• Piliklashning maqsadi
  • Piliklash mashinasining vazifalari
  • Piliklash mashinasining ishlashi
  • Piliklash mashinalarining texnik ta v sifi
  • Ta’minlash qurilmasi
  • Pilta yo‘naltirgichlar
  • 8-mavzu. Piliklash jarayoni




    Download 4.28 Mb.
    bet1/4
    Sana22.11.2020
    Hajmi4.28 Mb.
      1   2   3   4

    8-mavzu. Piliklash jarayoni.

    Reja:


    1.Pilik tayyorlashning o’rni va ahamiyati.

    2. Piliklashning mohiyati, maqsadi va vazifasi.

    3. Pilik mashinasini ta`minlash.

    4.Ta`minlash qurilmasi, ularning turlari va ularga qo’yilgan talablar. Pilik mashinasida cho’zish jarayoni.

    5. Cho’zish asboblari, ularning turlari va ishlashi.

    Adabiyotlar:

    1. G‘ofurov Q.G‘ va boshqalar. «Yigiruv korxonalari va jihozlari ». «Sharq» T. 2007y.

    2. «Truetzschler», «Rieter» va «Marzoli» firmalarining sayt materiallari.
    Yigirish sistemasining piliklash o‘timida piltalangan piltadan pilik tayyorlanadi. Pilik tayyorlashda cho‘zish, pishitish va o‘rash jarayonlari qo‘llaniladi.

    Piliklashning maqsadi ip yigirishga yaroqli piltaga nisbatan ingichka va ravon xomaki mahsulot – pilik olishdan iborat.



    Piliklashning mohiyati esa piltani kerakli miqdorda ingichkalashtirish, unga buramlar berib pishitish va g‘altakga o‘rashdan iboratdir.

    Piliklash mashinasining vazifalari

    Piliklash mashinasining vazifasi piltani belgilangan chiziqiy zichlikgacha ingichkalashtirish, mahsulotni pishitish va g‘altakka o‘rashdan iborat. Pilta cho‘zish asbobida ingichkalashtiriladi, uni tashkil etuvchi tolalarning uchlari to‘g‘rilanadi, tekislanib parallellashtiriladi va undan nozikroq pilik hosil qilinadi. Piltachaga pishitish mexanizmi yordamida buramlar berilib pishitiladi - pilik shakllantiriladi. Pilikni keyingi bosqichda ishlatishga qulay bo‘lishi uchun o‘rash mexanizmi vositasida g‘altakga o‘rab, undan pakovka hosil qilinadi.


    Piliklash mashinalarining turlari


    Piliklash mashinalari bir, ikki va uch o‘timda ishlatilib kelingan. Fan texnika taraqiyotining natijasida o‘rtacha chiziqiy zichlikdagi iplarni bir o‘timli, kichik chiziqiy zichlikdagi iplarni esa ikki o‘timli piliklash mashinalarida tayyorlash imkoni yaratildi.

    Piliklash mashinalari tayyorlanayotgan pilikning chiziqiy zichligiga qarab qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:



    1. Yo‘g‘on pilik tayyorlovchi mashinalar

    2. Yo‘g‘onligi o‘rtacha pilik tayyorlovchi mashinalar

    3. Ingichka pilik tayyorlovchi mashinalar

    Bundan tashqari piliklash mashinalari tarkibiy qismlari – ta’minlash zonasi, cho‘zish asbobi va pishitish-o‘rash mexanizmining tuzilishi bilan ham farqlanadi.

    Hozir piliklash mashinalarida to‘la pakovkani ajratib olish va bo‘sh g‘altaklarni joylashtirish avtomatik mexanizmlar yordamida amalga oshirilmoqda.


    Piliklash mashinasining ishlashi



    Zinser-668 piliklash mashinasining texnologik sxemasi


    1-ta’minlash qurilmasi;

    2-cho‘zish asbobi;

    3-buram taqsimlagich;

    4-rogulka;

    5-g‘altakli karetka;

    6-g‘altakni o‘rnatish moslamasi;

    7-g‘altakning harakat uzatmasi;

    8-g‘altakli karretkaning harakat uzatmasi


    Piliklash mashinalarining ishlashi deyarli bir xil. Ular bir biridan ta’minlash qurilmasi, cho‘zish asbobining tuzilishi, cho‘zish miqdori, rogulka o‘lchami, soni va ular orasidagi masofa hamda pakovka massasi kabi parametrlari bilan farq qiladi.

    Cho‘zish asbobiga kiritilgan pilta kerakli miqdorda cho‘zilganda uni tashkil etuvchi tolalar uchlari yanada to‘g‘rilanib, tekislanib parallellashtiriladi va undan yupqa piltacha hosil qilinadi. Piltachani pishitish mexanizmi yordamida o‘z o‘qi atrofida aylantirib – buramlar berib pilik shakllantiriladi. Hosil qilingan xomaki mahsulot - pilik keyingi bosqichda ishlatishga qulay bo‘lishi uchun uni o‘rash mexanizmi vositasida g‘altakga o‘rab pakovka hosil qilinadi.

    Mashinadagi texnologik jarayon kompyuter dasturi yordamida boshqariladi. Pilta va pilik uzilishini nazorat qiluvchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘lib, mashinani avtomatik to‘xtatishga xizmat qiladi.



    Piliklash mashinalarining texnik tavsifi

    Ko‘rsatkichlar

    R-260-5

    Zinser-668

    F-15/F-35

    FT 2N

    TJ FA 458A

    RTT-132

    Ishlab chiqaruvchi firma (Davlat)

    Rossiya

    Germaniya

    Rieter

    Marzoli

    Xitoy

    Rossiya

    Pilikning chiziqiy zichligi, teks

    182-130

    2222-200

    1450-179

    1470-170

    1000-200

    435-125

    Rogulkalar orasidagi masofa, mm

    260

    260

    260

    220-260

    216

    132

    Rogulka o‘lchami, mm

    135-155

    150-400

    150-400

    150-400

    152-400

    180-200

    Mashinadagi rogulkalar soni

    120

    192 gacha

    160 gacha

    192gacha

    120

    120

    Pakovka massasi, kg

    1,2-1,5

    4,0 kg

    4,0 kg

    4,0 kg

    4,0 kg

    0,35-0,22

    Rogulkaning aylanishlar chastotasi, min-1

    700-1200

    1500

    1500

    1500

    1200

    1000-1200

    Cho‘zish asbobining turi

    4x4; 3x3

    3x3; 4x4

    3x3; 4x4

    3x3; 4x4

    3x3; 4x4

    4x4

    Cho‘zish miqdori

    2,4-18

    3,0-15,8

    4-20

    4-20

    4,2-12

    8-18

    Buramlar miqdori, bur/m

    20-100

    10-100

    17-96

    12-140

    18,5-80

    20-100

    Ta’minlash qurilmasi

    Piliklash mashinasida piltali tazlar mashinaning orqa tomoniga joylashtiriladi. Tazlarning diametri nisbatan katta maydonni egallaydi (ular 4 qator qilib joylashtiriladi).

    Ta’minlash qurilmalari qo‘yidagi talablarga javob berishi shart:


    1. Qurilma balandligi xizmat ko‘rsatuvchining bo‘yini hisobga olgan bo‘lishi kerak.

    2. Qurilma balandligini o‘zgartirish imkoniyati bo‘lishi shart.

    3. Tazlarni joylashtirish qulay va oson bo‘lishi kerak.

    4. Uzatilayotgan piltalar bir-biriga tegmasligi kerak.


    Pilta yo‘naltirgichlar

    Ta’minlash qurilmalarida turli konstruksiyadagi bir yoki bir necha yo‘naltiruvchi val va pilta ajratkichlar ishlatiladi.



    silliq vall

    halqali yo‘naltirgich





    pilta ajratgich



    Baland ramkali ta’minlash qurilmalarida yashirin cho‘zilishning oldini olish uchun uzatuvchi yo‘naltiruvchi vallar ko‘paytirilib, pilta joylashgan tazlarda prujinali disklar qo‘llanilmoqda.

    Zinzer-668 piliklash mashinasining ta’minlash qurilmasi.


    1-piltali tazlarning birinchi guruhi. 2- piltali tazlarning ikkinchi guruhi. 3-ta’minlash qurilmasining ustuni. 4-olti qirrali yo‘naltiruvchi val. 5-pilta ajratgichlar. 6-fotorele (pilta uzilishini sezuvchi). 7-kronshteyn.


    Download 4.28 Mb.
      1   2   3   4




    Download 4.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Piliklash jarayoni

    Download 4.28 Mb.