Amaliy tilshunoslik




Download 75.57 Kb.
Sana18.11.2022
Hajmi75.57 Kb.
#30857
Bog'liq
1-90
2 5260243015179440747, So\'rovnoma, 7-амалиёт(182-231), 2-MAVZU, MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI OT (1), Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб maruza, Shoxsanam, 8-sinf O\'zbekiston tarix ish reja - tayyori, 7-mavzu

1.Tilshunoslik aspektlari. Tilshunoslik fani ham ko‘p aspektli fanlar qatoriga
Kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud:
Amaliy tilshunoslik.
Nazariy tilshunoslik.
Struktural tilshunoslik.
Xususiy tilshunoslik.
5 Umumiy tilshunoslik.

Tilshunoslikning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari

Amaliy tilshunoslik sanaladi. Uning eksperimental fonetika, lingvistik tahlil,

Leksikografiya kabi yo‘nalishlari mavjud.

Nazariy tilshunoslik – tilshunoslikka doir asosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar

Haqidagi tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar

Umumlashtiriladi. Tilning asosiy muammolari va dolzarb masalalari haqidagi yangi

Nazariyalar olg‘a suriladi.

«Tilshunoslik nazariyasi» kursida tillarni o‘rganish sohasida quyidagi muammolar

Doirasida mavjud bo‘lgan nazariyalar haqida ma’lumot beriladi:

Tilshunoslik tarixida mavjud bo‘lgan oqimlar va maktablarda til

Muammolarining o‘rganilishi.

Tilshunoslikdagi falsafiy yo‘nalish.

Tilning nazariy masalalari. Til va nutq. Til va tafakkur. Tildagi belgining tabiati


Haqida. Mantiqiy va grammatik kategoriyalar. Til va jamiyat. Tilda shakl va mazmun.

Til qurilishi masalalari. Til qurilishida pragmatika va sintagmatika. Til

Fonologiyasi, leksikologiyasi, grammatikasi, so‘z yasalishi. Lingvistik tipologiya.

Tillarning tipologik va geneologik tasnifi.

Tillarni o‘rganishdagi qiyosiy-tarixiy, chog‘ishtirish, tasviriy, riyoziyot,


Avtomatlashtirish, jo‘g‘rofiya metodlar va ularning mohiyati.
Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, o‘zaro bog‘liqligini,
Tilning struktura tomonini yoritish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan yo‘nalish struktural
Lingvistika deb ataladi. Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik sistemasi, lug‘at Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik sistemasi, lug‘at

Sostavi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu tilning boshqa


Tillarga munosabatini o‘rganadi va shu asosda konkret tilning ilmiy grammatikasini

Yaratishga intiladi.


Umumiy tilshunoslik ma’lum bir til emas, balki umuman til qonunlari, tilning

Paydo bo‘lishi, tilning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi.
Shuningdek, bu fanda konkret tillarni, til gruppalarini, qardosh tillarni o‘rganish

Natijasida aniqlangan lingvistik faktlar umumiylashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar

Chiqariladi.

Umumiy tilshunoslik – inson tilini ilmiy o‘rganadigan fan bo‘lib, uning asosiy

Maqsadi tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari, tilning mohiyati, tilning tuzilishi, til
Va nutq, til va tafakkur, tildagi belgilar tizimi, til va jamiyat, til taraqqiyoti, tilshunoslik

Maktablari va yo‘nalishlari, tillarni ilmiy tadqiq etish usullari haqida ma’lumot berishdan


Iborat.
2.Tilshunoslik muammolari.
………………6O‘zbek tilining lingvokulturologik tadqiqi muammolari………………….12O‘zbek tilining sotsiopragmatik tadqiqi muammolari…………………22O‘zbek tilining neyrolingvistik tadqiqi muammolari………………….52O‘zbek tilining milliy korpusini yaratish muammolari………………..58O‘zbek tilining lingvokognitiv o`rganish muammolari……………….61 O‘zbek tilining psixolingvistik tadqiqi muammolari…. …Korpus –bu bir nechayoki muayyan til matnlarining yig‘indisigaasoslangan elektron shaklda to‘plangan ma’lumot (so‘rovnoma)lartizimidir. Milliy korpus esa muayyan tilning ma’lum davr (yokidavrlar)dagi maqomi, janrlari, uslublari, hududiy hamda ijtimoiyko‘rinishlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.Milliy korpus tilshunoslikning korpus lingvistikasi mutaxasislaritomonidan tuziladiki, bu ilmiy tadqiqot va til o‘rganish uchun xizmatqiladi. Jahonning ko‘pgina yirik tillari allaqachon ilmiy ishlanganligi,hajmi va ko‘lamiga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi o‘zining milliy korpusigaega. Masalan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan Britaniya milliykorpusi (BMK)dir. Aksariyat milliy korpuslar mazkur loyiha asosidashakllangan. Shuningdek, Praganing Karlova universiteti tomonidantuzilgan Chex milliy korpusi ham slavyan tillari orasida ajralib turadi.Milliy korpusning o‘ziga xos ikki muhim xususiyati mavjud.Birinchidan, u me’yorlashtirilgan muayyan tarkibga ega ekanligi bilanxarakterlanadi. Bu korpus ma’lum tilda berilgan (turli badiiy janrlar:publitsistik, o‘quv, ilmiy, ish yuritish, so‘zlashuv, shevaviykabi),ularning barchasi imkon darajasida ma’lum doiraga oidma’lumotlarning proporsional matnlari hisoblanadigan og‘zaki vayozma ko‘rinishlarining barchasini o‘z qamroviga oladi degani.Korpusning qoniqarli darajada bo‘lishi uchun uning ko‘lamiga e’tiborqaratish kerakligini nazardan chetda qoldirmaslik kerak (masalan, o‘n vayuz milliongacha so‘z qo‘llash kabi).Yoki rus tili milliy korpusituzuvchilari tomonidan ikki yuz million so‘z kiritish rejalashtirilgan.
3.tilning ijtimoiy mohiyati
Til- bu ijtimoiy hodisa u kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo'lib jamiyatga xizmat qiladi. Shunig uchun ham tilninig kishilik jamiyatidagi roli beqiyos Malum davrga kelib yozuv yaratilganidan keyin usha aloqa vositasi bo‘lgan tillar yozuvida aksini topgan.tarixiy taraqqiyot jarayonida vjudgs kelgan yirik davlatlar yemirilishi bilan ularning aloqa vositasi bo‘lgan tillar , chunonchi qadimiy fors tili finiklar tili , lotin tili, va boshqa eski tillar 9-10 asrlargaca istemolda bo‘lib keyin o‘lik tillarga aylangan.

Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatning rng muhim aloq vositasi bo‘lagan til va uning muhim xususiyatlari xaqida turli tushunchalar fikrlar va nazariyalar vjudga keldi. Bazi olimlar tilni hayvon o‘simlik kabi jonli narsalrga o‘xshatib taabiatdagi tirik organizm deb tushungan, va shunday deb davo qilishgan.19-asr o‘rtalarida tbiiy fanlarning rivojlanishi Charliz Darvin talimotining vjudga kelishi bilan bu nazariya tilshunos olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Tilni tirik organizm deb tushunish ancha kuchayadi. Chunonchi nemis tilshunoslari M.Myuller va A.Shleyherlar shu nazariya ‘‘ Naturalizm‘‘tarofdorlari edilar. Ularning yozishicha tilning paydo bo‘lishi rivojlanishi va o‘lishi tabiat qonulariga bo‘ysungan xolda ro‘y beradi. Yani kishi tug‘ilganda til ham tug‘iladi, o‘lganda til ham o‘ladi. Tilshunoslikka bunday oqimning vjudga kelishi hodisa mohiyatining serqirraligiga yetarlicha etibor qaratmaslik oqibati ham sabab bo‘lgan. Tilshunoslikning keyingi taraqqiyoti A.Shleyher nazariyasining noto‘g‘riligini isbotladi.


4.til va tafakkur.
Til va Tafakkur munosabati.

Kishilar til orqali bir- birlari bilan munosabatda bo‘ladilar bir birlariga fikr istaklarini yetkazadilar. Demak til tafakkur bilan chambarchast bog‘liq bo‘lib tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek tafakkursiz til ifodasini shakllantira olmaydi.

Tafakkur bilan tilning aniqroq qilib aytganda fikr bilan so‘zning o‘zaro jarayoni juda nurakkab jarayondir. Har qanday fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha yani so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga ifoda shakliga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning voqeligi uning mavjudligi tilda nomoyon bo‘ladi. Demak fikr tilda voqealanishadi tilda mavjud bo‘ladi. Tilsiz so‘zsiz tarkibiy qismlarga ajralgan aniq va tayyor xoldagi xech qanday fikr bo‘lmaydi. Fikr tilda yani so‘zlarda so‘zlar orqaligina shakllanadi tilda o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib so‘z fikrni mujassamlashtiradi moddiy shaklga solib yuzaga chiqaradi. Fikr yanada aniqroq qilib aytganda fikrning mohiyati va mazmuni esa o‘z navbatida so‘zlarda va so‘zlar vositasi bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Ongimizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini mazmunini tashkil etadigan xar qanday idrok yoki tasavvur xam faqat so‘zlar vositasi bilangina voqe bo‘ladi. Tafakkur arabcha so‟z bo‟lib, fikr yuritish,o‟ylash, fikrlash kabi ma‟nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi: Ki har ishni qildi odamizod, Tafakkur birla qildi oni bunyod. Ko‟rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne‟mat hisoblanadi. Tafakkur fikrning ko‟pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo‟lishidir, ya‟ni fikr (tafakkur)ning ro‟yobga chiqishida til asosiy vosita bo‟lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog‟liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo‟lolmaydi (obrazli qilib aytadigan bo‟lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo‟lolmaganidek). XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma‟nosi shuki, kishi qanchalik ko‟p o‟ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so‟zi ham shunchalik go‟zal bo‟ladi, boshqalarga ibrat bo‟ladi. Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o‟sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko‟rinishi bo‟lgan nutq ham tafakkur bilan bog‟liq holda takomillashib boradi.
5Aspekt
.Tilning tovush tomonini o‘rganish aspektlari
ASPEKT (lot. Aspectus — tur) — hodisa, tushuncha, istiqbol qarab chiqiladigan muayyan nuqtayi nazar.Tilning tovush tomoni ancha murakkab hodisadir: a) har qanday tovushning fizik-akustik tabiati bor; b) har qanday nutq tovushining biologik asosi (nutq a’zolarining harakati va holati bilan bog‘liq jihatlari) mavjud;

Har qanday nutq tovushlari talaffuz etiladi va eshitiladi. Fonetik birliklarning ana shu jihatlarini o‘rganish fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik, perseptiv va lingvistik-funksional aspektlari deb qaraladi.

§. Fizik-akustik aspekt

Eksperimental fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning fizik tabiatini tadqiq qiladi. Fonetik birliklarning fizik tabiatiga tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho‘ziqligi kiradi. Tovushning ovoz, shovqin, qo‘shimcha (yordamchi) ton kabi komponentlari ham fizik-akustik omillar sanaladi.

Tovushning balandligi — tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bog‘liq sifati. Ma’lum vaqt o'lchovida (masalan, bir sekundda) un paychalarining tebranish miqdori qancha ko‘p boisa, tovush shuncha baland bo'ladi yoki, aksincha, shu vaqt o‘lchovi hisobida un paychalari qancha kam (siyrak) tebransa, tovush shuncha past chiqadi. Tebranayotgan jismning, masalan, un paychalarining tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi bitta toia tebranish sanaladi, ana shu bitta to‘la tebranish birgers hisoblanadi, demak, baland ovozda gerslar miqdori ko‘p(tebranish zich), past ovozda esa gerslar miqdori kam (tebranish siyrak) bo‘ladi. Insonning eshitish qobiliyati 16 gersdan 20000 gersgachadir: 16 gers eshitishning eng quyi pog‘onasi, 20000 gers esa eshitishning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. 16 gersdan kam chastotali tebranish infratovush, 20000 gersdan ortiq chastotali tebranish esa ultratovush sanaladi. Inson oddiy so‘zlashuvda 100 gersdan 400 gersgacha balandlikdagi tovushni qoilaydi. Insonning eng past tovushi bas (u 40 gersga teng), eng baland tovushi esa sopranodir (u 170 gersga teng).

Nutqda ovozning (tonning) baland-past tarzda tolqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintagmalarni, kirish so‘z yoki kiritma gaplarni ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda boshqa akustik vositalar (urg‘u, intonatsiya, tembr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv- stilistik maqsadlarda, ayniqsa, she’riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib toptirishda foydalaniladi.

Tovushning kuchi (intensivligi) — 1 sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdori. Bunday energiya miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi tebranish amplitudasining (kengligining) katta yoki kichikligiga bog‘liqdir: tebranish amplitudasining katta boMishi unga berilayotgan zarba darajasiga, masalan, o'pkadan kelayotgan havo oqimi kuchiga bogiiq. Masalan, zarb urg'usini (dinamik urg‘uni) yuzaga keltirishda havo zarbi kuchli boiadi. Demak, tovush kuchining nutqdagi ahamiyati ko‘proq zarb urg‘usini ifodalashda namoyon bo‘ladi.

Tovush kuchi odatda detsibel bilan o‘lchanadi. Masalan, soatning chiqillashi — 20 db, pichirlash — 40 db, yarim ovoz bilan gapirish — 60 db, baland ovoz bilan gapirish — 80 db, simfonik orkestr ovozi —100 dan 110 db gacha bo‘ladi. 130 db dan ortiq kuchdagi tovush quloqqa og‘riq beradi, insonni noxush qiladi.



Tovush tembri — tovushning asosiy ton va yordamchi tonlar (oberton, parsial tonlar) qo‘shilmasidan tarkib topadigan sifati. Tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar formantlar deyiladi.
Ekstralingvistika nima? 
Ekstralingvistika nima?
Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy – tarixiy va boshqa faktorlarning til taraqqiyoti va
Vazifasi bilan bog‘liq hodisalar sifatida o‘rganuvchi soha;
Tilshunoslikning so‘zlovchi his – emotsiyalarini ifodalovchi so‘zlarini o‘rganuvchi
Soha;
v) tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganuvchi soha;
g) tilshunoslikning til tarixini o‘rganuvchi soha;
d) tilning ichki taraqqiyotini o‘rganuvchi soha.
3. Til nazariyasining asosi deganda nimani tushunasiz?
a) naturalizmni;
b) analogizmni;
v) til strukturasini;
g) sotsiologiyani;
d) psixilogizmni.
11. Antik davr – (lot. antiquus – qadimiy) qadimgi yunonlar va rimliklar madaniyatiga xos davr. Uygʻonish davrida yuzaga kelgan atama.Antik davr (lot. antiquus – qadimgi) – keng maʼnoda qadimgi davrni anglatuvchi termin; isteʼmolda boʻlgan maʼnoda esa Yunoniston va Qad. Rim ta-rixi va madaniyatining ellinizm davrini anglatadi.[1]Bolqon yarimorali va O'rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yuno davlatlarining umumiy nomi Qdimgi Yunoniston deb atalgan
12. Jahon tilshunosligining markazi, beshigi sifatida qadimgi Hindiston tan olingan bo‘lib, hindlar til bilan dastlab sof amaliy maqsadlarda - qadimgi yozma yodgorliklarning turli o‘zgarishlarga uchragan so‘z va qo‘shimchalarini qayta izohlash maqsadida shug‘ullanganlar. Hind olimlari eramizdan oldingi XV asrdan (ba’zi manbalarga qaraganda hatto eramizdan oldingi 45-25 asrlarda) qadimgi sanskrit tilida yozilgan Vedalar - 10 qismdan iborat diniy madhiyalar: gimnlar, diniy qo‘shiqlar va afsonalar to‘plamini hamda o‘rganishni boshlaganlar. Vedalar (sanskrit tilida veda “bilim”, sanskrit atamasi esa “ishlangan”, “mukammal” degan ma’nolarni bildiradi) braxmanizm deb ataladigan induizm dinining diniy-falsafiy ta’limoti aks ettirilgan muqaddas kitoblari bo‘lib, miloddan oldingi VI asrdan avval paydo bo‘lgan va bugungi kungacha o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. Eng qadimgi vedalardan biri - “Rigveda” vedalarning madhiyasi bo‘lib, turli she’riy uslubda yozilgan 1028 satrdan iborat lirik asar hisoblanadi. Rigveda hindlarning qadimgi tili – sanskrit tilida yozilgan bo‘lib, bu til hozirgi kunda ham milliondan ortiq hindlarning diniy muloqot tili hisoblanadi. davrlar o‘tishi bilan sanskrit - braxmanlarning kanonlashtirilgan til bilan jonli xalq tili – prakrit (prakrit– “oddiy”, “tabiiy” degan ma’noni bildiradi) o‘rtasida katta tafovut yuzaga keladi. Hind olimlari sanskritda yozilgan vedalarni o‘rganish, tahlil qilish orqali qadimgi adabiy tilni tiklashga, matnlardagi so‘zlarni bir-biriga qiyoslab, ularni o‘xshash va noo‘xshash qismlarga ajratishga uringanlar. Vedalardagi ma’nosini tushunib bo‘lmaydigan atamalarning izohli lug‘atini tuzganlar, matnlarni fonetik va morfologik nuqtai nazardan tahlil qilganlar. Ular ushbu matnlardagi so‘zlarni ma’noli qismlarga (ya’ni morfemalarga) ajratishni “v’yakarana” – tahlil deb ataganlar. Natijada, bir tomondan, so‘z shakllari uchun umumiy bo‘lgan o‘zak va negiz, ikkinchi tomondan, so‘zdagi o‘zgarib turadigan qism – so‘z yasovchi va o‘zgartiruvchi affikslarni aniqlashgan. Shu tariqa so‘z yoki so‘z shakllari amalda birlamchi elementlarga (hozirgi morfemalarga) ajratilgan. Shunday tahlillar yordamida hatto har bir so‘zning sinonimik shakllarini topishga muvaffaq bo‘lishgan
13.Qadimgi hindlarning eng mashhur tilshunosi eramizgacha bo`lgan IV asrda yashab ijod etgan Paninidir. Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi.Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo`lganligi, asar tili o`ziga xos terminologiyaga egaligi sababli Panini tadqiqoti uzoq vaqtgacha ovrupolik olimlarga tushunarli bo`lmadi. Birinchi bo`lib, asar mazmunini, undagi g`oyani rus tilshunos olimi O.Byotling izohlab berdi.Panini o`z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi, so`z turkumlarini farqladi, so`z tarkibini o`rgandi, o`zak, qo`shimcha, urg`u, intonatsiya va boshqa hodisalar haqida mahlumot berdi.Paninining sakkiz bo`limdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng muhim qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning hind olimi Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi.
14. Vedalar (sanskritcha veda — bilim)— Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, V. toʻplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): "Rigveda" (qasida, madhiya, duolar toʻplami), "Samaveda" (qoʻshiqlar toʻplami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yoʻllari), Atharvaveda (sehrli duolar toʻplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qad. hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. V. ichida eng qad.si "Rigveda" hisoblanadi. U 10 kitob (mandala) dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar (osmon oʻzgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir, togʻlar, daryolar) ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qoʻshiqlar, madhiyalar toʻqilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bogʻliq holda tasavvur qilingan, "Rigveda"ga koʻra, Indra — momaqaldiroq ilohi, Mitra — Quyosh tangrisi, Varuna — Osmon maʼbudi, Agni — Olov maʼbudi, Yama — ajal, oʻlim keltiruvchi, Sama — Oy maʼbudasi, Rita — Koinot tartibini anglatadi. "Rigveda" qoʻshiqlarini toʻplovchilar rishi (ilohiy qoʻshiqlarni toʻquvchi donishmand)lar deb atalgan. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha, inson boʻla turib, ilmlari sababli farishtalardan afzal va ortiq boʻlgan hikmatshunoslar rishilar, deb atalganlar.
15. "Rigveda" kitobida qad. dunyo falsafiy tafakkurining oʻziga xos badiiy ifodasi koʻrinadi. Unda qad. hindlar olam sirlari haqida fikr yuritadi. Mac, hech narsaga tayanmagan va yopishtirilmagan Quyosh nega qulab tushmaydi? Kechasi Quyosh qayoqqa ketadi, u qayerda? Shamol qayerda tugʻilib, qayerga boradi? Olamning asosini nima (yoki nimalar) tashkil etadi? V.da bu va b. koʻplab bunday muammolar koʻtarilgan. Sharq faylasuflari toʻrt unsur — suv, olov, havo, tuproqni barcha mavjudotlarning asosi deb bilganlar. Bu jihatdan Veda falsafasi Arastu zamonidagi, keyinroq Forobiy zamonidagi falsafiy tafakkurga taʼsir etgan. V. adabiyoti V.dan tashqari brahmanlar, aranyakalar va upanishadlardan iborat. Qad. Hindistonda varna (kasta)chilik jamiyati vujudga kelganida brahmanlar adabiyoti rivojlangan. Brahmanlarda samhitalardagi kohinlarning diniy marosimlari sharhlab beriladi."Aranyakalar" (aynan "Oʻrmon kitobi") jamiyatdagi jabr-zulmdan, gʻarazli, tuban, mol-dunyoga oʻch odamlardan oʻrmonlarga qochib, yolgʻizlikda yashaganlarga bagʻishlangan.Upanishad (maxfiy taʼlimot)lar asosan falsafiy-diniy risolalardir. Upanishadlarda falsafiy masalalar ancha keng yoritilgan boʻlib, hindlar tangrisi Brahma (Beruniyda — Barohim) borliqning ibtidosi va intihosi, barcha mavjudotlarning asosi, deb ulugʻlanadi. Upanishadlarga koʻra, moddiy olam, shu jumladan, inson ham Atma-Brahmadan paydo boʻlgan va oʻshanga qaytadi. Bu fikr islomdagi — sufiylar (Ibn Arabiy, Mansur Halloj va b.)ning butun borliq Allohning tajalliysi, jamoli, yaxshi, pok insonlar haq visoliga yetishib, u bilan qoʻshilib ketadi, degan fikrlariga uygʻundir. Upanishadlarda aytilishicha, inson bunga erishish uchun muayyan axloqiy mezonlarga, karma va dharma taʼlimotiga rioya qilishi kerak. Upanishadlarga koʻra, har bir inson oʻzidagi ilohiy dharmalarga muvofiq yashaydi. Agar inson bu dunyodagi hayotida pokiza, ezgu niyatlar bilan yashasa, qaytadan dunyoga kelishda yana inson boʻlib keladi. Aksincha boʻlsa, odam tuban, hayvoniy ishlar qilsa, keyingi kelishida joni hayvonga koʻchadi. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha: shu tabaqalar (brahmanlar, kshatriy-harbiylar, vayshya — dehqonlar, chorvadorlar, shudra — quyi tabaqa vakillari)dan kimning xalos boʻlishga tayyor va loyiq ekani haqida hindlarning fikri turlichadir. Baʼzi vedashunoslar brahmanlar va kshatriydan boshqalar qutulish (najot)ga qobil emas, chunki V.ni oʻrganishga faqat ular haqli xolos, deydilar.
16. Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`nalishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:1. Falsafiy davr.2. Grammatik davr.1. Tilshunoslikning falsafiy davriYunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, g`oyalar yaratish ayni davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi.Tilshunoslikning grammatik davri2.Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo`lgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog`liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining tahsiri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati bilan qo`shilib ketib, aralash madaniyat - ellinizm yuzaga keladi.
17. Qadimgi hind tilshunosligi qadimgi Yunoniston tilshunosligiga (Fors orqali) taʼsir koʻrsatgan; XI asrda. - arab tiliga. Panini grammatikasining yevropalik olimlarga ta'siri ayniqsa samarali bo'ldi, ular 18-asr oxiridan, inglizlar sanskrit bilan tanishganlarida ma'lum bo'ldi. Ingliz sharqshunosi va huquqshunosi V. Jons hind-yevropa tillari qiyosiy grammatikasining asosiy qoidalarini birinchi boʻlib intuitiv shakllantirdi. Sanskrit qadimgi yunon va lotin tillari bilan yaqin munosabatda bo'lgan. Bularning barchasi muqarrar ravishda ushbu tillar uchun umumiy manba - endi saqlanib qolmagan til mavjud degan xulosaga olib keldi. Sanskrit tili bilan tanishish qiyosiy tarixiy tilshunoslikning paydo bo'lishi uchun asosiy turtki bo'lib xizmat qildi
18. Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi. Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan o`rganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon bo`ladi.Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`nalishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.
19. Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon fay-lasuflari Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U mahno jihatdan har bir mahnodosh so`zning o`ziga xos xususiyatlarini, mahno ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi.Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe`l zamon-larini va gaplarning turlarini farqladi.Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini tahkidladilar.Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347). O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida ehtirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: otlarni va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb, atadi. Fe`lning ot haqida nima tasdiqlanishini anglatadigan so`z ekanligini qayd etdi.
20. Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143). Iskandariya maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o`zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal o`rganib, tekshirib chiqilgan to`liq matnini yaratishdi.Aristarx so`z turkumi haqidagi tahlimotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta so`z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe`l, sifatdosh, artiklg’ yoki ko`rsatkich, olmosh, old ko`makchi, ravish va bog`lovchi.
21. VII-VIII asrlarda Arabiston hududida va arablar tomonidan bosib olingan qator mamlakatlarda - Old Osiyo, Shimoliy Amerika hamda Pireney yarim orolida - jahon miqyosidagi mamlakat - Arab xalifaligi tashkil topdi. Arab xalifaligi islom diniga asoslangan ko`pmillatli davlat bo`lib, xalifalikda ish yuritish vositasi va fan tili arab til hisoblangan. Arab xalifaligida tilshunoslikning paydo bo`lishi va rivojlanishi, Hindistondagi kabi, amaliy ehtiyojlar bilan bog`lanadi. Ya`ni bu davrda eski yodgorliklar va Qur’on tili bilan jonli arab tili (shevalari) orasida katta farqlanish yuzaga keladi. Bir tomondan musulmon dunyosining muqaddas diniy kitobi bo`lgan «Qur’on»ni tushunarli qilish, undagi so`zlarni to`g`ri va aniq talaffuz qilish, ikkinchi tomondan, klassik arab tilini shevalar ta`siridan saqlash maqsadida arab olimlari til masalalari bilan jiddiy shug`ullanishga kirishdilar. Arab tilshunosligi o`z taraqqiyoti davrida hind va yunon tilshunosligi yutuqlariga, o`z an`analariga tanqidiy va ijobiy yondashgan. Arablar o`z tillarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ulardan foydalanganlar. VII-VIII asr arab tilshunosligining dastlabki markazlari Iroqning Basra va Kufa shaharlari hisoblangan. Basra va Kufa shaharlarida ikkita lisoniy maktab tashkil topgan bo`lib, ular o`rtasida tilshunoslikning ko`pgina masalalari yuzasidan «fikrlar jangi», qizg`in bahslar, munozaralar olib borilgan. Ushbu lisoniy munozaralar tilshunoslik fanining markazi Arab xalifaligining poytaxti bo`lgan Bag`dod shahriga ko`chirilgandan so`ng to`xtagan. Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lug`atini yaratdi. U lug`atini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. Shuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan. Xalil al - Farohidining shogirdi, mashhur arab tilshunosi, kelib chiqishiga ko`ra fors basralik Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) o`zining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda o`zigacha bo`lgan barcha tadqiqotchilarning ta`limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi.
Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan.Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida Bagʻdodga yetib borgan. Koshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qilgan. „Devoni lugʻatit turk“ ustida 1072-yilda ishlay boshlagan.ayrim nabbalarda, jumladan, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida shu yili asarni yakunlagan, deb xato koʻrsatilgan.Asarning oʻzida keltirilgan maʼlumotga koʻra, 1075-94-yillarda asarning toʻrt nashrini tayyorlagan. Asarning ilk nusxasi yoʻqolgan. 1266-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi esa saqlanib qolgan. Asarda Koshgʻariy shunday deb yozadi„Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼlar, maqollar, qoʻshiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. ... Men isteʼmoldagi soʻzlarnigina berdim, isteʼmoldan chiqqanlarini tashladim. ... Soʻngra men har bir qabilaga mansub soʻzlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qoʻllanishini qisqacha izoqlab koʻrsatish uchun alohida yoʻl tutdim. Bu misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanilib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlaridan, maqollaridan keltirdim.“ Koshgʻariyning ikkinchi asari — „Devonu lugʻotit turk“dan avvalroq yaratilgan, „Javoqirun-nahvi fi lugʻotit turk“ („Turkiy tillar sintaksisi qoidalari“) asari saqlanib qolmagan. Asar haqida bizga faqat Koshgʻariyning oʻzi yozgan manbalardan maʼlum. Koshgʻariy 1105-yoki 1126-yilda vatanida vafot etgan, Oʻpal deb nomlangan hududning Aziq qishlogʻida dafn etilgan.
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlogʻi (hozirgi Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida) da dunyoga kelgan. Ilmga boʻlgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom (Suriya), Bagʻdod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik sanʼatini, arab maqollari va urf odatlarini chuqur oʻrganshiga sabab boʻladi. U mintaqa georafiyasiga doir maʼlumotlar toʻplaydi. Mahmud az-Zamaxshariy turli soha ilmlariga doir 50 dan ortiq asar yozib qoldirdi. Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bagʻishlangan „Al-Mufassal“, Qur’oni Karim tafsiriga(sharh) oid „Al-Kashshof“ asari butun musulmon olamida mashhurdir. Mahmud az-Zamaxshariy „Jorulloh“ („Ollohning qoʻshnisi“), „Arab va gʻayri arablar ustozi“, „Xorazm faxri“ kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlangan. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining talabalari hozir ham „Al-Kashshof“ asosida Qur’oni Karimni oʻrganadilar. Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda Oʻzbekistonda uning 920 yilligi keng nishonlandi.Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari, ayniqsa, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, shuningdek, o‘sha davrda ilm axli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallaydi. Ustozi — til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Isfaxoniy (1113 yil Marvda vafot etgan) dan ilm o‘rganadi. Talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi. Bu yerda u shayx ul-islom Abumansur Nasr Horisiy, Abusa’d Shaqqoniy va Abulxattob ibn Abulbatr kabi olimlardan saboq oladi.
Koshg‘ariy asari, o‘zi ta’kidlashicha, “… oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma’lum bo‘lmagan alohida bir tartibda” tuzilgan. Unda ko‘p shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar ko‘rsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tug‘dirish uchun sodda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lug‘atda turkiy so‘z tuzilishi an’analari, jumladan so‘z tartibi, fe’l shakllari, so‘z etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif ko‘rsatishicha, kitob bo‘limdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir bo‘limda ot-ism so‘zlar, fe’llar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. Asarda 7500 dan oshiq turkiy so‘z va iboralar izohlangan. “Devonu lug‘atit turk” ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan bo‘lib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati o‘rtacha adabiy tildagi 10–12 so‘zga, shevaga oid bir so‘zga to‘g‘ri keladi, ya’ni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat o‘sha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustaxkam mavqyega ega bo‘lganini tasdiqlovchi qat’iy dalildir.Lug‘atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o‘lka nomlari, daryo, tog‘, yaylov, vodiy, dara, yo‘l,dovon, ko‘l, soy kabi geografik atamalar, turli qabila, urug‘, elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi. Asarga Mahmud Qoshg‘ariy tuzgan dunyo xaritasi, dunyoning doira shaklidagi tasviri ham ilova qilingan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. XI asr geografiya ilmining namunasi bo‘lmish bu xarita Qoshg‘ariyning qomusiy olimligining dalilidir.Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, 700 satrdan oshiq she’riy parchalar ushbu asar sahifalaridan o‘rin olgan. She’riy parchalarning ko‘p qismi turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos to‘rtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan she’riy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri she’riyatiga xos bo‘lgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, g‘azal, qit’a parchalari bo‘lib, ularni Koshg‘ariy o‘zi ham ko‘pincha “bayt” deb ataydi.Kitobda 7 ta epik doston, ishqiy qo‘shiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, she’rlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshg‘ariy devonda keltirilgan VIII–XI asrlarga oid turkiy she’riyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga o‘tish moyilligi seziladi. Mahmud Koshg‘ariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, to‘plash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, geografiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajadadir. Uning kitobida jamlangan aniq-ravshan ma’lumotlar VIII–XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham og‘zaki xalq ijodi va turli lahjalarning boy manbai sanaladi. “Devonu lug‘atit turk”ni o‘sha davrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqidagi qomusiy asar deb atash mumkin.
XVIII asrgacha til o`zgarmas hodisa deb hisoblangan. Aynan mana shu asrdan boshlab, tilga bunday qarash o`zgardi. Ya`ni XVIII asrning diqqatga sazovor eng katta xizmati shundaki, u tilga o`zgaruvchan, rivojlanuvchan hodisa sifatida baho berdi. Aniqrog`i, ushbu davrda Sharl` de Bros, Jan-Jak Russo, Monboddo, Adam Smit, Pristli, Gerder va boshqalar tillarning tarixiy taraqqiyoti g`oyasini qo`llab, uni rivojlantirdilar. XIX asrning boshlariga kelib, tilshunoslikka alohida fan sifatida qarash g`oyasi qat`iy tus oldi. Ya`ni XIX asrning birinchi choragida tilshunoslikda faktlarni yig`ish, ularga e`tibor berish g`oyasidan qiyosiy-tarixiy g`oyaga-nuqtai nazarga burilish, o`tish yuz berdi. Albatta, XIX asrning boshlariga kelib, nuqtai nazarlarning o`zgarishiga lisoniy kuzatishlar, bu kuzatishlardan kelib chiqqan muayyan jiddiy fikrlar sabab bo`ldi. Aniqrog`i, XIX asrdan ancha oldin ayrim tillar o`rtasida o`xshashlik borligi aniqlansada, ammo uzoq vaqtlar davomida ushbu o`xshashlikning sabablari ilmiy jihatdan yoritib berilmadi, olimlar o`xshashlik sabablarini tushuntirib bera olmadi. XIX asrning boshlariga kelib, turli mamlakatlardagi ayrim tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o`rtasidagi sistematik o`xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan - bir umumiy qadimiy bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri alohida, mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, tillar o`rtasida o`xshashlik mavjudligi g`oyasining maydonga kelishida fanga tarixiy yondashish yuzaga kelganligi - til hodisalari tarixiylik nuqtai nazaridan izohlana boshlanganligi bilan, tilshunoslikka romantizm g`oyalarining ta`siri, ya`ni jonli tillarning o`tmishini o`rganishga undash g`oyasi bilan hamda sanskrit (qadimgi hind adabiy tili) bilan yaqindan tanishish kabilar tillar o`rtasidagi o`xshashlikni ularning qarindoshligiga ko`ra izohlash mumkinligiga olib keldi.Masalan, Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vil`yam Djons (1746-1794) sanskrit tilini yunon va lotin tillariga qiyoslab, ular o`rtasida yaqinlik, qarindoshlik borligi haqidagi fikrlarni, ma`lumotlarni qat`iy aytdi.Nemis olimi Fridrix Shlegel` (1772-1829) esa o`zining mashhur «Hindlarning tili va donoligi» asarida sanskrit tilining na faqat lug`at tarkibida, balki grammatik munosabatida ham lotin, grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligini, ularning kelib chiqishiga ko`ra umumiy asosga egaligini qayd etadi.Demak, tillarni qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq qilish, ularga tarixiylik nuqtai nazardan yondashish kabilar qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohida, mustaqil fan sifatida qat`iy tan olinishiga zamin yaratdi.Ushbu jarayonda qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lib, qiyoslash tillarni o`rganishda usul, vosita sifatida, tillarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashish esa tadqiqotning principi (bosh g`oyasi, maqsadi) sifatida namoyon bo`ldi.Ta`kidlash shart, qiyosiy-tarixiy metodning ochilishigina tilshunoslikning fan sifatida tan olinishiga, boshqa fanlar qatoridan mustahkam o`rin egallashiga olib keldi. Chunki mana shu metodgina til haqidagi fanga chinakam, haqiqiy ilmiylik g`oyasini berdi, ilmiylik ruhini kiritdi.Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi bilan tilshunoslik ham tarixiy, ham ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asosga ega bo`ldi.Еslatish joizki, Mahmud Koshg`ariy, Vil`yam Djons, Fridrix Shlegel` kabi olimlarning ham qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidagi xizmatlarini inkor qilib bo`lmaydi. Ular qiyosiy-tarixiy metodning ochilishiga jiddiy, chinakam yaqinlashishdi. Ammo qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishida Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokovlarning xizmatlari nihoyatda katta bo`lib, ular ijodkor (novator) tilshunoslar sifatida maydonga chiqdi.Qiyosiy-tarixiy metod ilmiy-tekshirish usullarining muayyan sistemasi bo`lib, o`z oldiga qarindosh tillarni qiyoslash orqali o`rganib, u yoki bu tilning tarixini, undagi o`zgarishlarni, lisoniy hodisalarning mohiyatini, uning taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko`rsatib berish, tushuntirish vazifasini qo`yadi.
Qiyosiy-tarixiy metodm.ning asosiy maqsadi jahondagi qarindosh tillar ichidagi ayrim oila va guruhlarning bobo til (qarang Bobo til) holatidagi qolipi (qiyofasi)ni, ularning keyingi davrlardagi rivojlanishi va mustaqil tillarga ajralishi jarayonini qayta tiklash (aslidagiday "tiriltirish"), shuningdek, u yoki bu genetik birlikka mansub tillarning qiyosiytarixiy tavsiflari (grammatikalari va lugʻatlari)ni tuzishdan iborat. Shuni ham aytish kerakki, Qiyosiy-tarixiy metodm.ning dastlabki belgilari Sharq filologiyasida — M. Koshgʻariy, M. Zamaxshariy, A.Navoiy va boshqalarlarning asarlarida kuzatiladi.Metodning asosiy usullari quyidagilar: lisoniy maʼlumotlarning genetik mansubligini aniqlash, qiyoslanayotgan tillarning turli sathlaridagi oʻxshashliklar va nooʻxshashliklar tizimini belgilash, dastlabki bobo til shakllarini modellashtirish, lisoniy hodisalar va holatlarning xronologik va mintaqaviy tarqalish chegarasini belgilash va shu asosda amalga oshiriladigan tillarning genealogik tasnifi. Qiyoslash lisoniy tadqiqotning universal usuli boʻlish bilan birga Qiyosiy-tarixiy metodm.da ham asosiy, ustuvor usul hisoblanadi.Ushbu metodning eng muhim belgisi tilning barcha sathlaridagi oʻxshashliklarni anikdash yoʻli bilan amalga oshiriladigan r ye konstruksiya (qayta tiklash) tartibi (usuli)dir. Qiyosiy rekonstruksiya (har xil tillardagi muayyan hodisalarni qiyoslash asosida boʻladigan) va ichki rekonstruksiya (bir til doirasidagi turli davrlarga mansub lisoniy hodisalarni taqqoslash bilan boʻladigan) oʻzaro farqlanadi.Qarindosh tillar tizimining tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini belgilashda Qiyosiy-tarixiy metodm. fonetikfonologik va morfologik sathlarda eng yuqori samaralarga erishadi. Bunda qiyoslash asosini tanlab olish muhim rol oʻynaydi. Odatda, bunday asos eng qadimiy yozuv anʼanasiga ega boʻlgan til hisoblanadi. Hindevropashunoslikda bunday rolni uzoq yillar qadimiy hind adabiy tili — sanskrit oʻynagan. Zero, Qiyosiy-tarixiy metod m. ham sanskritda yozilgan matnlar tilini Yevropa tillariga qiyoslash va ular orasida oʻxshashlik borligini aniqlash natijasida 19-asrning boshlarida maydonga kelgan (hozirgi bir qator tadqiqotlarda sanskrit oʻrnini xettluviy tillari egallagan). Lisoniy tadqiqotlarning zamonaviy qiyosiytarixiy metodikasi tipologik, kvantitativ (miqdoriy), ehtimollik, filologik va modellashtirish kabi metodlarning usullaridan ham keng foydalanadi. Tillarni tarixiy oʻrganishning lingvogeografik yoki areal usullari Qiyosiy-tarixiy metodm.ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular bobo til davridagi umumiyliklarning dialektal boʻlinish manzarasini qayta tiklashga va tillararo areal aloqalarni aniqlashga xizmat qiladi. qadimiy yozma yodgorliklari boʻlmagan til guruhlari yoki oilalarida esa Qiyosiy-tarixiy metodm. hozirgi tillar va lahjalarning maʼlumotlariga tayanadi.
Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilari F.Bopp, R.Rask, Ya.Grimm hamda A.Vostokovlardir.Frans Bopp. Frans Bopp (1781-1867) buyuk nemis tilshunosi-sanskrit mutaxassisi, Berlin universiteti professori. U 1816 yilda «Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» asarini yozdi.F.Bopp qayd etilgan tillarda mavjud grammatik shakllarni-tuslanish formalarini qiyoslash asosida ushbu tillar o`rtasidagi umumiylikni, o`xshashlikni ochib berdi. U qiyoslash metodi bilan qiyoslanayotgan tillarning dastlabki holatini, ko`rinishini tiklash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. Shunga ko`ra 1816 yil to`liq ma`noda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tug`ilish-yaratilish yili deb e`tirof qilinadi.F.Boppning kashfiyoti, yangiligi nimada? Yuqorida aytilganidek, ko`pgina olimlar V.Djons, Fr.Shlegel` kabilar hind-Evropa tillari bir bobotildan kelib chiqqan, qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi, degan fikrni aytishgan.F.Boppning xizmati shundaki, u qarindosh tillarning materiallari asosida sistemaga asoslangan, sistema xarakteridagi umumiy nazariyani qurib berdi. U fe`llarning qo`shimchalarini qiyoslab, hayratlanarli darajaga keldi. Ya`ni, ma`lum bo`ldiki, hind-Evropa tillarida nafaqat alohida o`xshash hodisalar mavjud, balki ushbu tillarda o`zaro o`xshashlikning, o`zaro muvofiqlikning butun bir sistemasi-grammatik sistemalarning umumiyligi, o`xshashligi mavjudligi aniqlandi. F.Bopp uchun tillar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik faqat vosita edi, xolos. Maqsad esa boshqa. Ya`ni qiyoslanayotgan tillardagi grammatik shakllarning eng qadimiy, dastlabki ko`rinishini-shaklini ochib berish jarayonida bir tilga xos hodisani boshqa til faktlari yordamida yoritish, tushuntirish edi. Anig`i muayyan tilga oid shakllarni (so`z formalarini) boshqa tildagi shakllar (so`z formalari) orqali tushuntirish, izohlash edi. Ushbu nuqtai nazar F.Bopp tadqiqotlarining yangiligidir. U shu bilan qiyosiy-tarixiy metodning asosini yaratdi.F.Bopp 1833-1852 yillarda uch tomdan iborat bo`lgan «Sanskrit, zend, arman, grek, lotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» nomli asosiy asarini e`lon qildi. Bu asarda sanskrit tiliga asoslangan holda ayrim grammatik formalarning taraqqiyotini va ularning dastlabki manbalarini aniqlash mumkin, degan fikrni ilgari surdi.F.Bopp o`z ta`limoti, asarlari bilan o`sha davrda ma`lum bo`lgan barcha hind-Evropa tillarining qarindoshligini isbotlab berishga erishdi. Uning izlanishlaridan hali u davrda ochilmagan, noma`lum bo`lgan xet, toxar kabi tillargina chetda qoldi. F.Bopp tilshunoslikka hind-Evropa tillari degan terminni ham olib kirdi.U o`z tadqiqotlarida, asosan, morfologiya bilan shug`ullandi, fonetika, sintaksis-gap shakllari, qo`llanishi, gap tuzilishi kabi masalalarga e`tibor bermadi.F.Bopp tillarning qarindoshligi masalasida ham jiddiy xatolarga yo`l qo`ydi. Ya`ni u kichik Polineziya va janubiy Kavkaz tillarini ham asossiz ravishda hind-Evropa tillariga kiritdi.
Rasmus Rask. F.Bopp bilan deyarli bir vaqtda, ammo unga mutlaqo bog`liq bo`lmagan holda hind-Evropa tillarining qiyosiy-tarixiy tadqiqi bilan daniyalik buyuk tilshunos prof. Rasmus Xristian Rask ham shug`ullandi.R.Rask 1811 yilda «Island tili bo`yicha qo`llanma» nomli birinchi ishini e`lon qildi. Ushbu tadqiqotidayoq F.Boppdan ham oldin grammatik ko`rsatkichlarni, ayniqsa, qo`shimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib o`tdi. Ayni vaqtda u, Bopp g`oyalarini to`ldirgan holda, leksik qiyoslashga ham katta ahamiyat berdi va bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, hodisalar va predmetlar bilan bog`langan leksikani hisobga olinishini to`g`ri ta`kidladi.1818 yilda R.Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari e`lon qilindi. U tadqiqotda german, litva, slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi.Ushbu asarning 2-qismi «Frakiy tili haqida» nomi bilan 1822 yilda nashrdan chiqdi. Ishda island tilining o`rnini belgilagan holda uning got tillari guruhiga va frakiy (grek va lotin) tillariga bo`lgan munosabatini o`rganadi.R.Rask asarlarida so`zlarning o`z ma`nolarini o`zgartirishi mumkinligiga e`tibor beradi. Shuningdek, tub va o`zlashgan so`zlarning o`ziga xos xususiyatlarini qayd etadi, lisoniy hodisalarni tadqiq qilishda so`zni mukammal morfologik tahlil qilish lozimligini tavsiya qiladi.U boltiq tillari slavyan tillari bilan ma`lum bog`liqlikka ega bo`lsa-da, ammo ayni tillar hind-Evropa tillarining mustaqil shahobchasi, tarmog`i hisoblanadi, degan haqqoniy fikrni birinchi bo`lib ilgari suradi.R.Rask, F.Boppdan farqli, hind-Evropa tillarini boshqa til oilalari (masalan, kavkaz-yafetik tillari va Indoneziya tillari) bilan qorishtirmaydi. Shuningdek, u o`z tadqiqot-larida sanskrit tiliga murojaat qilmaydi.Xullas, R.Rask tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy metodning va germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o`rinni egallaydi.
Yakob Grimm. Mashhur nemis tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863) qiyosiy-tarixiy metod yordami bilan german tillarini tadqiq qildi. Ya.Grimmning to`rt tomdan iborat «Nemis grammatikasi» asari tilshunoslik tarixida muhim o`rin tutadi. U ushbu salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari bilan qiyoslagan holda beradi.Asar 1- tomining birinchi nashri 1819 yilda, mazkur tomning butunlay, tubdan o`zgargan ikkinchi nashri 1822 yilda chop etiladi. Ayni tomdan german tillarining tarixiy fonetikasi hamda german tillaridagi undoshlarning siljishi, «ko`chish» qonuni o`rin olgan. Ya`ni Ya.Grimm (R.Rask, Ya.Bredsdorflar kabi) undoshlarning siljishini isbotlab beradi. Masalan, hind-Evropa tillarining nafas tovushlari (yoki nafas bilan aytiladigan tovushlar) yoki portlovchi undoshlar bh, dh, gh – german tillaridagi b, d, g tovushlariga o`zgargan-siljigan, ko`chgan yoki hind-Evropa tillariga oid b, d, g – german tillarida r, t, k ga; hind-evropacha r, t, k – germancha f, th, h ga siljigan, ko`chgan, o`tgan.Ushbu jarayon fonetik qonunlarning tan olingan dastlabki, birinchi namunasi edi. «Nemis grammatikasi» asarining barcha tomlari 1837 yilda yakunlandi.Ya.Grimmning «Nemis tili tarixi» asari esa 1848 yilda e`lon qilinadi. U jamiyat tarixini o`rganishda tilning asosiy, eng muhim manba ekanligini aytadi va tilni u yoki bu xalqning madaniy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli deb hisoblaydi. Shunga ko`ra Ya.Grimm «Bizning tilimiz bizning tariximizdir» degan g`oyani ilgari suradi. Haqiqatan ham – shunday Ya.Grimm ushbu asarida «Xalqlar haqida suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq guvoh bor. Bu tildir», deydi.Ya.Grimm «Nemis lug`ati» asarida (birinchi tomi 1854 yilda, oxirgi tomi 1960 yilda e`lon qilindi) nemis shoiri Lyuterdan tortib Gyotegacha bo`lgan nemis tili leksikasini qamrab olishga, ko`rsatib berishga harakat qildi.
Aleksandr Xristoforovich Vostokov. Taniqli rus tilshunos olimi, akademik (1841) A.Vostokov (1781-1864) tug`ma soqov bo`lib, Sankt-Peterburgdagi Rumyancev muzeyi kutubxonasiga boshchilik qilgan.A.Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi. U, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri hisoblanadi.Olim «Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), «Rus grammatikasi» (1831), «Viloyat buyuk rus tili tajribasi» (1852) «Cherkov slavyan tili lug`ati» (1858-1861) kabi qator e`tiborga loyiq ishlarni yaratdi.A.Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan bo`lib, slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metodning qat`iy qaror topishiga ham imkon yaratdi.A.Vostokovning 1820 yilda e`lon qilgan «Slavyan tili haqida mulohazalar» maqolasi unga katta shuhrat keltirdi. Olim bu asarida slavyan filologiyasiga oid masalalarga to`xtalib, hind-Evropa tillarining slavyan tillari oilasiga mansub rus tilining eski slavyan, polyak va serb tillariga bo`lgan munosabatini aniqlaydi, izohlaydi.A.Vostokovning qayd etilgan maqolasi tarixiy fonetika sohasidagi dastlabki ish hisoblanadi.A.Vostokov 1842 yilda «Rumyancev muzeyidagi rus va slavyan qo`lyozmalarining tasviri» nomli ko`p yillik mehnatining natijasini e`lon qiladi. Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo`lgan bolgar, serb, rus va janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o`zgarishlarni davrlashtirishga, ya`ni qadimgi (IX-XIV), o`rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo`lishga imkon beradi.A.Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtai nazardan yondashishni ilk bor boshlab bergan olimdir. U tarixiy principga amal qilgan holda eski slavyan tilidagi burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini belgilaydi, so`z turkumlarining (masalan, sifat, ravishdosh-larning) paydo bo`lish vaqti bilan bog`liq ayrim fikrlarni bayon qiladi.Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub tillarni o`rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilish, ularni davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X.Vostokov nomi bilan bog`liqdir.Hind-Evropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganishning birinchi davri, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bo`ldi.
31. Til falsafasi tilning kelib chiqishi, mohiyati, kishilik jamiyatiga taʼsiri va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlaridagi o‘rni, roli, ahamiyatini falsafiy mushohada qilish bilan shug‘ullanuvchi falsafaning bir bo‘limidir. Mazkur atama borliq va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shuningdek bu munosabatlarni ifodalovchi va izohlovchi nazariy-metodologik bilimlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Til falsafasi til tarixining ham, tilshunoslikning ham ilmiy-nazariy tahlilini beradi. Shuningdek, til mantig‘i, psixologiyasi va sotsiologiyasini o‘ziga qamrab oladi. Til, uning vujudga kelishi, rivoji va ahamiyati haqida qadimdan hind va yunon faylasuflari fikr yuritganlar. Naturalistik falsafa tilni tabiiy yo‘l bilan vujudga kelgan qobiliyat sifatida, idealistik falsafa esa — ruhning ijod mahsuli sifatida o‘rgangan. Til falsafasi sohasidagi tadqiqotlarning zamonaviy holati ikkita bir-birini to‘ldiruvchi yo‘nalishlar bilan xarakterlanadi: til faktik holatining tashqi va ichki voqeʼligiga qaytish, shuningdek inson tilining kategorial asoslarini aniqlashtirishga, grammatikaning umumiyligiga urinish. Shunga bog‘liq holda Herder, Humboldt va Grimm tadqiqotlariga murojaat qilinmoqda.
Zamonaviy gumanitar tafakkurda til falsafasi eng umumiy ko‘rinishda "falsafiy qoidalar tilning eng umumiy qonunlarini tushuntirish uchun, tilning asoslari esa o‘z navbatida muayyan zamonda ilgari surilgan baʼzi bir falsafiy muammolarni hal qilish uchun qo‘llaniladigan" yondoshuv sifatida tavsiflanadi.
Til haqidagi zamonaviy fanning yangi intralingvistik muammolari til va madaniyat, til va jamiyat, til va din nisbati haqidagi savollardan tashqari til va falsafa o‘zaro bog‘liqligi haqidagi masalani ham o‘z ichiga oladi.
32. Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo`lgan V.Gumbol`dt (1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug`ullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi.
V.Gumboldtning til bilimi nihoyatda keng bo`lib, ulkan olim nafaqat hind-Evropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari - bask tilidan tortib, Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining (indeeslarning) tillari haqida ham chuqur bilimga, ma`lumotga ega edi.
V.Gumboldt asarlari, g`oyalari, koncepciyalari bilan umumiy nazariy tilshunoslikka asos soldi. Buyuk olim tilshunoslikning, idealistik ruhda bo`lsa-da, qator eng muhim va murakkab muammolarini hal qilib berdi, ta’limotlar yaratdi. Shu tufayli u jahon tilshunosligining keyingi taraqqiyotiga juda katta ta`sir ko`rsatdi.
Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo`lgan F.Bopp uni hurmat bilan tilga olsa, G.Shteyntal, A.Shleyxer, K.Fosler, A.Pott, G.Kursius, A.Potebnya, B.de Kurtene kabi taniqli va mashhur tilshunoslar o`zlarini uning shogirdi deb hisoblaganlar.
Agar F.Bopp umumiy, nazariy g`oyalardan, qarashlardan chetlashib, asosan, faktlar yig`ish, ularni qiyoslash, ular orasidagi munosabatlarni, bog`liqliklarni aniqlash bilan shug`ullangan bo`lsa, V.Gumboldt nazariy, falsafiy g`oyalar bilan, tilning ilmiy nazariyasini yaratish bilan mashg`ul bo`ldi. Aniqrog`i, V.Gumboldtning tilshunoslikdagi ahamiyatini, o`rnini I.Kant va Gegellarning jahon falsafasi taraqqiyotiga ko`rsatgan ta`siri bilan qiyoslash mumkin.
V.Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki, bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham tilshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir ko`rsatadigan xulosalarni qamrab oladi.
V.Gumboldt til falsafasini tiklab, uning obro`-e’tiborini ko`tardi va ayni falsafaga butunlay yangi yo`nalish berdiki, bu yo`nalish qiyosiy-tarixiy metod bilan zich bog`langan holda, uning asosida yuzaga keldi. Aniqrog`i, V.Gumboldtgacha bo`lgan nazariyalar bo`sh, mustahkam asosga ega bo`lmagan, shunchaki, yuzaki nazariyalar edi. V.Gumboldt esa tilning ilmiy nazariyasini, til falsafasini til hodisalariga qiyosiy-tarixiy metodni qo`llash asosida qurdi, yaratdi. Natijada uning ta`limoti, lisoniy qarashlari tilshunoslik fanining taraqqiyotiga uzoq yillar davomida samarali xizmat qildi.
V.Gumboldt1820 yilda Berlin akademiyasida «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o`rganish haqida» degan mavzuda ma`ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma`ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti bo`lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi g`oyasini o`rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi.
Shuningdek, olim ma`ruzasida qarindosh va qarindosh bo`lmagan tillarning tipologik qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori bo`lib chiqadi. U o`zigacha bo`lgan, ya`ni har bir tilning o`ziga xosligini, mustaqilligini tan olmaydigan, barcha dunyo tillarini tayyor mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga intiluvchi deduktiv umumiy grammatikani – Por Royal` grammatikasini inkor qiladi. V.Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani - fikrni ifoda etishning, etkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi.
V.Gumboldt hayotining oxirgi yillarida o`zining eng muhim uch tomli «Yava orolidagi kavi tili haqida» nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi. Bu asar uning vafo-tidan so`ng akasi A.Gumboldttomonidan 1836-1840 yillarda nashr qilindi.
V.Gumboldtning qayd etilgan tadqiqotlarining bevosita nazariya bilan bog`liq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Ishning kirish qismi «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri» deb nomlanib, turli tillarga - 1859 yilda esa rus tiliga tarjima qilinadi.
V.Gumboldtaynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida o`zining tilga bo`lgan nazariy - falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi.
U tadqiqotlarida tilga aloqa vositasi sifatida, predmetlarni anglatish vazifasini bajaruvchi sifatida baho berdi. Ayni vaqtda olim tilning murakkab o`zaro qarama - qarshi xu-susiyatlardan iborat ko`p jihatli hodisa ekanligini qayd etadi.
V.Gumboldt tilni mukammal o`rganishda, unga xos belgi-xu-susiyatlarni, boshqa hodisalar bilan aloqasini, o`ziga xosli-gini aniqlash va ochishda antinomiya metodini, ya`ni o`zaro zid, qarama-qarshi qo`yish usulini qo`llaydi. U ushbu usul orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim jihatlarini birma-bir bayon etadi. Shuningdek, til nazariyasi haqidagi mukammal ta`limotlarni, g`oyalarni yaratadiki, bu ta`limot va g`oyalar nazariy tilshunoslikning taraqqiyotida yangi-yangi qarashlarni ochishda xizmat qildi. Til va tilga yondash hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, bog`liq jarayonlarning o`zaro dialektik munosabatda ekanligi ma`lum bo`ldi.
Xullas, V.Gumboldtning tilni o`rganish jarayonida belgilagan, qayd etgan antinomiyasi – til hodisalariga dialektik zidlik asosida yondashishi jahon tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
V.Gumboldtning til antinomiyasi (o`zaro zidligi va bir-ligi) quyidagilarda namoyon bo`ladi:
1. Ijtimoiylik (sociallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. Ya`ni til bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy, sotsial, ham alohida, individual hodisa. Til bir vaqtning o`zida ham yakka, alohida shaxsga, ham ko`p shaxsga, umumga tegishli. Tilning ijtimoiyligi jamiyat bilan, shaxslar bilan - xalq mahsuli sifatida belgilansa, tilning alohidaligi bir shaxs bilan, yakka individ bilan - ayrim shaxs mahsuli sifatida belgilanadi.
Alohida shaxslar o`zlarigacha bo`lgan avlodlar, xalqlar tomo-nidan yaratilgan lisoniy mahsulotdan, «hosil»dan foydalanadi.
Demak, yuqorida aytilganlardan tildagi umumiylik va xususiylik dialektikasi, antinomiyasi namoyon bo`ladi.
2. Til va tafakkur antinomiyasi. Til tafakkursiz, tafak-kur esa tilsiz mavjud emas. Biri ikkinchisini taqozo qiladi, talab qiladi. Inson hayotida, insonning lisoniy va aqliy fa-oliyatida til va tafakkur alohida, yakka holda mavjud emas, ular birgalikda, o`zaro bog`liqlikda «yashaydi», insonga xizmat qiladi. Ayni vaqtda ularning har biri o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Demak, bundan til va tafakkurning dialektik munosabati - o`zaro ajralmasligi, bog`liqligi va shu bilan birga ichki zidligi, qarama - qarshiligi g`oyasi kelib chiqadi. Tilning (tovushning) moddiyligi, tafakkurning esa psixik hodisaligi ma`lum bo`ladi.
Til va tafakkurning dialektik birligi, ajralmasligi birining ikkinchisisiz mavjud emasligida, biri, tabiiy ra-vishda, ikkinchisini talab qilishida, biri ikkinchisi orqali namoyon bo`lishida; ularning dialektik zidligi, ichki qarama-qarshiligi esa tilning moddiy, «tashqi» hodisaligida, tafak-kurning esa ruhiy, «ichki» hodisaligida ko`rinadi. Ya`ni til ham, tafakkur ham muayyan bir butunlikning o`zaro ajralmas va ayni vaqtda o`zaro zid, qarama-qarshi ikki tomonidir.
3. Til va nutq antinomiyasi. Til muayyan sistemadir, «organik butunlikdir». Shuningdek, u nutqiy faoliyatning alohida aktidir (harakatidir). Boshqacha aytganda, til nutqiy fao-liyatning alohida aktlar (harakatlar) ko`rinishidagi voqe bo`li-shidir. Til ayrim nutq aktidan farq qiladi va ayni vaqtda u nutq aktida, jonli nutqda mavjud bo`ladi, yashaydi.
Til - faoliyat, nutq - faoliyat mahsuli, tilning voqelanishi, namoyon bo`lishidir. Demak, til faoliyati til va nutqdan tashkil topadi. Til faoliyatida til va nutq ajratiladi, farqlanadi.

33. Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir:


Birinchi antinomiya: til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki
qarama-qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan
ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, tilning ham
tafakkurdan ajratib qo‘yilishi mumkin emas.
Ikkinchi antinomiya: til har doim rivojlanib turadigan dinamik
hodisadir. Bir tomondan, til faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, faoliyat
mahsulidir. Tilda so‘zlovchi har bir kishi o‘zining nutq faoliyati
jarayonida tilning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Shu bilan
birga til insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan
barcha tarixiy boyliklari ni mujassamlantirgan va avloddan-avlodga o‘tib
boradigan aniq tarixiy me’yordir. «Aslida til» «egrгoн» (faoliyat
mahsuli) emas, balki «enерgiyа» (faoliyat) ning o‘zginasidir». Bu
antinomiyadan ko‘rinib turibdiki, V. Gumboldt til bilan nutqning
tilshunoslik fani ob'ektlari, sifatida ajratib o‘rganish masalasini ilgari
surgan. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning o‘zaro munosabati
masalasidan iborat.
Uchinchi antinomiya: nutq va tushunish antinomiyasidir. V.
Gumboldt ta'rifiga ko‘ra nutq bilan nutqni tushunish inson nutq
faoliyatining ikki tomonini tashkil etadi.
To‘rtinchi antinomiya: tildagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarni
o‘z ichiga oladi. V. Gumboldtning fikricha, har bir individ insoniyat
kollektivi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning
qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir
so‘zlovchi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun o‘z
hissasini qo‘shadi.
Beshinchi antinomiya: tildagi kollektiv va individual xususiyatlardir.
Ma'lumki nutq ayrim shaxslarning mahsulidir, ammo ayrim shaxslar
o‘zlaridan oldingi avlod tomonidan yaratilgan kollektiv mahsulotidan
foydalanadilar. Nutq faoliyati o‘z navbatida so‘zlovchini va tinglovchini
taqozo qiladi.
34. Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi. Ammo insonlarning til ilmiga qiziqishlari ancha ilgari boshlangan bo‘lib, tilshunoslikning ildizlari taxminan eramizdan avvalgi VI ming yillikda Hindistonda, IV ming yillikda Yunonistonda, III ming yillikda shumerlar yashagan Mesopotamiyada, II ming yillikda misrliklarda, eramizning I ming yillik boshida Turon qabilalarida vujudga kelgan.
Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy (554-449 yy.) tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida ma’lumotlar berilgan. “Bahor va kuz” deb atalgan ushbu asarlarda eramizdan oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar lug‘atini ham tuzganlar. Keltirilgan dalillar tilshunoslik fanining shakllanish davri nihoyatda uzoq va murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.
Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari 2 mintaqada, 2 xil madaniyat o‘chog‘ida, ya’ni qadimgi Sharq - Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb - Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Shuning uchun tilshunoslik fanining tarixiy yo‘lini qadimgi tilshunoslik, o‘rta asrlar tilshunosligi, XIX asr tilshunosligi va zamonaviy tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.

35. Naturalizm

XIX asrning o'rtalarida Yevropa tilshunosligida naturalizm1 oqimi paydo bo'ldi. Ushbu oqimning mashhur vakili nemis olimi Avgust Shleyxer (1821-1863) edi.

A.Shleyxer tilshunoslikdan tashqari botanika va falsafa kabi fanlarni ham o'rgandi. U dastlab Bonn, so'ngra Praga, Jen universitetlarining dotsenti va b Bonn, so'ngra Paga, Jen professori sifatida ma'ruzalar o'qidi, 1858 yilda Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a'zosi bo'ldi.

A.Shleyxer hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari bilan shug'ullandi, Lirva tilini o'rganib, jonli nutq bo'yicha tadqiqotlar olib bordi, xalq og'zaki ijodiga old materiallar to'pladi. U, shuningdek, qiyosiy- tarixly va tipologik yo'nalishda german, slavyan, boltiq tillari bilan ham shug'ullandi. A.SHleyxer tillarni qiyosiy o'rganishda tovushlaming qonunly o'zgarishlariga e'tibor berishni talab qildi. U

fonetikani fonologiya deb atadi va so'zda tovush, shakl hamda funktsiyani farqladi. Olim ayni vaqtda umumnazariy fikrlarni ham ilgari suradiki, bu fikrlar tilshunoslar tomonidan e'tibor bilan qabul qilindi. Ushbu fikrlar tovush qonuni, analogiya, tilning sistem xarakterga egaligi, so'zning shakli va vazifasi haqidagi g'oyalar bilan bog'lanadi. A.SHleyxerning mazkur nazariy qarashlari < (1860) asarida bayon qilinadi. XIV.ning bit

A.SHleyxer hind Yevropa tillarining bitta bobotildan kelib chiqqanligi g'oyasini ilgari surdi. U hind - Yevropa tillarining taraqqiyotini «shajara daraxti Jadvali orqali tushuntirdi. Ya'ni, uning fikricha, qachonlardir hind Yevropa bobotili mavjud bo'lgan, uning tarqalib ketishidan hozirgi hind - Yevropa tillari kelib chiqqandir.

A.Shleyxemning eng mashhur asari «Hind german tillari qiyosly grammatikasining kompendiumt» dir (1861). Bu asar o'tgan yarim asr davomida hind- Yevropa tillarini qiyosiy o'rganishning yakuni sifatida maydonga keldi va 15 yil ichida to'rt marta naso'r qilindi.


Kompendium dal A.SHleyxer hind Yevropa tilini (bobo tilni) qayta tiklab, KRA uning har bir shoxobchasi qanday rivojlanishini ko'rsatmoqchi bo'ldi.

A.Shleyxeming tilga naturalistik qarashi biologizmi, ayniqsa, Ch.Darvinning «Turlarning paydo bo'lishi va tabiiy tanlash» (1859) nomli eng muhim asarining e'lon qilinishi bilan yana ham kuchaydi. «Tillar, -deydi Shleyxer, insonning xohishidan tashqari paydo bo'lgan, o'sgan va ma'lum qonunlar asosida rivojlanadigan tabiiy organizmdir. Ular o'z navbatida qariydi va o'ladi». «Tillar tovush materiyasidan tashkil topgan tabiiy organizmlardir... tillarning o'sishi ma'lum qonuniyatlar asosida yuz beradi>3.

Xullas, A.SHleyxer ta'limotida, aytilganidek, xato g'oyalarning. qarashlarning mavjudligiga qaramay u va uning izdoshlari - naturalizm yo'nalishi, naturalizm maktabi tilga tabily materialistik qarashni, g'oyani olib kirdi va tilshunoslikda til o'z tuzilishiga (strukturasiga) ega bo'lgan qismlardan iborat bir butun ob'ektdir - Ademnadi: dégal g'oyaning qartly qaror topishiga, sistemadir tasdiqlanishiga xizmat qildi. Geyman Shteyntal

Psixologizm Falsafly tilshunoslikning asoschisi bo'lgan Vilgelm Gumboldt tomonidan tilning alohida shaxslarning ruhly hayoti va tafakkuriga munosabati jihatidan aa Shteyntal, ༼Potebnya,/ o'rganilishi Geyman Shteymtal, Potebnya, Boduen de Kurtene kabl tilshunoslarning ta'limotlarida - umuman tilshunoslikdagi psixologik yo'nalishda davom ettiriladi. Tilshunoslikdagi psixologik oqimning - psixologizmning eng yirik vakili, asoschisi nemis nazariyotchi tilshunos olimi Berlin universiteti professori G.SHteyntaldir (1823-1899). U umumiy tilshunoslik sohasida o'zini Gumboldtning shogirdi, uning g'oyalarini davom ettiruvchi deb hisoblaydi. Psixologizm sohasida esa u Jogann Gerbert (1776 1841) ta'limotining - assotsiativ psixologiyaning davomchisi edi. Ayni taʼlimotga ko'ra narsa - hodisalar inson psixikasida o'zaro bog'liq holda bir-birlarini eslatadilar, esga tushiradilar.


36. Psixologizm

Falsafly tilshunoslikning asoschisi bo'lgan Vilgelm Gumboldt tomonidan tilning alohida shaxslarning ruhiy hayoti va tafakkuriga munosabati Jihatidan o'rganilishi Geyman umuman tilshunoslikdagi psixologik yo'nalishda Shreymtal, Potebnya, Boduen de Kurtene kabl tilshunoslarning ta'limotlarida davom ettiriladi. Tilshunoslikdagi psixologik oqimning psixologizmning eng yirik vakill, asoschisi nemis nazariyotchi tilshunos olimi Berlin universiteti professori G.SHteyntaldir (1823 1899). U umumiy tilshunoslik sohasida o'zini Gumboldning shogirdi, uning g'oyalarini davom ettiruvchi deb hisoblaydi. Psixologizm sohasida esa ulogann Gerbert (1776 1841) ta'limotining - assotsiativ psixologiyaning davomchisi edi. Aynt ta'limotga ko'ra narsa - hodisalar Inson psixikasida o'zaro bog'liq holda bir-birlarini eslatadilar, esga tushiradilar. Tilshunoslikdagi psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostida oldi. Psixologizm naturalizmdan farqli unga zid holda tilni xudoning yoki odam

ARXIV 117

nihining aksi, ko'rinishi, ifodasi deb talqin qildi. Shunga ko'ra til sof psixik, ruhiy

ARA

hodisa sifatida bayon qilindi. Psixologistlar tilning taraqqiyotini alohida shaxslarning tafakkuridagi, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog'liq deb hisobladilar. Demak, tildagi hodisalarning asosida ijtimoiy hodisalar, ijtimoiy taraqqiyot - jamiyat taraqqiyoti emas, balki individual faoliyat, individual taraqqiyot, inson psixikasi, uning fikriy faoliyati yotadi, ular hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ana shunday g'oyalar, qarashlar bilan qurollangan psixologizm vakillari, Jumladan, G.SHteyntal ta'limotidagi eng muhim g'oya nutqning individual akti Insonning faoliyatidan, ijtimoiy jarayondan ajralganligidir.



G.SHteyntaining lisoniy qarashlari, ta'limoti uning quyidagi qator ishlarida bayon qilinadi. Bular Tillarning tasnifi til g'oyasining taraqqiyoti sifatida» (1850), Tilning paydo bo'lishi» (1851), «Grammatika, mantiq va psixologiya» (1855), < (1874), Gumboldtning tilshunoslikka oid asarlari va Gegel falsafasi» (1848), «Falsafa, tarix, psixologiya va ulaming o'zaro munosabati>> (1863) va boshqalar. G.Shteyntal individual psixologizm vakili sifatida maydonga keldi. G.Shteyntal lingvistik ta'limotining psixologik asosi bo'lib, 1.Gerbertning assotsiativ psixologiyasi hisoblanadi. Assotsiativ psixologiya inson ongining barcha faoliyatini tasavvurlar munosabatiga, psixik assotsiatsiyalar, aloqalar mexanizmiga bog'laydi, so'zni esa tasavvurlar kompleksi bilan, assotsiatsiyalar bilan bog'liq deb hisoblaydi..

Insonning psixik faoliyati fikrlash jarayonl sifatida tasavvurlar assotsiatsiyasidir, aloqasidir, bog'lanishidir.

Psixologizm tilni faqat tafakkur quroli va fikmi ifodalash vositasi sifatida

belgilaydi.


37. XIX asring oxirgi choragida tilshunoslikda yosh

grammatikachilamning qarashlari etakchi o'rin egalladi. Bu oqimning vujudga kelishi giyosiy-tarixiy tilshunoslik shakllangandan yarim asr o'tgath amalga oshdi. Bu davrga kelib tillarni qiyosiy-tarixiy jixatdan organish butun dunyo boylab tarqaldi. Agar komparativistika taraqqiyoti birinchi davrida nemis va Daniya olimlari etakchilik qilgan bo'lsalar, keyingi davrda Evropa va Amerikaning ko'pgina mamlakatlarida lingvistik markazlar, ilmiy maktablar yuzaga keldi.

Masalan, 1866 yllda Franciyada "Parij lingvistik jamiyati"ga asos solindi Amerikada taniqli olim V.D.Uitni (1827-1894) samarali faoliyat ko rsatdi. F de Sossyur Fikricha, V.D.Ultni tilshunoslikdagi naturalizmga, G.Shteyntaining "xalqlar psixologiyasi" nazariyasiga qarshi chiqib, yosh grammatikachilar harakatini boshlab berdi. Bu davrda Boduen de Kurtene. A.A.Potebnya. AF.Fortunatovlar Rossiyada, substrat nazariyasining asoschisi G.I.Askoli Italiyada, yosh grammatikachilikning keskin tanqidchisi G.Shuxard Avstriyada, R.Rask va Ya. Grimmning german tillarida undoshlaming qonunigal aniqliklar kiritgan K. Vemer Daniyada sezilarli ishlar qildilar.

Yosh grammatikachilar oqimiga, asosan Leypcig universitetining tilshunos olimlari mansub edilar. Slavyan va boltiq tillarining tadqiqotchisi Avgust Leskin (1840-1916)ning faoliyati yosh grammatikachilar orasida alohida o'rin tutadi. Uning "Slavyan-litva va german tillarida turlanish" (1876) nomli asarida yosh grammatikachilikning nazariy asoslari o`z ifodasini torgan.


Yosh grammatikachilarning nazariy qarashlari quyidagi ishlarda tolarok ifodalangan: a) "Morfologik tadqiqotlar" nomli kop tomli asarning birinchi tomiga K.Brugman va G.Ostgof yozgan sozboshi (1878). Bu sozboshini hatto ayrim tilshunoslar yosh grammatikachilikning manifesti deb ham ataydilar, b) G.Paulning "Til tarixi tamoyillari" nomli asari (1880). Asaming ruscha tarjimasi 1960 yilda e'lon qilingan, uni yosh grammatikachilarning qomusi deb yuritadilar, v) B.Delbryukning "Hind-Evropa tillarini organishga kirish" asari (1880), g) K.Brugman va B.Delbryukning "Hind-german tillari qiyosiy ning asoslari nomli asari (1880 grammatikasining asoslari" nomli asari (1886-1900) va boshqalar.

Yosh grammatikachilar tilda individual psixofizik (yoki psixofiziologik) ozgarishlar individning "odatdagi nutqiy faoliyati" natijasida sodir boladi, deb hisoblaydilar. Shu fikrga asoslanib yon grammatikachilar birinchi navbatda jonli tillami organishlarga chaqirdilar, chunki qadimgi olik tillarga nisbatan til taraqqiyotining o'ziga xos qonuniyatlarini ochishga jonli tillar koproq material beradi. Lekin yosh grammatikachilar uzlarining bu fikrlarida izchil emas edilar, ya'ni ular jonli tillar bilan bir qatorda olik tillarni o'rganish bilan ham shug'ullandilar.

Yosh grammatikachilar fikricha, tilning ikki faoliyati mavjud: a) tilning individual psixologik faoliyati. Bu faoliyat tilda paydo boladigan yangi hodisalarning analogiyaga asoslanishida korinadi, b) til faoliyatining fiziologik tomoni. Bu tomon fonetik o'zgarishlarda namoyon boladi. Shunga muvofiq, yosh grammatikachilar fonetik qonunlarni ochishga va tasvirlashga alohida e'tibor berdilar.
38. “Umumiy tilshunoslik kursi” asari haqida, til sistem xarakterdagi ijtimoiy hodisadir; til g`oya tashuvchi belgilar sistemasidir; tilning sinxron va diaxron aspektlari; til - ijtimoiy, nutq individual hodisa ekanligi; til birliklari orasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar xususida.

Tilshunoslikda XX asr boshlarigacha faollik ko`rsatgan qator lisoniy oqimlarga: yosh grammatikachilar ta`limotiga, naturalizm va psixologizm kabi yo`nalishlarga, ularning qarashlari hamda g`oyalariga zid bo`lgan yangi ta`limot, mukammal bir g`oya maydonga keldi. Bu yo`nalishga tilshunoslikdagi sociologik ta`limot - sotsiologik maktab nomi berildi. Ayni ta’limot tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta`kidlab, uning ijtimoiy vazifasini aloqa vositasi sifatida qat`iy belgiladi.


Еslatamiz, sotsiologik lingvistika o`z - o`zidan, bevosita paydo bo`lgani yo`q. U qadim davrdan boshlab, tilga - til va ja-miyat masalalariga bo`lgan turlicha qarashlarning, yondashishlar-ning ijobiy natijasi, ob`ektiv mahsuli sifatida qaror topdi .
Tilshunoslikdagi sociologik ta`limotning asoschilari F. de Sossyur va Antuan Meyelardir. Mana shu olimlar qayd etilgan yangi yo`nalishga «sociologik lingvistika» nomini berdilar.
39. Ferdinand de Sossyur (1857-1953) buyuk tilshunos, orginal nazariyotchi, til haqidagi fan taraqqiyotiga juda katta va chuqur ta`sir ko`rsatgan donishmand olim. Shuning uchun ham F. de Sossyurni tilshunoslik olamida mashhur Frans Bopp, Vil`-gel`m fon Gumbol`dt, Avgust Shleyxer, Boduen de Kurtenelar bilan bir qatorga qo`yishadi.
F. de Sossyur Shveycariyada (Jenevada) tug`ilgan, millati Fransuz – shveycariyalik Fransuz. U Jeneva, Leypcig va Ber-linda ta`lim oldi.
F. de Sossyurning 20 (ba`zi manbalarda 21) yoshida e`lon qilgan mashhur asari hind – Ovrupo tillarini – ulardagi un-lilar sistemasini o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, ushbu tillar vokalizmini o`rganishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu asar «Hind - Evropa tillaridagi dastlabki unlilar sistemasining tadqiqi» deb nomlanib, 1879 yilda nashr qilindi. Ushbu asar hind - Ovrupo tillarini o`rganishga, qiyosiy – tarixiy metod taraqqiyotiga jiddiy ta`sir qildi.
F.de Sossyur ilmiy - tadqiqot ishlari bo`yicha 1880 yilda Leypcigda doktorlik disertaciyasini himoya qildi. U 1881 yilda Parijga kelib, german tillari, hind - Ovrupo tillarining qiyosiy grammatikasi bo`yicha ma`ruzalar o`qidi. 1891 yildan boshlab, u Jenevada professor lavozimida ilmiy - amaliy, pedagogik faoliyatini davom ettirdi.
1906 yildan boshlab, F. de Sossyur umumiy tilshunoslik kafedrasiga rahbarlik qildi. 1906 - 1911 yillarda uch marta umumiy tilshunoslik kursi bo`yicha ma`ruzalar o`qidi.
F. de Sossyur vafotidan keyin 1916 yilda uning shogird-lari Sharl Balli va Albert Seshelar o`zlari yozgan qo`lyozmalar asosida ustozlarining ma`ruzalarini to`plab, tartibga solib, kitob holida nashr qildilar. Shunday qilib, F. de Sossyurni dunyoga tanitgan, uni buyuk tilshunoslar qatoriga qo`ygan, hozirgi zamon tilshunosligining taraqqiyotiga juda katta ta`sir qilgan «Umumiy tilshunoslik kursi» fundamental asari maydonga keldi. Ayni asar 1931 yilda nemis tilida, 1933 yilda esa rus tilida e`lon qilindi
F. de Sossyur lisoniy ta`limotining muhim jihatlari quyidagilar:
1. Tilshunoslik fanining birdan - bir haqiqiy ob`ekti tildir. Demak, tilni psixologiya, mantiq, fiziologiya kabi fanlar nuqtai nazaridan emas, balki bevosita tilshunoslik fani asosida tekshirish lozim.
2. Til sistemadir. Til sistem tuzilishiga ega bo`lgan, sistem xarakterdagi ijtimoiy hodisadir. Demak, til hodisa-lari, til faktlari o`zaro dialektik bog`liq bo`lib, bir – birini talab etadigan, taqozo qiladigan belgilardir. Anig`i til belgilari til sistemasining elementlari, birliklari sifa-tida bir-birini belgilaydi. Ular o`zaro mantiqiy, zaruriy munosabatga, aloqaga kirishib, bir butunlikni – til sistema-sini hosil qiladi.
3. Til g`oya (fikr, ma`no) tashuvchi belgilar sistemasidir. Til belgisi (birligi, elementi) ikki tomonga: a) ifoda tomo-niga (ifodalovchiga) b) mazmun tomoniga (ifodalanuvchiga) ega-dir. Til belgilari shartli, ixtiyoriydir. Demak, til belgilari (birliklari) moddiy (material) va ruhiy (psixik,ideal) tomonlarning, tovush va ma`noning birligidan iborat bo`lib, biri ikkinchisisiz bo`lmaydi, ular o`zaro dialektik bog`liq holda, nisbiy bir butun holda ijtimoiy vazifa bajaradi, jamiyatga xizmat qiladi, fikr almashuvni – kommunikativ jarayonni ta`minlaydi.
4. F. de Sossyur tilshunoslikni ikkiga: ichki lingvistika va tashqi lingvistikaga ajratib, ularni o`zaro bir - biriga qarama - qarshi qo`yadi. U ichki lingvistikaga tilning sistem xarakterga egaligini, tilning tuzilishini (strukturasini) kiritadi. Tashqi lingvistikani esa tilning rivojlanish jarayonidagi, taraqqiyotidagi real shart - sharoitni: jamiyat bilan, jamiyat tarixi, madaniyati, tarixiy voqealar, tilning jo`g`rofiy joylashishi, jamiyatning siyosiy qarashlari, ma`-naviy olami kabilar bilan bog`liq holda oladi.
Demak, ichki tilshunoslik tilning sistem tabiatini, uning tuzilishini tekshirsa, tashqi tilshunoslik tilni jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq holda tekshiradi. Negaki jamiyatning mavjudligi tilning mavjudligini, tilning mavjudligi esa jamiyatning mavjudligini ko`rsatadi. Shunga ko`ra til va jamiyat munosabatini tekshirish tilshunoslik fanining – umumiy tilshunoslikning doimiy dolzarb muammosi bo`lib hisoblanadi.
5. F. de Sossyur tilda ikki aspektni: sinxroniya va diaxro-niyani farqladi. Sinxroniya, sinxronik aspekt tilning hozir-gi, real mavjud holati bo`lsa, diaxroniya, diaxronik aspekt tilning tarixiyligi, tarixiy rivojlanish holatidir. Demak, tilning muayyan vazifa bajarishdagi real holati bilan tari-xiy rivojlanishdagi holati, «qiyofasi» - har biri o`z kuchini, quvvatini saqlaydi, ularning aralashib ketishiga yo`l qo`yil-maydi. Boshqacha aytganda, sinxroniya - til mavjudligining, ta-raqqiyotining hozirgi vaqti, tilning aloqa vositasi sifa-tidagi xizmat qilish davri bo`lsa, diaxroniya – tilning, til faktlarining zamon (vaqt) nuqtai nazaridan ketma – ketligi, ya`ni tarixiy bosqichma - bosqichligi, etapliligidir.
Prof. Ya. V. Loya fikricha «til sistemasi va strukturasini o`rganishda sinxronik aspektning ahamiyati kattadir. Tilshu-noslik fanining eng dastlabki, bosh vazifasi sistem tabiatga ega bo`lgan til hodisalarini zamonaviy, shu kundagi, holatini tekshirish, o`rganishdir. Tilning shu kundagi, hozirgi sistemasi bilan tanishish uning tarixini va boshqa tillar bilan qiyosini o`rganishdan avval bo`lishi kerak»
40. V.Gumboldt asarlarida tilning so`z va grammatik qoidalardan iboratligini, til birligi bo`lgan so`zning esa tushunchani ifodalaydigan belgi, ramz ekanligini to`g`ri qayd etadi.
U har bir xalqning tilida o`sha xalqning tarixi, madaniyati va, umuman, uning butun ruhiy dunyosi namoyon bo`lishini ta`kidlaydi.
V.Gumboldt lisoniy ta’limotining eng muhim nuqtalaridan biri til shakli (formasi) haqidagi ta`limot yoki, boshqacha aytganda, tilning ichki tuzilishi haqidagi nazariyadir.
V.Gumboldt ta’limotiga ko`ra til formadir (shakldir). U til formasining bir qancha xususiyatlarga ega ekanligini aytadi. Shulardan biri til formasining nutq tovushlaridan tashkil topishidir. Ya’ni nutq tovushlari tilning formasini hosil qilishidir. Yana biri til formasining sistema sifatida namoyon bo`lishidir. Ya`ni har bir til elementi, birligi boshqa elementga ko`ra mavjuddir, u bilan o`zaro bog`liqdir, aloqadordir. Shuningdek, til formasi ikki jihatning, ikki tomonning: moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlarning birligidan, bog`liqligidan iboratdir.
Tilning tashqi formasi tilning materiyasi, xom-ashyosidir, uning tovush sistemasidir. Aytilganidek, nutq tovushlari tilning shaklidir.
Nutq tovushlari muayyan ma`no ifodalovchi til birliklarini hosil qilishda qo`llanadigan, ishlatiladigan shaklidir.
Tilningn ichki formasi til strukturalarining tashkil qilinish, fikrni tilda ob`ektivlashtirish usulidir, xalq ruhining ifodasidir. V.Gumboldt tilning ikki formasi haqidagi ta`limotida ichki formani xalqning ruhi bilan bog`laydi. Ya`ni ichki forma xalq ruhining qandayligini ko`rsatadi hamda so`z orqali ifodalanadigan ma`nodir.
V.Gumboldt fikricha, xalqning tili uning ruhidir va xalq ruhi uning tilidir.
V.Gumboldtning ichki forma haqidagi ta`limotining xatosi shunda ediki, u tilning ichki formasini (shaklini) faqat milliy ruh bilan, xalq ruhi bilan va mutlaq g`oya bilan bog`laydi. Ya`ni u tillarning milliylik xususiyatini alohida tillarning konkret tarixiy taraqqiyotiga bog`liq shart - sharoitlar bilan, xalq tarixi bilan, tilni yaratuvchi, uni o`zida tashuvchi, undan foydalanuvchilar bilan bog`liq holda tushuntirmaydi. Balki tilning ichki formasini, tillarning milliylik xususiyatini mavjud bo`lmagan, etarli darajada aniqlanmagan, o`rganilmagan ruhiy ibtidoning namoyon bo`lishi bilan tushuntiradi. Aniqrog`i, V.Gumboldt nemis faylasufi I.Kant kabi ongni, ruhni alohida mavjud bo`lgan ibtido deb, biladi va uni ob`ektiv mavjud bo`lgan moddiy tabiatga bog`liq bo`lmagan hodisa deb, izohlaydi. Shu ta`limotdan kelib chiqib, u tilni ruhning butun majmuidan iborat deb, ta`riflaydi va til ruhga xos bo`lgan qonunlar asosida rivojlanadi, deb biladi. Uning fikricha, tilda xalqning ma`naviy qiyofasini aks ettiradigan ma`lum bir dunyoqarash ifodalanadi. Boshqa tilni o`rganish bilan go`yo dunyoqarash ham o`zgaradi. Shu fikr asosida V.Gumboldt tilning «ichki formasi» haqidagi ta`limotini yaratadi. «Ichki forma», uning fikricha, bir tomondan, xalqning ruhi qandayligini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, so`z yasalishi, shakllanishi jarayonida ifodalanadigan ma`nodir.
V.Gumboldt nutq tovushlarini til formasi deb, so`zning nutqda qo`llangandagi qiyofasini so`zning grammatik formasi deb, ta`riflaydi. Uning bu fikrlari hamda «ichki forma» haqidagi ta`limoti, ayni ta`limotning idealistik jihatlari olib tashlansa, ushbu fikrlar umum tilshunoslikda hozir ham diqqatga sazovordir.
41. Moskva va Peterburg maktablari bilan bir vaqtda Qozon universitetida ham alohida lingvistik maktab maydonga keldi. Tilshunoslikning mustaqil fanga aylanishida, uning metodlarini ishlab chiqishda muhim rol o`ynagan polyak-rus tilshunosi Ivan Aleksandrovich Boduen de Kuttene (1845-1929) Qozon tilshunoslik maktabining asoschisidir. Varshava yaqinidagi qishloqlardan birida tug`ilgan Boduen yoshligidanoq tovushlar fiziologiyasi, sanskrit, litva va slavyan tillari bilan muntazam shug`ullana boshlaydi, ayniqsa, polyak tili tarixiga doir materiallarni yig`ishga faol kirishdi. Ko`pgina chet mamlakatlarda bo`lib, mashhur lingvist olimlarning (yosh grammatikachilarning) ma`ruzalarini tinglagach, u 1868 yilda Rossiyaga keladi va I.I.Sreznevskiy rahbarligida “XIV asrgacha bo`lgan qadimgi polyak tili haqida” degan mavzuda magistrlik dissertaciyasi tayyorlaydi. 1874 yilda Boduen “Rezyan shevalarining fonetikasini o`rganish tajribasi” mavzuida doktorlik dissertaciyasini ham himoya qiladi. Shundan so`ng u Qozonda 9 yil, Krakovda 5 yil, Peterburgda 18 yil professorlik lavozimida ishlaydi, kafedrani boshqaradi, tilshunoslikning muqim kurslari bo`yicha ma`ruzalar o`qiydi. 1918 1918 yilda Boduenni Varshava universitetiga taklif etadilar va umrining oxirigacha o`sha universitetda faoliyat ko`rsatadi. Qozon tilshunoslik maktabining vakillari Boduen rahbarligida til faoliyatining psixik fonetik tomonlariga ahamiyat berdilar. Rossiyada birinchi marta eksperimental fonetika laboratoriyasini tashkil kildilar, fonologiya bilan shug`ullandilar. Boduen o`z asarlarini polyak, rus, nemis, slovak, chex, francuz, ital`yan va boshqa tillarda yozgan hamda turli jurnallarda e`lon qilingan edi. Uning barcha asarlari 600dan ortiq bo`lib, olimlar hanuzgacha Boduen ilmiy-lingvistik faoliyatining to`la bibliografiyasini yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
42. XIX asrning oxiriga kelib Rossiyada bir qancha lingvistik maktablar shakllandi. Ularning ilmiy tamoyillari hozir ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan. Bulardan biri Moskva tilshunoslik maktabi deb nomlanadi, uning asoschisi Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) dir. F.F.Fortunatov 1876 yildan 1906 yilgacha Moskva universitetida dars berdi, keyinchalik ordinar akademik sifatida Peterburgga ko`chdi. Uning asosiy ishlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: “Boltiq tillarida urg`u va cho`ziqlik haqida” (1895), “O`rta maktablarda rus tili grammatikasini o`qitish to`g`risida” (1904), “eski slavyan (cherkov-slavyan ) tili fonetikasi bo`yicha lekciyalar” (1919), “Hind-Evropa nillariqiyosiy morfologiyasi ”(1899-1901,”Qiyosiy tilshunoslik”leksiyalar,(1901-1902 va boshqalar. F.F.Fortunatov Moskva universitetida 25 yillik faoliyati davomida o`zining original ilmiy maktabini vujudga keltirdi. E.F.Budde, M.N.Peterson, A.M.Peshkovskiy, M.M.Pokrovskiy, V.K. Porjezenskiy, A.I.Tomsen, D.N.Ushakov, A.A.Shaxmatov kabi rus olimlari, A.I.Blich (Serbiya), I.Bogdan (Ruminiya), O.Brok va T.Torib`yorsson (Norvegiya), P.Buaye (Franciya), I.Mikkola (Finlandiya), X.Pederson (Daniya), e.Berneker (Germaniya) singari ko`plab chet el olimlari F.F.Fortunatovning shogirdlari va olim ilmiy an`analarining davomchilari edilar.Moskva tilshunoslik maktabi tarafdorlari komparativistika va til tarixi bilan, sinxron grammatika nazariyasi bilan izchil shugullandilar, lug`atlar tuzishda, orfografiya va punktuaciya qoidalarini ishlab chiqishda. Maktabda rus tilini o`qitish metodlari va principlarini takomillashtirishda faol ishtirok etdilar. F.F.Fortunatov tilga ikki tomonlama hodisa deb qaraydi. Bir tomondan til ijtimoiy hodisa bo`lib, uning taraqqiyoti va o`zgarishlari jamiyatning taraqqiyoti va o`zgarishlarida ko`rinadi. Ikkinchi tomondan tilning ichki taraqqiyoti har bir shaxsning individual faoliyatiga bog`liq. Bu jihatdan tildagi o`zgarishlarning yuz berishida analogiyaning (associaciyaning) roli beqiyosdir.
43.
44. XIX asrning oxirgi choragida tilshunoslikda yosh grammatikachilarning qarashlari etakchi o`rin egalladi. Bu oqimning vujudga kelishi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik shakllangandan yarim asr o`tgach amalga oshdi. Bu davrga kelib tillarni qiyosiy-tarixiy jixatdan o`rganish butun dunyo bo`ylab tarqaldi. Agar komparativistika taraqqiyoti birinchi davrida nemis va Daniya olimlari etakchilik qilgan bo`lsalar, keyingi davrda Evropa va Amerikaning ko`pgina mamlakatlarida lingvistik markazlar, ilmiy maktablar yuzaga keldi. Yosh grammatikachilar tilda individual psixofizik (yoki psixofiziologik) o`zgarishlar individning “odatdagi nutqiy faoliyati” natijasida sodir bo`ladi, deb hisoblaydilar. Shu fikrga asoslanib yon grammatikachilar birinchi navbatda jonli tillarni o`rganishlarga chaqirdilar, chunki qadimgi o`lik tillarga nisbatan til taraqqiyotining o`ziga xos qonuniyatlarini ochishga jonli tillar ko`proq material beradi. Lekin yosh grammatikachilar uzlarining bu fikrlarida izchil emas edilar, ya`ni ular jonli tillar bilan bir qatorda o`lik tillarni o`rganish bilan ham shug`ullandilar. Yosh grammatikachilar fikricha, tilning ikki faoliyati mavjud: a) tilning individual psixologik faoliyati. Bu faoliyat tilda paydo bo`ladigan yangi hodisalarning analogiyaga asoslanishida ko`rinadi, b) til faoliyatining fiziologik tomoni. Bu tomon fonetik o`zgarishlarda namoyon bo`ladi. Shunga muvofiq, yosh grammatikachilar fonetik qonunlarni ochishga va tasvirlashga alohida e`tibor berdilar. Yosh grammatikachilar ta`limotida til hodisalarini o`rganishga tarixiy yondoshish muhim o`rin tutadi. Ular tilni doimiy o`zgarib turuvchi hodisa deb hisoblaganliklari uchun tilning hamma sohasiga tarixiy yondoshishni talab qildilar. Til hodisalarini chuqur va mukammal o`rganish uchun yosh grammatikachilar tildagi ayrim hodisalarni boshqa hodisalardan holda tekshirishni tavsiya qildilar. Ularning ta`limotida bunday tekshirish “atomizm” deb nomlandi. Garchi analogiya til shakllarini ma`lum darajada baravarlashtirishga, tenglashtirishga olib kelsa-da, tilning o`zgaruvchanligini tamomila yo`qota olmaydi. Til hodisalari orasida ayniqsa, so`z ma`nolari nisbatan tez uzgaradi. Shuning uchun yosh grammatikachilar so`z ma`nolarining o`zgarishini, bu ma`nolarning xilma-xilligini, so`z ma`nosining predmet va tushuncha bilan turlicha munosabatini o`rganishga katta e`tibor berdilar.
45. Strukturalizm," Yevropa ma'nosida, mavhum munosabatlar tuzilmasi mavjud bo'lib, u haqiqiy so'zlardan farqlanishi kerak - haqiqiy xatti-harakat asosidagi tizim - va bu tilshunos uchun asosiy tadqiqot ob'ekti ekanligi haqidagi qarashni anglatadi. Bu yerda ikkita muhim jihat yuzaga keladi: birinchidan, strukturaviy yondashuv printsipial jihatdan sinxron tilshunoslik bilan cheklanmaydi; ikkinchidan, ma'noni o'rganish, shuningdek, fonologiya va grammatikani o'rganish yo'nalishda strukturaviy bo'lishi mumkin. Ikkala holatda ham "strukturalizm" Evropa adabiyotida "atomizm" ga qarshi. Aynan Sossyur Kursda sinxron va diaxronik tilshunoslik oʻrtasidagi terminologik farqni keltirib chiqardi; Tarixiy va qiyosiy sohadagi o'zining dastlabki ishlarining shubhasiz tarkibiy yo'nalishiga qaramay, u sinxron tilshunoslik ma'lum bir vaqtning o'zida til tizimining tuzilishi bilan shug'ullanishi kerak bo'lsa, diaxronik tilshunoslik tilning tarixiy rivojlanishi bilan shug'ullanishi kerakligini ta'kidladi. izolyatsiyalangan elementlar - bu atomistik bo'lishi kerak. Sossyurni bu juda paradoksal nuqtai nazarga olib kelgan sabablar qanday bo'lishidan qat'i nazar, uning bu boradagi ta'limoti umumiy qabul qilinmadi va olimlar tez orada tillarni diaxronik o'rganishda strukturaviy tushunchalarni qo'llashni boshladilar. 20-asrning birinchi yarmida Evropada mavjud bo'lgan turli xil tuzilmaviy tilshunoslik maktablarining eng muhimi Praga maktabini o'z ichiga oladi, xususan, Nikolay Sergeyevich Trubetskoy (1938 yilda vafot etgan) va Roman Yakobson (1982 yilda vafot etgan), ikkalasi ham rus muhojirlari. va Lui Xjelmslev (1965 yilda vafot etgan) atrofida joylashgan Kopengagen (yoki glossematik) maktabi.
46. Matn tilshunosligi. XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, so`z, so`z birikmasi va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar. Bunday yirik til birliklari qatoriga sintaktik butunlik, abzac (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) kiradi. Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta`rif berilmoqda. Bunday turlicha ta`riflar zamirida bir bosh mavzu asosida bog`langan gap yoki gaplar yig`indisi degan ma`no yotadi. Matn tilning eng katta birligi sanaladi. Matnni tilning birligi sifatida tadqiq etish rus tilshunosligida 30-yillardayoq boshlangan edi. Bu o`rinda A.M.Peshkovskiyning “Russkiy sintaksis v nauchnom obshenii” (1934), V.V.Vinogradovning “O xudojestvennoy proze” (1930), L.A. Bulaxovskiyning “Kurs russkogo literaturnogo yazika” (1952) kabi asarlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Chunki xuddi ana shu tadqiqotlar uning muallifi o`ziga xos lisoniy xususiyatlari singari muammolarni o`rganishni boshlab berdi. Matn tilshunosligida matn mazmuni va matn ma`nosi atamalari o`zaro farqlanadi. Ma`lum bir matndan o`rin olgan ma`lumot yoki axborot matnning mazmunidir. Matnning ma`nosi esa matn birliklari (gap, sintaktik butunlik, abzac) ga xos axborotdir. Matnning mazmuni unda ifodalanayotgan axborotning uzil-kesil yakunlanganligi bilan bog`liqdir. Matn ma`nosi esa tugal fikr anglatsa ham o`sha fikrning yana davom etishini taqozo etadi. Bundan ko`rinadiki, gap va matn o`rtasidagi asosiy farq yakunlanganlikning mutlaqligida tugallanganlikning esa nisbiyligidadir.
47. Til va jamiyatning o’zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o’rganadi. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog’liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko’p vazifali, hamma uchun umumiy bo’lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo’lib, tilning nutqiy ko’rinishini tashkil etadi. Til va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog’liq jihatlarini o’rganuvchi soha sotsiolingvistka (ijtimoiy tilshunoslik) dir. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni o’rganadi: 1)jamiyat va til o’zaro bog’liq, mutanosib tarixiy jarayon, hodisadir. 2)jamiyat taraqqiy eta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham takomillashib boradi. 3) adabiy tilning, shevalarning lug’at boyligi kengayadi, ortib boradi. 4)yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o’xshash hamda o’zaro iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlarning tillari bir-biriga ta’sir ko’satadi. Tillar leksik jihatdangina emas, balki grammatik jihatlariga ko’ra ham ta’sirlashadi.
48. Dialektik falsafa o’z qonun va kategoriyalari bilan obyektiv voqyelikni ilmiy bilish jarayonida birdanbir usulologik asos bo’lib hisoblanadi. Shunga ko’ra deyarli barcha fanlar dilektikaning qonun va kategoriyalariga suyanadi, undan quvvat oladi, unga asoslanadi. Bu esa dunyoni bilish jarayonining obyektivligani, haqqoniyligani ta’minlaydi. Dialektik kategoriyalar obyektiv voqyelikka tabiat va jamiyatga tegishli bo’lgan predmet, narsa, hodisa va jarayonlarni, ular harakatining umumiy qonuniyatlarini, o’zaro aloqadorligi, tuzilishi, rivojlanishi, belgi, xususiyatlari kabilarni aks ettiradi. Demak, substansiya110 va forma111 dialektik falsafaning eng faol kategoriyalaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Substansiya, ya’ni mohiyat keng ma’nodagi predmetlarni — predmetlarning eng muhim ichki jihatlarini, xususiyatlarini, ularda sodir bo’layotgan jarayonlarni qayd etadi. Substansiyaning ajralmas zid jufti bo’lgan forma, ya’ni shakl (yoki hodisa) predmetlarni predmetlarning ko’rinishini, bevosita ko’zga tashlanib turgan tashqi tomonini aks ettiradi. Anig’i, shakl (hodisa) muayyan mohiyatning muayyan qiyofasini, turli ko’rinishlarda ta’sir qiluvchi, namoyon bo’luvchi va shunga ko’ra ajralib turuvchi jihatini ifodalaydi. Shakl (hodisa) predmetning mavjud bo’lish usuli, mohiyatning elementlarini bir butunlikka bog’laydigan narsadir. Forma predmetning borligini, nima ekanligini ko’rsatib turadi. Mohiyat predmetning belgi va xususiyatlarida kuzatiladi. U predmetning ichki jihatdan qandayligini ifodalaydi.
49. Nazariy tilshunoslikning muhim va murakkab muammolaridan bo’lgan sistema hamda struktura munosabatida sistema butunlik — bir butun, yaxlit obyekt sifatida qabul qilinadi. Struktura esa sistemaning — butunlikning tarkibiy qismi bo’lgan, sistemani sistema qiluvchi birbiri bilan zaruriy bog’langan elementlar, bo’laklarning o’zarobog’lanish tartibi, chizmasi sifatida voqyelanadi. Boshqacha aytganda, sistema (yunoncha) elementlardan qismlardan, bo’laklardan iborat butunlik bo’lsa, struktura (yunoncha) o’zaro bog’liqlik, ichki aloqatuzilish, qurilish demakdir. Struktura sistemani — bir butun obyektni tashkil qilgan elementlar, qismlar orasidagi ichki aloqa, munosabatlardir. Anig’i, sistema — butunlik, struktura qismlilik. Sistema — umumilik, struktura — xususiylik. Sistema elementlar aloqasining, bog’liqligining tugallangan nuqgasi, yaxlitligi. Struktura — elementlar aloqasining boshlang’ich nuqgasi, ularning dastlabki hator ichki bog’lanishi, munosabati. Sistema sintetik, struktura analitik tushunchalardir. Sistema elementlari orasidagi munosabatlarning jami uning — sistemaning strukturasini hosil qiladi. Demak, sistema va struktura terminlari sinonim tushunchalar bo’lmay, har biri o’ziga xos xususiyatlariga, jihatlariga ko’ra o’zaro farqlanadi, nisbiy mustaqil hisoblanadi. Sistema va struktura o’zaro dialektik bog’liq bo’lgan falsafiy kategoriyadir. Sistema va struktura munosabatida bir butun obyekt va shu obyektning tuzilishini ta’minlovchi, uning tarkibi (atributi) bo’lgan elementlar, qismlar aniq, obyektiv namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra har bir sistema unda elementlar, qismlar mavjudligiga va ajralishiga ko’ra alohida hisoblanadi. Anig’i, alohidalik har qanday sistemaning eng muhim xususiyatidir. Qiyoslang, quyosh sistemasi, o’simliklar sistemasi, tirik organizmlar sistemasi, transport sistemasi, ta’lim sistemasi, tarbiya sistemasi va boshqalar. Sistema muayyan butunlik, obyekt sifatida elementlarni, qismlarni, bo’laklarni va ularning o’zaro aloqasini o’z tarkibiga olsa, struktura ayni obyektning, butunlikning ichki tuzilishi, tartibi, tashkil topishi sifatida farqlanadi.
50. Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qul-langan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir. Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo’lmagan. Har qanday til me’yorlarini katta ikkita guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi: Me’yorga nisbatan qo’llaniladigan umumiylik va xususiylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. Shu ma’noda o’zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin. Shunday qilib, bir tomondan, o’zbek tiliga tegishli bo’lgan barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo’llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo’lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma tushunchasi o’zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko’rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo’lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi» Adabiy tilning me’yoriyligi umumxalq tilining boshqa xususiy me’yorlaridan tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: kodifikasiyalanganlik – ongli aralashuv yo’li bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli o’zlashganlik va anglanganlik, egallanganlik va tushunilganlik, qat’iy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqo’llanuvchanlik, umummajburiylik va namunaviylik, turg’unlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik, an’anaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan o’suvchanlik, variantlilik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obyektivlik kabilar.
51. Kommunikativ tilshunoslik
XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o`zgarishlarni o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilni ng rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik-pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo`lgan kommunikativ tilshunoslik o`z ichiga quyidagi sohalarni oladi:
Matn tilshunosligi.
Sociolingvistika.
Psixolingvistika.
Lingvistik pragmatika.
52. Til va nutq faoliyati
Til va nutq o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish hozirgi zamon tilshunosligining eng muhim vazifalaridan biridir. Til va nutq hodisalarini farqlash aksariyat tilshunoslar tomonidan tan olinadi, ammo ularning mohiyatini, chegarasini aniqlash mezonlari haqidagi fikrlar turli-tuman. F.Sossyur til va nutqni nutq faoliyatining ikki ajralmas bo‘lagi deb hisoblab, ularni «bir paytning o‘zida fizik, fiziologik va psixik, bundan tashqari, individual va ijtimoiy munosabatlarga daxldor» jarayonlar deb ta’riflagan edi
53. Qabila elat millatlar va ularning tillari
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi odamlarning ozmi -ko'pmi barqaror ijtimoiy birlashmalari va ular o'rtasidagi munosabatlar orqali shakllanadi. Bu uyushmalar mehnatning, umuman jamiyatning iqtisodiy hayotining bevosita ta'siri ostida vujudga keladi. Xalqning asosiy belgilari: umumiy til, umumiy hudud, madaniyat va ma’naviyat muhitining umumiyligidir. Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til o‘zaro farqlanuvchi, yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi.
54. Tilshunoslik metodlari
Tilshunoslikda metodologiya, metod va metodika tu-shuncha va terminlari farqlanadi. Metodologiya - (grekcha methodos - bilish yo‘llari, ilmi) qanday nazariya va prinsiplar asosida ilmiy tadqiq qilish poydevorini yaratishdir. Metod - har bir fan uchun xususiy va barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan (masalan, qiyoslash metodi), manbaqlarni to‘plash va tasnif qilish, ulardagi eng asosiy xususiyatlarni o‘rganish uchun tildagi barcha birliklar, sathlar va rivojlanish jarayonlarini, o‘zgarishlarni bilish va aniqlash uchun qo‘l7 lanadigan uslub va yo‘llar majmuidir. Metodika - ilmiy metod natijasida aniqlanganlarni amalda tadbiq etishdir. SHu mazmunda xorijiy tillarga o‘rgatish ham o‘z metodikasiga ega. Ularni interaktiv metodika, tarjima vositasida tilga o‘rgatish metodikasi va hakozalar deb ataladi.
55. Tafsiriy va qiyosiy metod
Tavsif qilish metodi tildagi turli hodisa va ma`lumotlarni, uning sathi va birliklarini izohlab beradi. Bu metod yordamida turli tillarning fonetika va stilistikasi sharhlab beriladi. Qiyosiy metod - tillarning qarindoshligini hisobga olmay, ulardagi o‘xshashlik (uni "izomorfizm" deyiladi) va farqlanish-larni (uni "allomorfizm" deyiladi) aniqlaydi. Bu metodning asosiy vazifasi ikki va undan ortiq tillarning sistema va strukturasini turli til bosqichlari bo‘yicha qiyoslashdir. Ba`zan bu metodni qiyosiy-tipologik, choғishtirma, kontrastiv, konfronta-tiv nomlari bilan ataydilar. Aslida qiyosiy metod tillarni tipologik o‘rganish metodining bir qismi hisoblanadi. Tillar tipologiyasi o‘nlab va yuzlab tillarni qiyoslaydi, qiyosiy-tipologik metod ikki yoki uch tilni qiyoslash bilan chegaralanadi.
56. Tovush va ma’no birligi
Tovushlar soʻz va grammatik koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda ularni birbiridan farqlash, ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday xususiyatli Tovushlar fonema deb yuritiladi, biroq barcha Tovush ham fonema boʻla olmaydi.
58. Sintagmatika va paradigmatika
Paradigmatik munоsabat – bu tanlab, saqlab оlish munоsabatidir. U til birliklari оrasidagi o`хshashlik va farqlanishga asоslangan. Masalan, paradigmatik munоsabatda hamma kеlishik fоrmalari bir so`z оrqali turlanadi (uy, uyning, uyni, uyga, uydan) yoki tuslanadi(bоraman, bоrasan, bоradi). Sintagmatik munоsabat – bu qatоr jоylashgan birliklar munоsabatidir. Sintagmatik munоsabatda fоnеmalarning qaysi o`rinda uchrashi so`z, mоrfеma va bo`g’inlardagi taqsimоti o`rganildi. Sintagmatikada fоnеmalarni nutqda namоyon etuvchi tоvushlar farqlanadi. Mоrfеma va so`zlar nutq tоvushlari оrqali shakllanadi.
59. Tovush fonema grafema va leksema
Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farklash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Leksema (yunoncha: lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi.
60. So’zlar va ularning yasalishi
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor.
61. Tarixdan ma’lumki, gaplar va ularning turlari, ular orasidagi bog’lanishlar haqidagi ta’limotlar qadimda ritorika doirasida paydo bo’lgan. Ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ngina bu soha grammatikaning ichida o’rganila boshlangan. Ritorikada asosan gap bo’laklarining joylashuvi muammosi tadqiq qilinardi. Gaplarni grammatika doirasida tadqiqi qilinishi izlanishlarning obyektini bir muncha kengaytirdi. Bunda gap bo’laklari o’rtsidagi sintaktik aloqalar va gaplarning o’zaro bog’lanish muammolari birinchi o’ringa olib chiqildi.
Til stilistikasi sintaktik ifoda vositalarini va nutqqa alohida ifoda mazmunini beradigan sintaktik stilistik usullarni o’rganadi.
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so’z turkumlari va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarni o’rgansa, sintaksis so’z birikmasi, gap va uning turlari, gap bo’laklari, undalma, kirish, kiritma konstruksiyalar kabi birliklarni o’rganadi. Sintaksisda “sintaktik bog’lanish” tushunchasi bor. Biz sintaktik bog’lanish deganda so’z va so’z birikmalari o’rtasidagi sintagmatik aloqani tushunishimiz kerak. Sintagmatik aloqa nutqdagi turli til birliklarining orasida kuzatiladi
“Sintaksis uslubni belgilaydi” deydi amerikalik tadqiqotchi Richard Oman. Haqiqatda, nutqni hosil qilishdagi asosiy sistema bo’lgan sintaksisning har qanday nutq birliklarining tuzilishi va uslubidagi ahamiyatini ta’kidlamasdan ilojimiz yo’q. asosiy sintaktik birlik gapdir. Aynan gaplarning tuzilishi, tugallanganligi va uzun-qisqaligida og’zaki va yozma nutq o’rtasidagi farqlar ko’rinadi. Sintaksisning nutq uslubini yaratishdagi ahamiyati antik davr olimlarining qarashlarida ham o’z aksini topgan. Masalan, Aristotel o’zining “Ritorika” asarida nutqning tinglovchiga ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladigan o’ziga xos turli sintaktik qurilmalar xosil qilish usullari haqida batafsil to’xtalib o’tgan. Aksariyat sintaktik stilistik usullarning asosiy vazifasi biror bir nutq birligini uning o’sha nutqdagi o’rnini o’zgartirish orqali gapda ajratib ko’rsatib, yetakchi o’ringa olib chiqish. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda sintaksisning asosiy faktorlari hisoblanmish gap tuzilishi va uning uzunligi bilan bir qatorda gapdagi epizodiklik va ixtiyoriylik xarakteriga ega bo’lgan maxsus sintaktik tuzilmalarni ham ko’rib chiqamiz. Ritorik shakllarni qoida bo’yicha va qoidadan tashqari hollarda uchrashini tahlil qilish ingliz tilidagi sintaktik stilistik vositalarning paydo bo’lishini chuqurroq tushunib yetishga imkon yaratad

62. Matematik lingvistika -1) tilshunoslikning tilni tadqiq etish va oʻrganishda matematik usullardan foydalanuvchi boʻlimi; 2) mat.ning tabiiy tillar bilan baʼzi bir jihatlardan oʻxshash boʻlgan mavhum strukturalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Matematik lingvistika tilshunoslik boʻlimi sifatida tabiiy tillar hodisalarini va ularni tadqiq etish jarayonlarini mavhumiy-semiotik modellashtirish usulidan foydalanadi; matematik fan sifatida esa ana shu modellarning eng umumiy xossalarini tadqiq etadi va ularning tuzilish usullarini oʻrganadi. Har ikkala maʼnodagi Matematik lingvistika ayni bir tushunchaviy apparatdan foydalanadi, ular orasida shunchalik yaqin bogʻliqlik mavjudki, uni maʼlum shartlar bilan yagona semiotik fan sohasi deb hisoblash mumkin.

Matematik lingvistika 20-asrning 50-yillarida paydo boʻlgan. Uning asosiy tushunchalari — asos qilib olingan belgi-ishoralar (alifbo, lugʻat) toʻplami va maʼlum alifbo belgi-ishoralari (soʻz shakllar, iboralar toʻplami) izchilliklari (zanjirlari) toʻplami kabi tushunchalardir. Bu asosiy tushunchalar tilning har bir sathida qoʻllanadi. Oʻz maqsad-vazifasiga koʻra, Matematik lingvistika eng avvalo nazariy tilshunoslik vositasi hisoblanadi. Ayni paytda uning usul va yoʻllari amaliy lingvistik tadqiqotlarda — matnga avtomatik ishlov berishda, avtomatik tarjimada, inson va EHM oʻrtasidagi aloqa bilan bogʻliq tadqiqotlarda keng qoʻllanmoqda.

63. Прагматика америкалик олим Чарльз Пирс томонидан барча билим соҳаларини бирлаштирувчи фан сифатида қаралган семиотика доирасида юзага келди ва ривож топди (қаранг: Сусов 2006; Сафаров 2008). Прагматикани семиотиканинг алоҳида соҳаси сифатида қараш ҳақидаги фикрни биринчилардан бўлиб, Ч.Моррис билдирган эди. Лисоний белгилар таснифини яратган бу олим семиотикани уч мустақил қисм, яъни лисоний белгиларнинг предметга нисбатан муносабатини ўрганадиган семантика, белгиларнинг бир-бири билан муносабатини тавсифловчи синтактика ҳамда белгиларнинг улардан фойдаланувчи шахсларга бўлган муносабатини ўрганувчи прагматикага ажратишни таклиф қилди (Арутюнова, Падучева 1985: 8-9). Кейинги йилларда ушбу йўналишлардан семантика ва синтаксис жадал тараққий қилган бўлса, прагматикага эътибор сустроқ бўлди. Фақат ўтган асрнинг охирги чорагига келиб, прагматика тилшуносликнинг мустақил йўналиши сифатида шакллана бошлади.

Дастлабки нашрларда прагмалинг-вистиканинг объектини аниқлашда бир томонлама ёндашув устувор бўлиб, уларда тил бирликларининг таъсир кўрсатиш имкониятлари олдинги ўринда турган эди. Масалан, Л.А.Киселёва тилнинг прагматик ва таъсир кўрсатиш хусусиятларини тўлиғича тенглаштирган бўлса (Киселёва 1978:11), Г.Я Солганик лисоний воситалар танловини прагматик ҳодиса эканлигини қайд этади (Солганик 1981). Шунингдек, В.Л.Наер нутқий тузилманинг прагматик хусусиятини “сўзловчининг онгли равишда, мақсадли таъсир кўрсатиш истаги”, деб таърифлайди (Наер 1981:107).

Лисоний бирликлар воситасида тингловчи (ўқувчи)га таъсир кўрсатиш механизмлари Т.А. Дейкнинг ишларида ҳам эслатилган эди. Унинг талқинича, прагматик назариянинг асосий тамойили сўзловчининг тингловчи руҳий ҳолатига таъсир ўтказиши билан боғлиқ. Лекин олим прагматиканинг тор маънода талқин қилинишига қарши. “Прагматика, – деб ёзади у, – тилнинг вазиятли қўлланиши тўпламидир. Прагмалингвистика–тил эгасига нутқий тузилмалар қаторини маълум контекст билан боғлаш имконини берадиган қоидалар тизимини қолиплаштиришдир” (van Djik 1976:26).

Когнитив тилшунослик
Kognitiv lingvistika - bu psixik hodisa sifatida tilni o'rganishda bir-birining ustiga chiqadigan yondashuvlar klasteridir. Kognitiv tilshunoslik lingvistik fikr maktabi sifatida 70-yillarda paydo bo'ldi.
"Kognitiv tilshunoslik tadqiqotlari asosida yotgan markaziy taxminlardan biri shundaki, tildan foydalanish kontseptual tuzilishni aks ettiradi va shuning uchun tilni o'rganish bizni tilga asoslangan aqliy tuzilmalar to'g'risida xabardor qilishi mumkin. Shuning uchun bu sohaning maqsadlaridan biri turli xil lingvistik so'zlar bilan qanday aqliy vakolatxonalar tuzilishini aniqlang.Sohadagi dastlabki tadqiqotlar (masalan, Fukonnier 1994, 1997; Lakoff va Jonson 1980; Langaker 1987) metodikaga asoslangan nazariy munozaralar orqali olib borildi. introspection va oqilona mulohaza yuritish.Bu usullardan bir nechtasini aytib o'tish uchun taxminiylikni, inkorni, qarama-qarshi va metaforani aqliy aks ettirishi kabi turli xil mavzularni o'rganish uchun foydalanilgan (cf Fauconnier 1994).
"Afsuski, introspektsiya orqali insonning aqliy tuzilmalarini kuzatish uning aniqligi bilan cheklangan bo'lishi mumkin (masalan, Nisbett va Wilson 1977). Natijada tergovchilar nazariy da'volarni eksperimental usullar yordamida o'rganish muhimligini angladilar ... "
"Biz muhokama qiladigan usullar psixolingvistik tadqiqotlarda tez-tez qo'llaniladigan usullardir. Bular: a. Leksik qaror va nomlash xususiyatlari.
b. Xotira o'lchovlari.
v. Ob'ektni tanib olish choralari.
d. O'qish vaqti.
e. O'z-o'zidan hisobot berish choralari.
f. Tilni tushunishning keyingi vazifaga ta'siri.

. Генератив тилшунослик


Generativ grammatika (ingliz. ʻʻgenerativeʼʼ — generativ, yaratuvchan, ʻʻgrammarʼʼ — grammatika) grammatikani maʼlum bir tilda soʻzlar birikmasi orqali tuzilish jihatidan toʻgʻri gaplar yaralishiga asos boʻluvchi qoidalar tizimi deb hisoblaydigan tilshunoslik nazariyasidir. Ushbu atamani birinchi boʻlib Noam Chomskiy 1950-yillarning oxirlarida oʻzi ishlab chiqqan tilshunoslik nazariyasiga tegishli qoʻllagan.[1] Generativ grammatika doirasida tadqiqot olib boruvchi tilshunoslar generativistlar deb nomlanadi. Generativ maktabi asosan sintaksis yoʻnalishi boʻyicha izlanishlar olib borishi bilan birga, tilshunoslikning boshqa yoʻnalishlari, xususan, morfologiya va fonetikaga ham eʼtibor qaratadi.

Chomskiy nazariyasining dastlabki shakli transformatsion grammatika deb atalgan va bugungi kunda ushbu nazariyaning keyingi shakllarini[2] oʻz ichiga qamrab olgan, bularning eng soʻnggisi — minimalistik dastur. Chomskiy va boshqa generativistlarning fikriga koʻra, generativ grammatika xususiyatlari atrof-muhitdan oʻrganish evaziga emas, balki inson miyasidagi tugʻma universal grammatikadan kelib chiqadi.

Zamonaviy tilshunoslikda generativ grammatikaning turli tizimlari mavjud.

Generativ grammatikaga qarama-qarshi boʻlgan yoʻnalish — cheklov asosidagi grammatikadir.[3] Generativ grammatika tildagi toʻgʻri shakllangan gaplarni yaratuvchi barcha qoidalarni roʻyxatga olish jarayoniga tayansa, cheklov asosidagi grammatika (va uning turlari) esa, aksincha, maʼlum bir cheklovdan boshqa hech qanday cheklovga amal qilmagan jarayonlarni oʻz ichiga qamrab olish qobiliyatiga ega.


Матн лингвистикаси


Matn lingvistikasi ning filialidir tilshunoslik bilan shug'ullanadigan matnlar kabi aloqa tizimlari. Uning asl maqsadi matnni ochish va tavsiflashga qaratilgan grammatika. Matn lingvistikasining qo'llanilishi shu yondashuvdan kelib chiqib, matnni ancha kengroq nuqtai nazardan qaraladigan bo'lib, u an'anaviy grammatikani butun matnga nisbatan kengaytirilishidan tashqariga chiqadi. Matn lingvistikasi matn shaklini hisobga oladi, lekin uning o'rnatilishini ham, ya'ni. e. uning o'zaro, kommunikativ kontekstda joylashish usuli. Ham (yozma yoki og'zaki) matn muallifi, ham uning manzil muayyan kommunikativ kontekstda o'zlarining (ijtimoiy va / yoki institutsional) rollarida hisobga olinadi. Umuman olganda bu nutqni tahlil qilish[1] shunchaki jumla yoki so'z emas, balki matnning ancha keng darajasida.
Matn lingvistikasining sabablari
Bunga katta e'tibor berildi hukm o'z-o'zini ta'minlaydigan birlik sifatida va jumlalarning tilning bir-biriga bog'langan qismlarida qanday ishlatilishini o'rganish uchun etarli emas. Bu asosan tilni jumlalar to'plami sifatida taqdim etishdir.

Matn juda muhimdir aloqa chunki odamlar tillarda alohida so'zlar yoki jumla parchalari orqali emas, balki matnlar orqali muloqot qilishadi. Shuningdek, u huquq, din, tibbiyot, ilm-fan va siyosat kabi turli fanlarning asosi hisoblanadi


Психолингвистика
Psixolingvistika - nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida oʻrganuvchi fan; psixologiya va lingvistikannng sinte-zidan paydo boʻlgan. P. inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chi-qib, ularni psixologik eksperimentlar yoʻli bilan tekshiradi. Tadqiqot manbai boʻyicha tilshunoslikka yaqin boʻlgan P. oʻz tekshirish usullari boʻyicha psi-xologiyaga yaqin turadi. Unda oʻzaro bogʻlanishli eksperiment, "semantik differensial" kabi va boshqa eksperimen-tal usullar qoʻllanadi. P. bir qator amaliy masalalar [ona tili, ayniqsa, xorijiy tilni oʻrgatish; maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy tarbiyasi va logopediya masalalari; miyadagi nutkiy markazlar kasalliklari klinikasi; nutqiy taʼsir koʻrsatish muammolari (xususan ommaviy axborot vosi-talari faoliyatida va targʻibot ishlarida); sud psixologiyasi va kriminalistika (mas, kishilarni ularning nutq xususiyatiga qarab tanib olish, aniqlash); mashina tarjimasi hamda nutqiy axborotni EHMga kiri-tish muammolari va boshqa]ni nazariy ji-hatdan tushuntirish zarurati tufayli oʻtgan ayerning 60-yillarida paydo boʻlgan. "P." termini oʻtgan ayerning 60-yillari oʻrtalarida amerikalik olimlar tomo-nidan amaliyotga kiritilgan. Oʻzbekistonda ushbu sohada bir kancha ishlar bajarilgan boʻlsada, haqiqiy maʼnodagi psixolingvistik tadqiqotlar en-digina boshlanmoqda.
Этнолингвистика
Etnolingvistika (etno... va lingvistika) — tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi taʼsirini oʻrganuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning oʻzaro munosabati, bir-biriga taʼsiri ikki tomonlama boʻladi: etnik omillar (etnosning urfodatlari, milliy anʼanalari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar)ning til rivojiga taʼsiri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy taʼsiri. E. til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoʻshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari E. erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. E., ayniqsa, yozuvga ega boʻlmagan xalqlarning etnografiyasini oʻrganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogʻliq lisoniy materiallarni toʻplash va tadqiq qilishda qoʻl keladi.

70.Компьютер лингвистикаси


“Kompyuter lingvistikasi” fanining maqsadi tabiiy tillarning matematik modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani oldida turgan asosiy masalalar esa umumiy tilshunoslikning formal va aksiomatik modellarni qurish va konkret tillarning matematik modellarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu modellar asosida matnlarni tahrirlash, kompyuter tarjimasi, kompyuter lug`atlari, ona tili va chet tillarga o`rgatish hamda bilimlarni baholash bo’yicha kompyuter dasturlarini yaratish mumkin bo’ladi.
Til qoidalarining matematik modeli matematik mantiqning formal va aksiomatik nazariyalari asosida quriladi. Shuning uchun bu fan matematik mantiq asoslarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bu yerda mulohazalarni hisob-kitob qilishning usullari hamda ularning formal va aksiomatik nazariyalari bayon qilinadi. Keyin o`zbek tilining formal va aksiomarik modellari beriladi va lingvistik masalalarning matematik algoritmlari va kompyuter dasturlari keltiriladi.
“Kompyuter lingvistikasi” fanining predmeti, tarkibiy qismlari, maqsadi va vazifalari.
Matematik mantiq asoslari. Tilshunoslikda matematik metodlarni qo’llash. Matematik mantiqning tilshunoslikdagi ahamiyati. Mulohazalarni hisoblashning formal nazariyasi. Mantiq funksiyalari va ularning berilish usullari.
Aksiomatik nazariya haqida tushuncha. Tilga matematik yondoshuv. Aksiomatik nazariya simvollari. Aksiomatik nazariya formulalari. Nazariya aksiomalari. Nazariyani keltirib chiaqarish qoidalari. Aksiomatik nazariya teoremalari. Matematik mantiq va tillarni formallashtirishning uzviy bog’liqligi.
Tilshunoslikda modellashtirish metodidan foydalanish. So’z turkumlarini formallashtirish. O’zbek, rus va ingliz tillarini formal jihatdan qiyosiy nahlil qilish.
O’zbek tilida so`zlar va ularning ko’rinishlari. O’zbek tilida tub va yasama so`zlar hamda qo`shimchalarning turlari, ularni formallashtirish usullari. O’zbek tilida mustaqil va yordamchi so`z turkumlarini formallashtirish mezonlari. Ot so`z turkumini formallashtirish. Sifat, son so`z turkumlarini formallashtirish. Fe’l so`z turkumini formallashtirish. Olmosh so`z turkumini formallashtirish. Ravish so`z turkumini formallashtirish. O’zbek tilida yordamchi so`z turkumlarini formallashtirish.
Gap bo`laklarini formallashtirish. Gap qurilmalari (yoyiq, yig’iq sodda gap, bir va ikki bosh bo’lakli sodda gap, murakkablashgan sodda gap ko’rinishlari)ni formallashtirish usullari.
71. Kommunikativ tilshunoslik
XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o`zgarishlarni o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilni ng rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik-pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo`lgan kommunikativ tilshunoslik o`z ichiga quyidagi sohalarni oladi:
1. Matn tilshunosligi.
2. Sociolingvistika.
3. Psixolingvistika.
4. Lingvistik pragmatika.
Matn tilshunosligi. XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, so`z, so`z birikmasi va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar. Bunday yirik til birliklari qatoriga sintaktik butunlik, abzac (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) kiradi. Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta`rif berilmoqda. Bunday turlicha ta`riflar zamirida bir bosh mavzu asosida bog`langan gap yoki gaplar yig`indisi degan ma`no yotadi.

72. Neyrolingvistika


Neyrolingvistika (lot neuron -nerv va lingua — til) — psixologiya fani sohasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlarini oʻrganadi. N.ning fan sifatida vujudga kelishi, bir tomondan, neyropsixologiyaning, ikkinchi tomondan, lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Hozirgi zamon neyropsixologiyasida N. soʻzlashga miyaning sistemali funksiyasi sifatida, afaziyaga esa sistemaning buzilishi sifatida karaydi. N.ning rivojlanishi psixolog A. R. Luriya (1902—77) va uning shogirdlarining ilmiy ishlari bilan bogʻliqdir.[1]
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, neyrolingvistika fanlararo ildizga ega, chunki bu ularning hissalaridan kelib chiqadi lingvistik The neyrobiologiya va hisoblash tilshunosligi . Neyrolingvistik tushunchasi odatda o'rganish bilan bog'liq afazi , miya shikastlanishining o'ziga xos shakllaridan lingvistik etishmovchilikni aks ettiradigan qiyinchilik.
Shuning uchun, deyish odatiy holdir afazi fani Neyrolingvistikaning tarixiy asosini tashkil etadi. Qanday bo'lmasin, yillar davomida ushbu intizom qimmatli rivojlanishga erishdi va yangi texnologiyalar bilan to'ldirildi, bu uning ta'sir doirasini kengaytirdi.

73. Paralingvistika - non-og'zaki axborot tomonidan yo'llarini va uzatish vositalarini o'rganadi fan.


har qanday suhbat, shaxs axborot hamsuhbat uzatish ikkala og'zaki va nodavlat og'zaki yo'llarini foydalanadi. Paralingvistika - u tilshunoslik fanida alohida bo'lim. Albatta, paralinguistic bilan bog'liq ma'lumotlar uzatish usullari, so'z va birliklarining bir qismi emas til tizimi. Biroq, aloqa, bu usul juda muhim ahamiyatga ega.
Paralinguistic mablag'lar yigirmanchi asrning o'ttiz, ya'ni emas, balki, shuning uchun uzoq vaqt oldin o'rganib boshladi. juda tushunchasi 40s joriy etildi. Faol, bu fan XX asrning 60-yillarida rivojlana boshladi.
Har qanday holatda ham, bu ilm-fan tili o'rganish murakkab yo'lning bir qismi, deb tushunish lozim. nutq aloqa paralingvistika va ekstralingvistika axborot uzatish uchun mo'ljallangan mablag'lar tilini o'rganish eng muhim yo'llaridan ayrim. Aytgancha, paralingvistika, ethnolinguistics va toplumdilbilim bilan birga, bir katta fan, ya'ni, ekstralingvistiki bir qismidir.
Paralingvistika ekstralingvistika va bevosita ijtimoiy muhitda shaxsning faoliyati bilan bog'liq til jihatlarini o'rganish, va u foydalanadi yo'llar axborot uzatish. Bu fan spikeri bilan bog'liq so'z-etnik lingvistik va boshqa noyob komponentlariga muhim e'tibor qaratilmoqda.

74,75 Anomalistlar va anologistlar


Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib
chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs olib borganlar. Tilshunoslik
tarixidan ma’lumki , bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki
xil farazni o‘rtaga tashlashgan. Demokrit va boshqalar tilda narsa
nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q , bu nomlar
mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan , demak , til
inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan . Bu guruh
olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh
olimlar “narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu
bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va
bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan” degan fikrni ilgari
surishgan . Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan.
Hozirgi tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaralsa, narsalar bilan
ularning nomi orasida , umuman olganda hech qanday bog‘lanish
yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa
bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi.
Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi
nazariyalar mavjud bo‘lib , ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda . Bu
nazariyalarning ba’zilari til insonlarning bir-biri bilan munosabatda

bo‘lishi ehtiyoji natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa , boshqalari


ayrim shaxslarning o‘z fikrini avval o‘zi uchun , keyin boshqalar
uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan , deb hisoblaydi . Shu tariqa
tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida turlicha qarashlar ,
Ovozga taqlid nazariyasi kishilarning o‘z atrofidagi
predmetlarning chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki
so‘zlar , predmetlarning nomlari paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi .
Bu nazariya qadimgi Yunonistonda - Demokrit va Platon davrida
o‘rtaga tashlangan bo‘lib , unga ko‘ra ibtidoiy odamlar yo ongli , yo
ongsiz tarzda turli – tuman tovushlar , ya’ni hayvonlarning
baqiriqlari , qushlarning sayrashi , shamol va sharsharalarning
ovozlariga taqlid qilishga harakat qilishgan . Masalan : chumchuq ,
kaklik , qarg‘a , shir-shir , taq-tuq , kuk-ku , gumbur-gumbur kabilar.
Ammo bu so‘zlar hamma tilda mavjud bo‘lsa ham , ular juda
ozchilikni tashkil qiladi . Tabiatda tovush chiqarmaydigan
narsalardan tovush chiqaradiganlari kam . Shunday ekan , tovush
chiqarmaydigan narsalarning nomi qanday shakllangan, degan savol
tug‘iladi . Bu nazariya to‘g‘ri bo‘lsa , unda ibtidoiy jamiyatda
yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan so‘zlar soni fan va
texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi
kerak. Lekin so‘nggi yillarda Janubiy Amerika va Avstraliyada
topilgan, ibtidoiy tuzumni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida
o‘tkazilgan tajribalar bu tillarda tovushga taqlid qilish yo‘li bilan
yasalgan so‘zlar rivojlangan tillardagiga qaraganda birmuncha
kamchilikni tashkil qilishi ko‘rsatiladi. Undan tashqari, tabiatdagi
tovushlarga taqlid qilish uchun nutq organlarining o‘ta rivojlangan
bo‘lishi ham aniqlangan. Shuning uchun taqlidiy so‘zlar tilning
paydo bo‘lishi masalasini hal qilishda asosli ahamiyatga ega emas.
Demak , ovozga taqlid nazariyasi tilning kelib chiqishi masalasini
to‘g‘ri hal qilib berolmaydi.
Undovlar nazariyasi ham tilning paydo bo‘lishi masalasini talqin
qiluvchi nazariyalardan biri bo‘lib , bu nazariya tarafdorlari tildagi
barcha so‘zlar kishilarning ichki tuyg‘ulari, qahr-g‘azablari, his-
hayajonlari, ixtiyorsiz baqirishlari natijasida paydo bo‘lgan , deb
da’vo qiladilar . Bu nazariya ham qadimiy bo‘lib, uning asosida ham
hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Mazkur nazariya
asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-
chaqiriqlarini o‘rganib , ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari ,
g‘am-alamlarini ifodalashgan: oh , uh, joy, ing kabi so‘zlar bunga
misol qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday
so‘zlarning birikuvidan kelib chiqqan , deb tushuntiriladi . Taniqli
faransuz olimi J.J.Russo ham shu fikrni quvvatlagan.
Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud, lekin bunday
so‘zlarning miqdori shu qadar kamki , tildek murakkab hodisa ana
shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan , deyish bu masalani juda soddalashtirib
yuborgan bo‘lar edi .
Ma’lumki , tilning asosiy vazifasi kishilar orasida fikr
almashinuvini ta’minlashdir . Binobarin , mazkur nazariyani qabul
qilish tilning asosiy vazifasini , tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad
etishga olib keladi . Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo ham
jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi . Tilning yashashi va

rivojlanishi esa jamiyat bilan uzviy bog‘liq : jamiyat bor joydagina til


bor , til bor joyda jamiyat bor .
Demak , bu nazariya ham tilning kelib chiqish masalasini to‘g‘ri
yoritishga ojizlik qiladi .
Mehnat hayqiriqlari nazariyasi tarafdorlari tildagi barcha so‘zlar
ibtidoiy kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat
qilishga undaydigan Ixtiyorsiz qiyqirishlar natijasida paydo bo‘lgan ,
deb da’vo qiladilar .
Bu nazariyani XIX asrning 70 – yillarida fransuz faylasufi L.
Nuare yaratdi . Uning qayd qilishicha , til instinktiv hayqiriqlardan
paydo bo‘lgan. Nemis olimi Karl Byuxer ham ushbu nazariyani
quvvatlaydi.Bu nazariya bir qarashda haqiqatga birmuncha yaqin nazariyadek
ko‘rinsa ham , mantiq jihatdan asossizdir . Chunki mehnat qilishdagi
qiyqiriqlar , hayqiriqlar mehnat jarayonidagi bir maromga , birda’vo qiladilar . Bu nazariya ham qadimiy bo‘lib, uning asosida ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Mazkur nazariya
asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-
chaqiriqlarini o‘rganib , ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari ,
g‘am-alamlarini ifodalashgan: oh , uh, joy, ing kabi so‘zlar bunga
misol qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday
so‘zlarning birikuvidan kelib chiqqan , deb tushuntiriladi . Taniqli
faransuz olimi J.J.Russo ham shu fikrni quvvatlagan.
Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud, lekin bunday
so‘zlarning miqdori shu qadar kamki , tildek murakkab hodisa ana
shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan , deyish bu masalani juda soddalashtirib
yuborgan bo‘lar edi .

76. Stoiklar taʼlimoti. M.- mantiq


Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib M. oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning „Kategoriyalar“, „Talqin haqida“, „Birinchi analitika“, „Ikkinchi analitika“, „Sofistik raddiyalar haqida“, „Topika“ nomli asarlari M. masalalariga bagʻishlangan. Aristotel M.ni „maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi“, „chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi“ fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining „Mantiqqa kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi“ asarlarida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning „Kitob ashshifo“, „Kitob annajot“, „Donishnoma“ asarlarida M.ga doir fikrlari bayon etilgan. „M. bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir“, degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi.

77.Tilning vazifalari


Tabiiy inson tilining vazifalari insoniyat jamiyatidagi maqsad, roldir. Tilning funktsiyalari haqidagi g'oya tilning tabiati, uning borliq, ong bilan munosabati haqidagi qarashlarning o'zgarishiga qarab tarixan o'zgaradi: Dastlab, til narsalarni belgilash vositasi sifatida qaralgan; Keyin umuminsoniy fikrni ifodalash va uzatish vositasi sifatida; G'oyalarni shakllantirish vositasi sifatida; Bo'linish va mavjudlikni idrok etish vositasi sifatida va har bir xalqning o'ziga xos xususiyati bor [Zubkova 2003, p.19]. Hozirgi vaqtda barcha olimlar tilning ko'p funksiyaliligini tan olishda bir ovozdan, ammo qaysi funktsiyalarni ajratib ko'rsatish masalasida birlik. Tilning funktsiyalari deganda til hodisalari faoliyatining barcha turlari tushuniladi. Funktsiyani sub'ekt tomonidan foydalaniladigan ob'ektning mo'ljallangan maqsadi sifatida tushunib, ko'plab tadqiqotchilar quyidagilarni ajratib ko'rsatishadi: Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi vazifalari; Tilning belgilar tizimi sifatidagi funktsiyalari; Muayyan aloqa holatlarida shaxsiy funktsiyalar. Milliy (etnik) til (Til) yoki uning variantlari (dialektlar, sotsiolektlar va boshqalar) funktsiyalari va til tizimi belgilarining vazifalari turli tartibli hodisalar ekanligidan kelib chiqamiz. Shunday qilib, har qanday etnik til uchun muhim funktsiyalar: Etnik o'ziga xoslikni shakllantirishdan iborat etnik, Milliy-madaniy (madaniy tajribani to'plash, biriktirish va uzatish). U yoki bu etnik tilning xalqaro, millatlararo muloqot vositasi sifatida faoliyat yuritishi, tilning davlat tili vazifasini bajarishi, tillarning inson faoliyatining turli sohalarida – ilmiy faoliyati haqida gapirish mumkin. , kundalik va hokazo, shuningdek, shaxsiy muloqot holatlarida - murojaat, so'rov, va'da va hokazo vaziyatlarda. Tabiiy inson tilining mohiyatini uning funktsiyalarini hisobga olmasdan o'rganish mumkin emas, chunki inson tili kabi murakkab hodisaning tabiati faoliyatida namoyon bo'ladi. Inson tilining funktsiyalari har qanday etnik tilga xos bo'lgan asosiy, muhim universal funktsiyalardir. Til insoniyat jamiyati va shaxsning shakllanishi va rivojlanishining zaruriy shartidir, shuning uchun Edvard Sapir (1884 - 1939) tilning asosiy funktsiyasi sifatida ijodiy funktsiyani nomlagan. Inson tili va o'ziga xos etnik tillarning asosiy funktsiyalari odatda quyidagi funktsiyalarni o'z ichiga oladi: Kommunikativ (aloqa, ma'lumot almashish vositasi bo'lish), Kogitativ (fikrlarni shakllantirish va ifodalash vositasi, ong faoliyati); Ekspressiv (his-tuyg'ularni, his-tuyg'ularni ifodalash). Asosiy funktsiyalar xususiy funktsiyalarda o'z ko'rinishini topadi. Aloqa vositasi sifatida inson tilining asosiy maqsadi makon va vaqtda ma'lumot uzatishdir. Odamlar muloqot qiladi, faoliyatning barcha turlarida - amaliy, kognitiv, ma'naviy jihatdan o'zaro ta'sir qiladi. Muloqot ijtimoiy jarayondir. U jamiyatning shakllanishiga xizmat qiladi, majburiy vazifani bajaradi. Kommunikativ faoliyat insonning ijtimoiy xulq-atvorining eng muhim jihati hisoblanadi. Muloqotda ijtimoiylashuv, tajriba, tilni o'zlashtirish amalga oshiriladi. Til tufayli insoniyat madaniyatining uzluksizligi amalga oshiriladi, oldingi avlodlar tomonidan ishlab chiqilgan tajribani to'plash va o'zlashtirish amalga oshiriladi.
78. Yozuvning tildan farqlari
Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og’zaki va yozma shakli bo’lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon bo’ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa- munosabatning muhim vositasi bo’lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan.

1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi.


2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali avloddan avlodga yetkaziladi.
3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.
4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi.
5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o’rganib bo’lmaydi.
Dunyodagi aksariyat tillar o’z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi ko’rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida paydo bo’ldi. Tadqiqotlardan ma’lumki,yozuvning dastlabki ko’rinishlari ramziy ifodalar tarzida yuzaga kelgan.Fanda piktografik, logografik, ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor.

79. Yozuvning turlari


Dunyodagi aksariyat tillar o’z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi ko’rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida paydo bo’ldi. Tadqiqotlardan ma’lumki,yozuvning dastlabki ko’rinishlari ramziy ifodalar tarzida yuzaga kelgan.Fanda piktografik, logografik, ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor.

Piktografik yozuv. Voqea- hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi.Bu atama “chizilgan” va “yozaman”degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushinchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.


Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik (grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo’ldi. Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos-so’z”, “grafo- yozaman”). Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so’zlarni ham ifodalaydi.
Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin bo’lgan logogrammalar orqali yetkaziladi.
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor.

a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo’lgan mazmunni ancha mufassal aks ettiradi.


b)piktografik yozuvda so’z tartibi va so’zshakllari noaniq, logografik yozuvda esa aniq bo’ladi.
v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo’l qo’yiladi, logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan.
Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Ieroglif grekcha “ierogliv” so’zidan olingan bo’lib, “muqaddas yozuv “ degan tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o’zidan oldingi yozuvlardan farqlanadi.

80. Orfografiya tamoyillari


Orfografiya grekcha orphos(to’g’ri) va grapho (yozaman) so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, “to’g’ri yozaman” degan ma’noni bildiradi.Jamiyatning har bir a’zosidan to’g’ri so’zlay olish va savodli yoza bilish talab etiladi.O’quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa va shu talab asosida kelib chiqadi.Adabiy tilning ikki shakli bo’lib, ularda yozma nutqdir.Kirill grafikasi asosidagi imlo qoidalari 1956-yilda tasdiqlangan.
Fonetik tamoyil
Fonetik tamoyil(fonetik usul) bu tamoyil bo’yicha so’zlar, so’zlar tarkibidagi qo’shimchalar qanday talaffuz etilsa, xuddi o’shanday yoziladi.Bu tamoyil asosida ayrim harflar imlosi, asos va qo’shimchalar imlosidagi ayrim qoidalar ishlab chiqilgan. Masalan, son so’zidagi fe’l yasovchi
-a qo’shimchasi qo’shish bilan yasalgan so’z son emas sana tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Morfologik tamoyil
Bu tamoyilga ko’ra so’zlarning tarkibiy qismlari: o’zak-negiz va qo’shimchalari og’zaki nutqda qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, ya’ni og’zaki talaffuz shakliga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Bu tamoyil so’z o’zagini, unga qo’shiladigan qo’shimchalarining muayyan bir sistema asosida aks ettiradi, tildagi variantlikka, har xillikka barham beradi. Bu tamoyilga ko’ra variantlardan biri tanlanib, yozuvda tanlangan variant asos qilib olinadi. O’zbek orfografiyasining asosiy imlo qoidalari, ya’ni ayrim unli harflar imlosi, ayrim undosh harflar imlosi hamd a asos va qo’shimchalar imlosi shu tamoyilga tayanadi.Masalan: uzum,uzuk,tugun,turmush kabi so’zlarning oldingi bo’g’inida u kelsa, keyingi bo’g’inida u unlisi i tarzida aytilsa ham, u yoziladi
Shakliy an’anaviy tamoyil
Bu tamoyilga ko’ra boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar hozir ham o’tmishdagi shaklga muvofiq yoki o’zi mansub bo’lgan tildagi skaklini o’zbek imlosida ham saqlangan holda yoziladi.Bu tamoyil asosida quyidagi kabi imlo qoidalari ishlab chiqilgan:
1.Manfaat, matbaa,mutoalaa, taajjub,taassurot kabi arab tilida o’zlashgan so’zlarda bitta cho’ziq a talaffuz qilinsa ham, arab imlosining saqlangan holda yozuvda ikkita a yoziladi.
2.Mubolag’a,muzokara, munosabat ,muhokama kabi arabcha so’zlarning urg’usiz bo’g’inida a og’zaki nutqda qisqa i tarzida aytilsa ham, an’anaga ko’ra a yoziladi.
3.Tadbir, tatbiq so’zlarining birinchi bo’g’ini oxiridagi d va t undoshlari bir xil t tovushi tarzida talaffuz qilinsa ham, yozuvda d va t undosh harflari saqlanadi.
Differensiatsiya tamoyil
Bu tamoyilga ko’ra , shakl yoki talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlar yozuvda turli shartli belgilari vositasida (yoki ba’zan ma’noga ko’ra)farqlanadi. Masalan:
1.Urg’u vositasida farqlash:atlas-mato material.Atlas –geografik atlas,xarita.
2.Unlining cho’ziq qisqaligi orqali farqlash(bunday so’zlarda unlining cho’ziqligini tutuq belgisi ta’minlaydi,demak bunday so’zlarning shakli va ma’nosi tutuq belgisiga ko’ra farqlanadi):tana-ta’na,surat-sur’at ,qala-qal’a kabi.
3.Boshqa-boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida so’z ma’nosini farqlash:xol(yuzdagi xol)-hol(ahvol,holat).
Grafik tamoyil
Bu tamoyil asosida imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o’rtasidagi munosabatlarining ifodalashga asoslanadi.Masalan: sirg’aluvchi j tovush bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl harf bilan berilishi (jo’ja-gijda kabi,)sayoz til orqa -ng tovushini ifodalovchi harflar birikmasi ng hamda n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma- yon kelgan ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan.Ko’ngil-bitta tovush, senga-ikkita tovush.
81.Fon va fonema tushunchasi
Yuqorida qayd etilganidek tovushlar fonetika birligi sifatida o‘rganilganda nutq tovushlari yoki fonlar deb yuritiladi. Fon hozirgi zamon tilshunosligida keng tarqalgan atama bo‘lib, nutqning eng kichik ma’no anglatmaydigan birligidir.
Tovushlar til birligi sifatida o‘rganilganda esa, til tovushlari yoki fonemalar deb yuritiladi. Fonema eng kichik ma’no anglatmaydigan til birligidir^Fon va fonemani bir-biridan ajratish XIX asrning oxiri va XX asming boshiga to‘g‘ri keladi. Og‘zaki' nutq va yozuvga diqqat bilan nazar tashlansa, yozuvdagi cheklangan til tovushlariga nutqdagi cheksiz tovushlar to‘g‘ri kelishining guvohi bo‘lamiz.
Nutq jarayonida tovushlaming farqlanuvchi belgilari har qanday sharoitda ham saqlanib qoladi, farqlanmaydigan belgilari esa tovushning so‘zdagi tutgan o‘rni gapiruvchining nutqiy xususiyatlariga ko‘ra o‘zgarib turishi mumkin. Har qanday o‘zgarish yangi nutq tovushini, ya’ni yangi fonni tashkil etadi. Agar nutqdagi o'zgarishlar sifat o‘zgarishiga olib kelmasa, so‘zning ma’nosini o‘zgartirmasa, bunday o‘zgarishlar miqdor o‘zgarishi deb atalib, bitta fonemaga birlashtiriladi. Bitta fonemaga birlashtirilgan fonlar allofonlar deb ataladi. Endi nima uchun fon niitq tovushi, fonema esa til tovushi degan savolga javob berishimiz mumkin. Nutq jarayonida tovushlar har xil o‘zgarishga duch kelishi tabiiy. Bu, odatda, tovush yonida turgan boshqa tovushlar ta’sirida bo'ladi. Tilning sistemasi va tarkibi nutqda namoyon boiadi. Til yaxlit tarzda bir shaxs nutqida aks etmaydi, chunki bir shaxsning nutqi til sistemasining faqat bir ko‘rinishidir, xolos. Bir tilda so‘zlashuvchilarning hammasi jamlangandagina, tilning sistemasi to‘g‘risida tasawur hosil qilish mumkin. Lekin bu o‘ta murakkab, amalda bajarilishi qiyin ishdir. Shu sababli tilni mavhum hodisa - nutqning umumlashgan ko‘rinishi deb yuritishadi.

Fonema til tovushi sifatida mavhum birlik bo‘lib, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan bir yagona vazifani bajaruvchi barcha fonlarning umumiy yig‘indisidir. Tillardagi fonemalar yig‘indisi mazkur tilning fonemalar majmuini tashkil etadi. Bu o‘rinda AQShlik olim Fransus R. Dinniynning fon, fonema va allofonlar to‘g‘risidagi fikrini keltirish o‘rinlidir.


Uning fikricha, tovushlarning fizik-akustik xususiyati bilan fonetika shug‘ullanadi, tovushlarning nutqdagi vazifalari (funksiyalari) bilan fonologiya shug‘ullanadi. Shunday ekan, fonologiyani oson ta’riflash kerak bo‘lsa, «u funksional fonetikadir» «Fonema» bu tovushlarning turlarini belgilovchi mavhum texnik atamadir. U quyidagi xususiyatlarga ega:

ayrim olingan bir tovush fan emas;

tildagi o ‘ziga o‘xshagan boshqa fanemalar qatorida turuvchi, lekin ulardan o‘zining barcha (akustik, artikulyatsion, funksional, grafik) xususiyatlari bilan farqlanuvchi;

o'z xususiyatlariga (akustik, artikulyatsion, funksional, grafik) ega bo‘lgan, lekin talaffuz qilinmaydigan;

boshqa tovushlar qatori nutqda o‘zining turli ko‘rinishi (allofonlar) bilan namoyon bo'ladigan til hodisasidir.

«Allofon» ham texnik atama bo‘lib, bir fonema ichida o‘zining turli kontrast xususiyatlariga ega bo‘lgan va shu xususiyatlari bilan mazkur fonemaning boshqa variantlari, allofonlaridan farq qiladigan til birligidir. Demak, allofon: so‘zning boshida, o'rtasida, oxirida va qaysi tovushlar bilan aloqada bo'lishiga qarab belgilanadi;


«fonlar» ham allofonlarga o‘xshab ajratiladi;

ularning fonetik xususiyatlari bir xil;

fonetik farqi esa qo‘shimcha distributsiya bilan belgilanadi;

cheksiz konkret tovushlar (fonlar) tildagi vazifasiga;

(funksiyalariga) ko'ra cheklangan mavhum fonemalarga ajratiladi.1
82.Sòzning lingvistik tahlil yòllari
Lingvistik tahlil - til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Mac, hosildorlikni soʻzida ikki asil til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) soʻz yasalishi hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda ikkita yasama soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tah-lilida har bir yasama soʻzning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati vazifasi, maʼnosi va shahrik. belgilanadi. Bunda: qosildor yasama soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi dor qoʻshimchasidan iborat tarkibiy kiyem ga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, dor qoʻshimchasining qaysi turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub suz va qanday maʼnoli soʻz yasashi hamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasamasoʻzining taxlili ham xuddi shu tarzda olib boriladi, yaʼni u yasama soʻz ekani, unda hosildor soʻz yasalish asosi, lik suz yasovchi qushimcha ekani, shuningdek, bu qoʻshimchaning maʼnosi va boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Morfologik tahlilda qosildorlik suzining ot ekanligi, -n i qoʻshimchasi shu soʻz (ot)ning tushum kelishik shaklini yasashi, uning maʼnosi va shahrik. qayd etiladi. Lingvistik tahlilning yana quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil; 2) frazeologik taxlil; 3) semasiologik taxlil; 4) fonetik tahlil; 5) imloviy taxlil; 6) orfoe-pik taxlil; 7) morfem taxlil; 8) sintaktik tahlil; 9) punktuatsion tahlil; 10) uslubiy taxlil; 11) etimologik taxlil. Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o’zi uchungina xos bo’lib , shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi .
Hozirgi zamon tilshunosligida lingvistik tahlil uchun quidagi metodlar qo’llanadi;

gap bo’laklari metodi;

tarixiy – qiyosiy metod;

substitusiya (almashtirish) metodi;

distributiv metod;

tarkibiy qismlarga ajratish metodi;

tranformatsion metod;

statistik tahlil metodi;

ma’no ko’lamini tahlil qilish metodi.
83.Metafora va uning turlari
Metafora turlari
Metaforani o'rganishga yondashuvlarning ko'pligi ko'plab tasniflarning tug'ilishiga olib keladi. Turli tadqiqotchilar metaforalarning turlarini o'zlarining yondashuvlari va mezonlari asosida ajratadilar. Antik davrdan beri ba'zi an'anaviy an'anaviy metafora turlarining tavsiflari mavjud:
1. Qattiq metafora - bu bir-biridan uzoq tushunchalarni birlashtirgan metafora.
2. Yo'q qilingan metafora - bu obrazli tabiati endi sezilmaydigan, umuman qabul qilingan metafora.
3. Metafora formulasi o'chirilgan metaforaga yaqin, ammo undan yanada kattaroq stereotiplik va ba'zan majoziy bo'lmagan konstruktsiyaga o'tish imkonsizligi bilan ajralib turadi.
4. batafsil metafora - bu katta hajmdagi xabar yoki butun xabar davomida doimiy ravishda amalga oshiriladigan metafora.
5. Amalga oshirilgan metafora metafora ifodasini uning obrazli xususiyatini hisobga olmagan holda, ya'ni metafora to'g'ridan-to'g'ri ma'noga ega bo'lgan holda ishlashni nazarda tutadi. Metaforani amalga oshirish natijasi ko'pincha kulgili bo'ladi.
N.D Arutyunova tomonidan taklif qilingan an'anaviy tasnifga ko'ra., metafora quyidagilarga bo'linadi:
1) nominativ, bir tavsiflovchi ma'noni boshqasiga almashtirish va omonimiya manbai bo'lib xizmat qilishdan iborat;
2) majoziy ma'nolarni va sinonim til vositalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan majoziy metafora;
3) predikativ so'zlarning mosligini o'zgartirish (transfer ma'nosini) siljishi natijasida vujudga keladigan va ko'pburchak yaratadigan kognitiv metafora;
4) metaforalarni umumlashtirish (kognitiv metaforalarning yakuniy natijasi sifatida), so'zning leksik ma'nosidagi mantiqiy tartiblar orasidagi chegaralarni yo'q qilish va mantiqiy polisemiyaning paydo bo'lishini rag'batlantirish
Metafora tushunchasi
Metafora - bu narsa yoki harakatni tushuntirish uchun boshqa ob'ekt yoki harakatning xususiyatlaridan foydalanadigan adabiy yoki ritorik figura. Ya'ni, u qo'lga kiritmoqchi bo'lgan g'oyani yaxshiroq tushuntirish uchun o'xshashlikdan foydalanadi.
84.Metanimiya va uning qanday ma'nolarda kòchishi
Metonimiya usuli bilan ma’no ko’chishi

Metonimiya – yunoncha so’z bo’lib, “qayta nomlash ” degani. Metonimiya ham ma’no ko’chish usullaridan biri bo’lib, bunda “bir predmetning, belgining , harakatning nomi boshqasiga o’xshashlik asosida emas, bog’liqlik asosida ko’chiriladi. ”37


Metominiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko’ra lison va nutqqa dahldor hodisa, boshqacha aytganda metonimik hosila ma’no sof yoki lisoniy bo’lishi mumkin. 38

Bir predmet nomi shu predmetdagi boshqa bir predmetga ko’chiriladi.

Bir predmet nomi shu predmetga soslangan o’lchov birligining nomi bilan xizmat qiladi.

Bir predmet nomi shu predmet asosida hosil bo’ladigan predmetga ko’chiriladi.

Harakatning nomi shunday harakat natijasida hosil bo’ladigan predmatga ko’chiriladi. Metonomiya gr."meta" qayta. "anoma"-nom demakdir. Predmet. narsa. hodisalarning makon va zamondagi bog'lanishidan birining nomini ikkinchisiga ko'chirish asosida yuzaga keladigan ma'no metonomiya deyiladi.Bu usul bilan nom ko'cllishda tashqi, ichki belgidagi o'xshashlik hisobga olinmaydi balki ular orasidagi doimiy aloqaning mavjudligi hisobga olinadi, shunga ko'ra quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:

1) o'rinmunosabati (ko'za, piyola. samovar) masalan, to'ldirib qo'y qadahlarni, yangrasin gulyor (qo'shiq);

2) joy, tashkilot so'zidagi doimiy aloqaga ko"ra (shahar,tashkilot):

Ko'zimning oldidan o'tadir g'amgin , Navoiy tobutin kcftargan Hirot. (A.O.)

3) muallif bilan asari orasidagi doimiy aloqa:Fuzuliyni oldim qo'limga

Majnun bo'lib yig'lab qichqirdi

Va Navoiy tushib yo'limga

Faryod bilan o'nudan turdi (H.O.)

4). Boshqa hodisalar bilan uzviy aloqa asosida ko'chadi:

O'n to'qqizga chiqasan bugun ,



Uzoqdaman. Yo'q menda toqat (H.O.)
85.Nutq tovushlarining òrin òzgarishi
Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning kombinatorpozitsion (lot. combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat, joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. accomodatio— moslashish) — yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g', x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) — muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (yunoncha: rgokore) — soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope — qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore — tugallanmani qisqartirish) — soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ. kuzatiladi: eliziya (lot. elisio — siqish, siqib chiqarish) — unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Mac, yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi — aloqa, bogʻlanish) — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) — oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kucheizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk > kioska kabi. Reduksiya (qarang) ham nutqda muayyan fonemaning kucheiz talaffuz etilishi yoki tushib qolishi bilan bogʻliq Fonetik o'zgarishlardan biridir. Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari.Reduktsiya. Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urғuning tabiatiga boғliq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.
Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urғuga nisbatan urғuli va urғusiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘ғin va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘ғinlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.
86.Til sathlari
Til sathlari tushunchasi. 
Tilshunoslik fanining asosiy 
muammolaridan biri tilning ichki qurilishini o‗rganishdir. Har 
qanday til fonetik tuzilishi, grammatik qurilish va lug‘at 
tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy qismlari 
muayyan qonuniyatlar asosida o‗zaro bog‘lanib, butun tilni 
hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida uzviy bog‘langan 
tizimni tashkil etadi. Ichki qurilishi jihatidan til ma‘lum 
miqdordagi 
o‗zaro chambarchas bog‘liq bo‗lgan til 
birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan foydalanish 
qoidalaridan tashkil topgan murakkab tizimdir. Til tizimini 
tashkil etuvchi birliklarning o‗zaro munosabati va bog‘lanish 
qonuniyatlari murakkab hamda ko‗p qirralidir. Garchi til yaxlit 
tizim bo‗lsa-da, bu tizim o‗ziga xos jihatlarga ega bo‗lgan, til 
tizimining tarkibiy qismlari hisoblangan sathlar birligan iborat. 
Har bir sathning o‗z birliklari va tushunchalari bo‗lib, ular bir-
biridan farqlanib turadi. Masalan, fonetik-fonologik sath lug‘at 
sathidan, lug‘at sathi grammatik sathdan farqlanadi. Ammo, 
ushbu sathlar o‗zaro bog‘liq ravishda butun til tizimini tashkil 
etadi. Til tizimini tashkil etgan asosiy sathlar quyidagilar: 
1.
Fonetik-fonologik sath. 
2.
Lug‘at sathi. 
3.
Grammatik sath. 
Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabati.
Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin:
- tilning asosiy birliklari – fonema va morfema;
- tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap.
87.Gapning aktual bòlinishi
Aktual bo’linish. Gapda so’zlar tartibi. Nutq induvudial tabiatga ega bo’lganligi bois gapda ishtirok etayotgan so’zshakllar tarkibi ham erkindir. Biroq bu «erkinlik» hech qachon umumiy lisoniy qonuniyatlar doirasidan tashqarida bo’lmaydi. So’zlovchining maqsadi, uslub talablari asosida so’zshakllar umumiy tartibga ega bo’ladi.
Har qanday nutqiy gap, o’zida ma‘lum voqelikni ifodalash bilan birga, so’zlovchining axborat maqsadini ham namoyon qiladi. Masalan, Jamshid maktabga ketdi gapida, Jamshidning maktabga ketishi voqeligi qayd qilinishi bilan birga, so’zlovchining tinglovchiga Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni yetkazish niyati ham o’z aksini topgan. Shu boisdan gap Jamshid qaerga ketdi? so’rog’iga javob bo’ladi. Demak, ushbu gapdagi voqelik Jamshidning qaerga ketganligi emas, balki kimning qaerga ketganligi, so’zlovchining axborot maqsadi esa Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni tinglovchiga yetkarishdir.
Gapni Maktabga Jamshid ketdi shaklida o’zgartirsak, voqelik oldingi gapdagi bilan bir xil, biroq so’zlovchining axborot maqsadi Maktabga kim ketdi? so’rog’i orqali muayyanlashadi. Birinchi gapda harakatning yo’nalishi, ikkinchi gapda harakatning bajaruvchisi axborot mo’ljalidir. Gapning axborot vazifasi nuqtai nazaridan tuzilishi aktual tuzilish deyiladi. Aktual tuzilmaning tarkibiy qismlari aktual bo’laklar deyiladi.
Aktual vazifa nuqtai nazaridan gapni tashkil etuvchi unsurlar tema (ma‘lum) va rema (yangi) qismlarga bo’linadi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot) nuqtai nazardan ahamiyatli bo’ladi. Savol ana shu remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma‘lum bo’lganligi so’roq gapda aynan takrorlanadi.

Gapning aktual bo’linishi mantiqiy birlik bo’lgan hukmning bo’laklanishi (sub‘ekt va predikatga bo’linish) ga o’xshaydi. Shu boisdan ayrim tilshunoslar aktual bo’linish sathini mantiqiy-grammatik sath deb ham Gapning aktual bo‘linishi. Gapda so‘zlar tartibi


88.Leksikologiya va uning bòlimlari
Leksikologiya (leksika va ...logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. L. har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. L. tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. L.ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. L.da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, suz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. L. lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasni-fiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.
Leksikologiya o‘z tarkibiga semasiologiya, leksikografiya, onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya, onomastika kabi tilshunoslik bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Tilning lug‘at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‘zlar bir qator umumiyliklarga ega. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:1) tildagi so‘zlar muayyan ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. So‘zning ma’no xususiyatlari leksikologiyaning semosiologiya bo‘limida o‘rganiladi; 2) har qaday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar avvalo uning leksikasida o‘z aksini topadi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi so‘zlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda ba’zi so‘zlar eskiradi va iste’moldan chiqadi; 3) tilning lug‘at tarkbidagi so‘zlar iste’mol darajasiga ko‘ra chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, ba’zi so‘zlar umumxalq iste’molida bo‘lsa (ota, ona, yurmoq, men, sen), ayrim so‘zlaning iste’mol darajasi chegaralangan bo‘ladi. Masalan, shevaga oid so‘zlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir; 4) so‘zlar nutq uslubiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ham farqlanadi. Jumladan, ba’zi so‘zlar uslubiy betaraf bo‘lsa, ba’zilari esa nutq uslubining ma’lum turiga mansubligi bilan farqlanadi; 5) har bir so‘z tovush qiyofasi va ma’noga, ya’ni shakl va mazmunga ega. Shunga ko‘ra, so‘zlar omonim, paronim, sinonim, antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi.Tilning eng muhim birliklaridan bo‘lgan so‘zlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish ob’yektidir.
89.Terminologiya
Terminologiya (termin va ... logiya) — 1) 1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. T. tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Mas., fizika T.si, ijtimoiysiyosiy T., mashinasozlik T.si kabi. T. umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus T. vujudga keladi.
T.ning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek T.sining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. T.ning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, T.da bular salbiy hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham T. si maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. T. rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbek tili T. si maʼlum taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Oʻzbek tili T.si sohasidagi ishlarni oʻtgan asrning 50-yillarida Oʻzbekiston SSR Oliy Soveta Prezidiumi huzuridagi Til va T. komiteta boshkargan (1931—37 ylarda faoliyat koʻrsatgan), keyinchalik Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti krshidagi T. boʻlimi (1964-yildan) olib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasi 1988-yildan 2004-yilgacha oʻzbek tili T.sini tartibga solish va takomillashtirish bilan shugʻullanib keldi (2004-yil yanvardan mazkur koʻmita faoliyati toʻxtatildi).
90.Til va tafakkur
Tafakkur arabcha so‟z bo‟lib, fikr yuritish,o‟ylash, fikrlash kabi ma‟nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi: Ki har ishni qildi odamizod, Tafakkur birla qildi oni bunyod. Ko‟rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne‟mat hisoblanadi. Tafakkur fikrning ko‟pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo‟lishidir, ya‟ni fikr (tafakkur)ning ro‟yobga chiqishida til asosiy vosita bo‟lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog‟liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo‟lolmaydi (obrazli qilib aytadigan bo‟lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo‟lolmaganidek). XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma‟nosi shuki, kishi qanchalik ko‟p o‟ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so‟zi ham shunchalik go‟zal bo‟ladi, boshqalarga ibrat bo‟ladi. Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o‟sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko‟rinishi bo‟lgan nutq ham tafakkur bilan bog‟liq holda takomillashib boradi. Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.
Til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Mana shu o’rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo’lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o’z ifodasini topadi. 

Download 75.57 Kb.




Download 75.57 Kb.