|
Reja: Tozalash ishlarini tashkil etish. Nomerni joylashish uchun tayyorlash
|
bet | 1/6 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 488,29 Kb. | | #103019 |
Bog'liq Masharipov Xasanboy Housekeeping
MUSTAQIL ISHI
192 mehmonxona guruh talabasi Masharipov Xasanboyning “Housekeeping xizmati” fanidan “Mehmonxona nomer fondiga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ” mavzusida tayyorlagan
REJA: 1. Tozalash ishlarini tashkil etish. 2. Nomerni joylashish uchun tayyorlash. 3. Turli tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi. Mehmonxona – bu uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bo‘lganligi sababli unga yuqori darajali sanitariya-gigiyenik talablar qo‘yilgan. - Mehmonxona qaysi kategoriyaga tegishli bo‘lishidan qatiy nazar hamma vaqt toza saqlanishi (unga tegishli territoriya ham) zarur.
- Bu mehmonona xodimlaridan territoriyani, nomerlarni, ma’muriy-xo‘jalik inshootlarini toza tutshida har kunli katta tozalik ishlarini olib borishni talab etadi. Shuning uchun mehmonxona xo‘jaligida tozalikni ta’minlash maqsadida tozalik va obodonlashtirish ishlarini qanday tashkil etish, o‘tkazish kerakligini bilish muhimdir.
Barcha sanitariya- epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda yuqori darajali tez tozalash amalga oshirish uchun mehmonxonada:
- yuqori malakali professional tayyorgarlikka ega xodimlar;
- zamonaviy tozalash materiallari va invetarlar;
- zamonaviy tozalash mashina va mexanizmlariga ega bo‘lishi kerak.
Tozalash ishlarini olib borish jarayonida bir nechta muhim prinsiplar mavjud:
- qavat xodimi mehmonning “ko‘ziga kamroq ko‘rinishi”;
- tozalash invertantlari va asboblari umumiy foydalanish joylariga qoldirilmasligi;
- tozalash ishlari vaqtida farroshlar, xona bekasilar shaxsiy ishlariga chalg‘imasliklari kerak.
Tozalash ishlarini quyidagi kategoriyalarini ajratish mumkin: Tozalash ishlarini quyidagi kategoriyalarini ajratish mumkin: - mehmonxonaga tegishli territoriyani tozalash;
- markaziy kirish joyi va vestibyulni tozalash;
- umumiy foydalanish joylarini tozalash(zina, koridor, xoll, ma’muriy va qo‘shimcha inshootlar);
- nomer fondini tozalash (xona va sanuzel).
|
| |