• Bo‘ylama profilda suv chetlatish tizimini loyihalashga oid misol
  • 9-amaliy mashg‘ulot. (2 soat) bo‘ylama profilda suv chetlatish tizimini loyihalash




    Download 46.74 Kb.
    Sana17.04.2024
    Hajmi46.74 Kb.
    #198890
    Bog'liq
    9-amaliyot darsi mavzusi
    2-noyabr, 14–laboratoriya ishi Malyus qonunini o’rganish, C9.1 АЙҚ 2021 ИД кредит, Мустақил иш мавзулари, Abiyirov J.moliyaviy hisob asoslari

    9-amaliy mashg‘ulot. (2 soat)
    BO‘YLAMA PROFILDA SUV CHETLATISH TIZIMINI LOYIHALASH

    Bo‘ylama kesimda loyiha chizig‘i chizilib, vertikal egrilar loyihalangandan keyin yo‘l bo‘ylab yomg‘ir va qor suvlarini chetlatish uchun kyuvetlar loyihalanadi. Kyuvetlar bo‘ylama kesimdagi ishchi belgilarga asosan, ko‘tarma balandligi 1.2 m dan kichik bo‘lgan uchastkalarda va barcha o‘ymalarda loyihalanadi.


    Grunt turi va yo‘l toifasini hisobga olgan holda trapetsiya yoki uchburchak kesimli bo‘lishi mumkin. Trapetsiya kesimli ariqchaning chuqurligi 0.4 m, uchburchak kesimli ariqchaning chuqurligi 0.3 m bo‘ladi. Kyuvetlar ko‘tarmalarda еr belgisidan kyuvet chuqurligini ayirib, o‘ymalarda esa loyiha chizig‘idan kyuvet chuqurligini ayirib loyihalanadi.


    Bo‘ylama profilda suv chetlatish tizimini loyihalashga oid misol
    Loyihalaniyotgan avtomobil yo'lining PK 272 + 40 dan PK 289 + 48 gacha bo'lgan qismi tog‘ yon bag‘ri boylab o‘ymadan o‘tgan. Tog‘ yon bag‘ridan oqib tushayotgan suvni ushlab qolish va chetlatish uchun, yo‘lning yon bag‘rini yuvilib ketishiga yo‘l qo'ymaslik maqsadida ikkita tepa ariq loyihalanishi nazarda tutilgan: 1) PK 282 + 90 dan PK 272 + 10 va 2) PK 283 + 28 dan PK 289 + 43 gacha.
    Masalan, PK 282 + 90 dan PK 272 + 10 gacha bo'lgan qismida joylashgan balandlikdagi ariqning hisob-kitobi ko'rib chiqamiz.
    Yo'l inshootlari egallagan еrlarni tejash maqsadida, shunday loyihalanadiki, tepa ariq o‘ymaning tashqi qirg‘og‘idan mumkin bo'lgan minimal masofada taxminan 5 m deb ishlab chiqilgan. Biroq, joyning bunday holati tepa ariqni bo‘ylama nishablik bilan loyihalashga imkon bermaydi. (7.1-rasm) U holda suv oqimining tezligi mustahkamlanmagan gruntlar uchun yuvilmaydigan tezlikdan kam bo'ladi.

    7.3-rasm. Tezoqar va yonariqning bo‘ylama profili
    1-tepa ariq va tez oqar oqi bo'ylab еr yuzi; 2- tepa ariq va tez oqarning tubi; 3-tez oqarning kirish qismi; 4-suv yig‘uvchi quduq
    Tepa ariqlarning ancha uzunligiga qaramay, undan past joylarga oraliq suvni chiqarib yuborish ko‘zda tutilmagan, chunki tog‘ yon bagʻirlarining sezilarli qiyaliklari katta uzunlikdagi tog' inshootlarini qurishni talab qiladi. Shuning uchun, tepa ariqqa kiradigan barcha suvlar daryoning toshqin qirg‘og‘iga uzunligi 175 m uzunlikka ega bo'lgan faqatgina bitta tez oqar bilan tushiriladi. Shu tez oqarga yuqoridagi o‘yma kyuvetining suvi ham oqib tushadi.
    Tepa ariqni loyihalashda kesimlarni alohida uchastkalar uchun hisoblaymiz:




    Suvni tez chetlatish uchun yon ariqlarga bo‘ylama qiyalik beriladi. Qiyalik 3‰ dan katta bo‘lishi kerak. Agar bu talabni qondirishning iloji bo‘lmasa, ko‘tarmaning ishchi belgisini shuncha oshirish kerakki, bunda yo‘l to‘shamasining pastki qismi suvning uzoq muddat to‘xtab turgan sathidan SHNQ 2.05.02-07 AY me’yoriy hujjatida talab etiladigan balandlikda bo‘lishi kerak. Bo‘ylama qiyaligi katta bo‘lgan yo‘l uchastkalarida yon ariqlar, yo‘ldan va atrofdagi joydan oqib keladigan suv miqdoridan kelib chiqib, gidravlik hisoblash yo‘li bilan mustahkamlanadi 7.1-jadval.
    7.1-jadval.

    Mustahkamlash turi

    Quyidagi gruntlarda ariqchalarning bo‘ylama nishabliklari, ‰

    Supesimon gruntlar

    Suglinoksimon gruntlar

    Mustahkamlanmagan

    10 gacha

    20 gacha

    Chim yotqizilgan, o‘t ekilgan

    10-30

    20-30

    Tosh yotqizilgan, beton plitalar yotqizilgan

    30-50

    30-50

    Sharsharalar va novlar

    50

    50



    Topshiriq: Bo‘ylama kesmdagi ishchi belgiga ko‘ra yo‘l poyi qirg‘og‘ining balandligi 1,2m dan kichik bo‘lga ko‘tarmalarda va barcha o‘ymalarda yon ariqlarni loyihalang va mustahkamlash turini belgilang.
    Download 46.74 Kb.




    Download 46.74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-amaliy mashg‘ulot. (2 soat) bo‘ylama profilda suv chetlatish tizimini loyihalash

    Download 46.74 Kb.