7-mavzu. Jadval protsessorlaridan iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanish. Reja




Download 149.43 Kb.
bet1/8
Sana08.12.2023
Hajmi149.43 Kb.
#113595
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-mavzu. Jadval protsessorlaridan iqtisodiy masalalarni yechishd
dakument yuzi, ariza 2, Mavzu taqdimotlar ishlab chiqishning instrumental, 4-seminar mashg’ulot, 6-ameliy mb

7-mavzu. Jadval protsessorlaridan iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanish.
Reja:

  1. Elektron jadval protsessorlari va ularning imkoniyatlari.

  2. Funksiyalar, formulalar, ma’lumotlarni saralash va filtrlash.

  3. Iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish uchun ma’lumotlarni vizuallashtirish vositalaridan foydalanish.

  4. Elektron jadvallarda axborotlarni himoyalash va chop etish parametrlarini sozlash.



Zamonaviy kompьyuter dasturiy taʼminotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. MICROSOFT EXCEL elektron jadvallar asosan iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-roʼzgʼor buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.
MICROSOFT EXCEL dagi barcha maʼlumotlar jadval koʼrinishida namoyon boʼlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) maʼlum qismiga boshlangʼich va birlamchi maʼlumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlangʼich maʼlumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat boʼlgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil maʼlumotni kiritish mumkin:
1. matnli
2. sonli ifodalar
3. formulalar.
Matnli maʼlumotlar sarlavxa, belgi, izohlarni oʼz ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar-kiritilgan sonli qiymatlar boʼyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim “=“ belgisini qoʼyish bilan boshlanadi, formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil boʼladi. Аgar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri oʼzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi maʼlumotlar boʼyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCEL ning asosiy ishlov berish obʼekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega boʼlgan fayllardir. EXSEL dasturida bunday fayllar “Ishchi kitob” deb ataladi. Har bir “Ishchi kitob” ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni oʼz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri “ishchi varaq” deb ataladi. Har bir ishchi varaq oʼz nomiga ega boʼladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, yaʼni elektron jadval xisoblanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka-bu jadvaldagi manzili koʼrsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʼida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil boʼlgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, А-ustun, 4-qator kesishmasida joylashgan yacheyka-А4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykadan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini koʼrsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va oʼng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratib yoziladi. Ishchi jadvallarni koʼrib chiqishda yoki yacheykalarni formatlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.
Microsoft Excel jadvallar bilan ikki rejimda ishlashga imkon beradi:
 Обычный (Oddiy)– koʼpchilik operatsiyalarni bajarish uchun eng qulay.
 Разметка страниц (Sahifa belgilash) – jadvalni bosib chiqarishdan avval yakuniy formatlash uchun qulay. Sahifalar orasidagi chegaralar ushbu rejimda koʼk punktir chiziqlar bilan tasvirlanadi. Jadval chegaralari – tutash koʼk chiziq bilan koʼrsatilgan, uni tortib jadval kattaliklarini oʼzgartirish mumkin.
Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki ta’lim muassasalarining faoliyati ko`p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma`lumot va axborotlar bilan to`la ta`minlanganligiga, hamda ushbu ma`lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib qolmoqda.
Avvalo bir echimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga) aloqador bo`lgan juda ko`plab ma`lumotlarni to`plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo`ladi. Ba`zan bunday ma`lumotlar miqdori shu qadar ko`payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bo`lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul qilish, qayta ishlash zarur bo`lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba`zan ularni guruhlar bo`yicha jamlash, maqsadli tarzda taqsimlash va ishlov berish ko`p vaqtni talab etmoqda.
Bu inson faoliyatining barcha sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida axborotlarni tezkorlik bilan yig’ish, qayta ishlash, jarayon, voqea va hodisalarni modellashtirish, ularni tahlil qilish imkonini beruvchi komp’yuterlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot texnologiyalari kirib kelishini anglatadi. Ana shunday texnologiyalardan biri – shak shubhasiz Microsoft excel dasturi xisoblanadi. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, birinchidan, bu Microsoft excel dasturining imkoniyatlari juda ham rang- barang va boy. Deyarli har bir foydalanuvchi bu o`zi uchun ko`plab hayotiy masalalarni xal qilishda foydalanishi uchun imkoniyatlar mavjud. Ikkinchidan, Microsoft excel imkoniyatlari ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, biznes, tijorat va boshqa ko`plab sohalarida qo`llanish va yanada kengroq tatbiq etishga imkon beradi.
Shunday bo`lsada, bizning nazarimizda bu dasturdan ko`pincha, xatto buxgalteriya masalalari uchun xam faqat matematik hisob-kitob ishlarida foydalanilmoqda xolos. Microsoft excel dasturining bir qator iqtisodiy masalalarni yechish jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan imkoniyatlari xamda sof iqtisodiy masalalarni xal qilishi mumkinligi nazardan chetda qolmoqda.
Shu sababli, agar ushbu dastur imkoniyatlarini yana bir tadqiq qilish foydalanuvchilar uchun iqtisodiy masalalarni hal qilishda zamonaviy komp’yuterlarning tarkibiy qismi bo`lgan Mirosoft office dasturlar dastasi tarkibiga kirgan Microsoft excel dasturining o`zi etarli ekanligini e`tiborga olish evaziga yangidan-yangi dasturlarni sotib olish va ularning imkoniyatlarini o`rganib, amaliyotga tatbiq etish kabi oqibatlardan saqlashga olib kelishiga yo`l ochadi. Bu esa ortiqcha mablag’, vaqt, mehnat kabi resurslarni tejashga imkon beradi. Mocrosoft excel dasturining iqtisodiyot bilan bog’liq funktsiyalarini nazariy va amaliy jihatdan o`rganamiz.

Download 149.43 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 149.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-mavzu. Jadval protsessorlaridan iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanish. Reja

Download 149.43 Kb.