• . Konseptual modelni yaratish
  • DASTLABKI MATERIALLARNI TAYYORLASH
  • 6-Laboratoriya Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash




    Download 256.7 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana16.05.2023
    Hajmi256.7 Kb.
    #60443
      1   2   3   4
    Bog'liq
    6-labor
    10 ta savol (3), Muratbaeva Gulbiyke (4)


    6-Laboratoriya 
    Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash 
    1.Konseptual modelni yaratish. 
    2.Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash. 
    3.Matematik modelni ishlab chiqish. 
    4.Modellashtirish vositalarini tanlash. 
    Tayanch so’zlar: Konseptual model, tizim, detallashtirish
    1. Konseptual modelni yaratish 
    Ta’rif va orentatsiya (mo‘ljal) Modelni ishlab chiqarishda tavsiflashni shartli 
    ravishda quyidagi pog‘onalarga bo‘lish mumkin: Konseptual matematik va 
    dasturiy. Bu pog‘onalada modellar yaratiladi. Konseptual (mazmunli) model-
    abstrakt model bo‘lib, tizimni So tarkibi va strukturasini, elementlar xususiyatini 
    va sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlaydi.
    Bundan tashqari elementar hodisalar orasidagi o‘zaro ta’sir turi va darajasi, 
    har bir elementar hodisani tizimni ishlashi umumiy jarayondagi o‘rni va ahamiyati 
    tavsiflanadi. Dastlab Konseptual model tadqiqotchini ongida vujudga keladi. 
    Model modellashtirish maqsadiga mos ravishda Tizimni ma’lum 
    xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu jarayon M- orentatsiya deyiladi. 
    Tadqiqotchi tizimi xayoliy kesim bilan qiziqtirgan xususiyatlari ta’riflanadi. 
    2.1.Rasm. Konseptual modelni tasvirlash 
    Konseptual modelni ishlab chiqish tizimini So chuqur bilishni talab etadi, 
    chunki modelda qatnashadigan va modellashtirish natijalariga ahamiyatli ta’sir 
    etmaydigan parametrlarni tanlab olinadi. 
    Modelni yaratishda asosiy muammolardan biri bu modelni oddiyligi va 
    adekvatligi o‘rtasida kompromissni aniqlashdir. Kompromiss yechimini topishni 
    formal usullari mavjud emas. Bu muammo asosan tadqiqchining tizim haqidagi
    bilimlariga, hisoblash baholariga tajribasiga bog‘liq. Shuning uchun 
    modellashtirish faqat fan bo‘libgina qolmasdan, balki san’at hamdir. 
    Mo‘ljallanmagan modelni tuzishda ko‘pincha foydali va tashqi muhitning ta’sirlari 
    aniqlanadi. 
    Stratifikatsiya. 
    Konsentual modelni yaratishdagi keyingi qadam modelni detallashtirish sohasini 


    tanlash hisoblanadi. 
    2.2.Rasm. Model pog‘onalari. 
    Ma’lumki, har qanday ixtiyoriy tizim, shu jumladan hisoblash tizimlari- bu 
    ko‘pdan-ko’p elementlar birligidir. Har bir tizim xususiyatlardan biri uning kichik 
    bo‘laklarga bo‘linishidir. Shuning uchun tizimlar qismlar (qism bo‘laklar,
    elementlar) majmuasi shaklda tasvirlanadi. Bu majmuaga Tizimni butunligiga 
    saqlab qoluvchi hamma bo‘laklar kiritiladi. Biror-bir elementni modeldan chiqarib 
    tashlash tizimi asosiy xususiyatlarini yo‘qotilishiga olib kelmasligi lozim.
    Ikkinchi tomondan esa tizimni har bir bo‘lagi bir nechta elementlar 
    majmuasidan iboratdir va bu bo‘lak ham mayda elementlarga bo‘linadi. Shuni 
    hisobga olgan holda detallashtirish pog‘onasini tanlash muammosi modellarni 
    iyerarxik ketma-ketligini ko‘rish bilan yechimni topish mumkin. Har bir pog‘onada 
    tizimni xarakterli xususiyatlari, o‘zgaruvchilar, prinsiplar va bog‘lanishlar 
    mavjudki, bular yordamida tizim harakati yoziladi. 
    Detallashtirish pog‘onalari startlar deyiladi, pog‘onalarni ajratish esa 
    stratifikatsiya deyiladi. Startlarni tanlash modellashtirish maqsadida va 
    elementlarni xususiyatini oldindan bilish darajasiga bog‘liq. Biror bir tizim 
    uchun turli startlar ishlatilishi mumkin. Odatda modelga faqat detallashtirishni bitta 
    pog‘ona elementlari ishlatiladi. Sok chi start. Ba’zi hollarda modelda turli start 
    elementlari ham ishtirok etishi mumkin. Agar alohida elementlarni umum tizim 
    (funksional) xususiyatlari haqida kam ma’lumot bo‘lsa, yoki ularni tavsiyalash 
    qiyin bo‘lsa, bunday hollarda har bir elemen uchun modelda quyi startdan uning 
    detallashtirilgan tavsiyalari kiritilishi mumkin, ya’ni (K-1) startdan. Bu quyi 
    pog‘ona elementlarini ham bo‘laklarga bo‘lish va ularni (K-2) start pog‘ona 
    elementlari tavsiflari bilan almashtirish mukin. 
    Mo‘ljallangan va stratifikatsiyalangan konsentual modelni tizishda quyidagi 
    yo‘riqnomadan foydalanish mumkin. Modelga tizimni hamma parametrlari 
    kiritilishi lozimki, birinchi navbatda bu parametrlar modellashtirish jarayonida 
    tadqiqotchini qiziqtiruvchi xarakteristikalarni konkret tashqi muhit ta’sirlarida 
    berilgan vaqt intervalda T aniqlash imkoniyatini bersin. Qolgan parametrlarni 
    (o‘zgaruvchilar) ni modeldan o‘chirib tashlash kerak. 
    Detallashtirish. Har qanday ixtiyoriy tizimni ishlashni modda, yoqilg‘i yoki 
    axboratni o‘zgartirish texnologik jarayonini bajarishi ko‘rinishda tasarruf etish 
    mumkin. Har bir jarayon elementar amallar ketma-ketligidan tashkil topadi. Har 
    bir elementar amalni bajarishi aniq zaxira (resurs)- element bilan ta’minlanadi. 


    Shuning uchun modelda bajaruvchi hamma texnologik jarayonlarni bajarilishini 
    tamirlovchi hamma elementlar qatnashishi zarur. Bundan tashqari modelga 
    zaxiralarni boshqarish uchun va o‘zgartirilayotgan ob’yektlarni saqlash uchun 
    zarur bo‘lgan elementlar ham kiritish mumkin. Bunday qoidalarni ishlatilishi 
    uchun elementar amal tushunchasi ta’rifini aniqlash talab etiladi. 
    Lokallashtirish. Konseptual modelni yaratishni keyingi qadami bu 
    lokallashtirish, ya’ni tashqi muxitni tashqi ta’sirlar generatori shaklida 
    tasvirlashdan iborat. Bunday generatorlar model tarkibiga element sifatida 
    kiritiladi. Zarur bo‘lganda ular tizimni kirishga asosiy dastlabki ob’yektlarni 
    modda (xomashyo, yarim fabrikatlar, komplekt kismlar) yoqilg‘i, energiya yoki 
    axborot tizimlari uchun ma’lumotlar generatorlarga differensionallanadi. Bundan 
    tashqari to‘ldiruvchi (ta’minlovchi) ob’yektlar va energiya generatorlari, 
    boshqaruvchi va salbiy ta’sir generatorlari ham mavjud bo‘ladi. Salbiy ta’sir 
    generatorlari tizimni normal ishlash jarayonini buzadi (3-rasm). Tizimni chiqish 
    ta’sirlarini qabul qiluvchi modelga kiritilmaydi. Faraz qilinadiki tizimni ishlash 
    natijalari, ya’ni asosiy o‘zgartiriladigan mahsulotlar, qo‘shimcha maxsulot va 
    axlatlar, tizimni holati haqidagi axborot va tashqi tizimlarga bo‘ladigan boshqarish 
    ta’sirlari tashqi muhit tomonidan to‘la va to‘xtovsiz yuritiladi.
    Rasm 2.3. Strukturalash va boshqarish 
    Modelni strukturasini tuzish elementlar orasidagi o‘zaro aloqalarni 
    ko‘rsatish (ifodalash) bilan tugaydi. Aloqa moddiy va axborotli ko‘rinishlarga 
    (turlarga) bo‘linadi. Moddiy aloqalar o‘zgartirilayotgan maxsulotni bitta 
    elementdan ikkinchi elementga mumkin bo‘lgan o‘tish yo‘llarini aks ettiradi. 
    Axborotli aloqalar esa elementlar orasidagi boshqarish va holatlar haqidagi 
    axborotni uzatishni ta’minlaydi. Shuni aytib o‘tish lozimki, moddiy va axborotli 
    aloqalar tizimida biror – bir moddiy aloqa kanali bilan aks ettirish shart emas. 
    Oddiy tizimlarda bir funksiyali elementlardan iborat, ya’ni bittadan ortiq bulmagan 
    moddiy alokaga ega bo‘lgan tizimlarda axborat aloqalari umuman mavjud 
    bulmasligi mumkin. Bunday tizimlarda ishlash jarayonini boshqarish uning 
    strukturasi bilan aniqlanadi, ya’ni ularda boshqarish strukturali boshqarish prinsipi 


    bilan amalga oshiriladi. Bunday tizimlar misol sifatida mantik elementlari va 
    anolog hisoblash mashinalarni keltirish mumkin.
    Murakkab tizimlarda, ya’ni ko‘p funksional elementli yoki bittadan ortiq 
    chiqish moddiy aloqalarga ega bo‘lgan tizimlarda boshqarish vositalari (yechuvchi 
    elementlar) va mos axborot aloqalar mavjud bo‘ladi. Boshqarish ko’rsatma berish 
    uchun, ya’ni qaysi element dastlabki ob’yektni qachon va qayerdan olish, 
    o’zgartirish uchun qanday operatsiyani (amalni) bajarish va qayerga uzatish 
    kerakligini talab qiladi. Bunday tizimlarni dasturiy yoki algoritmik boshqarish 
    prinsipida ishlaydi deyiladi. Konseptual modelda hamma yechuvchi qoidalar va 
    ishchi nagruzkani (elementlarni jarayonlari) boshqarishni aniqlashtirish kerak. 
    2.DASTLABKI MATERIALLARNI TAYYORLASH
    Fakt ma’lumotlarni to‘plash. 
    Konseptual modelni yaratishda ob’yektni va tashqi muxitni ta’sirlarni sifat 
    (funksional) va miqdoriy parametrlarni aniqlanadi. Miqdoriy parametlar uchun 
    modellashtirishda dastlabki ma’lumotlar sifatida foydalanuvchi parametlarni aniq 
    qiymatlarini aniqlash zarur. Bu ko‘p mehnat talab etuvchi va ma’suliyatli bosqich. 
    Bu modellashtirishni natijalariga katta ta’sir etadi. Ma’lumki, modellashtirish 
    natijalarini ishonchliligi va aniqliligi dastlabki ma’lumotlarni aniqlashga va 
    to‘laligiga bog‘liq. Konseptual modelni boshlang‘ich bosqichlarida ko‘pincha 
    modelga aniq kiruvchi parametrlar aniqlanadi. Bu parametlar bo‘yicha dastlabki 
    ma’lumotlarni to‘plash (yig‘ish) konseptual modelni ishlab chiqish bilan parallel 
    olib borish mumkin. Konseptual modelni aniqlashtirish qolgan parametrlar ham 
    topiladi. Dastlabki ma’lumotlarni to‘plash quyidagi sabablar bo‘yicha 
    murakkablashishadi. Birinchidan parametlar qiymati faqat deterministik bo‘libgina 
    qolmay, balki stoxastik xarakaterga ega bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, hamma 
    parametlar statsionar bo‘lavermaydi. Ayniqsa bu tashqi muxit ta’siriga tegishlidir. 
    Uchinchidan, ko‘pgina hollarda mavjud bo‘lmagan (loyixalashtirilayotgan, 
    modernizatsiya kilinayotgan) tizimlar yoki yangi sharoitlarda ishlaydigan 
    tizimlarni modellashtirish haqida gap boradi. 
    Parametrlarni katta qismi - bu tabiat bo‘yicha tasodifiy miqdorlardir. Ammo 
    soddalashtirish maqsadida ular determistik bo‘yicha qiymatlari bilan ifodalanadi. 
    Bunday qilish uchun agar tasodifiy miqdor katta bo‘lmagan siljishlarga ega bo‘lsa, 
    yoki modellashtirish maqsadiga o‘rtacha qiymatlar bo’yicha erishish mumkin 
    bo‘lsa. 
    Modelni yaratishda ayniqsa holat, ya’ni deterministik parametlar tasodifiy 
    kattaliklar bilan ta’svirlanish mumkin. Bu asosan tizim elementlarni yoki tashqi 
    ta’sirlarni elementlarni integratsiyalash bilan model o’lchamlarini kamaytirish 
    uchun ishlatiladi. 

    Download 256.7 Kb.
      1   2   3   4




    Download 256.7 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Laboratoriya Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash

    Download 256.7 Kb.
    Pdf ko'rish