• Tayanch so‘z va iboralar
  • Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati
  • Tabiat bilan tanishtirish shakllari.
  • 9-mavzu. Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilоtlаridа ekskursiyаni tаshkil etish




    Download 52.88 Kb.
    bet1/2
    Sana27.04.2024
    Hajmi52.88 Kb.
    #208843
      1   2
    Bog'liq
    tabiat 9
    Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari, O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan , Mavzu Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari R, 1. Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar. Mehnat xavfsiz, boshlang-ich-sinflarda-sifat-so-z-turkumini-o-qitishda-muammoli-ta-lim-texnologiyalari, Qisqa va uzoq muddatli kredit majburiyatlari, Asosiy capital doiraviy aylanishining mohiyati, tuzilmasi va samaradorligi




    9-mavzu.
    Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilоtlаridа ekskursiyаni tаshkil etish.



    Reja:

    1.MTTdа ekskursiyаning аhаmiyаti vа ulаrni tаshkil etish.

    2.Tаrbiyаchining ekskursiyаgа tаyyоrlаnishi.


    Tayanch so‘z va iboralar:mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrda, tabiat burchagidagi, suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi.
    Mashg‘ulot maqsadi:
    Talabalarga mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrda, tabiat burchagidagi, suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi
    haqida ma’lumot berish
    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
    1.“Ilk qadam” davlat o‘dasturi. O‘zbekiston Respublikasi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat o‛quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr/.Тoshkent-2022-yil, 96 b
    2.Rasulxo‘jaeva M.A. Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo-Zakovat”, 2020 y
    3.Djanpeisova G.E.,Rasulxo‘jaeva M.A.Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovatsiya Ziyo,2020.- 320 b
    4.Z.T.Radjapova. Ilm-fan va tabiat markazi. Tabiat in’omlaridan dizayn. O‘quv-qo‘llanma.Тоshkent: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2022-yil

    Tabiat bilan tanishtirish shakllari.
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrda, tabiat burchagidagi va yer maydonchasidagi mehnatlarda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi. Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi. Mashg‘ulotlarning ba’zi turlarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o‘tilgan metodlardan tashqari bu mashg‘ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o‘yinlarda amalda qo‘llaydilar. Mashg‘ulotlar kichik va o‘rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada 1 martadan o‘tkaziladi. Mashg‘ulotda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘rta guruhdan boshlab, ekskursiyalar va boshqa guruhlarda maqsadli sayrlar tashkil etiladi.
    Mashg‘ulot 5 qismdan iborat:
    1. Mashg‘ulotning nomi.
    2. Mashg‘ulotning maqsadi.
    3. Mashg‘ulotga tayyorgarlik.
    4. Mashg‘ulotning borishi.
    5. Mashg‘ulotni yakunlash.
    Maqsadli sayr 5 qismdan iborat:
    tabiatni kuzatish,
    kattalar mehnatini kuzatish,
    mehnat qilish,
    qoidali harakatli o‘yinlar,
    tinch o‘yinlar. Mashg‘ulotga tayyorlanish.
    Mashg‘ulotning samaraliligi tarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi mashg‘ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo‘yicha tabiatshunoslik bilimlarini to‘ldirishi, so‘ng mashg‘ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim. Mazkur mashg‘ulot mazmunini tanlashda uning ish tizimidagi o‘rni (mashg‘ulotda boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish jarayoni sodir bo‘lyaptimi yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo‘llash mashq qilinyaptimi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o‘rinda tarbiyachi darsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarni qo‘llaydi. Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ulardan kompleks, bir-birini to‘ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad — o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Mashg‘ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, estetik munosabatlarni shakllantirishga yo‘llanadi. Mashg‘ulotga tayyorlanish hamda uni o‘tkazishda uning tuzilishini to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta’limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlari hamda bolalarning yoshiga bog‘liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishning yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko‘rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o‘simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma’qul. Kichik yoshdagi bolalar mashg‘ulotlarida kuzatish, o‘yin metodlaridan foydalaniladi. Og‘zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Tanlangan metod dastur vazifasining to‘liq bajarilishini va bolalarning faol aqliy faoliyatini ta’minlashi lozim. Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlarining xilma-xilligi tarbiyachidan puxta sharoit yaratishni talab qiladi: hayvonlar, xonaki o‘simliklar, rasmlarni ko‘rish uchun bolalar yarimdoira qilib o‘tqaziladi. Bu bolalarning mashg‘ulotda faol ishtirok etishlariga imkon beradi. Agar mashg‘ulotda tarqatma materiallardan foydalanilsa, ya’ni har bir bolaning qo‘lida kuzatish obyekti bo‘lsa, bolalarning o‘z stollari atrofida o‘tirganlari ma’qul. Ba’zan guruh xonasida mehnat malakalarini tarbiyalashga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bunday holatda bolalarni to‘rtburchak shaklida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Shunda bolalar tarbiyachi ko‘rsatadigan ish usullarini yaxshiroq ko‘rishga ega bo‘ladilar. Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazishdan oldin bir qancha ko‘rgazmali qurollar, ya’ni jonli va jonsiz tabiat jismlari (gerbariylar, yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalendarlar, toshlar, foydali hasharotlar, o‘simliklar va ularning qismlari, mayda hayvon va boshqalar)ni tayyorlab qo‘yadi. Chunki ko‘rgazmali qurol bolalarga o‘rganilayotgan narsani bir necha sezgi a’zolari bilan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko‘ribgina qolmasdan, uning xususiyatini (masalan, tirnab ko‘rish, bolg‘acha bilan urib ko‘rish orqali narsaning mo‘rtligini, egish bilan qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar. Mashg‘ulot, asosan, quyidagi tartibda olib boriladi:
    — ish maqsadini e’lon qilish;
    — topshiriqni tushuntirish;
    — ko‘rgazmali qurollar ustida ishlash;
    — kuzatish;
    — o‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish
    — suhbat; — xulosa chiqarish;
    — rasmlar chizish.
    Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalarning malaka va ko‘nikmalarini, ularning mashg‘ulotga munosabatlarini, qiziqishlarini pedagogik jihatdan baholaydi. Baholarning differensiyalashuvi bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 2.
    Download 52.88 Kb.
      1   2




    Download 52.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilоtlаridа ekskursiyаni tаshkil etish

    Download 52.88 Kb.