|
7-mavzu: Mutaxassislik fanlarini o’qitishda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasidan foydalanish. (4 soat) Reja
|
Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 29,65 Kb. | | #116174 |
Bog'liq 7 amaliy
7-mavzu: Mutaxassislik fanlarini o’qitishda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasidan foydalanish. (4 soat)
Reja
Mutaxassislik fanlarini o’qitishda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasidan foydalanish.
Maqsadi: Mutaxassislik fanlarini o’qitishda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasidan foydalanish nazariy ma`lumotlarni tahlil qilish orqali talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish, mavzu rejalarini tizimli bayon qilish va ularning amaliy ahamiyatini yoritib berish orqali talabalar kasbiy bilimlarini kengaytirish.
Klaster texnikasi asosida o'quvchilar bilmini baholash metodlari
Klaster texnikasining qoidasi:
“Klaster” uslubi. –Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq o`zviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashqil etiladi:
Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;
Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;
Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;
Sinkveyn sxemasi:
1–qator – tushuncha;
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi 3 ta fe’l;
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi 4 so‘zdan iborat so‘z birikmasi;
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.
Insert usuli
Samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib o‘rganishga yordam beradi. Bunda ma’ro`za mavzulari kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi.Uni o‘qib chiqib «V; +; -; ?» belgilar orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
(V)- Men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+)- YAngi ma’lumot
(-)-Men bilgan narsaga zid.
(?)-Meni o‘ylantirdi.Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
Insert jadvali
3-ilova
Izoh: 3-ilovada mavzuni o’zlashtirib olganizdan so’ng, mavzuga oid tushunchalarni kiritasiz va ularni shartli belgilar yordamida izohlaysiz.
FSMU- texnologiyasi
F – fikr
S – sabab
M – misol
U – Umumiy xulosa
|
| |