• II. O‘quv-uslubiy ishlar
  • Andijon davlat pedagogika instituti




    Download 58,55 Mb.
    bet1/4
    Sana26.08.2024
    Hajmi58,55 Mb.
    #269872
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Yillik hisobot 2024 Nilufar



    ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    PEDAGOGIKA FAKULTETI
    BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI STAJYOR-O‘QITUVCHISI
    GOFURJANOVA NILUFAR KODIRJON QIZINING


    HISOBOTI
    Andijon 2024
    I.O‘quv ishlari
    Menga Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida 1.0 me’yor (903 soat) dars mashg‘ulotlari ajratildi. Shundan 48 soat ma’ruza darslari, 472 soat amaliy darslar, 14 soat kurs ishi, 24 soat seminar mashg`ulotlari o‘tilishi belgilandi. Andijon viloyati 22-umumiy o`rta maktabda 3-kurs talablari uchun “4+2” dasturi asosida amaliyot o`tashi belgilandi. III-semestr 2-bosqich 210,211 guruh (kunduzgi) talabalari uchun Robototexnika va STEM fanidan, V-semestr 3-bosqich talabalari uchun (kunduzgi) Xalqaro baholash dasturlari fanidan, V-VI semester 3-bosqich (kunduzgi) talabalari uchun Boshlang`ich ta’limda innovatsiya va integratsiya matematika va ona tili fani misolida, V-VI semestr 3-bosqich talabalari uchun (sirtqi ta’lim) Matematika o`qitish metodikasi fanidan darslar o‘z vaqtida o‘tilib Hemis elektron platformasiga qayd etildi. Bundan tashqari Hemis elektron platformasiga mazkur darslarda davomida talabalar foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan resurslar ham vaqtida joylanib, darslarning samarali o‘tilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. 3-bosqich 305-guruh talabalari bilan Andijon shahrida joylashgan 22-umumta’lim maktabida malakaviy amaliyot o‘taldi. Robototexnika va STEM fanidan iqtidorli o`quvchilar bilan birgalikda yil boshida individual tarzda to`garak mashg`ulotlari olib borildi, ikkinchi yil yakunida esa mashg`ulotlar online tarzda guruhlashtirib mashg`ulotlar davom ettirilyabdi.
    II. O‘quv-uslubiy ishlar
    Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Robototexnika va STEM ” fanidan, “Xalqaro baholash dasturi” fanidan, “Matematika o`qitish metodikasi” fanidan ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulot darslarida foydalanish uchun turli xil tarqatma materiallar, testlar, taqdimotlar, joriy nazorat va oraliq nazorat savollari tayyorlandi va dars davomida talabalar bilan birgalikda barcha topshiriqlar bajarib borildi.

    Download 58,55 Mb.
      1   2   3   4




    Download 58,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat pedagogika instituti

    Download 58,55 Mb.