|
PID-proportsional komponentni sozlash
|
bet | 5/5 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 49,72 Kb. | | #265382 |
Bog'liq Analog va diskret p, pi va pid rostlagichlarni tadqiq etish (1)PID-proportsional komponentni sozlash
Proporsionallik zonasini belgilashdan oldin, integral va differentsial komponentlar o'chiriladi yoki integratsiya doimiysi maksimal mumkin bo'lgan darajaga, differentsiatsiya sobitligi esa mumkin bo'lgan eng past darajaga o'rnatiladi. Kerakli SP sozlamasi o'rnatildi. Proporsionallik zonasi 0 ga o'rnatildi (eng kichik mumkin). Bunday holda, nazoratchi ikki pozitsiyali kontrolör funktsiyalarini bajaradi. Vaqtinchalik javob qayd etiladi.
AVTOMATIK ROSTLAGICHLARNING TASNIFI
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida tehnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnik vositalardan hisoblanadi. Rostlagichlarni tasniflash rostlash qonuni, rostlanuvchi kattalikning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan taъsirning xarakteri, rostlagich ishining xarakteristikasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi kattalikning turiga ko‘ra rostlagichlar quyidalarga bo‘linadi: bosim, sarf, temperatura, sath, namlik va hokazolarni rostlagichlar. Ishlash usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita taъsir qiluvchi, rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi obъektdan olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita taъsir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak bo‘lsa, bilvosita taъsir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatila¬digan taъsirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Uzluksiz ishlovchi rostlagichlarda esa ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz o‘zgarish holatida uzluksiz harakat qiladi.
Rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi va rostlovchi taъsir o‘rtasidagi bog‘lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), yaъni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish xarakteristikasiga ko‘ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan taъsir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo‘ladi.
Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini taminlaydi. Dasturli rostlagichlar maxsus dasturli topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi qiymatning vaqt bo‘yicha avvaldan maъlum bo‘lgan (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini taminlaydi. Bu dastur texnologik reglament talablariga muvofiq, tuzilgan bo‘ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichiga bilvosita taъsir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarshiga mos bo‘ladi.
|
| |