• Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport
  • Atabekov Fozil O’razali




    Download 18.11 Kb.
    bet1/2
    Sana30.03.2024
    Hajmi18.11 Kb.
    #182254
      1   2
    Bog'liq
    1298-Текст статьи-3193-1-10-20210420
    Ra\'nodoshlar oilasi - Rosaceae. Itburun na\'matagining tuzilishi, funksiya, infor, HiMedia List of reagents for construction. , Belbog’li kurash va Milliy kurash reja, portal.guldu.uz-O`zbek adabiy tanqidi tarixi, Mingtepa, Gray white simple modern Thesis Defense Presentation 20231012 220824 0000, 6-mustaqil ish, 6-mustaqil ish, Mavzu O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektromagnitlari haqida tu-fayllar.org (1), 1, izmenenie parametrov lazerov, Akbaraliyeva Sitora (1), Banklarning

    MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLANILADIGAN O‘YINLAR VA ULARNI TASHKIL ETISH METODIKASI


    Atabekov Fozil O’razali o’g’li

    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsent vazifasi bajaruvchisi,Tulaganova


    Munisaxon G’ofurjon qizi Mirsultonova Qutbixon Maxmudjon qizi

    Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport


    Rezyume: Maqolada maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida noan’anaviy darslarni tashkil etishning mazmun-mohiyati, bog‘cha yoshidagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanishning o‘rni va ahamiyati bayon qilingan. Dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish, uning bolalar tomonidan mavzularni samarali o‘zlashtirilishiga ta’siri asoslangan.
    Tayanch so‘zlar: bolalar, didaktik o‘yinlar, noan’anaviy, interfaol o‘yinlar, mantiqiy fikrlash, rivojlantirish, faollik.

    Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’limning birinchi qadami bo‘libgina qolmay, balki faol, ijodkor va ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi ilk pog‘ona hamdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori bunga dalildir. Maktabgacha ta’lim muassasa (MTM)larida ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etish tarbiyalanuvchilarga ta’limning keyingi bosqichlarida qiynalmasdan davom ettirishga imkoniyatlar yaratadi.


    Bugunga kelib xorijiy mamlakatlarda, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarini ingliz tiliga o‘rgatish borasida ko‘plab ta’lim dasturlari ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Rossiya mutaxassislari M.N. Yevseyeva, T.V.

    Zemchenkova, L.L. Likova, I.A. Shishkova va boshqalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasi bolalariga ingliz tilidan saboq beruvchi dastur ishlanmalari taklif etildi. Ushbu dasturlar o‘zida bolalarga mo‘ljalangan ingliz tilidagi so‘z va iboralarni, she’rlar, qo‘shiqlar va turli xil interfaol o‘yinlarni mujassamlashtirgan. Kitobdagi mavzular ko‘proq fonetika va leksikaga qaratilgan.
    Dastur ishlanmasi “Firststeps” (“Birinchi qadam”) deb nomlangan va u 2007–2010 yillari tahrirlangan “Step by step” nomli o‘quv dasturini amalga oshirishga asoslangan. “Step by step” o‘quv dasturi 5–7 yoshli maktabgacha ta’lim muassasasirirg tarbiyachilariga mo‘ljalangan. Rossiyaning «Pchelka» nomli bog‘chasida amalda sinovdan o‘tgan ushbu o‘quv dasturi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligini isbotladi.
    “Firststeps” (“Birinchi qadam”) dasturining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
    – unga asoslangan ta’lim jarayoni ingliz ertak qahramonlari (Winnie the Pooh, Tiger, Piglet, Donkey) bilan sirli o‘rmoniga sayohat tarzida tashkil etilgan. Har bir mavzu qiziqarli hikoyalarga boy bo‘lib, avvalgi darsni mantiqan davom ettiradi. Bolalarda ingliz tiliga kuchli qiziqish uyg‘otish maqsadida, turli ko‘ngilochar o‘yinlar, qiziqarli topishmoqlar, she’rlar, qo‘shiqlar, dialogli suhbatlar ishlatilgan. Bolalar sonining 5-8 tadan 10-12 tagacha bo‘lishi talab etiladi. Muallifning dasturi doirasida 4-5 daqiqa davomida tanaffus e’lon qilinib, qo‘shiq kuylash, raqsga tushish majburiy hisoblanadi.
    Undan tashqari xorijiy tajribadan kelib chiqib quyidagi tartibni keltirish mumkin. O‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilashadi. Qoidali o‘yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi.
    Qoidali o‘yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, musiqaviy o‘yinlar, ermak o‘yinlar.
    Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o‘yinni tanlay bilishi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilish "Bolajon"da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi.
    O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o‘yinni maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin tufayli
    bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
    O‘yinda bola shaxsi ning hamma tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda shakllanadi. O‘ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarakatrof to‘g‘risidagi tasavvurini, kattalarga va o‘rtoqlariga bo‘lgan munosabati ni bilib olish mumkin.
    Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o‘yiniga qiziqishini, tashqilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o‘yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur bo‘ladi.
    O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta’lim­tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.
    O‘yinda bola organizmiga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, guvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi.
    O‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi. bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z bilimlaridan foydalanish va uni so‘z bilan ifodalashga o‘rganadi.
    O‘yinda aks ettirlayotgan narsani bili bolishga qiziqish uyg‘onadi. Ko‘pincha o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini. bilim doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy o‘yi nni tor didaktik maqsadlarga bo‘ysindirib bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta vazifalar hal qilinadi.
    Qoidali o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va xotirasini, har xii harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib
    borish imkonini beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta‘limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyaiga ega bo‘lib bolaning umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o‘yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o‘yinda bola mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim butunlay o‘yin shaklida bo‘lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli usullar va metodlarni qo‘llashni talab etadi. O‘yin ta’limning shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir metod bilan qo‘shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so‘zlab berish va hakozolar.
    Bola o‘ynayotib o‘z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni o‘rganadi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo‘l ochiladi.
    O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O‘yin jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug‘vor orzular va intilishlarni, qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi.
    O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechilmalar birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgau kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka, o‘rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o‘rnatishdan iborat. O‘yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o‘z o‘yinlarida har xil kasbdagi qishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga bo‘lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O‘yin bolada ko‘pincha mehnat qilish
    xoxishini uyg‘otadi, o‘yin uchun keraqli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. Bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydilar.
    O‘yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O‘yinda ijodiy hayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. To’g’ri tanlangan o‘yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o‘yinlarda harakatning go‘zalligi va maromi bolalarni o‘ziga maftun qiladi.
    O‘yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. O‘yin befoyda, hatto zarali bo‘lishi, ba’zan yomon hislarni qo‘zg‘atishi mumkin. Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur.
    Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o‘rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o‘yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko‘chi riladi.
    Bolalarning narsalar, ularni sifati to‘g‘risida bilimlarni mustaxkamlash uchun har xii o‘yinchoqlar, suratlar, uy-ro‘zg‘or buyumlaridan foydalaniladi.
    O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. "Xaltachada nima bor?" o‘yinning maqsadi o‘yinchoqlaring nomlari bilan tanishtirish va bu o‘yinchoqlar to‘g‘risida bilimlarni mustaxkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu nima?" o‘yinida bolalar qo‘ g‘irchoqqa har xii narsalar va ularni ishlatilishi to‘ g‘risida gapirib beradilar. Bunday o‘yin guruhda, bog‘cha maydonchasida, uxlash xonasida o‘tkazilishi mumkin.
    Didaktik o‘yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular nimaga keraqligi bilan tanishtiribgina qomay, balki shu narsalarning shakli, rangi, katta kichikligi, fazoda tutgan o‘rni xaqida ham tanishtiradi.
    Har bir buyum va o‘yinchoq o‘zining aniq tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak, o‘yinda esa qo‘yilgan maqsad narsaning asosiy begisini ajrata bilishga imkon tug‘dirishi lozim.
    Bunday talabga xalq o‘yinlari o‘z shakliningi aniqligi, rangining tiniqligi bilan ko‘proq javob bera oladi.
    Bolalarni aqliy vazifalanii bajarishga undaydigan o‘yinlar ham katta ahamiyatga ega.
    Bolalarning rang xaqidagi tushunchalarini mustaxkamlash va aniqlash uchun quyidagi o‘yinlar o‘tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to‘plash, "Dumaloqni dumalatish", xalqachalarni ipga o‘tkazish, "Shu rangdagi dumalaoqni dumalatish", "Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor", "Kim mana bu rangdagi xaltachani topa oladi" va x.k ..
    Qo‘g‘irchoq bolalarning eng sevimli o‘yinchoqlaridan biri. Har bir bolalar bog‘chasida didaktik jixozlangan o‘yinchoq bo‘lishi kerak. Qo‘g‘irchoq jixozlariga kiyim, ichki kiyim, poyafzal, idish-tovoq, mebel o‘yinchoqlar kiradi.
    Qo‘g‘irchoq bilan quyidagi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin:"Qo‘g‘irchoqni kiyintirarniz", "Qo‘g‘irchoqni sayrga otlantiramiz", "Qo‘g‘irchoqni mexmon qi lamiz". "Qo‘g‘irchoqlar bayrami", Qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kuni", "Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz".
    O‘yinlar topishmoqlar bilan qo‘shib olib borilganda qiziqarli bo‘ladi. Masalan, "Qo‘g‘irchokni uxlatamiz" o‘yinida qo‘g‘irchoqqa karovat tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun , yumshoq, yo‘l-yo‘l... .." (matras), "Oq, toza, to‘rt burchak ..." (yastiq), "Paxtali issiq ..." yoki "junli issiq"(adyol) va boshqa topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo‘g‘ichoqning karovati tayyor bo‘lgandan keyin qo‘g‘irchoqni yotqizib, "alla aytadi.
    Mebellarning nimaga ishlatilishi, o‘yinchoqlarning nomini mustaxkamlash uchun "Qo‘g‘irchoqqa xona yasatamiz", "Qo‘g‘irchoqqa o‘yinchoq sovg‘a qilamiz" kabi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
    Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muyyan predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni o‘rgatib boradi; ayiq, qo‘g‘irchoq , quyon-o‘yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.
    O‘yinlarni narsa va buyumlarni tasvirlovsi rasmlar orqali ham o‘tkazish murnkin. Bo‘ larga "Bu narsa o‘zi to‘g‘risida nirna deydi?", "Kim birinchi bo‘lib aytib beradi?" (bolalarni diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘ g‘ irchoq, narsa va ularning shakli, rangi to‘g‘risida), "Kim bo‘ladi?" "Qaysinisi bir xil ?" kabi o‘yinlarni ko‘rsata bo‘ladi.
    Bolalarning tabiat to‘ g‘risidagi bilirnlarini mustaxkarnlash uchun "Hidiga qarab top", "Mazasiga qarab top, "Ushlab ko‘rib top "!Kim nimani eshityapti" kabi o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli o‘yinlar o‘tkazilmaydi
    Katta va tayorlov guruhlarida didaktik o‘yinlar o‘zining mazmun va g‘oyasi jixatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar bilangina didaktik o‘yinlar o‘tkaza qolmay, so‘zli didaktik o‘yinlar ham o‘tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yi nlarda bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima uchun keraqligi va xakozolar to‘g‘risidagi bilimi aniqlanadi hamda mustaxkamlanadi. Bunday o‘yinlaga quydagilarni misol qilib keltirish mumkin:"Nima nimadan yasalgan?", "Guruh xonasiga sayoxat", "Ovoziga qarab top" va boshqalar.
    Umumlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha turlarga ajratishni o‘rgatuvchi o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. "qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?", "Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima etishtiriladi?", "Kimga nima kerak" "Kim nima bilan ishlaydi?", "Qayerda o‘sadi?’’, "Sayoxat"(shahar bo‘lab, dalaga maktabga va hokazo), "Pochta" va boshqalar. O‘yinni tashkil etishda muhim masalalardan biri – o‘ynovchilarni guruhlarga biriktirishdir. Guruhlarni tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinadi:

    1. guruhlardagi bolalar soni – besh kishidan oshmasligi;

    2. har bir guruhdagi bolalarning bir-birini yaxshi tanishi, o‘zaro munosabatlarining yaxshi bo‘lishini hisobga olish;

    3. o‘ynovchilarga vazifalarni taqsimlashda ularning qiziqish va qobiliyatini hisobga olish.

    Xulosa chiqaruvchi yoki hakamlik qilayotgan tarbiyachi o‘yin tugagandan so‘ng natijalarni umumlashtiradi, yakunlaydi va xulosalarini bayon qiladi.
    Xullas, maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim berishda didaktik loyihalashtirish keng qamrovli yaxlit muammo va uni o‘rganish, amaliyotga tatbiq qilish lozim. Chunki, yoshlar uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlar bolalarda jarayonga qiziqish uyg‘otishi hamda sog’lom shakillanishi uchun zamin bo’lishi lozim.



    Download 18.11 Kb.
      1   2




    Download 18.11 Kb.