"artel electronics manufacturing" mchj penoplast ishlab chiqarish kompleksi rahbari U. T




Download 17.24 Kb.
Sana21.02.2024
Hajmi17.24 Kb.
#159938
Bog'liq
Документ (7)
Intelektual tizimlar, 12345, ssenariy 1, 1-Oktabr-Muallim-olamning-yorug-chirogi-ssenariy (2), 3 laboratoriya ishi mavzu Ma‟lumotlarni saralash. Where standar-fayllar.org, QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH , Reading

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
talabalarning korxona, muassasa va tashkilotlarda malakaviy
amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha ________ - sonli
SH A R T N O M A
Jizzax shahri «___» ________ 2024 y.

Biz, quyida imzo chekuvchilar, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017-yil 29-iyuldagi 07/01-1786-son topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2017-yil 1-avgustdagi 527-sonli buyrug‘ida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiining 1998-yil 30 -oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom”ida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti rektori A.K.Usmankulov bir tomondan va


“ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MCHJ Penoplast ishlab chiqarish kompleksi rahbari U.T. Raxmonxo`jayev ikkinchi tomondan quyidagi shartnomani tuzdilar
Shartnomaga asosan Institut Korxonaga amaliyot o‘tash uchun quyida keltirilgan talabalarni yuboradi, Korxona Institut tomonidan yuborilgan talabalarni malakaviy amaliyotlarni o‘tash uchun qabul qiladi:

1. KORXONA (TASHKILOT) MAJBURIYATLARI:


1.1.Korxona (tashkilot) amaliyotchi-talabalarni amaliyot o‘tkazishlari uchun quyidagi joylar bilan ta’minlash zarur:

№ Ta’lim yo‘nalishlari nomi yoki talabaning F.I.Sh. Kursi Amaliyot turi Talabalar soni Amaliyot muddati


boshlanishi tugallanishi
1 I O‘quv tanishuv
2 II Malakaviy
3 III Malakaviy
4 IV Bitiruv oldi
5 V Bitirib oldi

1.2. Talabalarga malakaviy amaliyoti dasturini bajarilishi uchun barcha shart – sharoitlarni yaratib berish, ularga amaliyot dasturida ko‘zda tutilmagan, mutaxassisligiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifa va lavozimlarni egallashlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak;


1.3. Talabalarga malakaviy amaliyotni o‘tashlari uchun rahbar sifatida malakali mutaxassislarni tayinlash;
1.4. Talabalar uchun amaliyot xonalarini tashkil etish;
1.5. Amaliyotchi – talabalarga amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi uchun zarur xonalar bilan ta’minlash;
1.6.Tizimli ravishda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun sohaga oid yangiliklar, sohani rivojlantirish istiqbollari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan uchrashuvlar tashkil etish;
1.7.Talabalarga mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tkazish, korxona ichki tartib qoidalari bo‘yicha tushunchalar berish;
1.8. Institut bilan kelishilgan holda amaliyot o‘tkazish grafigiga muvofiq, amaliyotchi – talabalarni korxona bilan mukammal tanishtirish, talabalarni ish joylariga taqsimlash;
1.9. Talabalar tomonidan sodir etilgan har qanday tartib buzarliklar, ishga chiqmaslik, korxonaning ichki tartib – qoidalarini buzish hollari yuz bergan taqdirda, oliy ta’lim muassasasiga darhol xabar berish;
1.10.Amaliyot davri yakuni bo‘yicha talabalarga tavsifnoma va xulosalar berish, eng tirishqoq, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni korxona (tashkilot) rahbariyati tomonidan taqdirlanishini tashkil etish.

2. INSTITUT MAJBURIYATLARI:

2.1. Amaliyot boshlanishidan 1 oy oldin korxona (tashkilot)larga malakaviy amaliyotni o‘tash grafigi va dasturini kelishib olish uchun mutasaddilarni yuborish;
2.2. Korxona (tashkilot)ga amaliyot boshlanishidan bir hafta oldin malakaviy amaliyotga yuborilayotgan talabalar ro‘yhatini taqdim etish;
2.3. Korxona (tashkilot)larga amaliyotchi – talabalarni amaliyot o‘tkazish rejasiga muvofiq o‘z vaqtida yuborilayotgan rahbarlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
2.4. Amaliyot rahbarlari sifatida malakali professor, dotsent va o‘qituvchilarni ajratish;
2.5. Korxonada ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bozorini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda institut va korxona rahbariyatiga ma’lumotlarni taqdim etish;
2.6. Korxona (tashkilot) mutaxassislari bilan amaliyot o‘tkazishga doir ma’ruzalar, ekskursiyalar, shu korxona, tashkilotlar bazasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni tashkil etilishi rejasini tuzib chiqish;
2.7. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan yo‘riqnomalar
sifatini nazorat qilish, shuningdek, amaliyotchi – talabalarni sifatli amaliyot o‘tayotganligini o‘rganib borish;
2.8.Talabalarni korxona (tashkilot) tuzilmasi faoliyatlari hamda ilg‘or ish tajribalar, texnologiyalar bilan to‘liq tanishishlarini tashkil etish;
2.9.Talabalarga amaliyot davomida doimiy uslubiy yordam berish;
2.10. Talabalarning korxona (tashkilot) ishchi xizmatchilari uchun belgilab qo‘yilgan ichki – tartib qoidalariga, mehnat intizomiga qat’iy rioya etishlarini ta’minlash;.
2.11. Amaliyot bo‘yicha talabalardan yakuniy hisobotlarni qabul qilish va xulosalar berish, eng tirishqoq, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni institut rektori tomonidan taqdirlanishlarini tashkil etish.
Shartnomani amal qilish muddati ____.____._______ yildan-____.____._______gacha.

3. TOMONLARNING SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BAJARMAGANLIGI


UCHUN MAS’ULIYATI
3.1. Tomonlar mehnat qonunlarida va oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyotini o‘tash qoidalariga, xarakatdagi texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun javobgardirlar;
3.2. Tuzilgan shartnoma taaluqli bo‘lgan har qanday kelishmovchiliklar belgilangan tartiblarda hal etilishi lozim;
3.3. Shartnoma har ikkala tomondan imzo chekilgandan keyingina kuchga kiradi;
3.4. Mazkur shartnomaga doir har qanday kelishmovchiliklar davlat arbitraji orqali hal etiladi;
3.5. Tomonlarning yuridik manzilgohlari.
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
130100, Jizzax sh, Islom Karimov ko‘chasi, 4 uy. “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MCHJ
Penoplast ishlab chiqarish kompleksi
100126, STIR: 305252861, Тоshkent shahri, Uchtepa tumani, “Hamdo‘st” MFY, “Каttа Хirmontepa” ko‘chasi, 1-uy. tel.: (71) 298-48-70

JizPI rektori ______________ A.K.Usmankulov


(imzo) Rahbari _____________U.T. Raxmonxo`jayev
(imzo)

“_______” ________________________ 2024 y. “_______” __________________ 2024 y.

M.O‘. M.O‘.

Fakultet dekani: _________ _____________________________


(imzo) (F.I.Sh.)
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i _________ _____________________
Tel: 72-226-43-85 (imzo) (F.I.Sh.)
Download 17.24 Kb.




Download 17.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"artel electronics manufacturing" mchj penoplast ishlab chiqarish kompleksi rahbari U. T

Download 17.24 Kb.