Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-811-817
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 811 www.ares.uz
AXBOROT VA UNDAN YOSHLARNING FOYDALANISH
XUSUSIYATLARI
Mohigul Shavkat qizi Norboyeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya
yo`nalishi magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada bugungi jamiyatda axborotning tutgan o`rni,
uning shakllanishi va
iste`molchisi sifatida yoshlarning axborot ko`nikmalari, axborot olishdagi
muammolari va ularni bartaraf etishda talab etiladigan ko`nikmalar sohaga oid ilmiy
asoslangan ma`lumotlar asosida tahlil qilinib ma`lumot beriladi.
Kalit so`zlar: axborot, media, yoshlar madaniyati,
axborotdan foydalanish
madaniyati, mafkuraviy immunitet
INFORMATION AND THE FEATURES OF USE BY YOUNG PEOPLE
ABSTRACT
The article analyzes the role of information in today's society, its formation and
information skills of young people as consumers,
the problems of obtaining
information and the skills required to overcome them on the basis of scientifically
based data in the field.
Keywords: information, media, youth culture,
culture of information use,
ideological immunity
KIRISH
Bugungi kun jamiyati kun sayin taraqqiy etib, insoniyat uchun misli
ko`rilmagan imkoniyat va qulayliklar taqdim etmoqda.
Ammo shu bilan birga
jamiyatda mavjud bo`lgan o`zaro qarama qarshilik qoidasiga ko`ra illatli hodisa va
qarashlar ham rivojlanib bormoqda. Bugungi kun axborotdan foydalanishdagi
tezkorlik insoniyat uchun taraqqiyotning muhim omili sifatida namoyon bo`layotgan
bo`lsa, shuning bilan yovuz niyatga xizmat qiluvchi axborotlarning mavjud bo`lishi
odamlarga ayniqsa yoshlarga o`zining salbiy ta`sirini ham o`tkazib kelmoqda.
Zamonaviy axborot resurslari, axborot almashinuvining tavsif va xususiyatlari tobora
o‗zgarib bormoqda. Kompyuter texnologiyasi va Internetning keng tarqalishi o`z