6-Maruza Mavzu: Multimedia tarmoq tehnalogiyalarida uzatishlar Reja




Download 23.72 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2023
Hajmi23.72 Kb.
#67198
  1   2
Bog'liq
6-Maruza. docx
Аналог бўлими, mustaqil ish 2ta, 56, Aralash funksiyali birikmalar, Sikloalkanlar, Ишончнома 77 01.05.2023 дан, Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi, Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni, Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiyasida texnik talablar., Yong‘in o‘chirish vositalari., Yong‘inni aniqlash vao‘chirish qurilmalari., konus, EYLER FUNKSIYASI. EYLER FUNKSIYASINING MULTIPLIKATIVLIGI. EYLER TEOREMASINI HISOBLASH FORMULASI. EYLER TEOREMASI. FERMA TEOREMASI, 10-sinf Biologiya fanidan mavzulashtirilgan testlar



6-Maruza

Mavzu: Multimedia tarmoq tehnalogiyalarida uzatishlar
Reja:
1. Multimedia sinflari
2. Multimediali trafik
3. IP texnologiya
4. IP-telefoniya
5. VoIP – texnologiyasi
6. Google tizimlari
1.Multimedia sinflari
Multimediani uzatish nuqtai nazaridan, real vaqtda uzatiladigan (Real-Time – RT) yoki real vaqtda uzatilmaydigan (Non Real-Time-NRT) sinflarga bo‘linishi mumkin.
Birinchi turdagi multimedia (RT), paketlarni kechikishiga chegarani talab etadi, xuddi shu vaqtda multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday chegaralanishni talab etmaydi lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo bo’lmasligi uchun qattiq chegaralanishga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish uchun ikkita asosiy yondashuv mavjud:
Birinchisi, yо’qolgan yoki shikastlangan paketlarni uzatishda avtomatik takrorlash (Automatic Retransmission reQuest – ARQ). Bu yondashish transport satxidagi TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IP protokoli stekida qo‘llaniladi.
NRT-axborotini xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi ilova, odatda aynan shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), paketlarni qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilash imkonini beruvchi ortiqcha axborot uzatiladi. Bunday yondashuv transport satxining boshqa protokolida UDP (User Datagram Protocol), TCP/IP protokolining shu stekida qo‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashlovchi, xatoliklarga yo‘l qо‘yuvchi (RT kabi NRTda ham) ilova, odatda paketlarni uzatishda vaqtni yо‘qotishdan xoli bо‘lish uchun UDPni qо‘llaydi.
RT, diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz (Continuous media – CM) multimediaga bo‘linadi. Bu asosan ma’lumotlar diskret yoki uzduksiz oqimda uzatilishiga bog‘liq. О‘z navbaida SM xatoliklarga yо‘l qо‘yuvchi va xatoliklarga yо‘l qо‘ymaydigan turlaga bо‘linishi mumkin.
Birinchi turdagi RT ga misol qilib ovozli va videokonferensiyalarni o’tkazishda qo’llaniladigan ovozli va video oqimlarni olish mumkin. Ikkinchi ilovaga misol qilib esa uzoqdagi kompyuterni ishga tushurishni tushunish mumkin.
1.Multimediali trafik
Multimediyali trafik deganda insonning sezgi organlari qabul qilib oladigan turli xil axborotlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarning raqamli oqimi (odatda tovushli va/yoki videoaxborot) tushuniladi.
Ma’lumotlarning multimediyali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv xizmatlarni taqdim etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari bo’yicha uzatiladi. Tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediya xizmatlarining bugungi kunda eng ko’p tarqalganlari videotelefoniya, multimediyali ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish hisoblanadi.
Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediyali trafikning ikki asosiy turi ajratiladi:
1. Foydalanuvchilar o’rtasida real vaqt miqyosida axborotni uzatish uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan real vaqt trafigi.
2. Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy taqsimlangan xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar trafigi, jumladan, elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan kirish va boshqalar.
Real vaqt trafigini qo’llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: IP-telefoniya, yuqori sifatli tovush, videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat ko’rsatish (diagnostika, monitoring, konsultatsiya), videomonitoring, keng eshittirishli video, raqamli televideniye, radio va televizion dasturlarni olib ko’rsatish.
2. IP texnologiya
Ethernet – kommutatorlarni ishlab chiqarishni jadal ravishda o’sishi, 100 Mbit/s, 1 va 10 Gbit/s portlarni xosil bo’lishi abonentga ulanishni o’tkazish oralig‘ini sezilarli darajada oshirdi va keng polosali ulanish xizmatlarini ta’minlash imkonini berdi. Birinchi navbatda bu 50 Mbit/s gacha tezlikli trafik bitta axborotli foydalanuvchi oqimga generatsiyalanadigan audio va video oqimlarga taalluqli. IP tarmoq barcha axborotli oqimlarga xizmat ko’rsatish imkoniga ega. IP tarmoq orqali VoIP tovush signalini va barcha raqamli formatdagi video tasvirni uzatishi mumkin.
Bugungi kunda multiservisli tarmoq deganda faqatgina kanal satxidagi turli servislarni(FR,IP,ISDN,ATM,SD xizmatlari)yokitarmoq marshrutizatsiyalarinigina (VLAN yoki VPN) emas, balki axborotli servislarni (ISP, ASP va SSP) ham taqdim etish imkoniga ega. Operatorlik xizmati-bu, foydalanuvchi xizmatlari bilan shartnomali kelishuv va sifat kafolati. Shuning uchun umumiy foydalanishni multiservisli tarmoq operatori uchun xizmatlarni amalga oshirish mezoni ularni sifati va kafolati xisoblanadi. Ya’ni sifatni nazorat qilishni samarali mexanizmlari va parametrlarni sozlash, abonent yozilgan barcha xizmatlar paketini kafolatli taqdim etishni mavjudligi.
IP-texnologiyasini keng tarqalishi uning bir qator xususiyatlari bilan aniqlanadi. Universallik. Xozirgi kunda IP protokollari barcha tarmoq segmentlarida qo’llanilmoqda, lokal tarmoqlardan magistral tarmoqlargacha. IP texnologiyasi ovoz va vedeo axborot, ma’lumotlar uzatish uchun qо‘llaniladi. IP asosida qayd etilgan va simsiz aloqa tarmoqlari quriladi.
Mashtablashtirish. Yirik mashtabli tarmoqlar onson rivojlanish imkoniga ega bо‘lishi kerak. Ochiqlik. Internet tarmog‘i ochiq tizim prinsipiga asoslangan.
3. IP-telefoniya
Mazkur servis tarmoqning ikki abonenti о‘rtasidagi tovush trafigini (nutqni) uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol (Internet Protocol) dan foydalaniladi. «IP telefoniya» servisini tashkil etish uchun mahalliy, korporativ, global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘i foydalanilishi mumkin. Umumiy foydalanishda qо‘llaniladigan maxsus shlyuzlar yordamida telefon tarmoqlari abonentlari va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari abonentlari о‘rtasida IP-telefon aloqasi ta’minlanadi.
Yuqori sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday servis tushuniladiki, bu servis yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi chiqishlarni va h.k. larni uzatishni va eshittirishni amalga oshiradi.
Videotelefoniya. Mazkur servis ikki abonent о‘rtasida insonlar nutqini uncha yuqori bо‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga oshiradi. Mazkur servis mijozlari tegishli kommutatsion apparatura orqali real vaqt rejimida bir-birlarini eshitishlari va kо‘rishlari mumkin.
Videokonferensiya. Mazkur servis abonentlar guruhi о‘rtasida tovushli va videotrafikni uzatishni amalga oshirib, bunda tovush va videosignallar bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan holda (turlicha transport birikmalari bо‘yicha) tarmoqda uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli protokol bilan ta’minlanadi.
Masofadan tibbiy xizmat kо‘rsatish. Mazkur servis bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qо‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur servis trafigi real vaqt miqyosida uzatilgan tovush va videoma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni о‘z ichiga oladi.
Videomonitoring. Mazkur servis xonalarning videokuzatuvini amalga oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qо‘riqlash, turli xil noan’anaviy vaziyatlar tо‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar tо‘planadigan joylarda doimiy monitoring (real vaqt rejimida) qilish uchun qо‘llaniladi.
Radio va televizion dasturlarni olib kо‘rsatish. Mazkur servis radio va televizion kanallarni raqamli telekommunikatsion tarmoq orqali olib kо‘rsatishni amalga oshiradi.
Raqamli televideniye. Mazkur servis uning mijozlari talabiga kо‘ra yuqori sifatli raqamli televideniye kо‘rsatuvlarini (badiiy filmlar, musiqali videokliplar, sport translyatsiyalari) amalga oshiradi.
Zamonaviy telekommunikatsion tarmoqlarining rivojlanishida asosiy yо‘nalish servisning turli xil kо‘rinishlarini, shu jumladan, multimediyali servislarni ham qо‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediyali trafikning turli xil kо‘rinishlarining tarmoq resurslariga talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish vaqtiga alohida cheklashlar qо‘ymaydi. Bunday trafikka qо‘yiladigan talabning hammasi – bu yangi minimal о‘tkazish qobiliyatini ajratishdir. Real vaqtda videokonferensiya о‘tkazish uchun trafik boshqa misol bо‘lishi mumkin. U ancha о‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki videokadrlarni oluvchiga yetkazib berishning vaqtini minimallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, agar axborot paketlarining tutilib qolishlari nihoyatda nomuntazam xususiyatga ega bо‘lsa, videokonferensiya seansini о‘tkazish sifati qoniqarli bо‘lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga kо‘pgina parametrlar bо‘yicha qat’iy talablar qо‘yiladi. Bu parametrlar quyida mufassal kо‘rib chiqiladi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediya trafigini tavsiflash va tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
– Uzatish tezliklarining keng diapazoni – telefon trafigini uzatish holidagi kabi bir necha kbit/s dan to videokonferensiyalarni uzatishdagi kabi yuzlab Mbit/s gacha;
– Uzatilayotgan multimediyali axborot oqimlarining turli xil statistik xossalari (real vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qо‘yadi);
– Tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish texnologiyalari va protokollarining kо‘pligi (Gygabit Ethernet, ATM, MPLS va boshqalar);
– Uzatilayotgan axborotlarni kо‘p darajali ishlov berishni, buning oqibatida xizmat kо‘rsatish sifati ishlob berishning bir necha darajasiga bog‘liq bо‘lib qoladi.

Download 23.72 Kb.
  1   2




Download 23.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-Maruza Mavzu: Multimedia tarmoq tehnalogiyalarida uzatishlar Reja

Download 23.72 Kb.