• Yunus—obod, Yangi—bozor, orom—baxsh,ko ‘ z oynak, elektro texnika
  • 2- topshiriq. ”Men anglagan hayot” mavzusida ijodiy matn yaratish; 1-topshiriq.
  • 4-mavzu: O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari 1-topshiriq




    Download 47,03 Kb.
    Sana19.02.2024
    Hajmi47,03 Kb.
    #158557
    Bog'liq
    O`zbek tili 4-topshiriq


    4-mavzu: O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari


    1-topshiriq. Matnni o‘qing va shu asosda to‘g‘ri yozish uchun nimalarni bilish kerakligi haqida taklif-tavsiyalaringizni yozma ravishda bayon qiling.
    So‘z va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish, qo‘shib va ajratib yoziladigan so‘z va so‘z shakllarini bilish, bosh harflar bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni farqlash kabi imlo amallarini o‘zlashtirmasdan turib yozma savodxonlikka erishish mumkin
    emas. Imlo qoidalarini bilish faqat to‘g‘ri yozishni o‘rganish uchungina zarur deyish xato bo‘ladi. So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish, nutq jarayonida to‘g‘ri talaffuz qilish, hatto so‘zning matndagi ma’nosini to‘g‘ri anglash va o‘rinli qo‘llay bilish uchun ham
    imlo qoidalarini puxta egallash taqozo etiladi. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ni chuqur o‘rganish va yozma nutqda ularga to‘la amal qilish har bir o‘quvchi, qolaversa, barcha fuqarolarning burchidir. Afsuski, ko‘zga tashlanib turgan ko‘cha peshtoqlarida, idoralar nomi yozilgan lavhalarda Yunus—obod, Yangi—bozor, orom—baxsh,koz oynak, elektro texnika kabi xato yozuvlar uchrab turibdi.Vatanini, millatini sevgan har bir kishi yozuv madaniyati azal-azaldan milliy qadriyatlarning ko‘zgusi, ilmiy-ma’rifiy salohiyatning belgisi bo‘lib kelayotganini aslo unutmasligi lozim. Ulug‘lanayotgan qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan milliy yozuvimizga hurmat va e’tiqodni to‘g‘ri va chiroyli yozish orqali tarbiyalashimiz maqsadga muvofiqdir.

    2- topshiriq.
    ”Men anglagan hayot” mavzusida ijodiy matn yaratish;

    1-topshiriq.
    To`g`ri yozishni o`rganish uchun O‘zbek tilidagi imlo qoidalarini tushunish, o‘rganish va ularga amal qilish juda muhimdir. Bu qoidalarga amal qilish orqali so‘zlarni to‘g‘ri yozib o‘qishingiz, hatto so‘zlar bilan ifodalangan ma’noni ham to‘g‘ri anglashingiz mumkin. So‘zlar va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish uchun ularning ma’nolarini va qo‘shimchalarni qanday ishlatish kerakligini tushunish kerak. Bu, matn yozishda bo‘lgan imlo xatolarini kamaytirishga yordam beradi. Nutq va til qoidalarini tushunish o‘rganish uchun ham juda muhimdir. O‘zbek tili grammatikasi, tushunchalari va usullari haqida ko‘proq bilim olishingiz sizning yozmangizni sifatli qilishga yordam bera oladi. Badiiy kitoblar o`qish, matnlar o`qish, turli xildagi jurnallar va gazetalarni o`qib kuzatib borish kerak. Matn yozib ko`proq mashq qilish kerak.
    2-topshiriq
    Men oddiy ishchi oilasida dunyoga kelganman. Onam o`qituvchi, otam esa haydovchi. Ota onam bizni yaxshi sharoitda o`qib ulg`ayishimiz uchun qo`llaridan kelgancha harakat qilganlar va qilib kelmoqdalar. Mana endi ulg`ayib biz ham ota-ona bo`ldik va ota-onalik ma`suliyati qanchalik og`ir ekanini bildik. Inson o`z oilasida ko`rgan tarbiya albatta kelajakda uni o`zi qurgan oilasida juda katta ta`siri borligini anglab yetdim. Har bir o`tayotgan kunimiz, har bir soatimiz, har bir soniyamiz bu bizga hayotning berayotgan saboqlaridir. Yoshim 28 da. Men hozirda talabaman. Bu borada tengdoshlarimdan ancha orqada bo`lsamda, ammo boshqa tarafdan oila qurishda men ulardan oldindaman. Eng oliy va adolatli ta`lim beruvchi bu hayotdir. Hayot hamma narsani o`z vaqti va o`z o`rnida ko`rsatib qoyadi.


    Download 47,03 Kb.




    Download 47,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu: O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari 1-topshiriq

    Download 47,03 Kb.