Anorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari




Download 1.47 Mb.
bet1/13
Sana27.02.2024
Hajmi1.47 Mb.
#163421
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ANORGANIK KIMYODAN LABORATORIYA yangi kitob
GLOSSARIY, talimda-axborot-texnologiyalari-fanining-predmeti-maqsadi-va-vazifalari (1), 2-dars.MS Word matn protsessori interfeysi, aqliy-hujum-va-keys-study-metodlari-yordamida-funksiya-hosilasi-mavzusini-o-qitish, Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, 3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qur, titul, Murodov Adham Ilhom ogli Azamat akamga, ЖК режа 2023, Startap ariza, 3498-Article Text-6447-1-10-20230808, 496-Article Text-1054-1-10-20220131 (1), mathcad-dasturida-ikki-va-uch-o-lchamli-grafik-qurish-hamda-turli-xil-masalalar-yechishda-qo-llash, portal.guldu.uz-1-Amaliy Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, Aliberdiyeva M kechki ta\'lim

ANORGANIK KIMYODAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI

O‘quv qo’llanma, “Anorganik kimyo” kursi o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, universitetlarning kimyo fakulteti bakalavrlari uchun anorganik kimyo fanidan laboratoriya mashg ulotlari olib borishga mo‘ljallangan. Qo’lanmadan boshqa oliy o‘quv yurtlarining talabalari hamda ilmiy-tekshirish laboratoriyalarida ishlaydigan xodimlar ham foydalanishi mumkin. O‘quv qollanmada har qaysi mavzuga oid nazariy ma’lumotlar, tajribalar, masala va mashqlar, nazorat savollari berilgan.



KIRISH
Kimyo fanini o'zlashtirish uchun talabalarda nazariy zamin yaratish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. o'qitish jarayonida zamonaviy nazariy fikrlarini rivojlantirish g'oyatda muhimdir. Anorganik kimyo fani ko'p jihatdan tajribaga asoslangan fandir. Bu fanni o'rganish uchun faqat nazariy bilimlar yetarli bo'lmay, amaliy mashg'ulotlar olib borish, olingan natijalar asosida xulosalar chiqarish va ularni nazariy bilimlar bilan taqqoslash, shuningdek, talabalarning fan nuqtai nazaridan fikr yuritish. mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirishda amaliy mashg'ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Anorganik kimyo bo'yicha bajariladigan laboratoriya-amaliy mashg'ulotlarida talabada laboratoriya asbob-uskunalari va idishlari bilan ishlashda dastlabki ko'nikmalar hosil bo'ladi hamda uncha murakkab bo'lmagan tajribalarni o‘tkazish uchun sharoit yaratiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, nazariy bilimlar hamda o‘quv materiallarini mukammal o'zlashtirish laboratoriya mashg'ulotlarini to'g'ri va aniq bajarishda muhim rol o'ynaydi. Laboratoriya ishlarini ma'ruzalardan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ketma-ket olib borish kerak, shundagina mustaqil ishlash unumli va foydali bo'ladi.
Ushbu o'quv qo'llanma universitetlarning kimyo fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, anorganik kimyo fanining o'quv dasturiga to'liq mos keladi.
Qo'llanmada tajribalarning tafsiloti bilan birga har bir laboratoriya ishi uchun qisqacha nazariy ma'lumotlar, savollar va masalalar berilgan bo'lib, ular bajarilgan ishni chuqur o'zlashtirishga, nazariy bilimlarni mustahkamlab, yuqori bosqichlarda o'qitiladigan analitik, organik, fizik va kolloid kimyo kabi fanlarni o'zlashtirish uchun zamin tayyorlaydi.

Download 1.47 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Anorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari

Download 1.47 Mb.