• Pedagogik amaliyot hisoboti
  • Ajinyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yónalishi




    Download 490.01 Kb.
    Sana05.06.2023
    Hajmi490.01 Kb.
    #69787
    Bog'liq
    amalyot hisobot
    15-Laborotorya jumisi, AFISHA PLASTIK, 1. ЛЮДИ, 2, 87654321, 123456789, HOZIRGI KUNDA KONFLIKT BELGILARI , мустакил иш №1,2, Mustaqil ish. NAMUNA, Salimov Z. Mustaqil ish2 (NAMUNA) (1), Principles of developing, 44529, 44529 (1), MUNIS

    Ajinyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti
    Pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yónalishi
    3 -L guruh talabasi
    Pedagogik amaliyoti
    Hisoboti


    Amaliyot o`tash joyi :_____________________________
    ____________________________________
    Bajardi :___________Shomurodova Mahbuba
    Tekshirdi : ____________Genjeyeva Ulzada
    “ __ “ ______ 2023-yil

    Pedagogik amaliyot hisoboti
    Men Ajinyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yónalishi 3- L guruh talabasi Shomurodova Mahbuba 8-fevraldan 18-maygacha haftaning har chorshanba va payshanba kunlarida Nukus shahri Xalq Ta'limi Bólimiga qarashli 26-maktabda pedagogik amaliyotda bo’ldim. Amalyot davomida maktab direktori G. Kudiyorova maktab ichki tartib qoidalari, menejer ishi, hujjatlar haqida tushuntirib otti, ish yuritish qoğozlarini ko'rsatti. Yangi ishga kelayotga kadrlar bilan ishlash bolimiga topshiradigan hujjatlar namunasini aytib otti. Yana bizga maktab buyruq kitobini ko'rsatdi . O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi 2020-yil 28-maydagi 136-sonli buyrug'i 2- ilovasi bo'yicha kadrlarga tegishli hujjatlarni toplash namenklaturasi boyicha 32 papkani kórsatib o'tti. Bu papkalarga buyruq-farmonlar, yillik ish rejalari, yillik hisobotlar, ishchi kadrlarning shaxsiy hujjatlari , shartnoma , pratokollar malumotnomalar, mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar yig'iladi. Maktab buyruqlari kitobiga kelgan barcha buyruqlar sanasi bilan kiritilib borilishi va maktab direktori tasdiqlab imzo chekishi, maktab buyruq kitobi maktabdan tashqariga chiqmasligi va u menejer sefida saqlanashini, maktab buyruq kitobi har yili uchun yangidan qo'yilishini tushuntirdi. Bu vaqt davomida maktab rahbari va maktab jamoasi bilan tanishdim, maktabning o’quv-moddiy sharoitini o’rgandim.
    Men amalyot davomida 8- fevraldan 2- martgacha maktabning O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Parvozxon O'rmanovaga biriktirildim. Parvozxon O'rmanova qaramog'ida maktab O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining ish hujjatlari bilan tanishtirdi. Bundan tashqari maktabda sinf rahbarlari ishini, maktabning sinf o’quvchilarining o’quv-tarbiyaviy ishlarini, maktab o’qituvchisining darsdan tashqari ishlarini, ish hujjatlarini o’rgandim. Bundan tashqari menga yiğilishlar uchun hisobot (daklad) yozishni, Kundalik.com elektron o'quvchilarni baholash tizimini, unda dars jadvalini tuzishni, o'qtuvchilarga dars soatlarini biriktirishni, darslarni ko'chirishni , o'qtuvchilarga dars soatlarini ajratish , maktabga óquvchilarni qabul qilish va kóchirish hujjatlarini, dars jadvalini kundalik.com elektron o'quvchilarni baholash tizimiga kiritishdan oldin tuzishni, o'quvchilarning óquv yili uchun óquvchi sonini jadvalga solish tartibini órgandim.
    Institutimiz tomonidan amalyot davomida maktabning barcha boshqaruv lavozim egalari ishini o'rganish uchun amalyot rahbarimiz Ulzada Genjeeva tomonidan biriktirilgan rahbarlarimiz o'zgartirildi. Men 9- mart sanasidan 13- aprelgacha maktabning Madaniy Marifiy Ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Anorxon Asemovaga biriktirildim. Amalyotim davomida MMIBDO' Anorxon Asemova rahbarligida manaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim vazifalari bilan tanishib chiqdim. Maktabdagi yillik rejalashtirilgan manaviyat soatlarini rejasi bilan tanishib chiqdim va o‘zimga bir nusxa oldim Madaniy-Marifiy ishlar boyicha direktor orinbosari bilan birgalikda o’quvchilar bilan davra suhbatlari, psixologik treninglar tashkil qildik. Bundan tashqari maktabda sinf rahbarlari ishini, maktab o’quvchisining o’quv-tarbiyaviy ishlarini, maktab o’qituvchisining darsdan tashqari ishlarini, ish hujjatlarini o’rgandim.
    Prezident saylovida O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash taklifini ilgari surgandi. Farmon chiqishi bilan 2022 yil fevral oyidan boshlab boshlanğich sinif óquvchilariga bepul tushlik tarqatila boshlandi. 2022-yil sentabr oyidan boshlab Ózbekiston hududidagi barcha maktablarning boshlanğich sinf o'quvchilariga bepul tushlik tarqatish yólga qo'yildi. Tushlik tarqatish va hisobotini tayyorlash MMIBDO' Anorxon Asemova zimmasiga yuklatigan. Bu hisobotlar har kun Xalq Ta'limi Bo'limiga elektron shaklda yuboriladi qoğoz shakli maktab direktori tomonidan tasdiqlanib har kungi hisobot yiğib boriladi. Bundan tashqari menga yiğilishlar uchun hisobot (daklad) yozishni, maktabda va maktab atrofida o'quvchilar rioya qilishi kerak bo'lgan tartib qoidalarni tushuntirib otti va shumday qarorlar qoğoz shaklda MMIBDO' papkalarida yiğilib borilishini tushuntirdi.
    Amalyot rahbarimiz Ulzada Genjeeva tomonidan biriktirilgan rahbarlarimiz o'zgartirildi. Men 19- aprel sanasidan 18- maygacha maktabning Kadrlar bo'yicha menejeri Nargiza Xudaybergenovaga biriktirildim. Amalyot davomida Kadrlar bo'yicha menejer Nargiza Xudaybergenova rahbarligida kadrlar bo'yicha menejer lavozim vazifalari bilan tanishib chiqtim. Men Kadrlar bo'yicha menejer Nargiza Xudaybergenova rahbarligida maktab ichki tartib qoidalari, menejer ishi, hujjatlarni yuritishn, ish yuritish qoğozlarni, yangi ishga kelayotga kadrlar bilan ishlash bolimiga topshiradigan hujjatlar namunalarini ko'rib chiqtim. Yana bizga maktab buyruq kitobini ko'rsatdi . O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi 2020-yil 28-maydagi 136-sonli buyrug'i 2- ilovasi bo'yicha kadrlarga tegishli hujjatlarni toplash namenklaturasi boyicha 32 papkani kórsatib o'tti. Bu papkalarga buyruq-farmonlar, yillik ish rejalari, yillik hisobotlar, ishchi kadrlarning shaxsiy hujjatlari , shartnoma , pratokollar malumotnomalar, mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar yig'iladi. Maktab buyruqlari kitobiga kelgan barcha buyruqlar sanasi bilan kiritilib borilishi va maktab direktori tasdiqlab imzo chekishi, maktab buyruq kitobi maktabdan tashqariga chiqmasligi va u menejer sefida saqlanashini, maktab buyruq kitobi har yili uchun yangidan qo'yilishini tushuntirdi. Yana menga hodimlarni mehnat ta'tiliga yuborish ishdan bo'shatish ishga olish, bola ta'tiliga yuborish, hodimlarga dars soatlarini biriktirish bo'yicha hodimlardan hujjat va arizlar olishni va ularga buyruqlar tayyorlashni, o'qtuvchi vabhodimlarga malumotnamalar berish tartib qoidalari o'rgatti. Kadrlar bo'yicha menejer lavozimida kerak bo'ladigan barcha hujjatlarni qanday foydalanishni tushuntirdi va elektron shaklda taqdim qildi.
    Amalyot davomida bizni institutimiz tomonidan biriktirilgan amalyot rahbarlarimiz nazorat qilib bordi. Pedagogik amalyot o'tayotgan talabar bilan yiğilishlar olib bordi. Ulardan amalyot davomida nima qilishimiz, nimalarni o'rganishimiz kerakligini, amalyot davomida qanday hujjatlar yiğishimiz kerakligini bilib oldik. Bizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

    Download 490.01 Kb.




    Download 490.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajinyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yónalishi

    Download 490.01 Kb.