9-MAVZU: ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
REJA:
1.
Pedagogik texnologiyasi va uning tuzilishi
2.
Pedagogik texnologiya turlari
3.
Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari.
4. P
edagogik texnologiyaning ta’lim jarayonida qo’llanilishi
Tayanch ibora va atamalar:
tarbiya,
p
edagogik texnologiya,zamonaviy
metod, tamoyil, interfaol metod, induktiv metod.
Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib
borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda
inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq
amalga oshirish imkoniyatini
beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga
aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi
yillarda
pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi
ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari
asosida kelib chiqqan, va
hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan keng ko`lamli
serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli
texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta’lim
oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi,
tarbiyachi
tamonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta’sirlar o`tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSHda paydo
bo`lib, 1940-50 yillar o`rtasigacha «Ta’lim texnologiyasi» deb yuritilib kelgan va bu
ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50-60
yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70- yillarda «pedagogik
texnologiya» iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq
belgilangan
maqsadlarga
erishishni
kafolatlovchi
o`quv
jarayonini
bildirgan.1979
yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi
tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va
80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va
axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli
ta’riflar berilgan:
Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar
yig`indisi. (Izohli lug`at).