• O‘rash jarayonining mohiyati esa
  • Pilikni o‘rash shartlari
  • Piliklash mashinasining o‘rash qurilmasi
  • Piliklash mashinasining unumdorligi
  • Nazorat savollari
  • O‘rash jarayonining maqsadi va mohiyati




    Download 1,44 Mb.
    bet4/4
    Sana22.11.2020
    Hajmi1,44 Mb.
    #12693
    1   2   3   4

    O‘rash jarayonining maqsadi va mohiyati

    O‘rash jarayonining maqsadi – yigirish o‘timlarida xomaki mahsulotlar sifatiga ziyon yetkazmasdan qayta ishlash, saqlash va transportirovkalash uchun qulay, iloji boricha katta hajmdagi zich, kompakt pokovka hosil qilishdan iborat.

    O‘rash jarayonining mohiyati esa – chiqaruvchi organdan kelayotgan mahsulotni ma’lum qonuniyatlar asosida g‘altakga joylashtirib, belgilangan pakovkani shakllantirishdan iborat.

    Pilik ishlab chiqarishda asosan silindrik tuzilishdagi chetlari konussimon o‘rash turi qo‘llaniladi.
    Pilikni o‘rash shartlari

    Shakllangan pilik o‘z vaqtida maxsus pokovka shaklida o‘ralishi shart. Pilikni o‘rash g‘altak tezligining oshib borishi yoki kamayib borishi hisobiga amalga oshiriladi. Paxta tolasi ishlatilganda piliklash mashinalarida g‘altakning tezligi urchuq tezligidan katta, zig‘ir va jun tolalari ishlatilganda esa urchuqning tezligi rogulkadan katta bo‘ladi.



    Pilikni o‘rashda quyidagi talablarga amal qilinadi:

    1. O‘rash shakli – «pokovka» keyingi mashinani ta’minlash uchun qulay bo‘lishi kerak;

    2. Pokovka o‘ramlari keyingi bosqichda ishlatilganda titilib ketmasligi kerak;

    3. Pokovka transportirovka uchun qulay bo‘lishi kerak;

    4. G‘altakka o‘ralgan pilikning uzunligi yoki massasi mumkin qadar maksimal bo‘lmog‘i shart.

    Pilikni o‘rash kompyuter dasturlari yordamida boshqariladi, ya’ni:

      • g‘altakning tezligi har bir qatlamda kamaytiriladi;

      • g‘altakli karetkaning tezligi har bir qatlam oxirida kamaytiriladi;

      • g‘altakli karetkaning harakat qulochi har bir qatlamda kamaytiriladi;

      • g‘altakli karetkaning harakat yo‘nalishi har bir qatlam so‘ngida o‘zgartiriladi.


    O‘rashning birinchi sharti.

    tenglamasidan kelib chiqadi, ya’ni oldingi silindrdan qancha mahsulot chiqarilsa, shuncha pilik g‘altakka o‘ralishi kerak, demak:



    bu yerda:

    ng‘altak - g‘altakning aylanishlar soni, min-1;

    1 – oldingi silindrning chiziqli tezligi, m/min;

    do‘rash - o‘ralayotgan pokovka diametri, mm.

    e0 - g‘altak bilan oldingi silindr oralig‘idagi cho‘zilish (e0=1,011,03).

    Pokovkaning diametri ortib borgan sari g‘altakning aylanishlar soni kamayib borishi o‘rashning birinchi shartini belgilaydi.



    O‘rashning ikkinchi sharti tenglamasidan kelib chiqadi, bu yerda:

    – karetkaning chiziqli tezligi, m/min.

    no‘rash - o‘ralayotgan pokovkaning aylanishlar soni, min-1.

    h – bitta o‘ramning balandligi.

    Demak, o‘rash diametri ortgan sari g‘altakli karetkaning chiziqli tezligi kamayib borishi o‘rashning ikkinchi shartini belgilaydi. Pokovkaning konussimon qismi hosil bo‘lishi uchun karetka va u bilan birga g‘altak o‘zgaruvchan quloch bilan harakatlanishi o‘rashning uchinchi shartini belgilaydi.

    Pokovkaning qatlamlari hosil bo‘lishi uchun karetka yuqoriga va pastga ilgarilanma-qaytma harakatlanishi o‘rashning to‘rtinchi shartini belgilaydi.
    Piliklash mashinasining o‘rash qurilmasi

    Mashinaning o‘rash qurilmasi g‘altakli karetka, g‘altak va harakat uzatish moslamasidan iborat.



    G‘altakli karetka konsollarga o‘rnatilgan bir qancha segmentlar birikmasidan tuzilgan, ularga g‘altaklarning tayanch qismi va tasmali uzatmasi joylashtirilgan bo‘lib, alohida servomatordan harakat oladi.



    Piliklash mashinasining g‘altakli karetkasi

    1. g‘altakli karetka

    2. g‘altakli karetkaning segmentlar paneli

    3. segmentlarni o‘rnatish uchun konsollar

    4- pakovkaning tayanch uzeli


    Ikki konusli o‘ram shakllanishini uchun g‘altakli karetka yuqoriga va pastga harakatlanib, pilik o‘ramlarining bir hil qadamda tashlab boradi. Boshqarish tizimi orqali g‘altakli karetka harakat qulochining doimiy kamayib borishi hisobiga pokovkaning ikki konusi hosil bo‘ladi. Pilikning ustki va pastki qirrasi o‘rash parametrlari hisoblanib kompyuter dasturi yordamida boshqariladi.





    Ikki konusli o‘ram shakli

    - konus burchagi, karda piligi uchun  = 50, qayta tarash piligi uchun =58

    O‘rash davrini shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin:



    • pilik uchini g‘altakning yopishqoq belbog‘iga ulash;

    • asosiy o‘rash vaqti;

    • o‘rashning tugash vaqti.

    Pilik mashinasining ikkala qatoridagi g‘altaklarda bir xil zichlikdagi pakovka hosil qilishda pilikning tarangligi muhim omil hisoblanadi. Pilik tarangligi shaylash usullari orqali rostlanadi.
    O‘rashdagi shaylash usullari





    Pilikning orqa A va oldingi V qatoridagi lapkachalarga o‘ralishi.
    Piliklash mashinasining unumdorligi

    bu yerda:

    An –nazariy unumdorlik, kg/soat;

    nu – urchuq yoki rogulkaning aylanishlar soni, min-1;

    Tn – pilikning chiziqiy zichligi, teks.

    K - pilikning pishitilganlik miqdori, buram/metr.

    m- mashinadagi urchuqlar soni



    Nazorat savollari



    1. Piliklashning maqsadi va mohiyati nimalardan iborat?

    2. Piliklash mashinasi qanday vazifalarni bajaradi?

    3. Piliklash mashinasining qanday turlari ishlatilmoqda?

    4. Piliklash mashinasining asosiy ishchi organlari nimalardan iborat?

    5. Ta’minlash qurilmasiga qanday talablar qo‘yiladi?

    6. Ta’minlash qurilmalarida qanday yo‘naltiruvchi vallar ishlatiladi?

    7. Baland ramkali ta’minlash qurilmasi qanday afzalliklarga ega?

    8. Cho‘zish asboblarining qanday turlari mavjud?

    9. Piliklan mashinalarida zichlagichlarning qanday turlari ishlatiladi?

    10. Pishitishning maqsadi va mohiyati nimada?

    11. Pishitish darajasi qanday aniqlanadi?

    12. Pishitilganlikning qanday turlari mavjud?

    13. Pishitilganlik koeffitsiyenti nimani bildiradi?

    14. Pishitish mexanizmi qanday qismlardan iborat?

    15. Pishitish mexanizmining qanday turlari mavjud ?

    16. O‘rashning maqsadi va mohiyati nimada ?

    17. O‘rashning qanday shartlari mavjud?

    18. Piliklash mashinasining o‘rash qurilmasi qanday qismlardan iborat?

    19. G‘altakli karetka qanday vazifalarni bajaradi?

    20. Piliklash mashinasining unumdorligi qanday aniqlanadi?

    Download 1,44 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rash jarayonining maqsadi va mohiyati

    Download 1,44 Mb.