|
Korxonada metrologik ta’minotning
|
bet | 4/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 171 Kb. | | #249144 |
Bog'liq 7-ma’ruza. Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti. RejaKorxonada metrologik ta’minotning asosiy vazifalari quyidagicha:
1) mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sinashda o‘lchashlar birliligini ta’minlash;
2) texnologik qurilmalarning xarakteristikalarini nazorati, texnologik jarayonlarining parametrlari, mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini nazarot qilishda o‘lchashlar aniqligini optimal normalar va o‘lchanayotgan parametrlarning ratsional nomenklaturasini o‘rnatish va tahlil qilish;
3) o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish: hisobini yuritish, saqlash, qiyoslash, kalibrlash, o‘rnatish, ta’mirlashni tashkillashtirish va ta’minlash;
4) zaruriy aniqlikni kafolatlovchi o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish;
5) metrologik qoida va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan hamda mavjud ekspluatatsiya sharoitlarda o‘lchash, nazorat va sinov qurilmalari uchun nazoratni amalga oshirish;
6) konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazash;
7) Sinov qurilmalariga o‘rnatilgan talablarga muvofiq hisobini yuritish, attestatsiyachlash, ta’mirlash kabi metrologik xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish va ta’minlash;
8) o‘lchash vositalari hisobini yuritish, attestatsiyalash va ta’mirlash metrologik xizmatini tashkillashtirish va ta’minlash;
9) o‘lchash tizimlarining o‘lchash kanallari hisobini yuritish, attestatsiyalash, qiyoslash, kalibrlash metologik xizmatlarini tashkillashtirish va ta’minlash;
10) o‘ta aniqlikdagi o‘lchashlarni tashkillashtirish va bajarish;
11) materiallar, xom-ashyo va yonilg‘i-energiya resurslari sarfini to‘g‘ri va aniq hisobini ta’minlash;
12) zamonaviy o‘lchash usullari va vositalarini, avtomatlashtirilgan nazorat-o‘lchov qurilmalari, o‘lchash tizimlarini joriy qilish;
13) etishmaydigan o‘lchashlarni texnikaviy va iqtisodiy jihatdan baholash;
14) metrologik ta’minot masalalarini tartiblashtiruvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
15) iqtisodiy samaradorlikni baholash.
Mahsulot sifati metrologik ta’minotiga xos masalalar soniga:
- o‘lchash, sinash, nazorat qilish paytida baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflarni tanlash;
- o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini rejalash, o‘lchash, sinash va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyalash;
- o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini tegishi o‘lchash vositalari bilan ta’minlash;
- o‘lchash vositalarini metrologik to‘g‘ri holatda ushlab turish;
- o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini bajarish va natijalarini ishlash;
- o‘lchash, sinash va nazorat natijalarini olish va foydalanish bilan bog‘liq mutaxassislarni tayyorlash va ular malakasini oshirish;
- korxonadagi metrologik ta’minot zamonaviy texnik darajali va Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga mosligini aniqlash maqsadida loyiha, konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizasidan o‘tkazishlar kiradi.
Metrologik ta’minotda sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspert-auditorlar Yuqori bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
Korxonalarda sifatni boshqarish tizimini joriy etishda ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini rivojlantirishga bog‘liqlikda bo‘ladi.
Metrologik ta’minot va ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda olimlarimiz Xakimov O.SH., Ismatullaev P.R., Axmedov B.M., Abduvaliev A.A., rus olimlari Venskiy I.G., Dlin A.M., amerikalik olimlar Shuxart U.A., Deming E., Feygenbaum A., Djuran Dj.M. katta hissa qo‘shishgan.
Korxonaning metrologik ta’minoti kerakli aniqlik bilan o‘lchashlarni bajarishga o‘lchash vositalarini doimiy tayyorligini ta’minlash, zamonaviy hamda yanada ilg‘or o‘lchash usullari va vositalarini joriy etish yordamida mahsulot sifatini oshirishga hamda o‘lchash birligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni uslubiy boshqarish va muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni o‘tkazish nazarda tutilgan.
“Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat korxonasi (MXKM DK) mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan o‘lchov vositalari, ularning ishlatilish sharoitlari, normalashtirilgan metrologik tavfsiflarini aniqlash, o‘lchash uslubiyatiga oid hujjatlar, ularni yaratish va ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xizmatlar ko‘rsatadi.
Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga metrologiya sohasiga doir bepul maslahatlar berish bo‘yicha MXKM DKda ma’sul malakali hodimlar tayinlangan.
MXKM DK ning bepul maslaxatlarini berish uchun ma’sul bo‘lgan shaxslarga, eksport uchun mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar, korxonada ishlatilayotgan o‘lchov vositalarini davlat tekshiruvidan o‘tkazish, o‘lchov vositalarining davlat reestriga kiritish masalalarida murojat qilishlari mumkin. Bu maslaxatlarga, yuqoridagilardan tashqari o‘lchov vositalarining o‘rnatilgan normalari, ularni ishlab chiqaruvchilar va O‘lchov vositalarining davlat reestriga kiritilganligi xaqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar korxonaning metrologik ta’minoti xaqidagi ma’lumotlarni ham Shu xizmat doiralarida olishlari mumkin. Korxonaning metrologik ta’minotiga korxona metrologik xizmati ishlarini tashkillashtirish, uning me’yoriy hujjatlar va o‘lchov vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlatilayotgan o‘lchov vositalarining ishlatilish sharoitlari va holati kiradi.
Nazorat uchun savollar.
1. Metrologik ta’minotning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
2. O‘lchashlarning metrologik ta’minoti haqida nimalarni bilasiz?
3. Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti nimalardan iborat?
4. Metrologik a’minotning asoslari qanday tashkil etilgan?
5. Metrologik ta’minotni tashkillashtirish sxemasini tuShuntirib bering.
6. Mahsulot sifati metrologik ta’minotiga xos masalalar nechtadan iborat?
7. Korxonaning metrologik ta’minoti haqida gapirib bering.
8. “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat korxonasining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
|
| |