7.2. Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti.
Batafsil va kengroq ma’noda o‘lchashlarning metrologik ta’minoti – bu mamlakatda zaruriy etalonlar, namunaviy va ishchi o‘lchash vositaarini yaratish; ularni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash; metrologik qoida va me’yorlarni ishlab chiqish va qo‘llash; iqtisodiyotda, vazirlik (mahkam)larda, korxonalarda, ish joylarida talab etilgan o‘lchash sifatini ta’minlash uchun metrologik ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan metrologik va boshqa xizmatlarning faoliyatidir.
Metrologik ta’minot tuShunchasi juda keng Ya’ni texnik o‘lchashlarni amalga oshirishdan to o‘lchashlar biriligi ta’minlashgacha va qonunlashtiruvchi metrologiya qo‘llanib, asosan o‘lchash, sinash va nazoratga munosabati bo‘yicha faoliyatda qo‘llaniladi hamda bir vaqtda ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining metrologik ta’minoti tuShunchasi qo‘llanilishiga ham ruxsat etilgan.
Ishlab chiqarish korxonalari, o‘lchash vositalari ishlab chiqaruvchilar va ulardan foydalanuvchilar uchun metrologik ta’minotning korxona metrologik xizmati faoliyati bilan bog‘liq qismi amaliy qiziqishni namoyon etadi. Va Shuning uchun “korxona metrologik ta’minoti” va “ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti” atamalari keng qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti asosan quyidagilardan iborat:
o‘lchashlar holatini tahlil qilish;
belgilangan aniqlikga mos keluvchi o‘lchash vositalari (etalonlar va ishchi o‘lchash vositalari) foydalanish va o‘lchanayotgan kattaliklarning nomenklaturasini o‘rnatish;
o‘lchash vositalari qiyoslash va kalibrlashdan o‘tkazish;
o‘rnatilgan aniqlik me’yorlarini ta’minlash uchun o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqish;
konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish;
zaruriy me’yoriy hujjatlarni (xalqaro, davlat, tarmoq va tashkilot standartlarini) joriy qilish;
metrologik nazoratni o‘tkazish.
|