• 15.1-rasm Generator qismlaridagi kuchlanish: U=E-I ya R ya , Masala.
  • Topshiriq: 15.1-masala.
  • 15.3-masala.
  • Nazorat savollari 1.
  • Amaliy mashg‘ulot-15 Mavzu: O‘zgarmas tok mashinalarida quvvat isroflarini hisoblash




    Download 56.96 Kb.
    Sana05.03.2024
    Hajmi56.96 Kb.
    #166961
    Bog'liq
    Amaliy mashg 14
    Xayrullo Obidov - kripto (5-topshiriq, Oqila-1r

    Amaliy mashg‘ulot-15
    Mavzu: O‘zgarmas tok mashinalarida quvvat isroflarini hisoblash.

    Yuritmani rostlashdagi tejamkorlik uni yaratish va foydalanishga ketgan sarf-xarajatlar bilan tavsiflanadi. Tejamkorlikni baholashda rostlash jarayonidagi energiya isrofining kamligi katta ahamiyatga ega. Tezlikni rostlashda hosil bo‘ladigan quvvat isrofi ∆P yuritma FIK aniqlaydi:





    bu yerda: P2 — dvigatel o‘qidagi quwat. Rostlashning turli usullari uchun tezlikni rostlashdagi energiya isrofi turlicha bo‘ladi. Agar rostlash kuchli (yakor, stator, rotor) zanjirda amalga oshirilsa nisbatan katta, qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjiri orqali amalga oshirilganda esa anchagina kichik qiymatga ega bo‘ladi. Chunki o‘zgarmas tok qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjirining quwati yakor zanjiri quvvatining 1-5% ni tashkil qiladi.


    O‘zgarmas tok generatorlarini aylantirish uchun zarur bo‘lgan mexanik quvvat elektromagnit quvvatga P1=M·n·2π/60=M·n/9,55 o‘zgartiriladi, ya’ni:


    Pem=EIya
    bunda, M – yakorning aylantiruvchi momenti, N∙m;
    n – aylanish chastotasi, ayl/min;
    E – yakor chulg‘amining EYuKi, V;
    Iya – yakor chulg‘amidagi tok, A.
    Generatorning natijaviy quvvat isroflari ΔP bo‘lsa, uning FIK i:



    bunda, P2=UI – yuklamadagi elektromagnit quvvat. O‘zgarmas tok generatorining EYuK:



    bunda, N – yakor chulg‘ami aktiv o‘tkazgichlarining soni;


    a – chulg‘amning parallel shoxobchalari soni;
    p – juft qutblar soni;
    n rotorning aylanish chastotasi, ayl/min;
    F – bir qutbning magnit oqimi, Vb;
    CE – mashina konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas elektr koeffitsiyent.
    Statorda o‘rnatilgan qo‘zg‘atish chulg‘amlarining ulanish usuliga ko‘ra o‘zgarmas tok generatorlari mustaqil, parallel, ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli bo‘ladi (15.1-rasm).



    15.1-rasm

    Generator qismlaridagi kuchlanish:


    U=E-Iya Rya ,


    Masala. Mustaqil qo‘zg‘atishli generator quyidagi nominal ko‘rsatkichlarga ega: Pnom=10 kVt; Unom=115 V; nnom=150 ayl/min. Yakor zanjirining qarshiligi Rya=0,52 Om. Qo‘zg‘atish zanjirining qarshiligi Rqo‘z=120 Om. Agar mexanik va magnit isroflar ΔPqo‘z=5% Pnom va qo‘zg‘atish toki Iqo‘z=5% Iya.nom bo‘lsa, generatordagi isroflar, FIK va yuritma motorning aylantiruvchi momentini aniqlang.
    Yechish. Yakorning nominal toki quyidagicha aniqlanadi:



    Natijaviy isroflar:


    P=Pe+Pm+Pqo‘z=0,05·Pnom+0,03·I2ya.nomRqo‘z+I2yaRya=


    = 0,05·10000+(0.03·87)2·120+872·0.052=1705 Vt

    Generatorni harakatlantiruvchi mexanik quvvat:




    P1=Pnom+P=10+1.7=11.7 kVt

    Generatorning FIK





    Elektr motor momenti:





    Topshiriq:
    15.1-masala. O‘zgarmas tok generatorining foydali quvvati 5 kVt, yakor chulg‘amidagi quvvat isrofi 100 Vt. Agar EYuK 238 V bo‘lsa, yakor zanjiridagi tokni aniqlang.
    15.2-masala. Parallel qo‘zg‘atishli generatorning EYuKi 238 V, qo‘zg‘atish toki 3 A va yuklama toki 80 A bo‘lsa, yakor zanjiri, qo‘zg‘atish chulg‘ami va yuklamadagi natijaviy quvvatni toping.
    15.3-masala. Aralash qo‘zg‘atishli generatorning yakor toki 25 A, foydali quvvati 10 kVt, elektromagnit quvvati 11 kVt, qo‘zg‘atish zanjiridagi quvvat isrofi 0,5 kVt bo‘lsa, yakor zanjirining qarshiligini toping.
    15.4-masala. Mustaqil qo‘zgatishli o‘zgarmas tok generatori chiqish qismlaridagi kuchlanishni toping. Generator EYuKi 240 V, yakor toki 40, 80 va 120 A, yakor zanjirining qarshiligi Rya=0,075 Om.


    Nazorat savollari
    1. Nima uchun o„zgaruvchan tok generatorining statori bir-biridan alohida izolyatsiyalangan po„lat plastinalardan yig„iladi?
    2. Motor chulg„amining korpusga nisbatan izolyatsiya qarshiligi qanday aniqlanadi?
    Download 56.96 Kb.




    Download 56.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg‘ulot-15 Mavzu: O‘zgarmas tok mashinalarida quvvat isroflarini hisoblash

    Download 56.96 Kb.