• 7.1. Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti.
  • 7-ma’ruza. Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti. Reja




    Download 171 Kb.
    bet1/4
    Sana21.05.2024
    Hajmi171 Kb.
    #249144
      1   2   3   4
    Bog'liq
    7-ma’ruza. Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti. Reja


    7-MA’RUZA.
    Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti.


    Reja:

    7.1. Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti.


    7.2. Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti.


    Tayanch so‘z va iboralar: mahsulot sifati, metrologik ta’minot, sifat tavsiflari, o‘lchashlarning metrologik ta’minoti, metrologik ta’minot tashkil etuvchilari.


    7.1. Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti.

    Mahsulot sifati metrologik ta’minotiga xos masalalar soniga:



    • o‘lchash, sinash, nazorat qilish paytida baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflarni tanlash;

    • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini rejalash, o‘lchash, sinash va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyalash;

    • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini tegishi o‘lchash vositalari bilan ta’minlash;

    • o‘lchash vositalarini metrologik to‘g‘ri holatda ushlab turish;

    • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini bajarish va natijalarini ishlash;

    • o‘lchash, sinash va nazorat natijalarini olish va foydalanish bilan bog‘liq mutaxassislarni tayyorlash va ular malakasini oshirish;

    • korxonadagi metrologik ta’minot zamonaviy texnik darajali va Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga mosligini aniqlash maqsadida loyiha, konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizasidan o‘tkazishlar kiradi.

    O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
    Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni Shunday ta’riflash mumkin:

    • o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.

    Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:

    • o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;

    • o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

    • hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;

    • o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;

    • o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.


    Download 171 Kb.
      1   2   3   4




    Download 171 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma’ruza. Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti. Reja

    Download 171 Kb.