• E-mail tushunchasi.
  • Amaliy mashg’ulot – 14. Elektron tijorat tizimlar va elektron raqamli imzo. Reja




    Download 294,66 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana04.02.2024
    Hajmi294,66 Kb.
    #151188
    Bog'liq
    Amaliyot- 14. Elektron tijorat tizimlar va elektron raqamli imzo.
    Course work 102.07.2022, The belles-lettres style, 10 mavzu Toza virus preparatlarni olish usullarini o’rganish , МДК Лекции Ягур, 355-Article Text-907-1-10-20201024, 1-mavzu to‘plamlar va ular ustida amallar reja, Word va excel, SINONIMLAR, Mavzu Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalari va ularga qo-fayllar.org, 6-Ma’ruza Nomarkaziy siqiluvchi elementlarni mustahkamligini hi, birjk, YOʻL-MUHANDISLIGI-AVTOMOBIL-YOʻLLARI-EKSPLUATATSIYASI, 1-mavzu. 1-mashg’ulot. Avtomobil yo‘llarini qurishda yo‘l qurili-hozir.org, g-arb-uyg-onish-davri-falsafasi-g-oyalari, Документ-2023-11-10-191357


    Amaliy mashg’ulot – 14. Elektron tijorat tizimlar va elektron raqamli imzo. 
    Reja: 
    1. E-mail tushunchasi
    2. An’anaviy va elektron hujjat almashish 
    3. Elektron raqamli imzo. 
    4. ERI ro‘yxatga olish markazi. 
    5. E-xat. 
    Tayanch so‘z va iboralar: Kompyuter tarmoqlari, lokal tarmoq, global tarmoq, topologiya, 
    server, hub, svitch, Internet, intranet, Wi-fi, Dial-Up 
    E-mail tushunchasi. 
    Internet tizimi undan foydalanuvchilarga juda ko‘p turdagi axborot almashish xizmatlarini 
    taqdim etadi. Ana shunday xizmatlaridan biri - elektron pochta (E-mail) xizmatidir. Elektron 
    pochta (E-mail) maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida istalgan foydalanuvchi dunyoning istalgan 
    joyidagi elektron adresga xat, hujjat yoki ixtiyoriy faylni jo‘natishi va aksincha, qabul qilib olishi 
    mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun 
    avvalambor foydalanuvchi bu tarmoqda o‘zining shaxsiy elektron adresiga ega bo‘lishi lozim. 
    Elektron adresni o‘zingiz ham ochib olishingiz mumkin, faqat buning uchun kompyuteringiz ayni 
    vaqtda Internet tarmog‘uga ulangan holda ishlab turgan bo‘lishi lozim. 
    E-mailda elektron manzilni qayd qilish. 
    Internetda yangi shaxsiy elektron pochta (E-mail) adresini qayd (registratsiya) qilishda 
    Internetning biror server orqali, masalan, www.mail.ru qidiruv tizimida yangi elektron adres 
    ochish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi. 
    Dastlab Internetga ulangan kompyuterda Internet Explorer dasturi (Opera, Mozilla Firebox 
    va shunga o‘xshash istalgan brauzerlar) ishga tushiriladi, hosil bo‘lgan dastur oynasining Адрес: 
    - adreslarni kiritish satriga klaviaturadan foydalanib www.mail.ru yozuvini kiritish kerak bo‘ladi. 
    Natijada oyna hosil bo‘ladi. 
    Oynaning Регистрация в почте bo‘limini sichqoncha chap tugmasi bilan bosamiz, 
    natijada, muloqot oyna hosil bo‘ladi. 
    Bu oynadagi Начать регистрацию tugmasini bosib, Pегистрация oynasini hosil qilamiz. 
    Endi bu oynadagi ■ E mad belgili satrga pochta muallifining nomi (yoki foydalanuvchining 
    elekrton manzili) kiritiladi. 


    Navbatdagi ‘ Пароль belgili satrga yangi pochta uchun parolni kiritamiz va kiritilgan 
    parolni nomli satrga qayta yozib tasdiqlaymiz.Ba’zan kiritilgan parolni unutib qo‘yishimiz 
    mumkin. Bunday holatda Регистрация oynasining ЕСЛИ ВЫ ЗАБУДЕТЕ ПАРОЛЬ 
    sahifasidagi maxfiy savol-javoblar bo‘limiga murojaat qilish zarur. Buning uchun avval doim 
    esimizda turadigan biror savolni quyidagi 
    • Выберите вопрос: 
    - Выверите вопрос - 
    satrida joylashgan savollar ichidan tanlaymiz, agar maqbul savol mavjud bo‘lmasa, u holda 
    quyidagi 
    Или укажите свой вопрос: день роджения satrdagi yozuv maydoniga o‘zimizni qiziqtirgan 
    savolni kiritamiz. Har ikkala holda ham javobni keyingi javoblar maydoniga kiritamiz. Shundan 
    keyin o‘zimiz haqimizdagi qo‘shimcha ma’lumotlarni (ismimiz, familiyamiz, tug‘ilgan sanamiz 
    va boshqalar) tegishli bo‘limlarga kiritamiz. 
    Shunday qilib, biz parolni mabodo unutib qo‘ysak, yuqoridagi savollarga javobni aniq 
    topgan holdagina pochtani ochishimiz mumkin. Aks holda elektron pochtani ocha olmaymiz. 
    Va nihoyat, joriy oynaning quyi qismidagi Защита от автоматических регистраций 
    bo‘limida tasvirlangan olti xonali qayd etish raqamini klaviatura orqali bo‘sh turgan to‘rtburchakli 
    soha ichiga yozamiz va Зарегистрировать почтовый ящик tugmasini bosib ishni tugallaymiz. 
    ИМЯ: srsa maili 


    Shunday qilib, agar yangi pochta ochish jarayonida barcha amallar to‘g‘ri bajarilgan 
    bo‘lsa, u holda foydalanuvchining shaxsiy elektron manziliga ega bo‘lganligi munosabati bilan 
    administratorning maxsus tabriknomasi oynada nomayon bo‘ladi. 
    E-mail orqali aloqa bog‘lash usullari. 
    Elektron pochtaga kirish uchun pochta nomi va parolni kiritamiz. So‘ngra Войти tugmasini 
    bosamiz. Natijada elektron pochtamizning oynasi hosil bo‘ladi. Elektron pochta oynasida - 
    Bходящие, - Сомнительные, - Oтправленный, - Черновики, - Корзина kabi bo‘limlar mavjud 
    bo‘lib, ularning har biri o‘z vazifasiga ega. Masalan, Входящиеda asosan elektron pochtaga kelib 
    tushgan xatlar saqlansa, Отправленный bo‘limida esa jo‘natilgan xatlar saqlanadi. 
    Internetda xat yozish, jo‘natish va kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish. Buning 
    uchun Написать письмо tugmasini bosamiz. Natijada bizga xat yozish uchun oyna hosil bo‘ladi. 
    So‘ngra ketma-ket quyidagilarni bajarish zarur: 
    Кому maydoniga tegishli (xat yuboriladigan) elektron pochta manzili kiritiladi. 
    Xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham jo‘natilishi zarur bo‘lganda, Копия 
    maydoniga xat nusxalari yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari kiritiladi. 


    Тема maydonida yozilayotgan xat mavzusi ko‘rsatiladi. Mavzu kiritilmagan holatda ham 
    xato hisoblanmaydi. 
    Keyingi katta darchada yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib bo‘lgandan keyin 
    Oтправить письмо tugmasi bosiladi. Natijada komputerning xat jo‘natilganligi haqidagi xabari 
    paydo bo‘ladi. 
    Kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish uchun Bходящие tugmasini bosamiz. Natijada 
    pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati hosil bo‘ladi. 
    Yangi kelgan xatlar quyuqroq rang bilan alohida ajralib turadi. Agar o‘sha xatni 
    o‘qimoqchi bo‘lsak, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosganimizda, ekranda yangi kelgan 
    xatning matni hosil bo‘ladi. Matn bilan tanishib chiqqach, lozim bo‘lsa, xatga javob yo‘llashimiz 
    ham mumkin. 
    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy elektron axborot almashuvga o‘tish 
    borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. 2006 yilda elektron raqamli imzoni qo‘llash bo‘yicha 
    milliy infratuzilma yaratildi va ayni vaqtda faol rivojlanmoqda, davlat xokimiyati idoralarini 
    kompyuter texnikasi bilan jihozlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, lokal hisoblash va korporativ 
    kompyuter tarmoqlari jadal ravishda joriy etilmoqda. 
    Davlat hamda aholi va xo‘jalik subyektlari o‘rtasida axborot o‘zaro aloqasini yaratish va 
    oshirishga qaratilgan davlat axborot resurslari va tizimlari, shuningdek, davlat organlarining 
    bazaviy interaktiv xizmatlari reyestrlari shakllantirilgan. 
    O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqyeni beruvchi me’yoriy hujjatlarning qabul 
    qilinishi, shubhasiz elektron hujjat aylanishi tizimi bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi, 
    natijada davlat xokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirish 
    imkoni paydo bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi 
    darajasi va sifatini oshirishga, izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar 
    bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashadi. 
    Davlat xizmatchilarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlari va 
    ko‘nikmalarini oshirish va rivojlantirish yuzasidan tayyorlash va qayta tayyorlash masalalariga 
    alohida e’tibor beriladi. 
    Shu bilan birga joylardagi davlat boshqaruvi organlariga axborot texnologiyalarini joriy etish, 
    davlat xizmatchilari bilimini oshirish, ularning zamonaviy axborot tizimlaridan, jumladan, Internet 
    tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, mamlakatda samarali elektron hukumatni 
    yaratish maqsadida interaktiv davlat xizmatlari sifatini rivojlantirish va oshirish masalalari 
    dolzarbligicha qolmoqda. 
    Hujjat -matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‘lib, zamon va makonda uzatish 
    hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy obyektdir. 
    Hujjat turlari. Hujjat turlari - hujjatlarni o‘z shakliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
    Matnli hujjatlar. Qog‘ozga yozuv mashinasi, qo‘l yoki axborot kommunikasiya vositalari 
    yordamida tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so‘zlar ketma-ketligidir. 
    Tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot. 
    Tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rang tasvir mahsuli. 


    Elektron hujjat.Elektron hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi 
    to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi. 
    Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni 
    identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) 
    ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir. 
    Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot 
    texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. 
    Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish 
    imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. 
    An’anaviy va elektron hujjat almashish. 
    Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o‘ynaydi. 
    Chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo‘natmalarni o‘z manzillariga yetkazib berishdan 
    iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo‘limiga topshiriladi. Shundan 
    so‘ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo‘natiladi va yetkaziladi. 
    Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. 
    Bunda hujjat elektron ko‘rinishda kompyuter, telekommunikasiya va Internet tarmog‘i orqali 
    uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E- 
    hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida 
    hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi. 
    Imzo va uning ahamiyati. Imzo - hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli 
    ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u 
    yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi. 
    Muhr va uning ahamiyati. Muhr - hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli 
    ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida shakliga ega bo‘lib, asosan hujjatlarning 
    va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi. 
    Elektron raqamli imzo. 
    Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 2003 
    yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi. 
    Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli 
    imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda 
    elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini 
    aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikasiya qilish imkoniyatini 
    beradigan imzo; 
    Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining haqiqiyligini tekshirishda 
    qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U 
    axborot - kommunikasiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini 
    tekshirishda qo‘llaniladi. 
    Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham 
    foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi 
    barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo 
    yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o‘tkaziladi. 


    Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron 
    raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, 
    ismi va otasining ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun 
    hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar 
    ham belgilanishi mumkin. 
    Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga 
    ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan 
    belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron hujjatning kim 
    tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan 
    belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikasiya tizimi qoidalariga binoan 
    belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun 
    hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining 
    elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq 
    kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. 
    Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston 
    Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son 
    Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi. 
    Elektron hujjat almashish tizimlari - elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi orqali 
    jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan 
    shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda 
    boshqa 
    axborotlarni 
    almashishda 
    foydalanish 
    mumkin. 
    Turli 
    kompaniyalarning 
    avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, 
    hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi 
    tizimini belgilaydi. 
    Kalit va elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo - elektron hujjatga biriktirilgan va mazkur 
    elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
    o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida 
    elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining 
    egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; 
    Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda 
    xosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda 
    elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; 
    Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda 
    hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har 
    qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning 
    haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; 
    ERI ro‘yxatga olish markazi. 
    Ro‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va ushbu qonunda 
    nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir. 
    Ro‘yxatga olish markazi: 
    elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi; 
    elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini taminlaydi; 


     elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestrini yuritadi, uning o‘z vaqtida 
    yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini 
    taminlaydi; 
    yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron 
    hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi; 
    elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib turadi va qayta tiklaydi, 
    shuningdek ularni bekor qiladi; 
    yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi elektron raqamli 
    imzonnng haqiqiyligini tasdiqlaydi; 
    elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tasdiqlaydi; 
    E - XAT. 
    Davlat va boshqaruv organlari orasida elektron axborot almashishda eng ko‘p qo‘llaniladigan 
    tizim bu elektron xat almashish tizimi hisoblanadi. 
    Himoyalangan yagona korporativ elektron pochta tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar 
    quyidagilardan iborat: 
    Uzatilayotgan, qabul qilinayotgan va serverda saqlanayotgan elektron xatlarni buzg‘unchi va 
    begona shaxslar o‘qib olmaydigan holga keltirish; 
    Elektron xatlarni buzg‘unchi va begona shaxslar tomonidan o‘zgartirib bo‘lmaydigan holga 
    keltirish; 
    Tizimning davlat standartlari talablariga javob berishi; 
    Elektron xatlarni elektron raqamli imzo orqali jo‘natish. 
    Bu talablarga respublikamizning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan E-XAT 
    himoyalangan elektron xat almashish tizimi javob beradi. 
    E-XAT himoyalangan elektron xat almashish tizimining asosiy vazifasi elektron xatlarning 
    butunligini, maxfiyligini va ishonchliligini, umuman aytganda foydalanuvchilar o‘rtasidagi 
    elektron xat hamda ovoz ma’lumotlarini uzatishdagi himoyasini ta’minlab berish maqsadida ishlab 
    chiqilgan. 
    Tizim foydalanish va boshqarish uchun sodda va qulay qilib yaratilgan. Tizimda ishlash uchun 
    xodimlardan maxsus bilimlar talab etilmaydi. Tizim har qanday subyekt uchun katta sarf 
    xarajatlarsiz, hamda qimmat vositalarsiz o‘zining himoyalangan korporativ yoki umumiy xat 
    almashish tizimini operativ tashkil etish imkonini beradi. e-XAT axborotni kriptografik (yunon 
    tilidan olingan bo‘lib, kriptos - sirli degan ma’noni anglatadi) himoya qilishning barcha 
    usullaridan, ya’ni axborotni shifrlash/deshifrlash, elektron raqamli imzo qo‘yish va uni tekshirish, 
    maxfiy kalitlarni almashish kabi usullarini qo‘llangan holda ishlab chiqilgan. 
    e-XAT uchta dasturiy ta’minot asosida ishlaydi: 
    e-XAT serveri - foydalanuvchilarning xatlarini qabul qilish, saqlash va jo‘natish; 
    Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi; 
    e-XAT tizimining foydalanuvchi uchun dasturi. 


    Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib 
    borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda 
    foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida «Elektron ta’lim» milliy tizimini 
    yaratish» investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 16 apreldagi 
    PQ-1740-son qarori ta’lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, 
    zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan 
    bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi. 
    Ushbu Qarorning natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
    huzurida «Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi» tashkil etildi. 
    Ta’lim tizimiga elektron ta’limni joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual 
    salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim resurslarini ishlab 
    chiqishga bog‘liq. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni 
    axborotlashtirish, shu jumladan elektron ta’limni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
    Elektron ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi 
    axborot texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o‘rin 
    olgan. 
    Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to‘lovni amalga oshirish, tovar 
    (xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o‘z ichiga oluvchi 
    operasiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operasiyalar) 
    axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o‘tkazilib, egalik etish yoki ishlatish 
    huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o‘tishi ta’minlanadi. 
    Keltirilgan ta’rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so‘zlar bilan elektron 
    tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo‘lgan maqsadni o‘zida aks ettiradi. Haqiqatda 
    bugungi kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to‘liq 
    yopiq amallarni (operasiyalar) elektron yo‘l bilan o‘tishini ta’minlaydi. Keyinchalik esa biz shunga 
    amin bo‘lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi 
    operasiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan tovar va xizmatlar 
    to‘lovini o‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta’rifda "savdo" va "Internet" so‘zlari yo‘q 
    bo‘lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish 
    bo‘yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet 
    imkoniyatlari 90- yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning o‘zi esa bundan uzunroq 
    tarixga ega. 
    Elektron tijorat tushunchasining paydo bo‘lishi 1948 yilda G‘arbiy Berlinni kerakli material- 
    texnik xomashyo bilan ta’minlash uchun G‘arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan avia 
    ko‘prikni tashkillashgirish ishlarida qo‘llanilgan amaliyot bilan bog‘lanadi. Ushbu ko‘prik deyarli 
    11 oy faoliyat ko‘rsatib, shahar ehtiyojlari to‘g‘risida juda tez va aniq ma’lumotlar uzatilishini 
    talab qilgan. 
    Agar Berlin avia ko‘prigini elektron tijoratning paydo bo‘lish nuqtasi yoki alohida epizodi 
    hisobida ko‘rsak, 30 yillik AT&T korporasiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron 
    tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g‘oyasi AT&T 
    korporasiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun 
    chaqirilgan abonentlar shaharlararo so‘zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida 
    va patentlanganligida tashkil topdi va bu o‘z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining tashkil 


    topilishiga asos bo‘ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik 
    shartnoma tuziladi. 
    2006 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard dollardan oshib 
    ketgan. Yevropada esa bu ko‘rsatkich 130 milliard dollarga yetganligi taxmin qilinmoqda. 
    Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali unchalik katta emas. 
    Ekspertlarning baholashicha, 2006 yil so‘ngida u 1,55 milliard dollarga tenglashgan bo‘lsa- da, 
    o‘sish sur’ati yiliga 30-50 foizni tashkil etmoqda. 
    Internet tarmog‘i paydo bo‘lguncha bir necha yillar davomida elektron tijorat turli xil 
    ma’lumotlarni uzatish elektron tizimlarida asoslangan. EDI (Electronic Data Interchange - 
    ma’lumotlar elektron almashinuvi), EFT (Electronic Funds Transfer-fondlarning elektron 
    almashinuvi), e-Mail (Electronic Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir 
    qatorida yuqoridagi ma’lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi. 
    Internet elektron tijoratning butun dunyoda tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bo‘lishiga 
    qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita 
    optimallik o‘rnini egallab olmaydi. 
    Elektron tijorat o‘z-o‘zidan tovar va xizmatlarni realizasiyalash va yetkazib berish shartnomalarini 
    tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog‘liq: Nomoddiy oqimlar 
    nomoddiy tovarlar (dasturiy ta’minot, bino loyihalari va b.) ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqli uzatish, 
    moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, 
    subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib 
    berishni axborot va telekommunikasion qo‘llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday 
    oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba’zida esa juda 
    katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat ko‘rsatishda elektr vositalarning 
    ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib 
    keladi. 
    Elektron hukumat (ing. e-Government) - bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati va boshqa 
    tarmoqlari hamda davlat amaldorlariga axborot taqdim etish, avvaldan shakllangan davlat 
    xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilib, 
    axborot texnologiyalaridan maksimal darajada faydalaniladi. 
    Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani 
    mustahkamlash orqali biznes jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta’minlabgina qolmay, 
    fuqarolarga davlat xizmatlarini Internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini 
    ham yaratadi. 
    Ta’kidlash joizki, 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 
    2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 
    Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida Prezidentimiz Islom Karimov respublikamizda "Elektron 
    hukumat" tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhim 
    vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidlagan edi. Shu munosabat bilan alohida ishchi guruhi 
    tuzilib, mazkur sohada yetakchi bo‘lgan Koreya Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning 
    ilg‘or tajribasi o‘rganildi. Zamon talablariga javob beradigan xorijiy tajribalar asosida "Elektron 
    hukumat" tizimini shakllantirish bo‘yicha konsepsiya va kompleks dastur, shuningdek, 2013-2017 
    yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirish 
    kompleks dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. 


    2013 yil 16 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborot- 
    lashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshida "Elektron hukumat" 
    tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish to‘g‘- 
    risida"gi qaror qabul qilindi. Loyihaning amalga oshirilishini normativ-metodik ta’minlashni 
    tashkillashtirish, davlat organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini 
    tizimli qayta tashkillashtirish, "Elektron hukumat" tizimini samarali joriy etish uchun amaldagi 
    normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat organlarida axborot-kommunikasiya 
    texnologiyalarini samarali joriy etilishini baholash reyting tizimini yuritish vazifalari "Elektron 
    hukumat" tizimini rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanadi. 
    Hukumat qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘mita tomonidan 
    ushbu markazlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini shakllantirish 
    bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
    Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida respublikamizning 
    barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, 
    zamonaviy axborot-kommunikasion 
    texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini 
    rivojlantirish hamda ularni hayotga keng joriy qilinishiga erishilmokda. 
    Ayni paytda respublikamizda AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bir 
    vaqtning o‘zida AKTni davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt - 
    onlayn tizimiga ulash davlat sektori va fuqarolar o‘rtasidagi yagona elektron vosita bilan 
    ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga jiddiy maqsadlar 
    qo‘yayotganligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, AKT tizimlarining davlat boshqaruviga keng 
    joriy etilishi u yoki bu formulyar, guvohnoma, ma’lumotnoma va hokazolar uchun kishilarning 
    shaxsan davlat muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi, kelajakda bundan 
    butunlay xolos qiladi. Ko‘plab mamlakatlar tajribasi joriy etishning dastlabki bosqichidayoq 
    kutilgan maqsadga - so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini kamaytirish 
    hisobiga fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishini yengillashtirishga erishiladi. 
    Nazorat uchun savollar: 
    1. Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz? 
    2. Elektron hujjat aylanish tizimning vazifasi va tavsifi 
    3. Elektron raqamli imzo qachon qabul qilingan? 
    4. Kalit va elektron raqamli imzo deganda nimani tushunasiz? 
    5. Elektron hujjatning rekvizitlari nimadan iborat? 
    6. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida qanday foydalaniladi? 
    7. ERI ro‘yxatga olish markazining vazifasi nimadan iborat? 

    Download 294,66 Kb.




    Download 294,66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot – 14. Elektron tijorat tizimlar va elektron raqamli imzo. Reja

    Download 294,66 Kb.
    Pdf ko'rish