• II. Umumiy ma´lumotlar: Dizayn
  • Dizaynning maqsadi
  • Kompozitsiya nazariyasi ikkita asosiy turkum
  • Hajmiy-fazoviy
  • III. Jihozlar va adabiyotlar
  • 6-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Turli rusumdagi transport vositalarining dizaynini o’rganish. I. Ishdan maqsad




    Download 16.4 Kb.
    Sana06.10.2023
    Hajmi16.4 Kb.
    #87032
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot - 6
    3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari

    6-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu:Turli rusumdagi transport vositalarining dizaynini o’rganish.


    I. Ishdan maqsad: Transport vositalarining dizayn talablarini ya`ni dizaynerning vazifasi, tektonika, kontrast, rang va yorug`lik, shaklning kompozitsiyaviy mukammalligi va uning sodda perspektiv ko´rinishlarini yasashdan iborat.
    II. Umumiy ma´lumotlar:
    Dizayn (ingl. design - niyat, loyiha, chizma, rasm) - bu sanoatdagi badiiy-konstruktorlik faoliyati bo`lib, o`z ichiga dizayner (rassom-konstruktor) ning ijodini, uning usullari va mehnatining natijalari va ularni ishlab chiqarishda amalga oshirish sharoitlarini qamrab oladi. Dizaynning maqsadi - yuqori texnik darajadagi, ijtimoiy foydali, foydalanishga qulay va go`zallik talablariga javob beradigan sanoat mahsulotlaming yangi tur va namunalarini yaratishdir.
    Texnikada shakl hosil qilish ko`pda ishlab chiqilayotgan obyekt va insonning alohida, faqat o`ziga xos aloqasining xarakteri, me`morchilikdan boshqacha funksional jarayonlar, tuzilishning shaklga o`zgacha ta`siri va uning aksi bilan aniqlanadi. Avtomobil va traktorlarni badiiy konstruksiyalash nazariyasi sanoat dizaynining yo`nalishlaridan biri hisoblanadi, u bir qator fanlar va faoliyat sohalarining birikish joyidagi kompleks fan - texnikaviy estetika bo`lagi bo`lgan kompozitsiya nazariyasi bilan chambarchas bog`langan.
    Kompozitsiya nazariyasi ikkita asosiy turkum: tektonika va hajmiy-fazoviy strukturaga asoslanadi.
    Tektonika konstruksiya va materialning ish xarakteri haqida ma`lum tarzda aniq shaklda ifodalangan tushuncha beradi.
    Mahsulotning hajmiy-fazoviy strukturasi kompozitsiyaning ikkinchi muhimligi kam bo`lmagan turkumi bo`ladi. Har bir shakl bo`shliq bilan ba`zan oddiy va ravshan, ba`zan juda murakkab o`zaro aloqada bo`ladi. Demak, shakl qanday qurilgan bo`lmasin, to`la huquq bilan strukturaning ikkita asosiy komponentlari - hajm va bo`shliq haqida gapirish mumkin. Yaxshi tashkil etilgan hajmiy-fazoviy strukturaning qonuniyatlaridan eng muhimi strukturaning ayrim elementlari yoki qismlari orasidagi aloqalarning uyg`unligi (uzviyligi) hisoblanadi.
    Hajmiy-fazoviy strukturaning butunligining muhim sharti uning umumiy tartibga solinganligi bo`ladi. Faqat tarlibga solinganlik, ya`ni bila turib yoki g`ayri ixtiyoriy uning tuzilish prinsipini o`qiy olish, strukturani garmoniyali qiladi. Agar struktura tartibga solinmagan bo`lsa va elementlarning aloqalari tasodifiy bo`lsa, uni idrok etish qiyinlashadi. Natijada biz qancha qidirmaylik, uning tuzilishi yechimini topa olmaymiz. Hajmiy-fazoviy strukturaning elementar soddaligida uni tashkil etish prinsipi ortiqcha mehnatsiz idrok etiladi. Oshkora tartibsizlik ham strukturani tashkil etishda birorta tizimning butkul yo`qligi haqida o`sha zahotiyoq axborot beradi. Ammo ishlaydigan konstruksiya mutlaqo tartibsiz deyarli bo`lmaydi - bu texnikada kamdan-kam uchraydigan voqea. Tamoman ma`lum negativ idrok etish reaksiyasini keltirib chiqarsa ham, yashirin xarakterdagi tartibga solinmaganlik bilan tez-tez to`qnashish mumkin.
    III. Jihozlar va adabiyotlar:
    1. Avtomobil kuzovi.
    2. Ko`rgazmali vositalar.
    3. AutoCAD yoki Kompas dasturi.
    4. Plastilin, qattiq qog`oz va turli egiluvchan plastin materiallar.
    5. Uslubiy ko`rsatma.
    IV. Amaliy qism:
    1. Tektonika va hajmiy-fazoviy strukturaning o`zaro aloqadorligi bilan tanishish.
    2. Estetik talablar bilan tanishish.
    3. Kompozitsiya vositalari bilan tanishish.
    4. Rang va yorug`lik xossalari bilan tanishish.
    5. Konstruksiya, shakl va kompozitsiya qoidalari bilan tanishish.
    V. Хulosa.
    1. Transport vositalarining hozirgi kundagi rivojlanish tendentsiyalari haqida ma`lumotlar bering.

    2. Transport vositalarning sodda perspektiv ko´rinishlarini (O`qituvchining ko`rsatmasi bo`yicha) AutoCAD yoki boshqa dasturlarda loyihalash yoki maketini qurish.


    3. Mavzu bo`yicha internet ma`lumotlarini olish.
    4. Yuqorida qilingan ishlar yuzasidan talabaning fikr va mulohazalari.
    Download 16.4 Kb.




    Download 16.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Turli rusumdagi transport vositalarining dizaynini o’rganish. I. Ishdan maqsad

    Download 16.4 Kb.