9-ma’ruza: Texnologiya fanida ta’til kunlarida mehnat amaliyotini tashkil etish Reja




Download 42.75 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2023
Hajmi42.75 Kb.
#60707
  1   2
Bog'liq
9-ma\'ruza 2022-23
9-sinf, Документ Microsoft Word, 93676, uzbeksko russkiy razgovornik uzbegim, 8, qoramollarni bo\'rdoqilash, 6-синф Математика, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, ma lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida lingvistik ma lumotl, 1-mavzu, пул-кредит, 2-ma\'ruza 2022-23, testing (1), OTABEK - diplom ishi qayta

9-ma’ruza: Texnologiya fanida ta’til kunlarida mehnat amaliyotini tashkil etish
Reja:
1.Texnologiya ta'limida texnologiya amaliyotini tashkil etish tartibi.
2.5-6 sinflarda yo’nalishlar bo’yicha texnologiya amaliyotini tashkil etish.
3. 7-8 sinflarda yo’nalishlar bo’yicha texnologiya amaliyotini tashkil etish.

Mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi barchani quvontirmoqda, shu jumladan ta`lim soxasida ham. Yurtimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq boshlangan ta`lim tizimidagi islohatlar bugungi kunda o`z samarasini bera boshladi. Ilm-fan, sport, san`at, ishlab chiqarish yo`nalishlariga nazar tashlasak mamlakatimiz yoshlarining ulkan muvaffaqiyatlari-ga erishayotganliklariga yana bir karra guvohi bo`lmoqdamiz. Mamlakatimizda o`quvchi – yoshlarni har tomonlama qo`llab – quvvatlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, kasb – hunar egallashlarida, o`z ixtidori va qobiliyatlarini namoyon eta olishlarida keng imkoniyatlar yaratish doimiy ustuvor vazifa qilib qo`yilgan. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan barcha Davlat dasturlarida ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ko`plab topshiriqlar belgilanmoqda. Ya`ni, barkamol avlodning tarbiyasi davlat miqyosidagi asosiy ustuvor vazifalardan biri ekanligi, har bir bola shaxsi ulug`lanishi, ularning har biri mustaqil hayotda o`z o`rnini topishida doimo davlat qo`llab-quvvatlovchi bo`lib kelganligi barchamizga ma`lum. Barcha davlat dasturlarida xalq farovonligi, insonlar salomatligining muhofaza qilinishini yaxshilash, shahar va qishloq aholisining ijtimoiy hayotini yuksaltirish hamda ta`lim sohasini yanada rivojlantirishga alohida e`tiborr berish, ayniqsa, bolalarni sog`lomlashtirish va sport bilan shug`ullanishlarini ta`minlash, ularning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish, yozgi ta`tilni mazmunli o`tkazishlariga e`tibor qaratish muhim ekanligi alohida ahamiyat kasb etmoqda.


Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan yaratilgan «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz» nomli kitoblarida yurtimiz yoshlarini ta`lim – tarbiyasiga, ularni bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish,yoshlar o`rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish, ularni turli hil buzg`unchi g`oyalardan ehtiyot qilish, ularni ko`proq kasb – hunar egallashga, xususiy biznes va kichik tadbirkorlik ishlari bilan shug`ullanish uchun imkoniyatlar yaratishga barchamiz ma`sul ekanligimiz hamda ularni yoshlik chog`laridan boshlab kitobga mehr qo`yishga, mustaqil fikr yuritish, murakkab hayotiy vaziyatlarda to`g`ri javob topish ko`nikmasini shakillantirish uchun barcha tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirish darkorligini ta`kidlab o`tilgan.
Shuning uchun hozirgi kun talablari asosida barcha ta`lim muassasalari shu jumladan umum ta`lim muassasalari ham o`z faoliyatlarida Prezidentimiz tomonidan targ`ib qilinayotgan ustuvor vazifalarni amalda bajarish uchun shaxsiy ma`suliyatni his qilishimiz va vijdonan yondashishimiz zarur.
Yoz mavsumlarida bolalarni texnologiya amaliyotini tashkil etish maktaning o’zida oromgohlarda sog`lomlashtirish va dam olishlarini tashkil etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, viloyat hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar, xo`jalik organlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, maktabning o’zidagi bolalar oromgohlari o`z vaqtida ochilishi uchun kapital va joriy ta`mirdan chiqarilmoqda. Pedagog va tibbiyot kadrlarini tanlash, ularning o`quv-uslubiy ishlarini tashkil etish, oromgohlarga dori-darmonlar, kerakli texnologik asbob-uskunalar sotib olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bolalarning maktabning o’zidagi oromgohlarda ko`ngilli dam olishlarini tashkil etish, ular o`rtasida ma`naviy-ma`rifiy, sport tadbirlarini uyushtirish, sog`lomlashtirish mavsumida bolalar xavfsizligini ta`minlash masalasiga alohida e`tiborr berilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligining o`quvchilar yozgi dam olish mavsumini tashkil etish to`g`risidagi qaror va buyruqlarida joylarda yozgi maktabning o’zidagi oromgohlarda faoliyat ko`rsatuvchi pedagog xodimlar malakasini oshirish, oromgohlarda ishlarni talab darajasida tashkil etish vazifalari ko`rsatib o`tilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha ta`lim muassasalari (maktab, maktabdan tashqari ta`lim muassasalari, yozgi oromgohlar, mahallalarda tashkil etilgan sog`lomlashtirish markazlari)da faoliyatida ayniqsa, o`quvchi-yoshlarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish rejalashtirilgan. O`quvchi-yoshlarimizda sog`lom hayot tarziga intilishni tarbiyalash, ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini bolalik paytidan singdirish lozimligi nazarda tutilgan. Hozirgi davrda ta`lim-tarbiya sohasidagi eng muhim yangilanishlardan biri ham umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvor darajaga ko`tarilganligidir. Bu yosh avlodga boy ma`naviyatimiz, tarixiy, milliy, madaniy merosimiz, minglab yillar davomida shakllangan xalq pedagogikasi an`analari asosida ta`lim-tarbiya berish demakdir. Bolaning kelajakda kamolotga etishi uchun kichikligidan boshlab amaliy faoliyatga to`g`ri yo`naltirib borish, ya`ni bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish ta`lim-tarbiyaning zarur shartlaridan biridir. Shuning uchun ham bola ko`proq o`yin faoliyati bilan shug`ullanish orqali hayotni tasavvur qilishi, o`z texnologiyai bilan narsalar yasashi, yaratish orqali amaliy ko`nikmalar hosil qilib borishi zarur. O`yinlar va amaliy faoliyat bola faolligini kuchaytiruvchi omillar sanaladi. Ta`lim tizimining bir bo`g`ini bo`lgan maktabdan tashqari ta`lim muassasalaridagi mashg`ulotlarni turli xil o`yinlar, treninglar, yordamida tashkil etish yaxshi natijalar bermoqda.
1. O`quvchi - yoshlarning yozgi dam olish mavsumini davrlari va amalga oshiriladigan ishlar mazmuni. O`quvchi - yoshlarning yozgi dam olish mavsumi uch davrga bo`lib tashkil etiladi. Bular: tashkiliy, asosiy va yakunlovchi davrlardir. Ushbu davrlar bir-biri bilan uzviy bog`langan, ularning har biri tarbiyaning ma`lum yo`nalishlarini qamrab oladi. Juda kam vaqtni o`z ichiga olgan tashkiliy davrda bolalar jamoalarining shakllanishiga deyarli asos solinadi. Tashkiliy davr jarayonida bolalarning tashkilotchilik qobiliyatlari, qiziqish va intilishlari o`rganiladi. Shuningdek, oromgohning ichki tartibi, qonun - qoidalari, sharoiti va an`analari bilan tanishtiriladi. Ushbu davrda tanishuv kechasi, oromgoh bo`ylab sayohatlar, oromgohdagi bolalar jamoasi va guruhlarning tashkiliy yig`inlari o`tkaziladi. Tashkiliy yig`inlarda bolalar jamoalarining o`zini-o`zi boshqarish organlari tuziladi. Tashkiliy davr oromgohning ochilishiga bag`ishlangan tantanali yig`ilish bilan yakunlanadi. Shuningdek, tashkiliy davr mobaynida bolalar jamoalari faoliyatining 15 yoki 20 kunga mo`ljallangan ish rejalari tuziladi. Birinchidan, yozgi sog`lomlashtirish oromgohlarida turli yo`nalishdagi to`garaklarni tashkil etish - bu eng qulay, an`anaviy usullardan biridir. Yozgi oromgohlarda to`garaklarni tashkil etish maktabdan tashqari ta`lim muassasalari faoliyatining uzviy davomidir. Bu esa o`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish, ijtimoiy foydali texnologiyaga ijobiy munosabatda bo`lish, ularda ijodkorlikni rivojlantirishga olib keladi. Bolalarni qiziqishlari, ijodiy tasavvurlari, asosida texnikaviy fikrlash doirasini kengaytirish, o`z qo`llari bilan biror buyum yasay olishga o`rgatish, kasbga yo`naltirishda to`garaklarning xizmati beqiyosdir. Ikkinchidan, bolalarning yozgi ta`til davrlarini tashkillashtirishning yana bir usuli bu maktablarda tashkil etiladigan yozgi oromgohlardir. Bunda bolalar kunduzgi vaqtlarini maktab oromgohlarida o`tkazadilar. Bu erda ham turli ko`rinishdagi to`garaklar tashkil etiladi. Bu usul yozgi oromgohlar faoliyatidan deyarli farq qilmaydi. Uchinchidan, bunday to`garaklarni mahallalar qoshida ham tashkil etish ayni muddaodir. Mahallalar qoshida tashkil etiladigan to`garaklar ko`proq milliy hunarmandchilik yo`nalishida bo`lib, o`g`il bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida bo`lgani maqsadga muvofiqdir. To`rtinchidan, yozgi ta`til davrida mehribonlik uylarida to`garaklar tashkil etish muhimdir. Bunda bolalarning xohish-istaklari so`rovnomalar orqali o`rganilib, ular qobiliyatlariga qarab to`garaklarga jalb etiladi. Beshinchidan, o`quvchi-yoshlar tarbiyasi haqida so`z yurittanda, Ta`lim muassasasiga qatnab bilim olishga, yozgi oromgohlarda dam olishga imkoni bo`lmagan bolalarni aslo nazardan chetda qoldirmaslik zarur. Maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida bunday bolalar uchun alohida to`garak rahbarlari biriktirilib, nazorat olib boriladi. Bunday bolalar bilan nihoyatda ehtiyotkorlik, ziyraklik, zarur hollarda fidoiylik bilan ish olib borish lozim. Oltinchidan, voyaga etmagan jinoyat sodir qilishga moyil bo`lgan bolalar bilan maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida o`quv yili davomida muntazam ish olib boriladi. Ayniqsa, yozgi ta`til davomida voyaga etmagan, jinoyat qilishga moyil bolalarga e`tiborni kuchaytirish, ularni qiziqishlari, qobiliyatlariga ko`ra to`garaklarga jalb qilish zarur. 2. Yozgi oromgohlar faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish yo`llari Oromgohda ish rejasidan tashqari oromgoh boshlig`i, bosh etakchisi, tarbiyachisi, guruh etakchi va tarbiyachilari, to`tarak rahbarlarining shaxsiy faoliyat rejalari, oromgoh bolalar jamoasi va gurhlarning bir bosqich davriga mo`ljallangan oylik, ya`ni taqvim faoliyat rejalari tuziladi. Bolalar jamoasining taqvim faoliyat rejasi guruhlarning takliflari, oromgoh ish rejasida ko`rsatilgan vazifalar asosida tuziladi. Bir navbat davomida o`tkaziladigan tadbirlar soni besh, oltitadan oshmasligini tavsiya etamiz. Boshqa rejalashtiriladigan qiziqarli ishlar esa bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlarda o`tkazilishi lozim. Guruhlarning oylik faoliyat rejalari uning a`zolari va etakchilari bilan hamkorlikda tuziladi. Bunday rejalarni ishlab chiqish tarbiyachilardan katta bilim va pedagogik mahoratni talab qiladi. Gurux rejasini tuzishga kirishish bolalarning oromgohga qadam qo`ygan dastlabki daqiqalaridan boshlanadi. etakchi va tarbiyachilar bolalarni yotoqxonaga joylashtirish, tushlikka olib chiqish, ular bilan o`zaro muloqot va suhbatlar jarayonida ham tarbiyalanuvchilarning fikr-mulohazalari, taklif va intilishlarini bilib olishga harakat qilishlari lozim. Qiziqarli ishlar va tadbirlar soni 5 yoki 6 tadan oshmasligi kerak. U taxminan quyidagicha tuzilishi mumkin: № Bajariladigan ishlar mazmuni O`tkazish muddati O`tkazish joyi Ma`sul shaxslar Amalga oshirish shakli Guruh rejasi did bilan jihozlangan holda ko`rinarli joyga ilib qo`yiladi. Uni 12 kunga mo`ljallab, “Yoz o`tmoqda soz”yoki “Quvnoqlar shahriga sayohat” deb nomlash mumkin. Reja odatdagidek to`rtburchak qog`ozda bo`ladi, unga quyosh, gullar, barg, majnuntol, musaffo osmon tasviri bilan bezaladi. Quyida 1 navbatga mo`ljallangan ish reja namunasinini keltiramiz: 1- kun Bolalarni yotoqxonaga joylashtirish. Oromgoh bo`ylab sayohat “Sarishtalik”ko`rigini o`tkazish. “O`z haqingda so`zlab ber” mavzusida tanishuv oqshomi. 2-kun Guruhning tashkiliy yig`iniga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish. Guruh nomi, qo`shig`i, shiorini tanlash. Oromgohda tashkil etilgan to`garaklar faoliyati bilan tanishtirish va ularga a`zo qilish. Oromgox bolalar jamoasining tashkiliy yig`iniga tayyorgarlik ko`rish va ishtirok etish. Guruh burchagini jihozlash. Bolalar qo`shiqlari va o`yinlarini o`rganish. Guruhning kechki yig`ini. 3-kun Oromgoh navbatining ochilish marosimiga tayyorgarlik ko`rish. “Salom mening oromgohim, jonajon maskanim”nomli ochilish marosimiga bag`ishlangan tadbirda ishtirok etish. Guruhning kechki yig`ini. 4-kun. Bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan suhbat. «Yozuvchilar bolalarga» oromgoh kutubxonasining suhbat hikoyasi. Kutubxonada kichkintoylar uchun ertak o`qishni tashkil etish. Guruhning kechki yig`ini. 5-kun «20 yoshing muborak aziz Vatanim « guruhlararo o`tkaziladigan devoriy gazetalar ko`rik-tanlovida ishtirok etish. Vatanimiz tarixi bo`yicha suhbatlar tashkil etish. Guruhning kechki yig`ini. 6-kun «Kuchlilar, chaqqonlar, dovyuraklar» sport musobaqalarini tashkil etish, g`oliblarni aniqlash, rahbariyatga ma`lumot topshirish. Guruhning kechki yig`ini. 7-kun Oromgoh kutubxonachisi bilan o`zaro hamkorlikda kichkintoylar uchun «Sahnalashtirilgan ertaklar» ertaligini o`tkazish. Kichkintoylar bilan bolalar qo`shiqlarini o`rganish. Guruhning kechki yig`ini. «Suv shohi» bayramida ishtirok etish. Guruhning kechki yig`ini. 8-kun «O`tkir zehnlilar shaharchasi» intellektual o`yinini tashkil etish. Guruhning kechki yig`ini. 9-kun «Tabiat va koinot sirlari» mavzusida sayohat tashkil etish. Oromgoh chegarasiga bir kunlik sayohatga chiqish. Dorivor o`simliklarni to`plash va ularning inson salomatligiga ta`siri bo`yicha suhbatlar tashkil etish. Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbosi» kitobini mutolaa qilish. Guruhning kechki yig`ini. 10- kun «Biz san`atsevar bolalarmiz» ko`rik-tanlovida ishtirok etish. Guruhning kechki yig`ini. 11-kun Guruhning yakuniy yig`iniga tayyorgarlik ko`rish. «Oromgohda dam oldim yayrab» mavzusida hikoya, she`r, esdaliklar yozish. Guruhning kechki yig`ini. 12-kun Oromgoh navbatining yakuniy yig`inida ishtirok etish. «Xayr, jonajon oromgoh» navbat yopilishiga bag`ishlangan sayil. Guruhning kechki yig`ini. «Yaxshi qol qadrdon oromgohim». Bolalarning oromgohdan jo`nab ketishi. Guruhning ushbu taqvim faoliyatida faqatgina katta tadbirlar mazmuni
beriladi, xolos. Jamoaning ichki kundalik ishlari esa har kunga mo`ljallab tuziladigan ish rejasidan o`rin oladi.
Tavsiya etilgan ushbu reja taxminiy yo`llanma bo`lib, uni ijodiy yondashgan holda kengaytirish, guruh faoliyatiga tadbiq etish mumkin.
3. Oromgohlarda bolalarning baxtsiz hodisalarga uchrashining oldini olish yuzasidan tavsiyalar va tashkiliy davrda amalga oshiriladigan ishlar
Bolalar oromgohi kasaba uyushmasi, xo`jalik tashkiloti vakillari, davlat o`t o`chirish nazorati vakillari, kasaba uyushmalarining tegishli markaziy qo`mitasi yoki uyushmaning texnologiya - texnik nazoratchisi, oromgoh shifokoridan iborat maxsus komissiya tomonidan puxta tekshirilib, ochilishga tayyor ekanligi aniqlanadi.
Har bir navbatda ish boshlashdan oldin oromgoh qabul qilib olinadi. Navbatlar orasida kamida ikki kun tanaffus bo`lishi lozim.
Kasaba uyushmasi qo`mitasi, bolalar va o`smirlarni tarbiyalashda yordam berish komissiyasi a`zolari butun sog`lomlashtirish mavsumi mobaynida oromgoh ish faoliyatiga amaliy yordam ko`rsatadiki, bunda xodimlar tomonidan bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilishga oid talablarning bajarilishi ustidan nazoratga alohida e`tibor r beriladi.
Tashkiliy davrda amalga oshiriladigan ishlar.
Bolalar oromgohga jo`natish uchun yig`in joyiga kelganlaridan so`ng vrach va tibbiyot hamshirasi bolalarning terisi, tana va haroratini ko`rikdan o`tkazadilar hamda tibbiyot hujjatlarini tekshirib ko`radilar, bolada biror kasallik alomatlari aniqlangan vaqtda tibbiyot xodimi uni oromgohga jo`natishga ruxsat bermaydi.
Har bir oromgohda yong`in chiqishi va tabiiy ofat ehtimollariga qarshi bolalarni evakuatsiya qilish rejasi bo`lishi kerak. Oromgoh territoriyasida begona kishilarning bo`lishi va yashashi taqiqlanadi. Ota-onalarning bolalarni kelib ko`rishi navbatda bir marta faqat oromgoh territoriyasida tashkil etilishi mumkin. Bolalarga boshqalar orqali oziq-ovqatlar berib yuborilishiga yo`l qo`yilmaydi
4. Yoz mavsumini mazmunli tashkil etish yuzasidan tayyorlanadigan me`yoriy hujjatlar.
(Maktablar qoshida tashkil etiladigan sport-sog`lomlashtirish maydonchalari bo`yicha)
Titul (yuqori tashkilotlar: Xalq ta`limi vazirligi, Toshkent shahar, viloyat xalq ta`limi boshqarmalari, tuman xalq ta`limi bo`limi, maktab(maskan) raqami va yozgi oromgoh nomi bezatilgan holda). Rasmli chaqiriq. Maktabning sxematik ko`rinishi (maktab, atrofidagi maktablar, hududiy mahalla). (Qaerdan qancha bola kelmoqda, shundan qanchasi kam ta`minlangan bolalar) Tuman xalq ta`limi bo`limi buyrug`i, chora-tadbirlar rejasi. Maktabning buyrug`i, tadbirlar rejasi (yoz mavsumida amalga oshiriladigan ishlar) Tashkil etiladigan «Sport-sog`lomlashtirish maydonchalari» haqidagi tavsiyalar. Oromgohning nomi, guruhlar nomi. Oromgohning kun tartibi (12 kunlik reja) Oromgohdagi pedagogik xodimlar haqida ma`lumot (oromgohning boshlig`i, tarbiyachisi, etakchi, jismoniy tarbiya o`qituvchisi, musiqa o`qituvchisi, ma`naviy-ma`rifiy ishlar tashkilotchisi, kutubxonachi, bosh oshpaz, oshpaz yordamchisi, idish-tovoq yuvuvchi, farrosh) rasm bilan birgalikda № Ismi-sharifi Lavozimi (maktabdagi) Pedagogik staji Tibbiy ko`rikdan o`tgan muddati Oromgohdagi vazifasi 1 Jami: Oromgohning to`garak rahbari № To`garak nomi Mashg`u- lot vaqti (kuni soati) Qamrovi To`garak rahbari Ish joyi Pedago - gik staji Guruh O`quvchi- lar soni 1 Jami: Sport sog`lomlashtirish maydonchasida faoliyat ko`rsatadigan pedagog kadrlar haqida ma`lumot (rasm bilan) № Ismi - sharifi Lavozimi (maktabdagi) Pedagogik staji Tibbiy ko`rikdan o`tgan muddati Oromgohdagi vazifasi 1 Jami:
«Sog`lomlashtirish» oromgohidagi mashg`ulotlar jadvali

Jami:
Maktab amaliyoti (buyruq, amaliyot muddati, har bir sinfga biriktirilgan hudud, o`quvchilar soni)
O`quvchilarning bandligi, jadval asosida (iyun, iyul, avgust oylarida, sinflar kesimida)
Tarbiyasi og`ir bolalar haqida ma`lumot (IIB profilaktika nazoratida va maktab ichki ro`yxatidagilar)
Hamkorlik shartnomalari (mahalliy va tegishli tashkilotlar)
Oromgohning ochilish stsenariysi.
DSENM va Yong`in xavfsizligi tomonidan olingan ruxsatnoma nusxasi
Yoz mavsumida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar haqida (yozma ma`lumot).
Oromgohlardagi to`garak rahbarlarining vazifalari.
Ma`lum yo`nalishdagi to`garak a`zolari bilan birgalikda yuqori saviyada g`oyaviy, ilmiy va metodik darajada mashg`ulotlarni olib boradi.
Bolalarning individual qiziqishini rivojlantirishda, texnik modellar yaratish, rasm solish, musiqa, drama kabi sevgan mashg`uloti bilan shug`ullanishi uchun sharoitlar yaratishda yaqindan yordam beradi. To`garak jamoasini to`ldirib boradi. To`garak qatnashchilarining musobaqalarda, ko`rgazmalarda, konsertlarda va boshqa oromgoh ommaviy tadbirlarida ishtirok etishini ta`minlaydi.
To`garakka turli yoshdagi bolalar qatnashishlarimumkin. Ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobgaolgan holda mashg`ulot turini aniqlaydi. To`garak mashg`ulotlarini o`tkazish jarayonida to`garak rahbari mashg`ulotning qiziqarli bo`lishiga katta e`tiborr berib, ularning mavzusini bolalar yoshiga mos ravishda taminlaydi. Mashg`ulotning asosiy qismini amaliy ishlarga qaratishi lozim. Nazariy mashg`ulotlarni esa o`yin usulida bayon qilish maqsadga muvofiqdir. (Guruhlarni nomlash bo`yicha tavsiyalar metodik qo`llanmada berib tilgan)
5. Yozgi oromgohlarda tashkil etiladigan ommaviy tadbirlar, to`garaklar va milliy harakatli va xonada tashkil etiladigan o`yinlarni o`tkazish usullari.
Ma`lumki, bolalar sog`lomlashtirish oromgohlarda odat tusiga qirib qolgan o`ziga xos xushchaqchaqlik, shodlikka to`la, quvnoqlikka boy ko`plab rasm-rusumlari bor. Shuning uchun ham xar bir tadbir bolalarga zavq baxshida etib, unda ishtiyoq bilan ishtirok etishga undasin. Esingizdan .chiqarmang, oromgox hayotining barcha go`zalligi tarbiyachi va etakchilarining puxta, ijodkorona texnologiyalari evaziga yuzaga keladi. Tarbiyachi va etakchilar bolalarni jismonan chiniqtirib, ruhii dam oldirib, sog`liqlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning har tomonlama kamol topishlari uchun turli tadbirlarni o`tkazishga ham ma`suldirlar. Ular barcha tadbirlarni o`tkazish orqali bolalarning ona Vataniga, davlat ramzlariga , do`stga sadoqat, tabiatga muhabbat ruhidatarbiyalab, ularga shu xislatlarni singdirishga muvaffaq bo`ladilar. Tadbirlar qaysi bir mavzuga, texnologiyagami, san`atgami, sportgami bag`ishlangan bo`lishidan qat`iy nazar, agar u o`yin orqali o`tkazilsa, u holda bunday tadbirlar bola dunyoqarashini yanada boyitib, uning ijodiy qobiliyatini taraqqiy qilishiga yordam beradi. Tadbirlarning mamlakatimiz hayoti bilan hamnafasligiga ham e`tibor berish lozim. Shuningdek, har bir oromgoh bolalar jamoasi o`z istaklari, xohishlariga ko`ra tadbirlarning mavzui, ularning qay tartibda o`tkazilishi, jihozlanishi haqidagi takliflarini o`rganishlari va bu istaklar pedagoglar jamoasi tomonidan to`la qo`llab-quvvatlanishi lozim.

Download 42.75 Kb.
  1   2




Download 42.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-ma’ruza: Texnologiya fanida ta’til kunlarida mehnat amaliyotini tashkil etish Reja

Download 42.75 Kb.