• 3.Xorijiy davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi
  • Andijon qishloq xojaligigi va agratexnalogiyalar instituti Agrobiznes va Raqamli iqtisodiyot fakulteti Turizm 2\100 guruh talabasi Boboqulov Sardorning “Raqamali iqtisodiyot”fanidan mustaqil ishi




    Download 0.5 Mb.
    Sana08.04.2024
    Hajmi0.5 Mb.
    #191051
    Bog'liq
    BOBOQULOV SARDOR
    Abdunabiyeva Kamola

    Andijon qishloq xojaligigi va agratexnalogiyalar instituti Agrobiznes va Raqamli iqtisodiyot fakulteti Turizm 2\100 guruh talabasi Boboqulov Sardorning “Raqamali iqtisodiyot”fanidan MUSTAQIL ISHI

    Reja:

    1.Raqamli itisodiyot nima?

    2.Raqamli iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari;

    3.Xorijiy davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi

    Raqamli iqtisodiyot — raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.

    Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot[tahrir |Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida „2020 yil — Ilm- maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili“ deb eʼlon qilindi. [1]Shundan keyin fuqarolarda „raqamli iqtisodiyot“ atamasi haqida ko‘plab savollar tug‘ila boshladi. Huquqiy axborot kanali „raqamli iqtisodiyot“ atamasining mazmunini ochib beruvchi maqola eʼlon qildi.Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek, „Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi“ Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte „raqamli iqtisodiyot“ terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qo‘llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta maʼruza eʼlon qildi

    Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir.

    Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo‘shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3Dtexnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

    Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‘prog‘ida beqiyos o‘zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko‘payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o‘rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi. Dunyoda raqamli iqtisodiyot o‘sishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o‘zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko‘rishmoqda. Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so‘nggi o‘n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko‘rish kifoya.

    Dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan bunday jadal o‘zgarishlar va raqobatning keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib, yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning raqobatdoshligini ta’minlay olmasligimiz ayni haqiqat bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, ilmiy va amaliy harakatlarni kuchaytirishni talab etadi. Bu borada, so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida mamlakatimiz ijtimoiyiqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.


    Download 0.5 Mb.




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon qishloq xojaligigi va agratexnalogiyalar instituti Agrobiznes va Raqamli iqtisodiyot fakulteti Turizm 2\100 guruh talabasi Boboqulov Sardorning “Raqamali iqtisodiyot”fanidan mustaqil ishi

    Download 0.5 Mb.