4-mavzu: Identifikatorlar, literallar, o’zgaruvchilar va berilganlar turlari




Download 128.66 Kb.
bet1/2
Sana15.10.2023
Hajmi128.66 Kb.
#87847
  1   2
Bog'liq
4-ma\'ruza
South Korea, 18-Ma\'ruza, 6-sinf-matematika5, 6-sinf-matematika-n sh-savollari 1397-7-9-17-34, 5-ma\'ruza

4-mavzu: Identifikatorlar, literallar, o’zgaruvchilar va berilganlar turlari.


Mavzu rejasi:
1.O'zgaruvchilarni nomlash. 2.Ma'lumotlarning turlari. 3.O'zgaruvchilarga qiymat berish.
4.Ma'lumotlarni bir turdan boshqasiga o’zgartirish 5.O'zgaruvchini o’chirish
Python dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridagi kabi o’zgaruvchilar aniq bir turdagi berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Python dasturlash tilida o’zgaruvchilar alfavit belgilari yoki tag chizig’i belgisi bilan boshlanishi va tarkibi son, alfavit belgilari, tag chizig’i belgilaridan iborat bo’lishi, ya`ni bir so’z bilan aytganda identifikator bo’lishi kerak. Bundan tashqari o’zgaruvchi nomi Python dasturlash tilida ishlatiladigan kalit so’zlar nomi bilan mos tushmasligi shart.
Masalan, o’zgaruvchi nomi and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, False, finally, for, from, global, if, import, in, is, lambda, None, nonlocal, not, or, pass, raise, return, True, try, while, with, yield kabi kalit so’zlar nomi bilan mos tushishi mumkin emas.
Masalan, o’zgaruvchini aniqlash (hosil qilish) quyidagicha amalga oshiriladi:

1.4.1-rasm


Yuqorida a va name o’zgaruvchilari yaratildi va ularga qiymat berildi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Python dasturlash tilida o’zgaruvchini dastlab e`lon qilish degan tushuncha mavjud emas (masalan: c++ tilida int a kabi o’zgaruvchi e`lon qilinadi), balki o’zgaruvchi kiritiladi va unga qiymat beriladi (masalan: a=14). Berilgan qiymatga ko’ra interpretator o’zgaruvchining turini aniqlaydi.


Python dasturlash tilida o’zgaruvchilarni nomlashning ikki turi: “camel case” va “underscore notation” turlaridan foydalanish tavsiya qilingan.
“camel case” turida o’zgaruvchiga nom berilganda, agar o’zgaruvchi nomi alohida so’zlar birikmasidan tashkil topgan bo’lsa, ikkinchi so’zdan boshlab har bir so’zning birinchi harfi katta harfda (katta registr) bo’lishi talab qilinadi.
Masalan:

1.4.2-rasm


“underscore notation” turida esa so’zlar orasiga tag chizig’i “_” belgisi qo’yiladi. Masalan:



1.4.3-rasm


O’zgaruvchilar biror bir turdagi berilganlarni saqlaydi. Python dasturlash tilida bir necha xildagi berilganlar turlari mavjud bo’lib, ular odatda to’rtta guruhga ajratiladi:


sonlar, ketma-ketliklar, lug’atlar va to’plamlar:


bool (boolean) – True va False mantiqiy qiymatlar uchun;


int – butun sonlar uchun, butun turdagi songa kompyuter xotirasida 4 bayt joy
ajratiladi;
float – suzuvchan nuqtali sonlar (haqiqiy sonlar) uchun, haqiqiy sonlarni saqlash uchun kompyuter xotirasidan 8 bayt joy ajratiladi; complex – kompleks
sonlar uchun;


str satrlar uchun, Python 3.x versiyasidan boshlab satrlar bu- Unicode kodirovkasidagi belgilar ketma-ketligini ifodalaydi;
bytes – 0-255 diapazondagi sonlar ketma ketligi uchun


byte array baytlar massivi uchun;


list – ro’yхatlar uchun;


tuple – kortejlar uchun;
set – tartiblanmagan unikal ob`ektlar kollektsiyasi uchun;


frozen set set singari, faqat u o’zgartirilishi mumkin emas (immutable);


dict – lug’atlar uchun. Har bir element kalit so’z va qiymat juftligi ko’rinishida ifodalaniladi.
Python –dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Python dasturlash tilida o’zgaruvchi turi unga yuklangan qiymat orqali aniqlanadi. Agarda o’zgaruvchiga bittalik (‘) yoki ikkitalik (“) qo’shtirnoq yordamida satr yuklansa, o’zgaruvchi str turiga ega bo’ladi, agarda o’zgaruvchiga butun son yuklansa – int, haqiqiy son yuklansa (masalan: 3.14) yoki eksponentsial ko’rinishdagi qiymat yuklansa (masalan: 11e-1) u float turiga ega bo’ladi.
Masalan:

1.4.4-rasm


Python dasturlash tilida haqiqiy (float) turidagi o’zgaruvchilar [-10308 ,


+10308] oraliqdagi sonlar bilan hisoblash ishlarini amalga oshirsa bo’ladi, lekin faqat 18 ta raqamlar ketma-ketligi ko’rinadi (konsol ekraniga chiqarilganda).
Ixtiyoriy katta yoki kichik sonlarni o’zgaruvchidagi ifodasi 18 ta belgidan oshib ketsa, u holda eksponentsial orqali yaxlitlab ifodalanadi.
Shuni ham ta`kidlash kerakki, Python dasturlash tilida o’zgaruvchiga yangi qiymat berish orqali uning turi o’zgartirilishi mumkin. Masalan:

1.4.5-rasm


Ushbu dasturda dastlab age =17 ifodasi orqali age o’zgaruvchisi int turiga ega edi. Keyingi age = "o`n etti" ifoda bilan uning turi str turiga o’zgartirildi.


Bundan keyingi jarayonlarda age o’zgaruvchisi eng ohirgi yuklangan qiymat turiga mos bo’ladi.
O’zgaruvchilarning turini aniqlashda type() – funksiyasidan foydalaniladi.

Masalan:



1.4.6-rasm
Konsol ekranidagi natija:


'int'>


'str'>

Download 128.66 Kb.
  1   2




Download 128.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu: Identifikatorlar, literallar, o’zgaruvchilar va berilganlar turlari

Download 128.66 Kb.