|
Allppt com Free PowerPoint Templates, Diagrams and Charts Tarmoq komponentlari. Kabel, Jek, Hub, Swich, Router
|
Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #154226 |
Bog'liq 8 III 2 mavzu
ALLPPT.com _ Free PowerPoint Templates, Diagrams and Charts
Tarmoq komponentlari. Kabel, Jek, Hub,
Swich, Router,
modem
Tarmoq turli texnik qurilmalardan tashkil topadi. Ular
tarmoq komponentlari hisoblanadi.
Kabel ikkita qurilmani jismonan ulaydi. Uning ikki turi mavjud: mis
simli kabel va optik tolali kabel
Tarmoq yaratishda foydalaniladigan kabel Ethernet kabeli deb ataladi.
Ethernet kabeli ulanadigan port jek deyiladi.
Optik tolali kabel ma’lumotlarni yorugʻlik yordamida uzatadi
HUB
Tarmoqdagi kompyuterlarning har birini hubga ulash mumkin. Hubda bir necha port boʻladi. Bir portga kelgan signal barcha portlarga bir xil tarqaladi. Agar A kompyuter B kompyuterga xabar yuborsa, hub bu xabarni hamma kompyuterlarga tarqatadi, biroq faqat B kompyuter bu xabarni oʻqiy oladi
Switch
Switch ham hubga oʻxshab bir necha kompyuterlarni bir-biriga ulaydi. Farqli jihati, switchning bir portiga kelgan signal barcha portlariga bir xil tarqalmaydi, balki tegishli portga uzatiladi. Bu jarayon quyidagicha yuz beradi: agar A kompyuter xabar yuborsa, switch uning manzilini xotirasiga saqlab oladi. Kelasi safar B kompyuter A kompyuterga xabar yuborsa, switch xotirasidagi ma’lumotdan foydalanib xabarni to‘g‘ri manzilga yuboradi. Bu xabarlar almashuvini tezlashtiradi
Router
Router (ba’zida marshrutizator deb yuritiladi) nafaqat kompyuterlarni, balki kompyuter tarmoqlarini ham bir-biriga ulovchi qurilma. Agar A tarmoqdagi kompyuter B tarmoqdagi kompyuterga xabar yuborsa, router bu ikki kompyuter ulangan tarmoqni bog‘lashi kerak. Bu vaziyatda router A tarmoqning xabarini qabul qiladi va B tarmoqdagi tegishli kompyuterga yuboradi
Modem
Modem (inglizcha ؞demodulator-modulator soʻzining qisqartmasi) — qurilmalarni simli telefon kabeli yordamida internetga ulaydi. U telefon simi orqali uzatilayotgan analog signallarni raqamli signalga (yoki aksincha)
oʻgirib beradi
THE END
|
| |