7-mavzu: Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.
Reja:
1. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.
2.
Axborotlarni kodlash
3.
Axborotlarning to‘g‘ri, teskari, to‘ldiruvchi va
modifikatsiyalashgan kodlari.
4.
Sonlarni qo’zg’almas vergulli tasvirlash
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8
ta belgi mos qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli o'rin almashtirishidan foydalanib,
turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin.0 va 1
dan iborat iborat raqamlar
yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o'rin almaahtirishlar soni 2^8= 256 ga teng
bo'ladi, ya'ni ular axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi yordamida 256 ta
harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi.
Agar o'n oltilik sanoq sistemasidagi raqamlarni ustun va satr tartib raqami deb
olsak yangi jadval hosil qilamiz.Bunda har bir raqam
va alifbodagi belgi jahon
andozalaridagi
kodlash jadvali-ASCII(
American Standard Code for Information
Interchange) jadvali hosil bo'ladi.
Kompyuterda rangni ifodalash uchun uch xil-qizil, yashil va ko'k ranglardan
foydalaniladi. Bu qurilma RGB modul deb nomlanadi.
Axborotning eng kichik
o'lchov birligi sifatida bit qabul qilingan.
Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi
"
binary digit" so'zlaridan
olingan va " ikkilik raqami" degan ma'noni anglatadi.
Masalan, 100101101 da 9
ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam ( 0 va 1)
ishtirok
etmoqda. Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt=8 bit.
Masalan: 11011011 sa 1
bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam)
qatnashmoqda, 1011010100100011 da esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta bit(
raqam) qatnashmoqda.
Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb husoblanadi.
Masalan, "B" harfi 1 bayt yoki 8 bit hajmga ega;
"MA" esa 2 bayt hajmli; "MAS" 3 bayt hajmli. Baytdan katta o'lchov birligi ham
mavjud. U kilobayt( KB) deb nomlanadi.1 KB=210 bayt=1024 bayt.
Kilobaytdan katta o'lchov birliklari megabayt (MB), gigabayt (GB), terabayt (TB),
petabayt (PB) kabi belgilangan. Axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan miqdori
axborotni uzatish tezligi deb ataladi.
Axborot uzatish tezligining birligi sifatida bod qabul qilingan: 1bod=1 bit/1
sekund.
Hozirgi kunda axborot uzatish tezligining birliklari sifatida quyidagilat ishlatiladi: