Amaliy mashg`ulot №2 Mavzu: Hayot faoliyаti xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi o`rnini ergonomikasini o`rganish




Download 23.59 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2024
Hajmi23.59 Kb.
#194346
  1   2
Bog'liq
AMALIY MASHG 2
seminar va maruza, Gunohi kabiralar, Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm-fayllar.org, 1-Ma ruza.docx filename=utf-8 1-Ma ruza, 1-чорак мониторинг тестлари, 5-sinf-tarix-fanidan-testlar-1

AMALIY MASHG`ULOT №2
Mavzu: Hayot faoliyаti xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi o`rnini ergonomikasini o`rganish.
Reja:
1. Xavfsizlikni ta'minlash usullari .
2. Faoliyat xavfsizligining ergonomik asoslari
Xavfsizlikni ta'minlash usullari 3 xil turga bo’linadi:

  1. -metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qollash bilan amalga oshiriladi.

  2. -metodi xavfsizlik prinsiplarini qo’llab, xavflarni yo’q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi.

Agar A va B metodlarni qo’llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta'minlanmaganda, V - metod qollaniladi. V -metodi, tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan.
Bu usul kasbiy tanlash, o'qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta'sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo'llash bilan amalga oshiriladi. Vmetodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o'zgartirish uchun har xil vositalar qo'llaniladi.
Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta'minlash mumkin bo'lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo'llash maqsadga muvoflq bo’ladi.
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta'sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo'llaniladi.
Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma'qul sharoitlarni xosil qilishi va quyidagilarni ta'minlashi lozim:

  • ish zonasidan xavfli va zararli narsalar hamda materiallarni uzoqlashtirish yoki haydash;

  • zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish;

  • ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamroh bo'lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish;

  • texnologik jarayon buzilganda paydo bo'ladigan salbiy omillardan himoya qilishi lozim.


Download 23.59 Kb.
  1   2




Download 23.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg`ulot №2 Mavzu: Hayot faoliyаti xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi o`rnini ergonomikasini o`rganish

Download 23.59 Kb.