Amaliy mashg‘ulot-22
Mavzu:Fermentatsiyalashga mo’ljallangan”qaynovchi qatlam” hozil qiluvchi
apparatlarni ish prispi bilan tanishish
“Qaynovchi
qatlam”
apparatlarining
gidrodinamikasini
V.F.Frolov,
N.B.Rashkovskaya, P.G.Romankov, Mіskleu N.,D.F.Faіrbanks, A.S. Ginzburgning
ishlaridan ko‘rish mumkin[1-7]. “Qaynovchi qatlam”
apparatlari keng tarqalgan
bo‘lib, jarayon mavhum qaynash qatlamida olib borilganda qattiq material
zarrachalari va qurituvchi agent o‘rtasida kontakt yuzasi ko‘payadi,
namlikning
materialdan bug‘lanib chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi.
Hozirgi kunda kimyoviy texnologiyada mavhum qaynash
qatlamli quritkichlar
sochiluvchan donasimon materialdan tashqari, qovushib
qolish xususiyatiga ega
bo‘lgan materiallar, pastasimon moddalar eritmalar, qotishmalar va suspenziyalarni
suvsizlantirish uchun ishlatilmoqda
Uzuluksiz ishlaydigan bitta kamerali quritkichlar keng tarqalgan (2-rasm).
Nam material bunkerdan ta’minlagich orqali quritkich kamerasiga beriladi.
Kameraning pastki qismida tarqatuvchi to‘r joylashtirilgan. Havo ventilator orqali
aralashtirish kamerasiga beriladi va bu yerda issiq tutunli gazlar bilan aralashadi.
Qurituvchi agent (issiq havo yoki havoning tutunli gazlar bilan aralashmasi) ma’lum
tezlik bilan to‘rning pastidan beriladi. Havo oqimi ta’sirida qattiq material
donachalari mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Quritilgan material to‘rdan bir oz
tepada joylashgan shtucher orqali tashqariga chiqariladi va transportyorga tushadi.
Ishlatilgan gazlar siklon va batareyali chang ushlagichda tozalanadi.
«Qaynovchi qatlamli» apparatlarda dispers
qattiq faza bilan vertikal
harakatlanayotgan havo qatlami orasida aktiv aralashuv hosil bo‘ladi. Qattiq va
gazsimon fazalar orasidagi rivojlangan kontakt
yuzasi issiqlik almashinuvi,
kuydirish, yondirish,
quritish, dispers katalizatorlar yordamida katalitik
jarayonlarni, adsorbsiya va boshqa jarayonlarni intensivlashtirish
uchun yordam
beradi. Tinch qatlamli apparatlarga nisbatan «qaynovchi qatlamli» apparatlar
quyidagi afzalliklarga ega: -konstruktiv soddaligi – odatda apparat harakat qismlari
yo‘q vertikal korpusdan iborat; -ko‘p hollarda qatlam izotermik bo‘ladi – dispers
fazaning intensiv aralashuvi oqibatida qatlam bir hil temperaturada bo‘ladi. Bu xolat
ayniqsa qatlamda issiqlik chiqariladigan yoki yutiladigan
jarayonlarda katta
ahamiyatga ega; -qatlam hosil qilish uchun havoning ortiqcha katta bosimning zarur
emasligida kichik bosimli katta unumdorli ventilatorlarni ishlatish mumkin; -
qatlamning harakatchanligida – bu materialning apparatdan oson chiqarish imkonini
beradi, material apparatdan o‘zi chiqib ketadi