Zichlagichlar
Piliklash mashinalarining yetaklovchi mexanizmi ta’minlanayotgan mahsulotga kichik ilgarilanma-qaytma harakat berib, valiklarning elastik qoplamalari bir tekis yemirilishga xizmat qilgan va ularning xizmat muddatini uzayishiga olib kelgan.
Piliklash mashinalarida maxsus konstruksiyadagi zichlagichlar qo‘llanilishi natijasida yetaklovchi mexanizmga extiyoj qolmadi.
Zichlagichlardan o‘tayotgan maxsulotning yoyilib xarakatlanishi elastik qoplamalarning ishlash muddati uzayishiga olib keldi.
Piliklash mashinalarida ishlatiladigan zichlagichlar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Mahsulot zichlagich teshigidan o‘tayotganda tarkibidagi tolalar zichlashib, bir-birga yaqinlashadi, ular orasidagi kontakt ko‘payib ishqalanish kuchi, ularning ilashuvchanligi ortadi. Natijada cho‘zish jarayoni har tomonlama yaxshilanadi, ya’ni tolalarning to‘g‘rilanish va parallellash darajasi ortadi.
|
1
|
2
|
1-ta’minlash zonasidagi zichlagich
|
2-dastlabki cho‘zish zonasidagi zichlagich
|
3
|
3- asosiy cho‘zish zonasidagi qo‘shaloq zichlagich
|
Pishitish jarayonining maqsadi va mohiyati
Mahsulotni pishitish jarayoni ip ishlab chiqarishda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Pishitish jarayoni piliklash, yigirish va pishitish mashinalarida qo‘llaniladi.
Pishitish jarayonining maqsadi nisbatan kalta tolalardan kerakli pishiqlikga ega bo‘lgan yumaloq shakldagi mahsulotni hosil qilishdan iborat.
Pishitish jarayonining mohiyati esa o‘zaro parallel tolalarni mahsulot o‘qi atrofida burash orqali ularni vintsimon chiziq bo‘ylab joylashtirib, uzuvchi kuchlarga qarshiligini (pishiqligini) oshirishdan iborat.
Mahsulot pishitilganda tolalarning zichlanishi natijasida ularning bir-biriga bosimi ortib o‘zaro ishqalanish kuchi paydo bo‘ladi. Aynan shu kuch mahsulotning uzuvchi kuchlarga qarshiligini ta’minlaydi.
Mahsulotning buralishi tolalarning vintsimon chiziqlar bo‘ylab joylashishiga va uzunligining ma’lum miqdorda qisqarishiga olib keladi. Bu hodisaga pishitishdagi kirishish - “ukrutka” deyiladi.
Pishitish darajasi
Pilikni shakllantirishda cho‘zish asbobidan chiqayotgan piltachaga pishitish mexanizmi yordamida buramlar beriladi. Natijada mahsulot nisbatan zichlanib, yumaloq shaklga keltiriladi.
Urchuq yoki rogulkaning o‘z o‘qi atrofida bir marta aylanishi pilikka bitta buram beradi. Bir metr mahsulotga to‘g‘ri kelgan buramlar soni pishitilganlik yoki pishitish darajasi deb ataladi.
Pilikning o‘ng a) va chap b) pishitilishi, bitta o‘ram v), yoyilmasi g).
O‘ng va chap pishitilganlik mavjud bo‘lib ular quyidagicha belgilanadi.
Z - o‘ng pishitilganlik bo‘lib soat strelkasiga bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.
S – chap pishitilganlik bo‘lib soat strelkasiga teskari yo‘nalgan bo‘ladi.
d – mahsulot diametri, mm
h – bitta buramning balandligi, mm
β – pishitish burchagi.
Pishitilganlik darajasini quyidagicha aniqlash mumkin
K – pishitilganlik darajasi, buram/metr.
nu – urchuq yoki rogulkaning aylanishlar soni, min-1;
– oldingi silindrning tezligi, m/min.
Yuqoridagi chizmadan.
Pishitilganlik koeffitsiyenti pishitishning fizikaviy mohiyatini ifodalaydi va buramlar (pishitish) burchagini hisoblash orqali aniqlanadi. Pishitilganlik koeffitsiyenti yordamida turli chiziqiy zichlikdagi mahsulotning pishitilganlik darajasini aniqlash mumkin.
T – pishitilganlik koeffitsiyenti.
Tn – pilikning chiziqiy zichligi, teks.
Pishitilganlik koeffitsiyenti tolaning uzunligiga, chiziqiy zichligiga, mahsulotning chiziqiy zichligiga va saralanma tarkibiga asosan tanlanadi.
Agar tolaning uzunligi ortsa, pishitilganlik koeffitsiyenti unga mos ravishda kamayadi. Tola va undan ishlanadigan pilikning chiziqiy zichligi ortishi bilan pishitilganlik koeffitsiyenti ham ko‘payadi.
Saralanma qancha past navlardan tashkil topsa pishitilganlik koeffitsiyenti shunchalik katta bo‘ladi.
Amaliy pishitilganlik koeffitsiyenti bilan birga kritik pishitilganlik koeffitsiyenti ham ishlatiladi. Kritik pishitilganlik koeffitsiyenti mahsulotning maksimal pishiqlik chegarasini bildiradi.
Kritik pishitilganlik koeffitsiyentini qo‘llash tavsiya etilmaydi, odatda amaliy pishitilganlik koeffitsiyentini kritik qiymatdan 10-15% kam miqdorda tanlanadi.
Pishitish mexanizmi
Piliklash mashinasida cho‘zish asbobidan chiqayotgan piltachaga buramlar berish uchun pishitish mexanizmidan foydalaniladi. Tuzilishi va ishlashiga ko‘ra pishitish mexanizmini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin (urchuqli va urchuqsiz).
Urchuqli pishitish mexanizmi
|
Piliklash mashinalari urchuqli pishitish mexanizmi bilan jihozlangan bo‘lib, mahsulotni pishitish va o‘rash vazifasini birgalikda amalga oshirilgan (urchuqning bir aylanishi natijasida bitta buram berilgan, rogulka va g‘altak tezliklari farqi hisobiga o‘rash sodir etiladi).
Urchuqli pishitish mexanizmi ustki va pastki karetkalardan, reykali uzatish moslamasidan, urchuq va unga o‘rnatilgan rogulkadan, urchuq hamda g‘altakka harakat uzatish moslamasidan iborat bo‘lib, urchuqning tezligi cheklanganligi sababli mashina unumdorligi va pakovka massasi talab darajasidan past bo‘ladi.
|
Pokovka o‘lchamlarini oshirish urchuq va rogulkaning aylanishida katta chayqalishlarga sabab bo‘lganligi ham mexanizmning asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi.
Rogulka ishchi va muvozanatlovchi shoxchalardan tuzilgan. Ishchi shoxcha g‘ovak, tirqishli va maxsus shaklga ega bo‘lib pilikni uzilmasdan pishitilib o‘tishini ta’minlaydi. G‘ovak shoxchadagi tirqish pilikni shaylash (zapravka) qulayligini ta’minlaydi. Rogulkadagi lapkacha o‘ralayotgan pilikning tarangligini rostlashga (bir xil zichlikda o‘ralishiga) xizmat qiladi.
Urchuqli pishitish mexanizmi kamchiliklarini bartaraf etish, rogulka tezligi va pokovka massasini oshirish maqsadida urchuqsiz pishitish mexanizmlari qo‘llanilmoqda.
Rogulkaning osma ravishda ustki panelga o‘rnatilganligi va tasmali uzatma yordamida harakatlanganligi sababli uning tezligini oshirish imkoniyati yaratildi.
Urchuqsiz pishitish mexanizmi
|
Zinser 668 piliklash mashinasining pishitish mexanizmi.
1- cho‘zish asbobining chiqaruvchi juftligi
2- mexanizmning ustki paneli
3- buram taqsimlagich
4- rogulka
5- rogulkaning tasmali harakat uzatmasi
6- lapka (barmoqcha)
7- g‘altak yo‘naltirgich
|
Ushbu mexanizmda pishitish ikki zonada amalga oshiriladi. Birinchi zona chiqaruvchi juftlik - buram taqsimlagich orasida bo‘lib, cho‘zish asbobidan chiqayotgan piltachaga aylanuvchan buram taqsimlagich sirti qirralari yordamida (yumalatib) dastlabki buramlarni beradi. Ikkinchi zona buram taqsimlagich – rogulkaning g‘ovak shoxchasi orasida bo‘lib, uning yelkasi shakllanayotgan pilikga asosiy buramlarni beradi. Ustki panelga o‘rnatilgan buram taqsimlagichlarning balandligi hisobiga oldingi va keyingi qatorlarda pilikning bir xil taranglikda pishitish amalga oshiriladi.
Buramlarni bir tekisligini ta’minlash maqsadida har xil tuzilishdagi buram taqsimlagichlar ishlatiladi. Ularning ishchi sirtlari va riflya - o‘yiqlari har xil tuzilishga ega bo‘lib tola turlariga qarab tanlanadi. Buram taqsimlagichlar piltachaga berilayotgan buramlarni oldingi silindrgacha yetib borishini ta’minlaydi, pilik tolalarini zichlashtirib pishiqligini oshiradi va uzilishlarni kamaytiradi.
a b v
Buram taqsimlagichlar.
a - taqsimlagichning sirti yumoloqlashtirilib, riflyalari sezgir qilib ishlangan, u universal hisoblanib paxta va kimyoviy tolalardan chiziqiy zichligi 500 teksgacha bo‘lgan pilik tayyorlashda ishlatiladi.
b – taqsimlagichning sirti yumoloqlashtirilmay, o‘tkir riflyalar bilan jihozlangan, u paxta, viskoza va boshqa kimyoviy tolalardan chiziqiy zichligi 1000 teksgacha bo‘lgan pilik ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
v - taqsimlagichning sirti yumoloqlashtirilgan o‘tmas riflyali qilib ishlangan, u paxta va kimyoviy tolalar aralashmasidan chiziqiy zichligi 500 teksdan kam bo‘lgan pilik ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Shunday qilib, piliklash mashinasi unifikatsiyalashtirilgan.
|