6-mavzu: 2-, 3-, 4- sinfda bayon o‘tkaziladigan dars ishlanmasini tuzish Reja




Download 18.59 Kb.
Sana19.12.2023
Hajmi18.59 Kb.
#124059
Bog'liq
6-mavzu 2-, 3-, 4- sinfda bayon o‘tkaziladigan dars ishlanmasin
user file 5e883b9c6b022, 14 - lesson (text) tayyor, Suyuq kristallar va ularning xususiyatlari, Hotamaliyeva Dilfuza Ulug’bek qizi, Siddiqova Marg\'ubaxon, Ахборот технологиялари, Ахборот технологияларии, Dars tahlil 2021 ЯНГИСИ, 620-19 Valijonov Sirojiddin 14-Topshiriq, 408 бўйича маълумот, Komilova d, Doc4, Healthy food.-WPS Office1, Kasrlar test, Tarjima Nazaryasi

6-mavzu: 2-, 3-, 4- sinfda bayon o‘tkaziladigan dars ishlanmasini tuzish


Reja:
1. Bayon – bolalar nutqini oʻstirish omili
2. Bayon yozishning turlari
3. Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashqlar

Oʻquvchilarni oʻz fikrini mustaqil yozishga, oʻqilgan matnni hikoya qilishga oʻrgatishni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Buning uchun oʻquvchilar matnni ogʻzaki hikoya qilayotganda qoʻllangan alohida soʻzlarni yozishdan gapni yozishga, soʻng matnni qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga oʻrgatiladi.


Bayon oʻqib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan soʻng yozma qayta hikoyalashdir. Oʻqish darslarida matn ustida ishlash, oʻqilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida ogʻzaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon yozishning turlari hilma-hildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga koʻra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi.
Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qoʻshiladi; keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi.
Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus oladi. Boshlangʻich sinflar ona tili dasturiga koʻra 2-sinfda katta boʻlmagan (30−40 soʻzli) matn yuzasidan oʻqituvchi yordamida soʻroqlar asosida bayon yozish koʻzda tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon oʻquvchilarda adabiy nutqni toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayoti, ona tabiat tasviri, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlari aks ettirilgan yuksak gʻoyali matn tanlanishi, bayon mavzusi oʻquvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur. Qayta hikoyalash va bayonda oʻquvchilarning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan matnni tushunmasdan yodlamasligi, nutq birliklaridan, sintaktik birlikdan foydalana olishi zarur. Til vositalari matnni oʻqish, suhbat, matn tahlili davomida oʻzlashtiriladi; matndagi soʻzlar va nutq birliklari “oʻziniki” boʻlib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushurishga harakat qiladi. Oʻzlashtirgan mazmunni toʻliqroq va aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan oʻquvchining mustaqil fikrlash darajasi va bilish faolligi oʻsadi. Ijodiy elementlar qoʻshila boradi. Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bogʻliqlik saqlanishi asosiy faktlar berilishi ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim oʻrinlar toʻliq bayon qilinishi zarur. Vaqt-vaqti bilan ilgari eshitilgan, oʻqituvchi oʻqib bergan yoki radio televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, oʻquvchi bir marta ovoz bilan yoki ichida oʻqigandan soʻng qayta hikoyalashdan foydalanishni tajribada qoʻllab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi va uni jonlantiradi.
Bayon yozdirishda oʻquvchilar matn mazmunini qanchalik tushunganliklari, oʻz fikr va tushunchalarini ijodiy va mustaqil ifodalaganlari, yozma nutq malakasi va savodxonligi sinab koʻriladi.
Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga toʻliq, mukammal javob;
2) oʻqilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni oʻrganish; oʻquvchilar lugʻatini faollashtirish bilan boʻgliq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;
4) oʻqilgan matnni turli variatda ogʻzaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshi yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida oʻquvchilarning ogʻzaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, oʻquvchilar saviyasiga mos matnlarni yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9) oʻqituvchi bergan matnni oʻgzaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho.
Ushbu turdagi mashqlar ham oʻquvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon oʻquvchilarda koʻnikma va malakalarni oshiradi u asosan dasturda bogʻlanishli nutq yoki nutq oʻstirish boʻlimida kiritiladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va vazifasi belgilab olinadi. Shu bilan birga oʻquvchilarning bilimi yosh xususiyatiga moslab matn tanlanadi.
2-sinfda oʻquvchilarga bayon yozdirish ikki xil tartibda olib boriladi.
1. Oʻqituvchi tuzgan reja asosida bayon yozish.
2. Oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilarning oʻzlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish.
Oʻquv yilining 1-yarimida bayon rejasini oʻqituvchi tuzadi. Keyinchalik oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil tuzadilar.
2-sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishda quyidagi maqsadlarga erishish koʻzda tutiladi.
1. Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish;
2. Bayondan bir soʻzni takror ishlatavermay uning sinonimlaridan foydalanishni oʻrgatish;
3. Yozma nutqni oʻstirish;
4. Imlo xatolarni tuzatish.
2-sinfda oʻquvchilarni matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash maqsadga muvofiq. Bu davrda gap ustida ishlashga katta ahamiyat berish talab qilinadi. Matnni tahlil qilish yoʻli bilan sodda gaplarni tuzish koʻnikmasi mustahkamlanadi.
Bayon tahliliga quyidagicha e’tibor beriladi.
• Oʻquvchilar ishi haqida umumiy suhbat.
• Eng yaxshi bayon namunasini koʻrsatish.
• Matnga mos boʻlmagan ortiqcha soʻzlarni oʻqib eshittirish.
• Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish.
• Xatolar ustida ishlash.
2-sinf ona tili darsligida matnni savollar yordamida ogʻzaki va yozma qayta hikoyalash (bayon) ishiga katta e’tibor berilgan. Ushbu metodik koʻrsartmalardan 29-, 35-, 124-, 168-, 180-, 186-, 192-, 282- va 286-mashqlarni bajarishda foydalanish tavsiya etiladi.
Download 18.59 Kb.




Download 18.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu: 2-, 3-, 4- sinfda bayon o‘tkaziladigan dars ishlanmasini tuzish Reja

Download 18.59 Kb.