalar berish, amr qilish, aniq ijtimoiy funksiyalarni amalda qo’llashda bo’lganidek, muayyan ijtimoiy sohaga nisbat bermagan holda, irodaga ta’sir o’tkazish qobiliyati ko’zda tutiladi.
    Tartibga solish funksiyasi doirasida ikki kichik funksiya – statik tartibga solish va dinamik tartibga solish funksiyalari ajralib turadi. Statik tartibga solish funksiyasi huquqning ijtimoiy munosabatlarga shu munosabatlarni biron-bir huquqiy institutda mustahkamlash yo’li bilan ta’sir o’tkazishida ifodalandi. Bu huquqiy tartibga solish vazifalaridan biri sanaladi. Huquq, eng avvalo, jamiyat barqarorligining asosi hamda uning manfaatlari va alohida shaxs manfaatlaridan iborat bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni yuridik jihatdan tasdiqlaydi, ularni «daxlsizlik» darajasiga olib chiqadi.
    Statik funksiyani amalga oshirishda mulkchilik huquqi tuzilmalari katta ahamiyat kasb etadi. Ularning yuridik mohiyati ijtimoiy tuzumning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashdan iborat. Statik funksiya boshqa institutlarda ham, shu jumladan fuqarolarning siyosiy huquqlari va majburiyatlari institutida, saylash, mualliflik va ixtirochilik huquqida yaqqol o’z ifodasini topadi.
    Dinamik tartibga solish funksiyasi huquqning ijtimoiy munosabatlarga – ularning harakatini, ya’ni dinamikasini rasmiylashtirish yo’li bilan ta’sir o’tkazishida ifodalandi. Masalan, bu funksiya iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida xo’jalik jarayonlarini tartibga soluvchi fuqarolik, ma’muriy, mehnat huquqi institutlarida mujassamlashgan.
    Huquqning tartibga solish funksiyasini tavsiflash uchun uni amalda qo’llash yo’llarini aniqlab olish muhimdir. Chunki ularning istalgan har biri huquq tizimi tomonidan amalga oshiriladigan butun tartibga solish jarayonida salmoqli o’rin tutadi.
    4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting.
    So’nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko’rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo’nalishlari tarmog’ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining yuqori sifatli va qulay yo’lovchi tashish xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondirish, sohada bozor tamoyillarini joriy etish, xususan moliyalashtirish tizimi va tarif siyosatini takomillashtirish orqali xususiy sektor uchun jozibali biznes muhitini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risidagi 6.02.2023 yildagi PQ-59-sonli QARORIni keltirib o’tishimiz mumkin.
    1-dan afzallik. Jamoat transportda xamma yo’nalishlar aniq belgilanganligi va yo’lovchi bilan kelishuv shartnomasi oxirigacha bajariladi. Shaxsiy yoki yo’nalishli taksilarda esa obektiv sabablar natijasida kelishuv amalga oshmay qolmasligi mumkin. (masalan avtobus buzilganda siz keyingi kelayotgan avtobusda kelishuvni amalga oshirishingiz mumkin. Lekin yo’nalishli taksida bunaqa qoida qo’llanilmaydi.)
    2-dan afzallik. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil sentabr oyida qabul qilgan qaroriga ko‘ra, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari, shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishi uchun ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozli transport kartalarini berish bo‘yicha tartibi tasdiqlangan.
    “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, quyidagi toifa fuqarolariga shahar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi berilgan:
    1941–1945-yillardagi urushda qatnashgan harbiy xizmatchilar;
    1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning II guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
    1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
    Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar;
    haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
    Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
    nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar va nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxs;
    Shuningdek, II jahon urushi yillarida II guruh nogironlariga va nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslarga beriladigan imtiyozli transport kartasi ularga safarlarda hamrohlik qiluvchi bir shaxsga ham shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqini beradi.
    Qayd etilishicha, haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga imtiyozli transport kartalari berilmaydi. Ular harbiy guvohnomasi yoki kontrakt asosida xizmat qiluvchining shaxsiy guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqidan foydalanadi.



    Download 25.17 Kb.
      1   2




    Download 25.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting

    Download 25.17 Kb.