• Rul boshqarmasi
  • 9-mavzu: rul boshqarmasi. Tormoz tizimi reja




    Download 179.01 Kb.
    bet1/7
    Sana23.03.2023
    Hajmi179.01 Kb.
    #46368
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1666687374 (5), uzatma, differensial, 362890, 4 Iqtisodiyot nazariyasi Uslubiy ko\'rsatma kurs ishi bo`yicha 2022, algoritm 2-Amaliy ish, kaspiy psixologiya Menglimuratov Ilxom, 10-sinf nazorat ishi. Yangi darslik. (3)123, Dj.Ravcning progresiv matritsalari testi, Hasanova Dilnoza Alijon qizi, Kamolova Sarvinoz Jamshid qizi, Cho’liyev Abbos Axror o’g’li, ANTONIM, Dehqonboyeva Dildora Qiziqarli matematika

    9-MAVZU: RUL BOSHQARMASI. TORMOZ TIZIMI REJA:


    1. Rul boshqarmasi

    2. Tormoz tizimi

    Avtomobilni harakatlanishi davrida albatta yo‘lda harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, tezlikni pasaytirish, to‘xtashi va to‘xtab turish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bularning hammasini boshqaruv mexanizmi ta’minlaydi, ya’ni u rul boshqarmasi va tormoz tizimini o‘z ichiga oladi.


    Rul boshqarmasi avtomobilni boshqarishda haydovchi tomonidan belgilangan yo‘nalishda harakatni ta’minlaydi.
    Vazifasi. Rul mexanizmi boshqariluvchi g‘ildiraklarni yengil burishga imkon berish uchun, rul chambaragiga quyilgan burovchi momentni oshirgan holda rul soshkasiga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
    Rul boshqarmasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

    • rul mexanizmi;

    • rul yuritmasi.

    Rul mexanizm boshqariluvchi g‘ildiraklarni yengil burish va uzatishlar sonini ko‘paytiradi. Hozirgi zamonaviy avtomobillarda chervyakli, vintli va shesternyali rul mexanizmlari ishlatiladi.
    Chervyak rolikli rul mexanizmi barcha yengil avtomobillarda (klassik komponovkadagi) va oldi boshqariluvchi o‘qiga 25kN gacha og‘irlik tushadigan yuk avtomobillarda kuchaytirgichsiz va 40kN og‘irlik tushadigan yuk avtomobillarda kuchaytirgich bilan qo‘llanishi mumkin (1-rasm).
    Chervyakli rul mexanizmida rul chambaragiga qo‘yilgan moment, rul valiga mahkamlangan chervyakdan, chervyak sektori orqali, shu valda o‘tirgan soshkaga uzatiladi.
    Ko‘pchilik rul mexanizmlarida chervyak glaboidsimon (glaboid chervyakning tashkil etuvchisi-aylana yoyidan iborat), a sektor tishlarini esa, podshipnikda o‘tirib aylanadigan rolik bilan almashtirilgan.
    Bunday rul mexanizmida chervyak katta burchakka burilganda, tishlashish yaxshi saqlanib, ishqalanuvchi juftlarning yedirilishi kam bo‘ladi.



    Download 179.01 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 179.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu: rul boshqarmasi. Tormoz tizimi reja

    Download 179.01 Kb.