• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja




    Download 1.29 Mb.
    Sana27.02.2024
    Hajmi1.29 Mb.
    #163536
    Bog'liq
    Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari
    metrologiya, VJI3rGkqoMCC24xswu9o8NOm6YrgsXhrgAHfd1Ce, dars ishlanma 9, Test savollari mexatronika tayyor, jo rayev-jahongir (1), ”Ikki eshik orasi “ romanida zamon, qahramon munosabatlarining badiiy talqini, Eyler almashtirishlari, moskva-stolica-2 u01o1, Оптика Ландсберг 2003 расп, sdasturlash tilini organish, Reja Lazer tarixi. Lazer nurining asosiy xususiyatlari. Lazer n-fayllar.org, Lazerlar va ularning amaliyjtdagi o\'rni.Sh Sodiqova.pdf 2, Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim, Funksiyanin, 2007-yil Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishin


    Mavzu:Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari
    Reja:
    I.Kirish.
    1.Zamonaviy axborot tushunchasi.
    2.Axborotni uzatish usullari.
    3.Zamonaviy axborotni saqlash vositalari.
    4 Xulosa

    Kirish
    Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, u to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mum- kinligini ko‘rsatdi. Bunda asosiy o‘rinni texnik vositalar – kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko‘rsatib o‘tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga – usullar, tashqi omillarga – vositalar kiradi. Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog‘oz, bo‘r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o‘quvchi, o‘qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o‘tish jarayoni, test o‘tkazish jarayoni, savol­javob o‘tkazish jarayoni, dars o‘tish usul va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik material va hokazolar. Demak, axborot texnologiyalari sanoat, savdo­sotiq, boshqaruv, bank, ta’lim va sog‘liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo‘llanilar ekan. Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llani-
    ladi.Axborot texnologiyalari hisoblash texnika-sidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o‘z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-­birini to‘ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi


    Asosiy qism:
    Ma’lumki, axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun axborot – yerning ozuqa bilan to‘yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi, muhandislar uchun – texnika va texnologiyalar; o‘quvchi uchun fanlardan olayotgan ma’lumotlaridir. Ya’ni, turli soha xodimlari o‘z sohalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko‘rib kelgan. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Vinner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunini ifodalash, deb qaraydi. Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta’rif berishga urinishlar ko‘p bo‘lgan. Lekin axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta’rif berish mumkin emas. Chunki axborot informatikaning asos tushunchasi bo‘lib, u juda ko‘p ma’noni o‘z ichiga oladi. Ba’zan axborot sifatida unga sinonim bo‘lgan ma’lumot yoki berilganlar so‘zlari ham tushuniladi. Axborot haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun hayotingizdagi bir misolni esga olaylik. Go‘daklik vaqtingizda «muzqaymoq» so‘zi sizga faqatgina «mazali shirinlik» ma’nosini anglatar edi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko‘rinishi, ta’mi yoki sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda «muzqaymoq» so‘zi «shakar, qaymoq, kakao yoki kofe kabi o‘zaro bog‘langan modda va tushunchalar hamda muzqaymoqni tayyorlash usullari bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan to‘ldi. Keyinchalik esa «muzqaymoq» haqidagi ma’lumot to‘liq emasligini, vaqti kelib bu so‘z yana boshqa ma’lumotlar bilan to‘lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson yillar davomida hayotdan ma’lumotlar olar ekan, birini ikkinchisi bilan bog‘lab to‘ldirib boradi. Yuqoridagi misol va alloma Forobiy fikrlaridan kelib chiqib, axborotni qanday tushunish mumkin degan savolga quyidagicha javob berish
    mumkin.
    «Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi

    Sizga ma’lumki, inson qo‘li orqali jismning qattiq va tekisligini, tili orqali oziq ta’mini, burun orqali turli hidlarni biladi, qulog‘i orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko‘zi orqali turli shakl, rang yoki manzaralarni ko‘radi, ya’ni sezgi a’zolari orqali turli axborotlar oladi. Ya’ni inson axborotni hayotdan har xil ko‘ri nish yoki shakllarda oladi: rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovush; har xil to‘lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta’m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo. Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlar holati, xossasi va boshqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarning turli vositalar va sezgi a’zolarimiz orqali bizga yetib kelishi va ongimizga ta’siri hamda bu ma’lumotlarning ongimizda boshqa ma’lumotlar bilan bog‘lanishi ekan. INSON o‘zi ham borliqning bir qismi bo‘lgani uchun, o‘zi haqida ham (og‘riq, qizish, charchash va hokazo) ma’lumot oladi. Umuman olganda, hozirgacha olgan barcha ma’lumotlaringiz axborot bo‘lib, ular o‘zaro bog‘langach, bilimni tashkil etar ekan. Ta’kidlash joizki, xabar axborotning moddiy shakli bo‘lib xizmat qiladi, axborot esa inson tomonidan shu xabar asosida hosil qilinadigan nomoddiy mazmundir. Masalan, biror shakl yoki tovush xabarga misol bo‘lsa, bu xabar ikki insonda ikki xil mazmundagi axborotni hosil qilishi mumkin.
    Tarixdan ma’lumki, axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan insonlar kompyuterlar davrigacha ham shug‘ullanishgan va bu ishlarni hozirgi kunda «õujjat yuritish» (dokumentalistika) deb atashmoqda. Inson hayoti va amaliy ish faoliyati davomida juda ko‘p ma’lumot oladi, ularning ichidan keraklisini ajratib oladi, imkon qadar xotirasida saqlaydi, ba’zilarini keyinchalik ishlatish uchun turli ko‘rinishlarda saqlab qo‘yadi, keraksiz deb hisoblaganlarini xotirasidan va saqlab qo‘ygan manbalardan o‘chiradi, yangilarini qo‘shadi yoki avvalgilarini kengaytiradi, ba’zi ma’lumotlarni esa boshqalar bilan bo‘lishadi. Ilmiy sohalardagi shiddatli rivojlanish va ishlab chiqarishning keskin o‘sishi insoniyat hayotida axborotlarni mislsiz ortib ketishiga olib kelmoqda. Axborotlarni qayta ishlash sohasidagi yirik muta- xassislardan biri D. Martin bu jarayonni shunday baholaydi: «…in soniyat bilimlari yig‘indisi 2 baravar ortishi uchun 1800­yilga kelib 50 yil1950 ­yilga kelib 10 yil, 1970­yilga kelib esa 5 yil kerak bo‘ldi». Hozirgi kunda esa mutaxassislar bu jarayonga 2–3 yil yetarli bo‘layotganini e’tirof etishmoqda.
    Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi. Siz shu yoshgacha hayotdan va maktabdagi fanlardan ozmi ko‘pmi axborot oldingiz, keyinchalik foydalana olish uchun ularni daftar va albomlarda matn, chizma yoki rasm ko‘rinishida ifodaladingiz. Axborotlarning ma’lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar o‘tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, bir­biri bilan bog‘lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to‘ldirdi. Endi Siz bu axborotlarni qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, to‘liq yoki chala ekanligi, qaysi biri qachon va qayerda kerak bo‘lishi, qaysi axborotdan foydalanish mumkin yoki qaysi axborotdan foydalanib bo‘lmasligi haqida o‘z fikringizga egasiz. Demak, shu kungacha axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‘lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko‘rinishga o‘tkazish, tarqatish, bo‘laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo‘ldingiz. Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida kompyuter yordamida bajariladigan amallarning ba’zilari ham sizga tanish. Masalan, axborot hosil qilish (chizish yoki yozish), shakl yoki matnlarni birlashtirish, shakl yoki matnlarni bo‘laklash, rasm yoki matn ko‘rinishini o‘zgartirish, shakl yoki matnlarni nusxalash, rasm yoki hujjatni buzish, rasm yoki hujjatlarni saqlash amallaridan Paint va MS Word dasturlarida ko‘p foydalaniladi. Odatda, biror axborot ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun eslab qolinadi yoki saqlab qo‘yiladi. Foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan bo‘lsak, saqlab qo‘yilishi uchun axborot bizning ba’zi talablarimizga javob berishi shart. Axborotga qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim: 1.Ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin.
    2. To‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib keladi
    3. Ishonchli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqa xususiyatlari ham bo‘lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta’kidlab o‘tish joiz. Axborotni ishlatish maqsadidan kelib chiqib, uning ortiqchalilik xususiyatlarini ham bilish zarur.

    Ko‘chadagi jarayonlarni bilmasdan turib, sharoitni to‘liq tahlil eta olmaydi, demakki, to‘g‘ri qaror qabul qila olmaydi. Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o‘rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo‘lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signal – axborotlar orqali amalga oshiriladi. Masalan, yuqori hosil olish uchun ob­havoning kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash, qachon sug‘orish zarurligini aniq bilish maqsadida dehqonlar o‘z tajribalaridan hosil bo‘lgan axborotlarga asoslanib ish yuritadilar. Shunga ko‘ra, turli texnika va usullarni qo‘llash bo‘yicha tadbirlar belgilanadi. Bundan ko‘rinadiki, dehqonlarning matbuot, radio va televideniye orqali e’lon qilinadigan ob­-havo ma’lumotlariga katta e’tibor qaratishlari bejiz emas ekan. Keltirilgan misollar axborotlarni to‘plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olganligini ko‘rish mumkin. Quyidagi rasmda kurrayi zaminimizning turli hududlarida ob­-havo ma’lumotini to‘plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan



    Xulosa: XX asr o‘rtasiga kelib mehnatga layoqatli aholining anchagina qismi o‘z ish faoliyatini axborotni qayta ishlash sohasida yurita boshladi. Shunga qaramasdan, odamlar katta hajmdagi axborotni qayta ishlash uchungina emas, balki axborot ummonida faqat kerakli axborotni izlab topish uchun ham sezilarli kuch­quvvat sarflashga majbur edilar. Bu holat o‘z vaqtida «axborot portlashi» deb nom ham olgan. O‘tgan asrdayoq boshlangan aholi ish faoliyatini moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasidan axborotni qayta ishlash sohasiga o‘tkazish tendensiyasi hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. Bu davrga kelib xuddi avvaldan buyurtma qilingani kabi, dasturiy boshqaruvli hisoblash mashinalari ishlab chiqarish uchun ilmiy va texnik sharoitlar yuzaga kelgan edi. Ishlab chiqarilgan elektron hisoblash qurilmalari axborotni «qog‘ozsiz» texnologiya asosida izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkonini bera boshladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.I.B.Aminov “Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti” o’quv qo’llanma.1-qism.-Samarqand:
    SamDU nashri,2022-yil
    2. R.R.Boqiyev, A.O.Matchonov “Informatika”
    akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma
    3. T.S.Safarov, Sh.U.O’roqov, R.R.Baxromov “Informatika va axborot texnologiyalari” tibbiyot oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma
    4.Informatika va axborot texnologiyalari 7-sinf darslik
    5.M.Kadirov “Axborot texnologiyalari” 1-qism


    Download 1.29 Mb.




    Download 1.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja

    Download 1.29 Mb.