• Kalitso’zlar
  • Buramlar sonini ip notekisligiga ta’siri




    Download 1.71 Mb.
    bet1/2
    Sana25.04.2024
    Hajmi1.71 Mb.
    #206853
      1   2
    Bog'liq
    Islom maqola 1
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira

    Buramlar sonini ip notekisligiga ta’siri.

    Nishonoм Islombek Abdumuxtor o’g’li,


    magistrant, “To’qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi,
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti,
    E-mail:


    Annotatsiya: Ushbu maqolada Zinser 350 rusumli halqali yigirish mashinasida yigirilgan ipga berilgan buramlar sonini ip notekisligiga ta’sirini tahlil qilingan. Tadqiqot ishlari “Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati instituti” labaratoriyasida amalga oshirilgan. Tadqiqot mobaynida T=20 teks bo’lgan ip namunalarinin ur15000 min-1 urchuq aylanishlar tezligida buramlar sonini o’zgartirish orqali yigirib olingan ip namunalarini chiziqli zichligi xamda pishiqlik bo’yicha notekisligini o’rganilgan. Tadqiqot o’tkazish jarayonida ip namunalarini Tenzorapid ip uzish mashinasida o’lchanib, Uster Statistic 2018 natijalari bilan solishtirilgan.
    Kalitso’zlar: Zinser 350, halqali, notekislik, nur=15000 min-1, Tenzorapid, pishiqlik, ip, urchuq, Uster Statistic 2018, T=20 teks.
    Jamiyatni muntazam va bosqichma-bosqich rivojlantirishda hamda taraqqiyot samarasini oshirishda ilmiy-texnikaning rivojlanishi juda katta ro’l o’ynaydi. Bugungi kunda korxonalarda zamonaviy, yuqori unumdorlikga ega bo’lgan, energiya tejamkor jixozlarni qo’llash, hamda xom ashyodan samarali foydalanish, yetuk mutaxasislar tajribasi asosida amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar o’z korxonalarini dunyoning ilg’or yetakchi firmalarning (Rieter, Truetzchler, Marzoli) eng so’ngi rusumli texnalogiyalarini joriy etmoqdalar. Ip yigiruv mashinalarini ishlab chiqaradigan yuqorida keltirilgan firmalar kundan-kunga bir biridan zamonaviy turli imkonyatlarga ega mashinalar ishlab chiqarishmoqda. Bugungi kunga kelib yurtimizdagi xususiy va qo’shma korxonalarning asosiy maqsadi jaxon bozorida raqobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishdir. Respublikamizda to’qimachilik sanoatining asosiy xom-ashyosi paxta tolasi bo’lib boshqa tabiiy tolalarga qaraganda yigiriluvchanlik xossasi yuqori hisoblanadi. Xozirgi kunda paxta tolasining faqatgina 60% ni tayyor maxsulot sifatida ishlab chiqarilmoqda. Prezdentimizning 2019-yildan 2022 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida yetishtirilayotgan paxta tolasini 100% qayta ishlab, sifatli tayyor maxsulot sifatida ishlab chiqarish belgilangan. Ip yigirish korxonalarida yigirilgan iplarning sifatiga juda katta e’tibor beriladi, chunki ip qanchalik sifatli, notekisligi kam, ravon bo’lsa, undan olinadigan maxsulot ham sifatli xaridorgir bo’ladi.
    Yigirilgan ip quyidagi talablarga javob berishi kerak.

    1. Yigirilgan ip yo’g’onligi, uzunligi, ko’ndalang kesimi bir tekis bo’lishi;

    2. Pishiqligi jixatidan qo’yilgan talabga javob berishi;

    3. Toza bo’lishi, xas-cho’plar bo’lmasligi, saqlash vaqtida ifloslanmasligi, gigiena qoidalariga javob bera olishi;

    4. Ipdagi buramlar soni bir xil taqsimlanishi;

    5. Ip naychaga zich va bir tekisda o’ralishi, imkoni boricha naychaga ko’proq ip o’rab olinishi, ishlatilish vaqtida naychadan osangina bo’shalib chiqishi lozim.

    Ipni sifatini aniqlash uchun ipning asosiy xossa ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi, bular ipga berilgan buramlar soni, chiziqli zichlik, uzilish kuchi ya’ni pishiqlik. Ipni ishlatish maqsadiga qarab xom ashyo tanlanadi, kerakli yo’g’onlik va buramlar soni tanlanadi. Yigirilayotgan ipning chiziqli zichligi va undagi buramlarni taqsimlanishi bo’yicha imkon qadar totekisligini kamaytrirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki korxonalarda ishlab chiqarilayotgan iplarning eng asosiy e’tibor beriladigaan jihati bu ip xossalari bo’yicha natekislik xisoblanadi. Ipning notekisligi undan ishlab chiqariladigan mahsulotga bevosita ta’sir ko’rsatgani uchun unga juda kata e’tibor qaratilmoqda. Ipdagi notekislik bu ipni yo’g’on, ingichka joylari, ipga berilgan buramlar bir xilda taqsimlamasligi, hisoblanadi. Ipdagi notekislikni kelib chiqish sabablari; xom ashyo yaxshi titib-tozalanmaganligi, yaxshi taralmaganligi, yoki texnik parametrlarni to’g’ri o’rnatilganligi asosiy sabablar hisoblanadi. Biz ilmiy tadqiqot ishimizda bir hil chiziqli zichlikdagi ipga turli xil buramlar berish orqali ipning sifat ko’rsatkichlarini o’zgarishini tahlil qilib chiqdik.

    Download 1.71 Mb.
      1   2




    Download 1.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buramlar sonini ip notekisligiga ta’siri

    Download 1.71 Mb.