• Annotatsiya.
  • Annotatsiyalash




    Download 364.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana21.04.2024
    Hajmi364.4 Kb.
    #203485
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    xonnazarov-e.-gan-kan-qan-zamon-shaklini-korpusda-annotatsiyalash
    Buyumlarni ta’mirlash bo’limini o’qitishda kreativ yondashuv, 1-мавзу.pptx иктисодий назария (1), Рустамжонов Исомжон, Oʻquv dasturi (naʼmunaviy va ishchi oʻquv dasturi)-fayllar.org, 70 МТ 2012, islomiy-moliya-va-o-zbekiston-moliya-tizimida-uni-qo-llash (1), 70271 Web dizayn-4-курс, Kurs ishi mavzu css da animatsiyalar bilan ishlash Bajardi, ta-lim-jarayonida-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n, 1- mavzu, 1 mavzu Ekonometrika (2), 01# 4292266917771313109236, 2 mavzu Ekonometrika, 128670


    O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
    Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
     
     
     
     
    171 
    -GAN/-KAN/-QAN ZAMON SHAKLINI KORPUSDA 
    ANNOTATSIYALASH 
     
    Elyor Xonnazarov G‘ofurovich 
    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti. 
    xonnazarov90@mail.ru
     
    Annotatsiya. Ushbu maqolada -gan/-kan/-qan zamon shaklining o‘zbek 
    tilining ta’limiy korpusi matnlarida qo‘llanilish holatlari tahlil qilingan va uning 
    annotatsiyasi yuzasidan ma’lumot berilgan. 
    Kalit so‘zlar: o‘tgan zamon, grammatik shakl, allomorf, annotatsiya, o‘tgan 
    zamon sifatdoshi, analizator 
    Abstract. This article analyzes the cases of application of the tense form -
    gan/-kan/-qan in the texts of the educational corps of the Uzbek language and 
    provides information on its annotation. 
    Key words: the past tense, grammatical form, allomorph, annotation, past 
    participle, analyzer 
     
    O‘tgan zamonning -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasini annotatsiyalash 
    jarayonida uning turli kontekstlarda anglatadigan xilma-xil ma’nolarini aniqlash, 
    bu xususiy ma’nolardan shaklning umumiy ma’nosini tiklash muhim ahamiyatga 
    ega. Ushbu shaklning o‘tgan zamonning ichki tasnifida qaysi guruh tarkibiga 
    kirishi borasida o‘zbek tilshunosligida xilma-xil fikrlar bildirilgan. Xususan, 
    Abdurauf Fitrat -gan (-g‘an) shaklidagi fe’lni eshitilgan fe’l deb nomlaydi [Fitrat, 
    2019: 154]. -gan (-g‘an) shaklining bunday atalishi uning ko‘rilgan harakat-
    holatlarni ham ifodalashidan kelib chiqilsa, shakl mohiyatiga mos kelmaydi. 
    Ehtimol, A.Fitrat -gan shaklining ayrim qo‘llanishlarini turk tilidagi -miş shakliga 
    tenglashtirgan holatda shunday xulosa qilgan bo‘lishi mumkin. O‘tgan zamon 
    shakllarini monografik planda o‘rgangan A. Sulaymonov -gan (-kan, -qan) shaklini 
    uzoq o‘tgan zamon fe’li [Сулаймонов, 1962: 12] hosil qilishini aytadi. 
    A.Sulaymonovning fikri ham bahsli bo‘lib, -gan (-kan, -qan) shakllari yaqin o‘tgan 
    zamondagi harakat-holatlarni ham ifodalay oladi. Tilshunos A.G‘ulomov mazkur 
    shaklni tarixiy o‘tgan zamon fe’li hosil qilishini aytadi [Ғуломов, 1954: 25]. 
    A.Hojiyev esa umuman zamon shakllarining yuqoridagi singari maxsus nomlar 
    bilan atalishiga qarshi chiqadi. Uning fikricha, o‘tgan zamon fe’l turlarining har 
    biri uchun, ularning bir-biridan farqli xususiyatini aniq ifodalay oladigan maxsus 
    nomlar topish mumkin emas [Ҳожиев, 1973: 133]. Olim fikrini bu shakllarning 
    birdan ortiq ma’noga ega ekanligi, ularni bir xususiyati bilan nomlash esa shakl 
    haqiqiy tabiatiga mos kelmasligi bilan asoslaydi. Keyinchalik N.Musulmonova 
    zamon va mayl shakllaridagi kategorial, yondosh va hamroh ma’noni o‘rganish 
    natijasida ham yuqoridagi tasniflarda keltirilgan aniqlik, tarixiylik, eshitilganlik 
    kabi ma’nolar zamon kategoriyasiga tegishli emasligini, balki “o‘tgan zamon” 



    Download 364.4 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 364.4 Kb.
    Pdf ko'rish