Mavzu: O‘lchash vositalari va ularning turlari. Reja




Download 45 Kb.
Sana16.12.2023
Hajmi45 Kb.
#120959
Bog'liq
O‘lchash vositalari
Radioaktivlik, o-lchov-turlari-va-usullari-asosiy-afzalliklari-va-kamchiliklari

Mavzu: O‘lchash vositalari va ularning turlari.
Reja. 
1. O‘lchashlarning usullari va turlari. 
2. O‘lchash vositalari va ularning turlari. 

1. O‘lchashlarning usullari va turlari 


Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni 
bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha 
marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. 
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda 
o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida 
qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi. 
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil 
kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir
uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligining 
ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov 
birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, 
o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu 
shunday asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi 
hisoblanadi) va o‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) 
shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, 
yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi. 
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash 
jarayoni va o‘lchash usuli. 
O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, 
o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, 
ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. 
O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish 
qanday usulda bo‘lmasin). 
O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, 
o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi 
yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. 
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) 
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida 
bevosita o‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayeni 
yordamida esa shu o‘lchash obyekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat 
ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan 
kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. 
O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga 
ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi. 
X=n[x], bu yerda X - o‘lchanadigan kattalik; 
n - o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati; [x] - 
o‘lchash birligi 
O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari 
o‘zgarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik 
boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, 
kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha 
ta’riflanadi. 
O‘lchash – bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish 
jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, 
o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab 
chiqishdir. 
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan 
yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k. 
O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) 
mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz. 
Bevosita o‘lchash - O‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan 
bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida o‘lchash. 
u = s∙x; 
Bunda: u - muayyan birlikda ifodalanyotgan o‘lchanayotgan kattalikning qiymati; 
s - shkalaning bo‘lim qiymati; 
x - shkaladan olingan qaydnoma. 
Bilvosita o‘lchash - bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchanayotgan kattalik 
orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katalikning qiymatini topish. Masalan, 
tezlikni o‘lchash. 
u = f (x1 x2 ...xn). 
Majmuiy o‘lchash - bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtta bevosita 
o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish. 
Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan 
boshqasining massasini topish uchun o‘tkaziladigan o‘lchashlar, haroratni qarshilik 
termometri orqali o‘lchash. 
O‘lchash turlari 
bilvosita 
bevosita 
majmuiy 
nisbiy 
mutlaq 
birgalikda 
Birgalikdagi o‘lchash - turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi 
munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar. Misol, rezistorning 20 
0S dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda o‘lchab topish. 
Mutlaq o‘lchash - bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishini va 
(yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash. 
Nisbiy o‘lchash - kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini 
yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash. 
O‘lchash usuli – deganda o‘lchash qonun-qoidalari va o‘lchash vositalaridan 
foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz. 
O‘lchashning quyidagi usullari mavjud: 
Bevosita baholash usuli - bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida 
to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, prujinali 
manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish. 
O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali 
yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan tarozi toshi yordamida 
massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud: 
Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi 
hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning 
ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol qilib uzunlik o‘lchovini 
qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan 
o‘lchash. Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda 
kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik 
hisoblanadi. 
(U=U0 (Ux; Ux=U0 ((U 
Ux bilan U0 qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‘ladi. 
Nolga keltirish usuli - bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanadi. 
Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri natijasini nolga keltirish lozim bo‘ladi. 
Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi 
bilan to‘lamuvozanatlashtirib 
o‘lchash 
.
Almashlash usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan 
kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga 
asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib 
o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini 
topish: 
Mos kelish usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan kattalik 
bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy 
signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val 
diametrini moslash. 
Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga ega 
bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha o‘lchash 
natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi. 
O’lchanadigan kattalikning œlchash jarayonida œzgarish xarakteriga kœra statik va 
dinamik œlchashlarga ajratiladi. Statik œlchash deganda šiymati œlchash jarayoni 
mobaynida œzgarmaydigan kattalikni œlchash tushuniladi. Bundan tashšari, davriy 
œzgaruvchan kattaliklarning turђun rejimidagi œlchashlar ќam kiradi. Masalan, 
œzgaruvchan kattalikning amplituda, effektiv va boshša šiymatlarini turђun rejimida 
œlchash. 
Dinamik œlchashlarga šiymatlari œlchash jarayonida œzgarib turadigan kattaliklarni 
œlchashlar kiradi. Dinamik œlchashga vašt bœyicha œzgaradigan kattalikning oniy 
šiymatini œlchash misol bœla oladi. 
YUšorida kœrilgan œlchash usullaridan tubdan farš šiluvchi diskret œlchash usuli ќam 
mavjud. Diskret œlchash usuli shundan iboratki, unda vašt bœyicha uzluksiz 
œzgaradigan kattalik vašt bœyicha diskretlanadi, mišdor bœyicha esa kvantlanadi yoki 
boshšacha šilib aytganda vašt bœyicha uzluksiz œzgaradigan kattalik vaštning ayrim 
momentlariga tegishli uzuš šiymatlariga o`zgartiriladi. 
X(t) – vašt bœyicha uzluksiz œzgaradigan kattalikning œzgarish grafigi; Xk – kvant 
mišdorlari ya’ni œlchanadigan X=f(t) kattaligining t1, t2, t3, ……. tn momentlariga 
tegishli uzuš šiymatlari. Demak, diskret œlchash usuli bœyicha œlchanadigan 
kattalikning ќamma šiymati (0 ( t) emas, balki, ayrim momentlarga tegishli šiymatigina 
ma’lum bœladi. Diskretlash bu muayyan diskret (juda šisša) vašt oraliђida šadnomalarni 
olishdir. t1, t2, t3, ……. tn – diskretlash momentlari deyiladi va t1( t2 gacha orališ 
diskretlash momentlari deyiladi. Kvantlash esa, X(t) kattalikning uzluksiz šiymatlarini 
Xk diskret šiymatlarining tœplami (nabori) bilan almashtirishdir. Œlchanadigan 
kattalikning uzluksiz šiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining 
šiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma-ketlikda ifodalangan 
sonli šiymatlarni tavsiya etishdan iborat. 
Uzluksiz œzgaruvchan kattalikning diskret usuli asosida uzuk diskret šiymatlariga, 
kodlarga œzgartirilishi asosan 3 xil usulda amalga oshiriladi.
2. O‘lchash vositalari va ularning turlari 
Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan metrologik 
xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki 
kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik xossalarga ega 
bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash 
amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash 
vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 
o‘lchovlar; 
o‘lchash asboblari; 
o‘lchash o‘zgartkichlari; 
o‘lchash qurilmalari; 
o‘lchash tizimlari. 
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash 
vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni 
o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar 
ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. 
Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi 
kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-
budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq 
xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. 
"Toza rux" 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan 
chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga 
bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. 
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
tutishimiz lozim bo‘ladi: 
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish 
etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat 
etaloni. 
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy 
o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. 
Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat 
standarti idoralarida saqlanadi. 
O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash 
ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: 
Shkalali o‘lchash vositalari; 
Raqamli o‘lchash vositalari; 
O‘ziyozar o‘lchash vositalari.
Download 45 Kb.




Download 45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O‘lchash vositalari va ularning turlari. Reja

Download 45 Kb.