|
Access dasturida jadvallar bilan ishlashda konstruktor rejimi. Konstruktor yordamida jadvallar yaratish. Tayyor jadvallarga ishlov berish
|
Sana | 13.04.2024 | Hajmi | 0.76 Mb. | | #194145 |
Bog'liq 11-MAVZU 1)Whats morpho, 1-2-mavzu , SQL tili, мохият-боғланиш, 14-mavzu, 20-mavzu, otabek, toquvchilik texnologiyasi (2), Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari-fayllar.org, Konkurenciya-s-pomoshyu-informacionnyh-tehnologij, Narzullayeva Nafisa. geometriya fanidan mustaqil ishi, 9-sinf Informatika Cambrige, 10-MAVZU, 54-60
Reja:
Access dasturida jadvallar bilan ishlashda konstruktor rejimi.
Konstruktor yordamida jadvallar yaratish.
Tayyor jadvallarga ishlov berish.
Tayanch iboralar:
Forma, elektron blank, kitoblar, мастер форм, создание, juft ko‘rsatkich, logotip, Height xususiyati, ideal o'lcham, Crete, Label, Control, Control Source Property, formalar konstruktori, avtomatlashtirish vositalari, yunikodni siqish, indekslangan qator, unikal, bayt.
Access dasturini ishga tushirib, dastlab “Kitoblar” nomli jadval yaratiladi va unda maydon nomlarini kiritish ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi:
Ishchi oynadagi jadvallar orasidan “Kitoblar” nomli jadval tanlanadi (1);
“Главная” menyusidan (2) “Режим” uskunasi ustiga bosiladi (3);
Paydo bo‘lgan kontekst menyudan “Конструктор” buyrug‘i tanlanadi (4);
1-rasm. Konstruktor rejimiga kirish bosqichlari.
“Конструктор” menyusi yordamida jadvalga maydon nomlari (5) va ularning turlari (6) kiritiladi;
2-rasm. Konstruktor rejimida maydon nomlarini kiritish bosqichlari.
Jadval uchun kitoblar haqidagi ma’lumotlarni ifodalovchi “kitob_id”, “nomi”, “muallif”, “nashriyot”, “chiqarilgan_vaqti”, “soni”, “kelgan_vaqti” kabi maydon nomlari (5) va ularning turlari (6) kiritiladi. “kitob_id” maydoniga “Счетчик” (avtomatik raqamlash) ma’lumot turi beriladi va u asosiy kalit (Primary Key) sifatida o‘rnatiladi (7). Har bir kitobni avtomatik raqamlash orqali ularga unikal nom beriladi. “nomi”, “muallif”, “nashriyot” kabi maydonlarga “Короткий текст” (matn) ma’lumot turi o‘rnatiladi. Bu maydonga 255 tagacha belgidan iborat matnni kiritish imkoniyati mavjud (8);
3-rasm. Maydonga matnni kiritish bosqichlari.
“chiqarilgan_vaqti”, “kelgan vaqti” kabi maydonlariga “Дата и время” (sana) ma’lumot turi o‘rnatiladi. Bu ikkala maydonga faqat sana formatidagi ma’lumot-larnigina kiritish mumkin. “soni” nomli maydonga “Числовой” (raqam) ma’lumot turi o‘rnatiladi, chunki bu maydon faqat raqamli ma’lumotnigina qabul qiladi. Shu tariqa “Kitoblar” nomli jadvalga kerakli maydon nomlari va ularning turlari kiritiladi (9). Agar maydon nomlariga qandaydir izoh yozmoqchi bo‘lsangiz, u holda “Описание” ustunidan (10) foydalanishingiz mumkin;
4-rasm. Maydonga sana va vaqtni kiritish bosqichlari.
so‘ngra jadvalga ma’lumot kiritish uchun “konstruktor” rejimidan “jadval” rejimiga o‘tish
lozim. Buning uchun “Главная” menyusidan (11) “Режим” uskunasi ustiga bosiladi (12);
8) paydo bo‘lgan konteks menyudan “Режим таблицы” buyrug‘i tanlanadi (13);
9) “Режим таблицы” (jadval rejimi)ga o‘tilgach, jadvalga ma’lumotlarni kiritish mumkin (14).
5-rasm. Maydonga sana va vaqtni kiritish bosqichlari
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Access dasturida jadvallar bilan ishlashda konstruktor rejimi. Konstruktor yordamida jadvallar yaratish. Tayyor jadvallarga ishlov berish
|