• SUYUQLIKLI SHISHA KENGAYISH TERMOMETRLARI
  • 4-ma’ruza kengayish termometrlari




    Download 188.07 Kb.
    bet1/5
    Sana19.10.2022
    Hajmi188.07 Kb.
    #27505
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4-ma’ruza kengayish termometrlari
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

    Kengayish termometrlari

    4-MA’RUZA
    KENGAYISH TERMOMETRLARI
    Bu о‘lchov asboblarining ishlash prinsipi temperatura ta’sirida jismlarning xajmi va chiziqli о‘lchamlarining о‘zgarishi xususiyatiga asoslangan.
    Suyuqlikli va mexanik kengayish termometrlari mavjud.
    SUYUQLIKLI SHISHA KENGAYISH TERMOMETRLARI
    Bu о‘lchov asboblari ishchi termometrik suyuqlik bilan tо‘ldirilgan rezervuar kichik diametrli kapilyar bilan ulangan bо‘lib, temperatura oshganda suyuqlik xajmi ortib kapilyar trubka bо‘yicha ma’lum bir balandlikga kо‘tariladi. Suyuqlikning kapilyar trubkadagi satxi kо‘tarilishi bо‘yicha temperatura aniqlanadi.
    Bu termometrlarda ishchi suyuqlik sifatida simob va organik moddalar (etil spirti, toluol pentan va boshqalar) qо‘llaniladi. Simob ba’zi ustunliklarga ega – о‘lchash diapozonining kattaligi, -390S dan (rtutning muzlash temperaturasi) 3570S gacha (rtutning qaynash temperaturasi); shishaning rtut bilan xо‘llanmasligi; toza rtutni olishning osonligi.
    Simobning о‘rtacha xajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti 0,18-10-3 grad-1.
    Organik suyuqliklar bilan tо‘ldirilgan kengayish termometrlari yordamida -190 dan 1000S gacha diapozonda temperaturani о‘lchash mumkin. Xajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti 1,13.10-3 grad-1.
    Simob termometrlari temperaturani -350S dan 5000S gacha chegarada о‘lchashga ishlatiladi. Yuqori temperaturalarni о‘lchashda, simob qaynashining oldini olish uchun, kapillyar tepasidagi bо‘shliq inert gaz bilan ortiqcha bosimda tо‘ldiriladi (simob qaynash temperaturasini oshirish maqsadida).
    Simob termometrlari ikki turda ishlanadi: о‘rnatilgan shkalali va kapillyarli trubkaga chizilgan shkalali (palochniy).
    Kapillyarli trubkaga chizilgan shkalali termometr tashqi diametri 6-8 mmli qalin devorli kapillyar va unga ulangan rezervuardan tashkil topgan bо‘ladi. Termometr shkalasi bevosita kapillyarning tashqi yuzasiga chiziladi. О‘rnatilgan shkalali termometr ingichka kapillyardan va bо‘linmalar chizilgan oq shisha plastinkadan tashkil topgan bо‘ladi.
    Vazifasiga qarab, simobli termometrlar texnik, namunali va laboratoriya turlariga bо‘linadi.
    TT tipidagi texnik termometrlar, pastki qismi uzunligi 60 dan 2000 mmgacha va yuqori qismi uzunligi 110, 160 va 220 mm, hamda diametri 18 mm li bо‘lib, tо‘g‘ri va burchakli (90, 1350) qilib tayyorlanadi.
    Rasm. 6. Rasm.7.
    Bu о‘lchov asboblarining asosiy xatoligi eng kichik bо‘limi qiymatidan oshmaydi va 0,5 dan do 100S gacha qiymatlarda о‘zgaradi.
    Laboratoriya termometrlari (TL), bо‘lim qiymatiga qarab, 4 guruxga bо‘linadi (1; 0,5; 0,5 i 0,1).
    Temperatura qiymatining oshishi bilan о‘lchov asbobining asosiy xatoligi ortadi.
    Shuningdek, suyuqlikli (simobli) kontakt termometrlari ham ishlab chiqariladi (rasm ). Ular odatda temperaturani signallash uchun va avtomatik rostlashda ishlatiladi. Bu о‘lchov asbobining pastki va yuqori kontaktlari mavjud bо‘lib (platinali yoki volfram simlardan), ular tutashganda elektr zanjiri ulanib, relening boshqarish о‘ramidan tok о‘tadi va rele ishlab, isitgichni uzadi. Temperatura kamayganda zanjir uziladi. Kontaktli termometrlarning о‘zgarmas kontaktli va kontaktni magnitli siljitgich yordamida xolatini о‘zgartiruvchi qurilmali turlari mavjud.

    Download 188.07 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 188.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma’ruza kengayish termometrlari

    Download 188.07 Kb.