Asosiy ranglar ravshanligi




Download 15.19 Kb.
Sana20.02.2024
Hajmi15.19 Kb.
#159736
Bog'liq
3 kreativ, 5130200-Amaliy matematika va informatika, 1-Mavzu Axborotni kodlash turlari, 2-qism, 6-amaliy mashg’ulot, 202-203, ASCII jadvali, ascii jadvaliorg

9-dars. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
Yechim. Tasvir faqat 2 ta rangda aks etgani uchun har bir pikselning ranglari soni 2=21 ta, ya’ni har bir 1 pikselga 1 bit ikkilik kodi yetarli. U holda to‘liq ekrandagi axborot hajmi 1366· ·768·1 bit = 1049088 bit = 131136 bayt. Javob: 131136 bayt.
Olimlar inson ko‘zi 3 ta – qizil, yashil va ko‘k rangni qabul qiluvchi sezgir retseptor­ lardan iborat, boshqa ranglar shu ranglarni uyg‘unligi asosida aks etadi, deb hisoblashadi. Shu sababli kompyuterda ixtiyoriy rangni ifo­ dalash uchun qizil, yashil va ko‘k ranglardan foydalaniladi va rang hosil qilish qurilmasi RGB (Red, Green, Blue) modeli deb nomlana­ di. RGB modeli qurilmasi har bir qizil, yashil va ko‘k rangning o‘zinigina emas, balki bu ranglarni turli ravshanlik darajasini ham hosil qila oladi.
Birinchi monitorlar 2 ta ravshanlik darajasi (rang qatnashmay­ di = 0, rang qatnashadi = 1) asosida ishlar edi. Bu monitorlar uchun ranglar quyidagicha kodlangan:
Asosiy ranglar ravshanligi
Qizil Yashil Ko‘k
0 0 0
0 0 1
0 1 0
0 1 1
1 0 0
1 0 1
1 1 0
1 1 1
Hosil bo‘lgan rang
qora
ko‘k
yashil
havorang
qizil
qirmizi
sariq
oq
Rang kodi
000
001
010
011
100
101
110
111
Demak, bu holda rang chuqurligi r = 3 ga, ranglar soni 8 ga teng ekan (triada kodi bilan taqqoslang).
2-masala. Oq­qora tasvir 16 ta rang ko‘lamiga ega. Tasvir o‘lchami 10 × 15 sm. Ekran imkoniyati 1 dyuymga 300 ta nuqta (1 dyuym = =2,5 sm). Tasvirning axborot hajmi necha Kbayt bo‘ladi?
Yechim: Tasvir o‘lchami 10 sm · 15 sm = 4 dyuym · 6 dyuym = 24 dyuym2. 1 dyuymda 300 ta piksel mos keladi, demak, 1 dyuym2 = = 3002 piksel = 90000 piksel. U holda tasvir egallagan 24 dyuym2 da
41
I bob. Axborot
24 · 90000 piksel = 2160000 piksel bor. Rang ko‘lami 16 ta, ya’ni 1 piksel uchun 16=24 ta rang, demak, 1 piksel uchun kod uzun­ ligi 4 bit. U holda 2160000 · 4 bit = 8640000 bit = 1080000 bayt = =1054,6875 Kbayt. Javob: 1054,6875 Kbayt.
Shu kabi tovushni ham kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan notalar tovushni kodlashning bir turidir. Kompyuter uchun tovushni kodlashda diskretlash yordamida analog tovush signali raqamli sig­ nalga o‘tkaziladi. Bunda 1 sekunddagi diskretlash chastotasi tovush tiniqligini aniqlaydi.
1. Nima uchun axborot ikkilikda kodlanadi?
2. Sakkiz bit orqali nechta belgini kodlash mumkin?
3. ASCII jadvali haqida ma’lumot bering.
4. ASCII jadvalidan foydalanib, «7­sinf» jumlasini kodlang.
5. Axborotning qanday o‘lchov birliklari bor?
6. Axborot hajmining o‘lchov birliklari haqida ma’lumot bering.
7. Axborot uzatish tezligi deganda nimani tushunasiz?
8. Axborot uzatish tezligining o‘lchov birliklari haqida ma’lumot
bering.
9. Grafik axborotlarni kodlash haqida ma’lumot bering.
10. Ikki, uch va to‘rt bit bilan necha xil rangni kodlash mum­ kin va bu qanday amalga oshiriladi?
1.
2.
3. 4.
5. 6. 7.
Ikkilikda kodlangan quyidagi yozuvni aniqlang:
a) 0100000101010011 b) 0101001101000001010011000100111101001101
Ikkilikda kodlangan quyidagi yozuvdan foydalanib, uchta bel­ gining ASCII da yozilgan kodini toping:
a) 101001001011010101111101 d) 110100001011010101101101 f) 111001001010010101111101
b) 101010001011010101101101 e) 101001001010010101111101 g) 101001001010010101111100
O‘z ism­sharifingizda necha bit va bayt axborot borligini hi­ soblang.
«Kelajak yoshlar qo‘lida» iborasida necha bayt axborot borli­ gini hisoblang va uni axborotning boshqa o‘lchov birliklarida ifodalang.
Agar axborot 14 Mb hajmga ega bo‘lsa, u qancha bit, bayt va Kb ekanligini hisoblang.
Agar kitobdagi axborot hajmi 640 Kb ekanligi ma’lum bo‘lsa, uni nechta «kompyuter» so‘zi bilan almashtirish mumkin?
256 xil rangli, gorizontaliga 1280 ta nuqtali, vertikaliga 1024 ta nuqtali ekrandagi rasm kodlanganda axborot hajmini bayt va Kb da toping.
Download 15.19 Kb.




Download 15.19 Kb.