Анализ ассоциативного поля художественного текста




Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2024
Hajmi0.98 Mb.
#142645
TuriРассказ
Bog'liq
Asosiy termodinamik holat parametrlari, siddiqov word, Baholash faoliyati to\'g\'risida, Маълумотларга дастлабки ишлов бериш фанидан 1-топшириқ, 1-SINF Tarbiya, kasbiy faoliyatda axborot Nuriddinov, ABN yangi sillabus 2023 2 uzb, test olimpiada saralaw, Elektra stansiyalarni ekalogiya ga tasiri referat, Neftni atmosferali haydash Kurs ishi, DEMIDOVICH ORGINALI, Percy Shelley his life and work, Fat man 2 3, Kabel turlari va ularning qo’llanishi, Tarmoq xavfsizligi


ILMIY AXBOROT 
372 
2022/№3 
UDK:811.512.133’367.625
DOI: 
10.56292/SJFSU/vol28_iss3/a71
BADIIY MATNNING ASSOTSIATIV MAYDON TAHLILI 
(Nazar Eshonqul hikoyasi misolida) 
ANALYSIS OF ASSOCIATIVE FIELD OF ARTISTIC TEXT 
(Оn the example of Nazar Eshanqul's story) 
АНАЛИЗ АССОЦИАТИВНОГО ПОЛЯ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ТЕКСТА 
(На примере рассказа Назара Эшанкула) 
Nasirov Muslimjon Maxsutali o‘g‘li

1
Nasirov Muslimjon Maxsutali o‘g‘li 
−QDPI, O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi. 
Annotatsiya 
Maqolada badiiy matn yaratilishidagi verbal assotsiativ birliklar Nazar Eshonqul hikoyasi misolida antroposentrik 
nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Maqola davomida lingvopoetik, assotsiativ, analiz hamda sintez tahlil metodlaridan 
foydalanilgan. Olamning lisoniy manzarasi hamda ijodkor badiiy tafakkuridagi verbal assotsiatsiyalarning o‘zaro aloqasi 
o‘rganilib, badiiy matnning assotsiativ maydoni hosil qilingan. 
Аннотация 
В статье глагольные ассоциативные единицы при создании художественного текста интерпретируются 
с антропоцентрической точки зрения на примере повести Назара Эшанкула. В статье использованы 
лингвопоэтический, ассоциативный, аналитический и синтетический методы анализа. Анализируется взаимосвязь 
языковой картины мира и словесных ассоциаций в творческом художественном мышлении для создания 
ассоциативного пространства художественного текста. 
Abstract 
In the article, the verbal associative units in the creation of a literary text are interpreted from an anthropocentric point 
of view on the example of Nazar Eshanqul’s story. Linguopoetic, associative, analytical and synthesis analysis methods were 
used throughout the article. The interrelationships between the linguistic picture of the world and the verbal associations in 
creative artistic thinking are analyzed to create an associative space for the literary text.
Kalit so‘zlar: antroposentrik tilshunoslik, assotsiativ tilshunoslik, stimul so‘z, assotsiat, assotsiativ maydon, maydon 
yadrosi, badiiy matn, lingvistik omillar, ekstralingvistik omillar.
Ключевые слова: антропоцентрическая лингвистика, ассоциативная лингвистика, слово-стимул, 
ассоциация, 
ассоциативное 
поле, 
ядро 
поля, 
художественный 
текст, 
лингвистические 
факторы, 
экстралингвистические факторы. 
Key words: anthropocentric linguistics, associative linguistics, stimulus word, association, associative field, field core, 
literary text, linguistic factors, extralinguistic factors. 
KIRISH 
Antroposentrik tilshunoslikning tilni undan foydalanuvchi shaxs omili bilan bog‘liq holda 
o‘rganuvchi mustaqil tarmoqlaridan biri assotsiativ tilshunoslikdir. Assotsiativ tilshunoslikda til 
nafaqat o‘zaro munosabatdagi birliklar yig‘indisidan tashkil topgan tizim sifatida, balki bir-biri bilan 
assotsiativ bog‘langan verbal tarmoq sifatida ham tasavvur etiladi. “Assotsiatsiya” so‘zi lotin tilidan 
olingan bo‘lib, “associato” - “qo‘shish”, “biriktirish” degan ma’nolarni anglatadi. Tildagi 
assotsiatsiyalarga ilk bor nemis olimi V.Humbolt munosabat bildirgan. [2,11] 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, verbal assotsiatsiyalarga xos xususiyatlardan biri ularning 
turli nutqiy tuzilmalarning yaratilishiga yo‘l ochishidir. Boshqacha aytganda, har qanday nutqiy 
tuzilma uchun o‘zaro assotsiativ bog‘langan til birliklari tayanch vazifani o‘taydi. Har qanday til 
birligi, u qanday grammatik shakl yoki ma’noga ega bo‘lmasin, inson xotirasida turli omillarga 
bog‘liq holda qandaydir leksik birliklar yoki boshqa sath birliklarini yodga tushiradi, ular bilan 
assotsiativ bog‘lanadi. [3,28] 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
D. Lutfullayeva “Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi” nomli monografiyasida tilga assotsiativ 
yondashuvning mohiyati, shakllanish tarixi, assotsiativ munosabatlar, verbal assotsiatsiyalarning 
hosil bo‘lishi, lingvistik mohiyati, verbal assotsiatsiayalar tasnifini ochib bergan. Ushbu tadqiqotning 
“Verbal assotsiatsiyalarning matn hosil qilishdagi o‘rni” nomli bobi bevosita bizning maqolamiz bilan 
bog‘liqdir. Bundan tashqari ushbu asarda matnning assotsiativ maydoni E.Vohidov va A.Navoiy 
asarlari misolida tahlil qilingan. 


ILMIY AXBOROT 
373 
2022/№3 
D.Xudoyberganova assotsiatsiyalarning hosil bo‘lishini so‘z ma’nosi va so‘zga xos 
xususiyatlar bilan bog‘laydi. Uning fikricha, “inson o‘z xotirasida so‘zlarning ma’nolari bilan birga 
ularning obyektiv olamdagi sezgi a’zolari orqali his etgan xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni ham 
saqlaydi. Shu sababli muayyan so‘z uni eshituvchi odam xotirasida ma’lum assotsiatsiyalarni 
paydo qiladi”.[3,101]
NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ munosabatdagi birliklar tahlili orqali ijodkorning 
voqelikni idrok etishi va u haqidagi tasavvurlari, leksik zahirasi, zahira ko‘lami hamda tarkibi, 
ijodkorning so‘z tanlash mahorati haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu holat 
insonning psixologik tasavvuri asosida xotirada bir-birini yodga tushiruvchi assotsiatsiyalarni 
nafaqat psixologlar, balki tilshunoslar ham chuqur o‘rganishlari lozimligini ko‘rsatadi.[2, 64] Badiiy 
matnlarni assotsiativ tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinganda asosiy e’tibor assotsiativ 
munosabatlarni yuzaga keltiruvchi lingvistik va ekstralingvistik omillar va assotsiatlarning stimul 
so‘z bilan bog‘lanishidagi o‘ziga xosliklarga qaratiladi.
Quyida tahlil uchun tanlangan Nazar Eshonqul hikoyasining sarlavhasi stimul so‘z sifatida 
ajratib olindi va matn tarkibidagi assotsiatlar ajratildi. Shu asosda hikoyaning assotsiativ maydoni 
hosil qilindi. Verbal assotsiatsiyalarning matnning fon mavzusini ochishdagi ahamiyatli jihatlari 
yoritildi. Nazar Eshonqulning "Tobut"[4,117] hikoyasini tahlil qilish davomida stimul so‘z sifatida 
badiiy matnning sarlavhasini olamiz hamda aynan shu matn tarkibidan unga javob reaksiyasi 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan assosiatlarni ajratib chiqamiz. Demak, stimul so‘z: “Tobut”; javob 
reaksiyalari (assotsiatlar): “o‘lim”, “o‘lat”, “balo”, “jon taslim qilishdi”, “emlash o‘tkazish”, 
“kasalxona”, “vrach”, “yuqumli kasallik”, “tibbiyotimiz”, “hakimlar”, “vahimali”, “tahlikali”, “vahm tolib 
turgandi”, “lahad”, “o‘lik”, “tangri”, “do‘zax”, “o‘likxona”, “o‘lim elchisi”, “sukunat”, “musibat”, 
“zambillar”, “arvoh”, “qabriston”, “qo‘rquv”, “mungli”, “hasrat”, “tavba-tazarru qilmoq”, “gunoh”, 
“murda”, “tobut”, kabi birliklar. Endi assotsiativ munosabatni yuzaga keltirgan omillarni guruhlarga 
ajratib chiqamiz. Dastlab lingvistik omillarga to‘xtalib o‘tamiz: 
1. 
Leksemalarning semantik jihatdan o‘zaro bog‘liqligi: o‘lim, o‘lik, murda, qabriston, 
o‘likxona, tobut 
2. 
Leksemalarning uslubiy belgisiga ko‘ra aloqasi: hakimlar 
3. 
Leksemalarning yasalishdagi umumiyligi: kasalxona, o‘likxona, o‘lik, o‘lim 
Ushbu matnning hosil bo‘lishidagi ekstralingvistik omillarning rolini ko‘rib chiqib, ularni 
quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: 
1. 
Predmet (keng ma’noda)larning makondagi aloqadorligi: qabriston, lahad, vrach 
2. 
Predmet va uning belgisi munosabati: vahimali, tahlikali, vahm to‘lib turgandi 
3. 
Insonning voqelikka munosabati: balo, jon taslim qilmoq, do‘zah, o‘lim elchisi, 
mungli, hasrat, tavba-tazarru qilmoq 
4. 
Faoliyat egasi va uning mahsuloti aloqadorligi: lahad, qo‘rquv 
5. 
Predmetlar orasidagi sabab-natija munosabati: sukunat, musibat 
6. 
Predmetlarning tashqi o‘xshashligi: zambillar 
SH.Iskandarova, “birlashtiruvchi semasiga ko‘ra umumiy bo‘lgan, ammo turli sathlarga 
mansub birliklar (grammatik va leksik birliklar) yig‘indisini funksional-semantik maydon” deb 
nomlagan [1; 105]. Assotsiativ maydon ham ko‘p jihatdan funksional-semantik maydonga yaqin 
turadi. Badiiy matnning assotsiativ tahlilida matnning assotsiativ maydoni masalasi muhim o‘rin 
tutadi. Matnning assotsiativ maydoni tushunchasini ilmiy muomalaga SH.Balli kiritgan bo‘lsa, rus 
tilshunosi Y.N.Karaulov ushbu tushunchaning tilshunoslikdagi mohiyatini yana-da kengroq yoritib 
bergan. U matndagi so‘z va so‘z birikmalari ketma-ketligi orqali assotsiativ maydonni belgilash 
tartibi hamda ushbu assotsiativ maydon asosida matn yaratish metodikasini ishlab chiqqan. 
Assotsiativ maydon matnning assotsiativ strukturasini belgilaydi. Matnning assotsiativ strukturasi 
asosida matn, uning muallifi hamda ushbu matnning kitobxon tomonidan idrok etilishi jihatlari 
haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish mumkin.
Ushbu hikoyaning assotsiativ maydonini hosil qilishda asosiy e’tibor javob reaksiyalarini 
stimul so‘z - tobut bilan qay darajada bog‘lana olishiga qarab maydon yadrosi va chetki qismlariga 
joylashtirishga qaratildi. Shunga alohida e’tibor qaratish kerakki, stimul so‘z bilan bevosita 
bog‘langan birliklar boshqa birliklarning stimul so‘z bilan bog‘lanishiga ko‘prik vazifasini o‘taydi, 


ILMIY AXBOROT 
374 
2022/№3 
natijada maydondagi barcha birliklarning stimul so‘z bilan bevosita yoki bilvosita bog‘lanishiga olib 
keladi. Quyidagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, "Tobut" stimul so‘ziga beriladigan eng yaqin 
assosiatlar sifatida "o‘lik", "o‘lim", "murda", "jon taslim qilmoq", "vahimali", “vahm to‘lib turgandi”, 
"lahad", “musibat”, “arvoh”, “o‘likxona”, “qabriston” “tobut”, “zambillar” kabi assotsiatlar maydon 
yadrosini hosil qilib, stimul so‘zga yaqin joylashtirilsa, “o‘lat”, “balo”, “emlash o‘tkazish”, 
“kasalxona”, “vrach”, “yuqumli kasallik”, “tibbiyotimiz”, “hakimlar”, “tangri”, “do‘zax”, “o‘lim elchisi”, 
“tavba-tazarru qilmoq”, “gunoh” kabi birliklar stimul so‘z ma'nosidan biroz uzoqroq bo‘lganligi 
sababli assotsiativ maydonda ham chetki qismga joylashtiriladi. Maydonning chetki qismiga 
joylashtirilgan assotsiatlar ham stimul so‘z bilan bilvosita aloqaga kirisha olganligi sababli matnning 
assotsiativ maydonini shakllantirishga xizmat qilaveradi. Masalan “do‘zax” assotsiati stimul so‘z 
bilan quyidagicha aloqaga kirishadi: “DO‘ZAX” - “gunoh” - "tavba-tazarru qilmoq" – “jon taslim 
qilmoq” – “o‘lim elchisi” – “o‘lim” – “TOBUT”. Yoki bo‘lmasa, “varch” assotsiati stimul so‘z bilan 
quyidagicha bog‘lanishini ko‘rishimiz mumkin: “VRACH” - “hakim” - “tibbiyot” - “emlash o‘tkazish” - 
“yuqimli kasallik” – “o‘lat” – “kasalxona” – “o‘likxona” – “o‘lik” – “TOBUT”. Ushbu maydondagi 
“arvoh” assotsiati stimul so‘z bilan “qabriston” so‘zi orqali bilvosita bog‘langanligini ko‘rishimiz 
mumkin. Assotsiatlarning stimul so‘z bilan bilvosita bog‘lanishida lingvistik va ekstralingvistik 
omillar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
“Tobut” hikoyasining assotsiativ maydonini quyidagi chizma ko‘rinishida tasvirlash 
mumkin: 
XULOSA 
Ko‘rinadiki, ushbu assotsiativ maydonning yadro qismdagi assotsiatlar o‘zlari boshqa 
mikromaydon hosil qilgan holda boshqa birliklarning ham stimul so‘zga bilvosita bog‘lanishini 
ta’minlayapti. Ushbu assotsiatlar o‘rtasida bir-birini yodga solish mexanizmi ko‘rinib turibdi. E’tibor 
berilsa, matn tarkibida “vahm to‘lib turgandi”, “o‘lim elchisi”, jon taslim qilmoq“ kabi obrazli ifodalar 
ham mavjud. Ular matnning ta’sir kuchini yana-da oshirgan, o‘ziga xos badiiy tasvirni hosil qilib, 
matnning semantik yaxlitligini ta’minlashga xizmat qilgan. 
ADABIYOTLAR 
1. 
Iskandarova Sh. O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o‘rganish (shaxs mikromaydoni): Filo. fan. dok. … diss. 
avtoref. –T.: 1999. –B 43 (Iskanderova Sh. Studying the lexicon of the Uzbek language as a meaningful field (personal 
microfield): Filo. science. doc. ... diss. autoref. -T.: 1999. –P 43) 
2. 
Lutfullayeva D. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi. Monografiya –T.: Meriyus, 2017. (D.E.Lutfullayeva. Theory of 
associative linguistics. Monograph –T.: Meriyus, 2017) 
3. 
Xudoyberganova D. O‘zbek tilidagi badiiy matnlarning antroposentrik talqini: Filol.fan. dok. Diss. –T.: O‘z RFATAI. 2015. 
–B 101(Khudoiberganova D. Anthropocentric interpretation of literary texts in Uzbek language: Philology. doc. Diss. – T.: Own 
RFATAI. 2015. –P 101) 
4. 
Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam. –T.: Yangi nashr, 2019. (Eshanqul N. The man led by the monkey. –T.: New 
edition, 2019) 

Download 0.98 Mb.




Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Анализ ассоциативного поля художественного текста

Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish