• Turli-tuman uglevodorodlar
  • Alkenlaming elektron tuzilishi va geometrik izomeriya




    Download 467.06 Kb.
    bet1/9
    Sana09.08.2023
    Hajmi467.06 Kb.
    #78275
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    8 TALIK MAVZU KIMYO
    Илмий мақола. А.Исаев, Лойиҳалаш. Лойиҳалаш ҳақида умумий маълумотлар, Akustika (2) (1), Hisoblash mashinalari va tizimlarining arxitekturasi tushunchasi, 5-laboratoriya, PYTHON TILIDA DASTURLASH ASOSLARI (I-QISM), 8-маъруза, Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari, Келишув шартномаси 2022-2023, biznesga kirish fanidan mustaqil ish mavzulari, Bitiruv malakaviy ish, dasturyiy ta\'minotni modellashtirish, M u n d a r I j a, 3-amaliy ish

    ``

    ALKENLAMING ELEKTRON TUZILISHI VA GEOMETRIK IZOMERIYA.

    Siz kundalik hayotda yonilgʻisi benzin boʻlgan avtomobillarni koʻp koʻrsangiz ham, benzin oʻzi qanday koʻrinishda boʻlishini kamdan kam koʻrasiz! Oddiy koʻz bilan koʻrganda benzin unchalik qiziq boʻlmagan sargʻish-jigarrang suyuqlik, xolos. Shunday boʻlishiga qaramay, benzin nihoyatda turfa xil molekulalardan iborat. Ularning orasida uglevodorodlar (faqat vodorod va ugleroddan iborat molekulalar) katta qismni tashkil qiladi.


    Benzin tarkibidagi uglevodorodlarning baʼzilari nisbatan kichik va bor-yoʻgʻi toʻrtta ugleroddan tarkib topgan, qolganlari esa ancha kattaroq boʻlib, oʻn ikkitagacha uglerod atomlaridan iborat. Baʼzi uglevodorodlar toʻgʻri chiziq hosil qilsa, baʼzilari tarmoqli struktura hosil qiladi; ayrimlarida faqatgina bitta bogʻ boʻlsa, qolganlari qoʻshbogʻ yoki uchbogʻ, shuningdek, halqasimon strukturalar ham hosil qiladi. Benzin tarkibidagi uglevodorodlar turli xil, bir-biridan farq qiluvchi xossalarga (qaynash va suyuqlanish harorati kabi) ega boʻlsa ham, ularning barchasi yoqilganda energiya ishlab chiqaradi.
    Turli-tuman uglevodorodlar
    Benzin misolida koʻrganimizdek, uglevodorodlar turli xil shakllarda boʻladi. Ular uzunligi jihatidan farq qilishi, tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan, chiziqli yoki halqali shaklga ega (yoki ikkalasi ham) boʻlishi mumkin va uglerodlar bir-biri bilan yakka, qoʻshbogʻ va uchbogʻ kabi turli xil birikmalarni hosil qilishi mumkin. Ikkita uglevodorod bir xil molekulyar formulaga ega boʻlsa ham, ularning atomlari bir-biri bilan turli yoʻllar bilan bogʻlanib, izomerlar hosil qila oladi (va baʼzida bu ikki molekulaga bir-biridan farq qiluvchi xossalarni beradi).
    Ushbu strukturaviy xossalarning har biri uglevodorod molekulasining uch oʻlchamli shakliga yoki molekulyar geometriyasiga taʼsir qilishi mumkin. DNK, oqsillar va uglevodlar kabi yirik biologik molekulalarda uglerod skeletidagi strukturaviy farqlar koʻpincha molekulaning funksiyasiga taʼsir qiladi.

    Download 467.06 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 467.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alkenlaming elektron tuzilishi va geometrik izomeriya

    Download 467.06 Kb.