• I. ANALITIK QISM.
  • 1.2. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari.
  • 1.3. PHP dasturlash asoslari.
  • 1.4. HTML dasturi.
  • Sarlavha 1 Sarlavha2
  • Annotatsiya




    Download 5,98 Mb.
    Sana19.09.2020
    Hajmi5,98 Mb.
    #11425

    ANNOTATSIYA.

    “ Farg’ona aloqa kasb-hunar kollejida “Appart va dasturiy vositalarni tuzish asoslari” fani bo’yicha elektron o’quv majmua ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga annotatsiya.

    Ushbu malakaviy ish zamonaviy kompyuter imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalangan xolda PHP dasturlash tili yordamida yaratildi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, analitik qism, loyiha qismi, tadbiq qilishni tashkil etish va samaradorligi, mehnat muhofazasi, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.

    Kirish qismida axborot texnologiyalarini rivojlanishi xaqida gap boradi.

    Analitik qismda HTML, CSS va PHP dasturlash tili, MySQL haqida gap boradi.

    Bitiruvchi malakaviy ishining loyiha qismi 3 qismdan iborat bo‘lib, saytni yaratish uchun texnik topshiriq, sayt ma’lumotlar bazasini loyixalsh, dasturiy vositadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilgan.

    Tadbiq qilishni tashkil etish va loyihalar samaradorligi qismida sayt boshqaruv paneli va dasturini samaradorligi va tadbiq qilinishi ko‘rib chiqilgan.

    Mehnat muhofazasi bo‘limida ishlab chiqarishdagi zararli omillar va ularning organizmga ta’siri, ergonometrik xavfsizlik, elektr xavfsizligini ta’minlash.

    Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi yakunida xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati hamda ilova o‘z o‘rnini topgan.

    ANNOTATION

    On theme of “ Creating the official electronical instruction of the Ferghana Communication and profession college from science “ Hardware and software bases” .

    This graduate’s work is created in the helping of PHP programming by using modern computer opportunities widely.This consists of Introduction, analytical part, projecting part, organizing researching and effectiveness of projects, labour security, conclusion, comments and the used literatures.

    In the Introduction the development of information technologies is expressed.

    In the analytical part HTML, CSS and PHP programming languages, MySQL, are given.

    Its project consisting of three parts describes technical tasks in creating sites, projecting the site information ( data ) base and instructions on using programming means.

    In the organizing researching and effectiveness of projects site managing panel and the effectiveness of programming and researching are Shown..

    In the part of labour security harm factors in the manufacturing and their effects to the organism, ergonometric security and providing the electrical security are pointed out..

    Besides them, there are given conclusion, lists of the used literatures and comments at the end of this work



    MUNDARIJA



    KIRISH 7

    I. ANALITIK QISM. 10

    1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha. 10

    1.2. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari. 20

    1.3. PHP dasturlash asoslari. 26

    1.4. HTML dasturi. 31

    II. LOYIHA QISMI. 37

    2.1. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi. 37

    2.2. iSpring Suite dasturi. 40

    2.3. Adobe Photoshop dasturida dizayn. 48

    2.4. MySQL ma’lumotlar bazasi, versiyalari va tiplari. 54

    III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI. 59

    3.1. Elektron o’quv majmua ma’lumotlar bazasini loyihalash. 59

    3.2.Bitiruv malakaviy ishidagi dasturning ishlatishi. 67

    3.3. Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. 75

    IV. MEHNAT MUXOFAZASI. 77

    4.1. Zamonaviy texnika joylashgan xonalarga talablar. 77

    4.2. Ish joyining yoritilganligi. 79

    4.3. Elektr va yong‘in xavfsizligi. 81

    XULOSA 87

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 90

    90


    ILOVA. 91



    KIRISH


    Prеzidеnt I.A.Karimovning “Butun jahon inqirozi va uning ta’sirlarini O’zbеkistonda bartaraf etish” nomli dasturida ta’kidlanganidеk, hayotimizning har bir nuqtasi, jumladan ta’lim tizimi ham isloh qilinib, bilimli, yеtuk, kashfiyotchi kadrlar yеtishtirish ko’zda tutilgan.

    Bugungi kunda axborot tеxnologiyalari kirib bormagan biror bir sohani ko’rsatib o’tish juda mushkul. Ayni vaqtda ilm-fan, tеxnika taraqqiyotini innovatsion tеxnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayni paytda ushbu tеxnologiyalarning ta’lim va ta’limning turli yo’nalishlariga, tibbiyot, bioinformatika va boshqa sohalarga kirib kelishi sеzilarli yutuqlarni vujudga kеltirdi. Bu esa o’z-o’zidan ham ma’naviy, ham moddiy yutuqlarga asos bo’ladi.

    “Axborot asri” - har daqiqada o’sib borayotgan va rivojlanish cho’qqisiga chiqayotgan davr silsilasidir. Bir qarashda jo’ndek ko’ringan bu soha har bir faoliyatning qoniga, uning yuragiga aylanmoqda. Negaki axborotsiz inson bir daqiqa ham yashashi mumkin emas. Uning tug’ulishi ham bir axborotni vujudga keltiradi, yani u yashash mobaynida turli darajali axborotga duch keladi. Ko’zlarimizni ko’rishi, ranglarni ajratishi inson miyasidagi behisob jaroyonlar axborotni mavjudligidan dalolatdir. Darhaqiqat insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni yengib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot tajribalaridan ma`lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni hal qilish jarayonida yuzaga keladi.

    O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shular ayon bo’ldiki elektron darsliklardan darsda foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin.

    Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, analitik qism, loyiha qism, Tadbiq qilishni tashkil qilish va loyiha samaradorligi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’limlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tashkil topgan.

    Elektron darsliklarni loyihalashtirish ishlab chiqish va o’quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta’lim sohasida qo’llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron nashrlarni turli xillari yaratilib, ular o’z tarkibiga masofaviy o’qitishning kompleks tizimigacha qamrab olmoqda.

    Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin.

    Ishning maqsadi va vazifalari. Hozirgi kunda elektron darsliklar sanoati va poligrafiya sanoati o’zaro raqobatga kirishgan va o’z navbatida ikkalasini ham ta’lim sohasida o’ziga xos o’rni va roli mavjud. Biz hozir ikkalasini bir-biridan yaqqol ustun deya olmaymiz. Elektron darslik ham poligrafik darslik ham ta’lim sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin shuni tan olish lozimki elektron darsliklar tobora rivojlanib o’z o’rnini topib bormoqda. Buning natijasida esa yaratilayotgan elektron darsliklar sifati, qulayliklari, qo’shimcha imkoniyatlarini tadbiq qilish hamda yaratilishdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalasi yuzaga keladi.

    Ushbu bitiruv malakaviy ishining ham asosiy maqsad va vazifasi elektron darslilar yaratish texnologiya fanini o’quv uslubiy majmuasini yaratish hamda uning yaxlit information modelini yaratishdan iboratdir. Vaqt o’tishi bilan xar qanday sohada bo’lgani kabi elektron darsliklar yaratish texnologiyasida ham keskin ravishda rivojlanish kuzatilmoqda. Umuman axborot texnologiyalari sohasi hozirgi kunda eng jadal rivojlanayotgan soha bo’lib qoldi. Bugun keng foydalanilayotgan texnologiya yoki dastur hech qancha vaqt o’tmasidan turib o’z o’rnini yangi qulayroq texnologiyaga bo’shtib bermoqda.

    Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi ham aynan axborot texnologiyalarining ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan elektron darsliklar yaratish texnologiyasini ma’lum bir modelini va o’quv uslubiy majmuasini ishlab chiqish dolzarb masalaga aylangan.

    Ta’lim oluvchilarning bevosita elektron darsliklar yaratish fanidan o’quv uslubiy majmuasi va informatsion modelini ishlab chiqish hamda ularga ushbu fanni o’rganishlari uchun kerakli ma’lumotlarni yaratish hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish. Bu borada elektron darsliklar yaratishni zamоnaviy o’qitish texnоlоgiyalari asоsida samarali tashkil qilish yo’llari tavsiya qilindi

    Bevоsita izlanish mоhiyatidan kelib chiqib, talabalarning mustaqil ta`lim оlish samaradоrligini оshirish uslublarini izlab tоpishga qaratildi. Mazkur muammоni hal etish maqsadida fanning ishchi o’quv dasturini ishlab chiqildi,

    Ushbu bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida hozirgi kunda elektron darsliklarni ta’lim sohasida tutgan o’rni va ahamyati hamda ularni yaratilish jarayonida kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarga alohida e’tibor berildi. Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar hamda ularning ta’lim tizimiga chuqurroq tadbiq etish yo’llari ishlab chiqildi. Shuningdek elektron darsliklar yaratishda zarur bo’ladigan dasturiy va texnik resurslar hamda sarflanadiga xarajatlar jamlanmasi ham o’rganildi.

    I. ANALITIK QISM.

    1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha.

    Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz.

    Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin.

    Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar:

    •grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;

    •muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni shakllantirish;

    •o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.

    Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma'lum bir mavzuga mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.

    Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi ta'sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma'lum bosqichida o‘quvchiga shu bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar. Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish. Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda beriladi.

    Amaliy tahlillar ta'lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar ma'lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar bilan bog‘liq.

    Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi.

    Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.

    Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    • matnning elektron versiyasi;

    • kitobning gipermatnli elektron versiyasi;

    •grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;

    •animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;

    •animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar.

    Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin.

    Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:

    1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.

    2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.

    3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.

    4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.

    Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin:

    • multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni taqdim etish;

    • qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;

    • olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish;

    • tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.

    Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn usulida material, gipermatn ko‘rinishida taqdim etilib, unda rpafik, chizma, diagramma, fotografiya, animatsiya va video qo‘llaniladi. Elektron darslik materiali o‘qituvchiga diktor ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou ko‘rinishdagi material bilan birga beriladi. Audio va videoaxborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi. Elektron darslikni yaratishda kelajakda ayrim muammolarni yechish lozimligi ayon bo‘ldi. Shulardan asosiysi, bu — o‘zbek kirill alifbosidagi «Q», «F», «O‘», «H» harflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga kiritishdir. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron darslikni oldin biror bir nashriyotda chop etilgan darslik asosida yaratish lozim, chunki foydalanilayotgan materiallarni tahrir qilish talab etilmaydi va ulardan skaner orqali foydalanish mumkin bo‘ladi. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda. Chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas.

    Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborotlashgan jamiyatga» aylantirishiga ishonchimiz komil.


    Elektron darslik tuzilmasi.

    O’zbekiston Respublikasi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta'lim sohasida o’ziga xos inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta'limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda milliy umumiy o’rta ta'limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib borishi, elektron darsliklarning, ya'ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda. Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega, chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba'zi qirralarini bajaraoladi, o’z joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va boshqalar. Elektron darslik ma'lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati) qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli ma'lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.). Har bir elektron darslik ma'lum bir me'yorlarga, ichki struktura va formatga ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi.

    Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma'ruzadaa 8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng foydalanilgan.

    Elektron darslik strukturasi. Darslikning ichki strukturasini, ya'ni foydalanuvchi ko’rib turadigan elementlarini ko’rib chiqamiz. Darslikning qiymati uning mazmunidadir. Agar o’quvchi bu darslikdan foydalanib keyinchalik imtihon topshiradigan bo’lsa, u holda material mazmunini 3ta ko’rinishda berishni taklif qilamiz:

    1. Mant, rasm, jadval, grafik shaklida ( ya'ni kitobdagi shaklda, lekin bu erda kitob shakliga xos bo’lmagan animatsiya, video va ovoz elementlari, ma'lumotni izlash imkoniyatlari ham bo’lishi mumkin).

    2. Sxema-kurs ko’rinishida, ya'ni darslik strukturasi tushunarli bo’lishi uchun darslik mazmuni qisqartirilgan grafik-matn shaklda beriladi.

    3. Test tizimi (o’z bilimini tekshirish) shaklida – tinglovchiga maxsus interaktiv tizim vositasida, o’quv materialini savollar va javoblar shaklida berilishi. Test kompyuter bilan bellashuv, o’yin jixatlari bilan o’quvchilar uchun darslikning eng qiziqarli qismi bo’lishi mumkin.

    Bitta materialning bunday uchta shaklda berilishi uni takrorlash va eslab qolish imkonini yaratadi. Elektron darslikning strukturasiga to’htaladigan bo’lsak, u quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:

    muqova;

    titul ekran;



    mundarija;

    annotatsiya;

    o’quv materialining to’liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik);

    o’quv materialining qisqacha mundarijasi (sxemakurs shaklida);

    qo’shimcha adabiyotlar;

    o’z bilimini tekshirish tizimi;

    cheklangan nazorat tizimi;

    matn fragmentlarini izlash;

    mualliflar ro’yxati;

    tayanch iboralar;

    darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma.

    Elektron darslikka qo’yiladigan yana bir talabga e'tibor berish lozim: o’quv materiali va uning dasturiy ta'minoti o’z ishini avtomatik tarzda boshlaydigan bitta lazer diskda joylanishi lozim. Qattiq diskda esa foydalanuvchi o’zi yaratgan ma'lumotlar joylanishi mumkin.

    Muqova. Darslik muqovasi o’z ichiga grafik, animatsiya, video yoki xaraktlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo’lsa o’ziga jalb qiluvchi xususiyatga ega bo’ladi.

    Titul ekran. Titul ekranda darslik nomi, yuqori tashkilot haqida, mualliflik huquqi haqida, darslikning attestatsiyadan o’tganligi haqida ma'lumot, sana, tashkilot, mualliflar haqida ma'lumotlarni o’z ichiga oladi.

    Mundarija. Mundarija darslikning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan darslikning turli qismlariga tez va qulay o’tish uchun to’liq bo’lishi, va shu bilan birga bitta ekranda jolanishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatmoqda ki, bunday talablarga ikki bosqichli (mavzuG’mavzuosti) mundarija javob beradi. Bundan tashqari mundarija orqali:

    o’z bilimini tekshirish tizimiga;

    cheklangan tekshirish tizimiga;

    matn fragmentini izlash qismiga;

    tayanch iboralarga;

    adabiyotlar ro’yxatiga;

    darslikning istalgan qismiga o’tish imkoniyati;

    darslik ishini tugatish;

    titul ekranga qaytish imkoniyatlari mavjud bo’lishi kerak.

    Annotatsiya. Annotatsiya darslikning muqovasida joylashgan bo’lishi mumkin.

    O’quv materialining to’liq matni. Elektron darslikning muvaffaqiyatli bo’lishining sharti – unda o’quv materialining to’liq bo’lishidir, ya'ni matn, grafik, jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o’z ichiga olishidir. Darslikning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning qisqacha mazmuni va materialni o’rganish jarayonini boshqarish elementlari joylashadi.

    Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta'lim jarayonida undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni ta'minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta'riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga, grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning ihchamligi va nisbatan arzonligi ta'lim oluvchining e'tiboridan holi bo’lmaydi. Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik ob'ektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin.

    Darslik sahifasining strukturasi. Elektron darslik sahifasi bir qancha sohalarni o’z ichiga oladi:

    sahifaning darslikda joylashgan o’rnini ko’rsatuvchi sohasi ( sahifa nomeri, mavzu yoki mavzu osti nomlanishi );

    sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha ( oldingi, keyingi sahifaga, mundarijaga o’tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi);

    sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida chaqiriladi;

    o’quv materialining qisqacha mazmuni. O’quv materialining to’liq matni bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo’lishi juda muhim. Sxemakurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema) berilishi yaxshi samara beradi.

    Matn fragmentlarini izlash. Darslikda bunday funktsiyaning bo’lishi shart. Izlash ikki variantda bo’lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki shu elementni o’z ichiga olgan so’zlarni ham izlash.

    Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro’yxati alohida saxifada keltiriladi. Bu saxifada nafaqat darslik mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning ham ro’yxati beriladi. Bundan tasho’ari darslikni yaratgan tashkilotning to’liq rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin.

    Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon bo’lishi mumkin, lekin bu saxifaning gipermatnlar bilan to’lib ketishiga olib keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval, grafiklarga ham yo’llovchi bo’ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning ta'riflarini alohida saxifada joylashtirgan ma'qul. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida, ta'lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, ya'ni zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda ta'lim berishning yangi bosqichiga, elektron darsliklarni ta'lim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga to’htalib o’tdik.



    Elektron darslik strukturasi. Misol uchun umumta’lim maktablari 9 sinfi uchun Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan yaratilgan elektron darslik strukturasi quyidagicha:

    quyidagi sxemada:

    - strelkaning ikkala tarafidagi modullar bir-birini ishga tushiradi;

    - strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushirishi mumkin, teskarisi mumkin emas;



    - strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushiradi va 2-chi modul ishi yakunlagach boshqaruv yana 1-chi modulga o’tadi.(1.1.1-rasm).

    1.1.1- sxema. Elektron darsliklarning sxemasi.



    1.2. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari.


    Elektron darslik bu mavjud o’quv qo’llanma, darsliknining undan foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida ixcham holatga keltirilgan ma’lumotlar to’plamidan iborat. Elektron darslik tayyorlashda taqdim etilayotgan ma’lumotlar undan foydalanuvchilarga qulay, qiziqarli va kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir.

    Hozirgi kunda elektron darsliklarni bir necha xil tayyorlash usullari mavjud. Ko’pchilik holatlarda tayyorlanayotgan elektron darslik ma’lumotlari dastlab HTML sahifalari ko’rinishiga o’tkaziladi.

    HTML tili imkoniyatlaridan foydalanib ham elektron darslik tayyorlash mumkin. Bu sohaning hozirda imkoniyatlari kengaygan. HTML sahifalari tayyorlovchi va ularga bezak berish imkonini beruvchi maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlarga misol sifatida Microsoft FrontPage, Dreamweaver dasturlarini keltirish mumkin. Bu dasturiy vositalar yordamida osonlik bilan elektron darsliklar tayyorlash va tahrirlash imkoniyatlari mavjud. Lekin bularda ma’lumotlar .html yoki .htm kengaytmali ko’rinishda saqlanadi va elektron darslik tarkibidagi ma’lumotlar ko’p bo’ladigan bo’lsa uni ma’lumot tashuvchi kompyuter qurilma (fleshka) larga ko’chirish yoki ko’chirib olish ko’p vaqt talab etadi. Bu esa doim ham hushlanavermaydi.

    Bunday elektron darsliklar foydalanishga qulayligi va yuqoridagi kamchliklardan holiligi bilan oddiy HTML ma’lumotlar to’plamidan iborat bo’lgan elektron darsliklardan afzal hisoblanadi. Bu elektron darslikning afzalligi uning hajmini oddiy HTML hujjatlari papkasidan iborat elektron darslik hajmidan kichikligidir. Bunday elektron darsliklarni ko’chirish yoki ko’chirib olish oson va qisqa vaqt talab etadi.

    Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul yutuqlar qo’lga kiritildi. Dunyoda axborot eng qimmat narsaga aylandi. Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan yumushlarni yengillashishiga olib keldi. Fan, ta’lim sohalarida o’qitish o’rganishning zamonaviy vositalari joriy qilindi. Endilikda elektron darslikarning bu sohadagi ahamiyati yanada oshmoqda. Dastlab elektron darsliklar oddiy matn ko’rinishida bo’lsa hozirda turli tasviriy ko’rinishlarini ham o’zida mujassamlashtirmoqda.

    Bizga ma’lumki inson axborotni ko’rganda uni oddiy eshitib yoki o’qigandan ko’ra ko’proq eslab qoladi. Anashu taraflarni hisobga olgan holda elektron darslik tayyorlash uni yashash davrini uzoq bo’lishiga olib kelish mumkin.

    Turli animatsiya tayyorlovchi dasturlar ishlab chiqilishi elektron darslik tayyorlash sohasida ham sifatli bo’lgan elektron darsliklar tayyorlashga olib keldi.

    Endilikda elektron darslik yaratuvchi dasturlar yordamida Flash, 3D Max va boshqa turdagi animatsiyalarni, turli video va audio fayllarni elektron darslik tarkibida qo’llash imkoniyatlari paydo bo’ldi.

    Bu imkoniyatlardan qay darajada qulay foydalanish elektron darslik tayyorlovchining mahorati va psixologik tomondan yondoshishiga bo’g’liq.

    Hozirda Internet tehnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Internet orqali ta’lim beruvchi maxsus repitiror va saytlar mavjuddir. Masofadan turib o’qish tehnologiyalari hayotga joriy qilinmoqda. Bu ta’lim oluvchilarga ancha qulayliklar tug’dirmoqda. Bunda talabalar o’z yurtida turib boshqa davlatning oliygohlarida o’qishi va o’sha oliygoh diplomiga ega bo’lishi mumkin.



    Elektron darslik yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalari. Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez surhatlar bilan rivojlanishi va hayotga kirib borishi, elektron darsliklar, ya’ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish eng ustivor vazifalardan biri ekanligini belgilab berdi.

    Elektron darslik yaratish vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin:



    • dasturlash algoritmik tillari;

    • ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar

    • multimedia vositalari;

    • gipermatn va gipermedia vositalari;

    Dasturlash algoritmik tillarida tuzilgan elektron darsliklarning xususiyatlari:

    - interfeysning xilma xilligi (rang palitrasi, interfeys, ED strukturasi, materialning taqdim etilishi va h.k.);

    - yangilash va nazorat qilib borishning murakkabligi;

    - ko’p vaqt va mehnat sarfi;

    - mashina imkoniyatlariga mos ED yaratish imkonyati.

    Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar malakali dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar uchun ED yaratishga xizmat qiladi. Bunday vositalar yordamida EDlarni loyihalash quyidagi imkoniyatlarni beradi:



    • ED strukturasini shakllantirish;

    • matnni kiritish, tahrirlash va formatlash (matn tahrirlovchi);

    • statik illyustrativ qismini tayyorlash (grafik tahrirlovchi);

    • dinamik illyustrativ qismini tayyorlash (ovoz va animatsiya);

    • boshqa vositalarni bajaruvchi modullarini kiritish va b.

    Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalarning afzalliklari:

    • malakali dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar tomonidan ED yaratish imkoniyati;

    • mehnat va vaqt sarfining qisqarishi;

    • kompyuter va dasturiy ta’minot yuqori darajada talab qilinmasligi.

    Shu bilan birga bir qator kamchiliklarni ham aytib o’tish lozim:

    • interfeysning qulaymasligi;

    • multimedia va gipermedia tizimlariga nisbatan imkoniyatlarini kamligi;

    • masofaviy o’qitish dasturini yaratish imkoniyati yo’qligi.

    Multimedia vositalari. Mutaxassislarning ta’kidlashicha materialni o’zlashtirish darajasi o’qiganda 10%, eshitganda 20%, ko’rsa va eshitsa 50%, boshqalar bilan muhokama qilganda 70%ni tashkil etadi. Demak, multimedia axborot uzatishni bir necha usullarini – matn, statik tasvir (rasm va surat), dinamik tasvir (multiplikatsiya va video) va ovoz (raqamli va MIDI) – interaktiv mahsulot sifatida birlashtiradi.

    Audio axborot nutq, musiqa, ovoz effektlaridan iborat. Video axborotning statik video qatorini ikki guruhga bo’lish mumkin: grafika (chizma tasvirlar) va foto suratlar. Dinamik video qator statik elementlardan yahni kadrlar ketma-ketligidan tashkil topgan.



    Gipermatn va gipermedia vositalari. Gipermatn – matn shaklidagi materialga chiziqli bo’lmagan o’tish usuli, matnda ba’zi jumlalar ajratilgan bo’lib ular boshqa matn fragmentlariga bog’langan. SHunday qilib, foydalanuvchi nafaqat sahifalarni birin ketin ochishi mumkin balki yo’llovchi jumla yordamida boshqa sahifaga o’ta oladi. Gipermedia tizimida rasmlar yordamida o’tishni amalga oshirish mumkin, mahlumot sifatida matn, grafika, videotasvir yoki ovoz bo’lishi mumkin.

    Gipermatn texnologiyasi strukturasi oddiyligi va qo’llanishi qulayligi jihatlari bilan darsliklarga qo’yilgan talablarga javob beradi. Lekin, uning dizayni va shu kabi ba’zi jihatlarining kamchiliklari mavjud. Hozirgi paytda turli gipermatn formatlari mavjud, bular (HTML, DHTML, ‘H’ va b.).

    Elektron darslik seriyalab chiqariladigan dasturiy mahsulot hisoblanadi. Har bir dasturiy mahsulotning harajatlari bo’lganligi kabi elektron darslik yaratishda ham turli harajatlar mavjud. Harajatlar dasturning qiyinlik darajasi va qaysi sinfga mansubligiga bog’liq. Dasturiy mahsulotning ta xayot tsikli davomidagi asosiy harajatlari Sa quyidagi harajatlarni o’z ichiga oladi:

    Sya – tya vaqt davomida dasturni yaratishga ketgan jami harajatlar va dasturni yaratish davomida EHM qurilmalari va texnik tahminoti harajatlari;

    Se – te vaqt davomida dasturiy mahsulotni tarqatishda qo’llaniladigan dasturlarni ishlatishga va EHM qurilma vositalariga ketgan harajatlar;

    Sn – tn vaqt davomida dasturiy mahsulotni nazorat qilib borishga ketgan harajatlar, ularning butligi va nazorati, moderniztsiya va hatolarini tuzatish, ko’paytirish va h.k.

    Shunday qilib, SaqSyaQSeQSn.

    Dasturiy mahsulotni yaratish harajatlari:


    • bevosita loyihalash, dasturlash, foydalanuvchi talablari asosida xatolarni tuzatish va sinash - S1ya;

    • dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish – S2ya;

    • dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va texnologiyalarni yaratish, qo’llash va tayyorlash - S3ya;

    • dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM – S4ya;

    • mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish – S5ya harajatlaridan iborat.

    Asosiy harajatlar Syani tashkil etuvchilaridan S1ya va S2yalar dasturiy mahsulot yaratishning bevosita harajatlari, S3ya va S4yalar esa dasturiy mahsulot yaratish jarayonining (dasturiy va apparat)tahminoti harajatlari hisoblanadi.

    Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ketgan bevosita harajatlar - S1ya, dasturiy mahsulot hayot tsiklining asosiy tashkil etuvchisidir. Bevosita harajatlarni dastur hajmi(Dx)ning mexnat unumdorligi(M)ga nisbati va mehnat sarfining o’zgarish koeffitsient(sij)lari ko’paytmasi ko’rinishida keltirish mumkin. Dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish harajatlari – S2ya, tashuvchi (disk)lar, nusaha olish va dastur komponentlarini yig’ish(S2ya1) harajatlari; hujjatlarning to’liq komplektini ishlab chiqish(S2ya2) harajatlaridan iborat. Dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va texnologiyalar harajatlari - S3ya, dasturni yaratishni avtomatlashtirish tizimi va texnologiyasini yaratish(S3ya1) harajatlari, avtomatlashtirish vositalari va texnologiyasini o’zlashtirish va joriy etish(S3ya2) harajatlari, dasturiy mahsulot yaratish davomida avtomatlashtirilgan dastur yaratish tizimidan foydalanish(S3ya3) harajatlaridan iborat: S3yaqS3ya1QS3ya2QS3ya3.

    Dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM harajatlari – S4ya, EHM sotib olish va o’rnatish, dasturiy mahsulot yaratish davomida(tya) EHMdan foydalanish harajatlarini o’z ichiga oladi: S4yaqa4tya, bu yerda a4-mashina vaqtining narhi.

    Dasturiy mahsulotni yaratishga ketgan jami harajatlarni aniqlashning yana bir usuli:

    Sq(1Qq){∑ TiLkn.iWi[(1QKk)(1QKu)QKkx]QTmb×e}

    bu yerda Ti – 1-darajali dasturchining dasturni yaratishga sarf qilgan vaqti, odamG’kun;

    Lkn.i – 1-darajali dasturchining ish haqi, so’m.G’kun;

    Wi – 1-darajali dasturchilar soni;

    Kq – qo’shimcha ish haqi koeffitsienti;

    Ku – ish haqiga ustiga qo’shilgan mablag’ koeffitsienti;

    Kqh – qo’shimcha harajatlar koeffitsienti;

    q –rentabellik normasi, dasturni tayyorlayotgan korxonaning daromadi;

    Tmb – mashina vaqti, dasturni hatolarini tuzatishga ketgan, soat;

    e – ekspluatatsiya harajatlari, mashina vaqtining 1 soatiga ketgan harajat, so’m. Ekspluatatsiya harajatlari amortizatsiya (Ma) va elektrquvvati (Mel) harajatlaridan iborat.

    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi.

    1.3. PHP dasturlash asoslari.


    PHP dasturlash tilini vujudga kelishi. PHP –o’z nomini yetarlicha tanitib ulgurgan, dasturlash tili xisoblanadi. Gap shundaki, boshlanishda bu uncha qiyin bulmagan shaxsiy WEB–saxifalarini yaratish uchun mo’ljallangan oddiy makroslar to’plamidan iborat bo’lgan bo’lib, PHP-personal home page (shaxsiy uy saxifasi) so’zlarining qisqartmasidan iborat.

    Vaqt o’tishi bilan makroslar to’plami mukammal dasturlash tiliga aylanib zamonaviy ma’lumotlar bazasi bilan ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo’lgan WEB tarmoq sahifalarini yaratuvchi tilga aylandi. Tilning imkoniyatlari kengaygani sari uning ommaviyligi ham o’sib bormoqda. Netcraft (http:www.netcraft.com) kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra 1999 yil noyabr oyida RNR texnologiyasi Web tarmoqlarining bir milliondan ortig’idan foydalanilgan 2000 yil 1400000 taga etgan.

    RNRning 1-versiyasi Rasmus Lerdorf (Rasmus Lerdorf) ismli programmist tomonidan yaratilgan bo’lib, Web sahifalarini yaratishni engillashtirish uchun makroslar to’plamidan iborat bo’lgan.

    Tez orada u foydalanuvchilar nazariga tusha boshladi, hamda tezlik bilan takomillashib, ommalashib bordi. 1997 yildan bu til ustida programistlar guruxi ish olib boradi.

    Mexnatlarning samarasida esa PHP3 keyingi versiya yaratildi. Bu PHP ning takomillashgan va zamonaviy versiya bo’lib, unda matnlarining qayta ishlashning yangi usullari yaratildi va bu usullar Zib Zuraski va endi Gutians (Zeev, Surasky, Andi Ceutmans) ismli progromistlar tomonidan yaratildi. Shuningdek tilning sintaksisida biroz o’zgarishlar kiritilib, yangi funktsiyalarqo’shildi. Yangi vertsiya shu davrda sarver uchun dasturldash tillarining eng zo’ri xisoblanib, juda ham ez ommalashib ketdi.

    MySQL ma’lumotlar bazasi va Apache serveri bilan ishlash uchun PHP ning imkoniyatlari yanada kengayib bordi. Apeche serveri hozirgi kunda dunyodagi eng keng tarqalgan Web -server xisoblanadi va PHP tili Apache serveri uchun modul ko’rinishida qo’llanilishi mumkin. MySQL - bu zamonaviy ma’lumotlar bazasi bo’lib pulsiz (tekin) tarqatiladi, shuning uchun ham PHP ning barcha funktsiyalari shu bazaga bog’langan. Tan oligsh lozimki Apeche, MySQL va PHP larning o’zaro bir-biri bilan bog’liq ravishda ishlashi o’rtadagi raqobatga barham beradi.

    Bu esa PHP boshqa MBSI bilan ishlamaydi degani emas. Bu texnologiya juda MBSI va Web serverlar bilan ishlash imkoniyatiga ega.

    WEB saxifalarni va tarmoqni yaratish yo’llari o’zgarishi bilan PHP ham takomillasha bordi. 1990 -yil o’rtalariga kelib katta tarmoqlarda ham HTML da yozilgan yuzlab statik saxifalar ishlatilar edi. xozir esa jarayon o’zgarib bormoqda. WEB saxifalarini yaratuvchilar ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi WEB saxifalarni yaratish imkoniga ega bo’lib, foydalanuvchilarni qayta ishlash imkoniga ega bo’lgan WEB saxifalarni yaratmoqdalar.

    Ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarga murojat qilish uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanish yanada aktuallashib, mobil telefonlar, raqamli televideniya va hokazolar. Turli xil qurilmalarda ma’lumotlarni uzatishda sifatni o’sishiga erishishmoqda.

    Bu fikrlar asosida aytish mumkinki, kelgusida PHP tili yanada takomillashib o’zining o’ta yuqori darajadagi dasturlash tili ekanligini namoyon qiladi.

    PHP tilini o’rganishga kirishishdan avval uning konfiguratsiyasini sozlash va o’rnatishni o’rganib olish lozim. PHP xar xil sistemalarda va ko’plab serverlarda ishlashi mumkin.

    Sistemalar, serverlar va ma’lumotlar bazalari. PHP turli xil sistemalarda ishlay oladi. U sistema Windows, Unix ning ko’plab versiyalari, shuningdek Linux va xatto Macintosh bo’lishi mumkin. PHP ko’plab tarmoq serverlarida, xususan Apache, Microsoft Internet Information Server, Web Site Pro, Iplanet Web Server va Microsoft Personal Web Server – larda ishlashi mumkin. Agar o’zimiz tuzgan dasturlarimizni Windows tizimida tekshirishni xoxlasak oxirgi sanab o’tilgan serverdan foydalanishimiz mumkin, xatto Apache serveri Windows sistemasi boshqaruvida ishlasa ham.

    PHP interpretatori yordamida dasturni aloxida mustaqil ko’rinishda kompilyasiya qilish mumkin. U xolda dasturni mustaqil ishga tushirish mumkin. PHP tilini yaratishda ma’lumotlar bazasi bilan bog’lanish talablarini aloxida e’tiborga olingan. Ko’plab ma’lumotlar bazalarini PHP da o’qish mumkin. Masalan bularga Adabas D, InternetBase, Golid, dBase, mSQL, Sybase, Empress, MySQL, Velosic, FilePro, Oracle, Unixdbm, Informix va xokazolarni keltirishimiz mumkin. Shuningdek, PHP ODBC standartini ham o’qiy oladi. Ushbu qo’llanmada esa biz Linux, Apahe va MySQL serverlar asosida fikr yuritamiz. Bu uchta dasturlar majmualari keng foydalanish mumkin bo’lgan.

    PHP ni kaerdan olish mumkin. PHP4 ni http:www.php.net tarmog’idan olish mumkin. Buning uchun esa, aloxida kredit kartochka talab kilinmaydi.

    PHP ni web-tarmog’i progromistlar uchun ajoyib manba xisoblanadi. http:www.php.net/manual adresida boshka progromistlarning izoxlari, fikrlash va tankidiy fikrlari keltirilgan ma’lumotlarni va ko’llanmalarni olish mumkin. Bu ko’llanmalarni turli xil formatlarda olish mumkin.

    PHP dasturlash asoslari. Biz yuqorida PHP ni o’rnatish va o’rganish bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni oldik. Endi esa, PHP da birinchi dasturimizni yaratishga xarakat kilamiz. PHP da dastur tuzish uchun HTML dagi kabi WEB-saxifa yaratishni bilishimiz lozim.

    Ushbu dasturda esa, quyidagilarni o’rganishga xarakat kilamiz:

    PHP-programmalarini yaratish, setverga nusxasini ko’chirish va ishga tushirish

    PHP komandalari va HTML matnini bitta xujjatga bog’lash

    Dastur matnini tushintirish uchun izox keltirish



    Birinchi dasturni yozamiz:

    PHP-dasturni tuzish uchun ixtiyoriy matn redaktorini ishga tushiramiz. PHP – dasturi HTML- xujjatlari kabi oddiy matndan tashkil topadi. Shuning uchun dasturni ixtiyoriy matn redaktorida, agar unix bo’lsa, VI-yoki Emacs da ham yozish mumkin. quyidagi dastur matnini kiritaylik va uni first.php deb saklaylik:



    < ? php

    print “hello web”;

    ?>

    ushbu dastur kengaytmasi albatta .php bo’lishi shart. Agar dastur server emas, balki klent kompyuterida tuzilgan bo’lsa, dastur faylini serverga kiritish uchun FTP servisdan foydalanishga to’g’ri keladi. Agar dasturda xatoliklar mavjud bo’lmasa, u xolda natijani brauzer oynasida ko’rish mumkin. (1.3.1-rasm).



    1.3.1-rasm. Dasturni bajarilish natijasi.

    Agar dasturda yoki uning kengaytmasida xatolik mavjud bo’lsa, brauzer oynasida dastur matnining o’zi namoyon bo’ladi.

    PHP-komanda blokining berilishi. PHP-programmani yozishda interpretatorga oddiy HTML-tkesdan farqini belgilovchi komandani berishimiz lozim. Aks xolda komandalar HTML-tekst sifatida kabul kilinib brauzer uzatiladi. quyidagi jadvalda PHP-komandalarini berishning 4-xil usuli keltirilgan.



    Teg turlari

    Ochuvchi teg

    Yopuvchi teg

    Standart

    < ? php

    ?>

    Kiskacha

    < ?

    ?>

    ASP

    < %

    %>

    Dasturiy


    Download 5,98 Mb.




    Download 5,98 Mb.