Analog va diskret p, pi va pid rostlagichlarni tadqiq etish




Download 49,72 Kb.
bet1/5
Sana24.06.2024
Hajmi49,72 Kb.
#265382
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Analog va diskret p, pi va pid rostlagichlarni tadqiq etish (1)

ANALOG VA DISKRET P, PI VA PID ROSTLAGICHLARNI TADQIQ ETISH




Ishdan maqsad: Analog va diskret P, PI va PID rostlagichlarni tadqiq etish hamda ularni texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo’llashni o’rganish.


Nazariy ma’lumot.


Avtomatik rostlash - mashinalar, apparatlar va qurilmalarni odam ishtirokisiz boshqarib turish. Avtomatik rostlash uchun uskunaning o’ziga yoki uning tashqarisiga rostlagich o’rnatiladi. Rostlanuvchi miqdor rostlagich yordamida oldindan berilgan qiymat atrofida ushlab turiladi. Avtomatik rostlash texnikada qadimdan ma’lum. Polzunov va J.Uatt rostlagichlari bunga misol bo’la oladi.
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko`ra rostlagichlar qiyidagilarga bo`linadi: bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko`ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning uzi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi.
Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo`shimcha energiya kerak bo`lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko`ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo`linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning xarakteri jixatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo`ladi.

Download 49,72 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 49,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analog va diskret p, pi va pid rostlagichlarni tadqiq etish

Download 49,72 Kb.