|
7- ma’ruza: Mavzu. Dastlabki tajriba. Tadqiqot ishlarini о‘tkazish bosqichlari. Reja
|
Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 36,69 Kb. | | #117953 |
7- ma’ruza:
Mavzu. Dastlabki tajriba. Tadqiqot ishlarini о‘tkazish bosqichlari.
Reja:
Regression modelni qurish bosqichlar.
Tajriba natijalarini amalga oshirish.
Tajriba natijalarini qayta ishlashyu
Regression modellar quyidagi bosqichlar yordamida quriladi:
1. Birlamchi dastlabki eksperiment о‘tkazish (dastgoxlarni, namunani tay-yorlash, tajriba sinovini о‘tkazish, о‘lchovchi asboblarni tayyorlash, tekshirib kо‘rish).
2. TFE ni rejalashtirish (rejalashtirish matritsasini qurish, qayta bajariladigan tajribalarni rejalashtirish).
3. TFE о‘tkazish shartlarini aniqlash (faktorlarni о‘zgarish intervalini, quyi va yuqori qiymatlarini aniqlash).
4. Rejalashtirish matritsasi asosida tajribani о‘tkazish.
5. Tajriba natijalarini qayta ishlash.
6. Olingan modelni tahlil qilish.
Rejalashtirish martitsasi tuzilgandan sо‘ng tajriba о‘tkazish shartlari ya’ni faktorlarning quyi, о‘rtanchi, yuqori qiymatlari va о‘zgarish oralig‘i aniqlanadi.
1-Jadval.
Tajribaning rejalashtirish sharti
№
|
Faktorning nomi,belgisi
|
Kodlash-tirilgan
belgisi
|
Faktorning haqiqiy qiymatlari
|
¤zgarish oralig‘i
|
-1
|
0
|
+1
|
I
|
...,...,Xi
|
Xi
|
Xqi
|
Xoi
|
Xyui
|
Ii
|
Sо‘ng izlanuvchi rejalashtirish matritsasi asosida asosiy tajribani о‘tkazadi, olingan tajribaviy natijalarni jadval 3 ga qayd etadi.
Tajriba natijalarini qayta ishlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Ajralib turgan qiymatlarni chiqarib tashlash.
2. Kochren kriteriyasi yordamida dispersiyalarni bir jinsligini tekshirish.
3. Regressiya koeffitsiyentlarini hisoblash.
4. Ctyudent kriteriyasi yordamida regressiya koeffitsiyentlarini ahamiyatlilarini aniqlash.
5. Fisher kriteriyasi yordamida olingan modelni adekvatligini (kо‘rilayotgan texnologik jarayonga mosligini) tekshirish.
6. Qurilgan modelni tahlil qilish.
Biz quyida bu bosqichlarni kо‘rib chiqamiz.
Tajriba natijalarini qayta ishlash
Ajralib turgan qiymatlarni chiqarib tashlash
Bizga bir xil sharoitdagi tajriba natijalari berilgan bо‘lsin:
y1, y2,... ,ym
bu yerda: masalan, eng kichik yi=ymin yoki eng katta qiymat yi=ymin boshqa qiymatlardan ajralib tursin. Bu qiymatlarni keyingi izlanishlardan chiqarish yoki chiqarmaslik masalasi tajriba shartini tahlil qilish yoki statistik usulda amalga oshiriladi.
Statistik usulda Smirnov-Grabs kreteriyasi yordamida chegaraviy qiymatlar hisoblanadi:
(18)
bu yerda: - о‘rta qiymat;
- tuzatilgan dispersiya.
Bu qiymatlar maxsus jadvaldan 1, ilova 1 olinuvchi Vt Rd; m (Rd -ishonchlilik ehtimoli) qiymat bilan solishtiriladi. Masalan, Rd = 0,95 ehtimoli bilan m=3 da Vt =1,412, m=5 da esa Vt=1,869. Agar VRmax>Vt yoki VRmin>Vt bо‘lsa, u xolda ymax yoki ymin qiymatlar keyingi statistik qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi.
|
| |