• Telegram
  • Guruhli chat
  • Jamoat kanali
  • Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish 1. Ilovani ishga tushirib, START MESSAGING
  • Settings (Sozlash)
  • 4-Ma’ruza: smm platformalar bilan tanishish. Telegram tarmog‘i telegram




    Download 381,44 Kb.
    Sana10.06.2024
    Hajmi381,44 Kb.
    #262198

    4-Ma’ruza: SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
    TELEGRAM TARMOG‘I

    Telegram sinxron tarzda bir necha qurilmada ishlay oladi, ya’ni telefon, kompyuter va planshet qurilmalaridan birida yozilgan xabar ayni vaqtda boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi.
    Telegram tarmog‘i yordamida chat, maxfiy chat, guruhli chatlarda xabarlashish, kanal, jamoat kanali, xususiy kanal va botlar ochib, biznes loyihalarni yuritish mumkin.
    Chat — ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar.
    Maxfiy chat — ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
    Guruhli chat — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasidagi yozishmalar.
    Kanal — cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin bo‘lgan chat. Uning o‘ziga xos xususiyati — kanal a’zolari xabarlarga izoh berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi.
    Jamoat kanali — qidiruv orqali hamda a’zo bo‘lmagan holda ham foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat 10 ta jamoat kanali yaratishi mumkin.
    Botlar — foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob beradigan ilovalar. Ularning yordamida statistikalarni ko‘rish, so‘rovnomalarga javob olish va boshqalarni amalga oshirish mumkin.
    Dastlab telegram ilovasi telefon, kompyuter yoki planshet qurilmalaridan biriga o‘rnatib olinadi va keyin ishga tushiriladi.
    Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish
    1. Ilovani ishga tushirib, START MESSAGING tugmachasi tanlanadi (1).
    2. Davlat nomi va telefon raqami kiritiladi (2).
    3. Ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelgan kod teriladi (3).


    Telegram tarmog‘ini sozlash
    1. Telegramga (1) kirib, Contacts (2) bo‘limi orqali yangi foydalanuvchi kontaktini qo‘shish mumkin.
    2. Telegramga (1) kirib, Settings (Sozlash) (3) bo‘limi orqali profilni tahrirlash (4), xabarlarni eslatish (5), profilni himoyalash (6), chat oynasini sozlash (7), yangi papka yaratish (8) hamda tilni sozlash (9) mumkin.

    Download 381,44 Kb.




    Download 381,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Ma’ruza: smm platformalar bilan tanishish. Telegram tarmog‘i telegram

    Download 381,44 Kb.